1-amaliy ish
Mavzu: Dvigatelning issiqlik balansi hisobini qurish
Dvigatelning asosiy o’lchamlari (slindr diametri d va porshen yo’li S), slindrdagi gazlar bosimning kattaligi, sikl va dvigatelning tejamliligi issiqlikni hisoblash usuli asosida aniqlanadi.
Issiqlik hisobi gaz holati o’zgarishi va ish jarayonining qanday o’tishi ko’rsatib beradi. Issiqlik hisobini dvigatel loyihasini tuzilish uchun ham, tayyor dvigatelni hisoblash (tekshirish hisobi) uchun ham qo’llash mumkin.
Loyihalanadigan dvigatelning issiqlik hisobini o’tkazishda dvigatelning tipini uning nominal aylanish chastotasi nn bo’lgandagi nominal quvvati Nyonva yoqilg’I turini bilishi kerek.
Haqiqiy protsesslarning parametrlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni aniqlab, indikatorli diagramma quriladi va o’rtacha indikatorli bosim bilan o’rtacha effektiv bosim topiladi.
Dvigatelning taktlari va slindrlari soni berilsa, (4), (20) va (21) formulalardan foydalanib, slindrning ish hajmi ( l ) aniqlanadi:
to’rt taktli dvigatel uchun
ikki taktli dvigatellar uchun
so’ngra ,
Qiymat nisbatlariga ko’ra (2) formuladan slindr diametrining kattaligi d va porshen yo’li S aniqlanadi. Hozirgi zamon avtotraktor dvigatellari uchun s1d nisbat 0,8 -1,4 oralig’ida tanlab olinadi. Odatda, dvigatelning aylanishlari chastotasi n qancha katta bo’lsa, S/d nisbat kattaligi shuncha kichik qilib olinadi, chunki porshenning o’rtacha harakat tezligi (m?sek) ortib ketmasligi kerak:
.
Porshenharakatining o’rtacha tezligi kattalashishi bilan ishqalanish ortadi va dvigatel detallarining yeyilishi kuchayadi.
Hozirgi zamon karbyuratorli avtotraktor dvigatellarida porshenning o’rtacha tezligi 9-15 m sek oralig’ida, avtotraktor dizel dvigatellarida esa 6-10 m/sek oralig’ida bo’ladi.
Turli dvigatellarning konstruktsiyalarini baholash va ularni bir-biriga taqqoslash maqsadida quyidagi parametrlardan: litr quvvati, porshenning solishtirma quvvati, dvigatelning litr massasiva dvigatelning solishtirma massasidan foydalaniladi.
Dvigatelning litr quvvati Nl ( kVT/l ) deb uning nominal quvvatining slindrlarning ish hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi: ,
bunda d-porshen diametri, sm.
Solishtirma porshen quvvati dvigatelning issiqlik va dinamikaviy kuchlanganligini ifodalaydi.
Dvigatelning litr massasi gl deb ( kg/l ), yoqilg’isiz dvigatel og’irligining slindrlar ish hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi:
bunda Ge-qo’shincha jihozlar bilan to’la komplektlangan dvigatel (yoqilg’i, moylash va sovitish sistemalari to’ldirilmagan holdagi), kg.
Litr massasi dvigatel konstruktsiyasi va tayyorlash texnologiyasi va tayyorlash texnologiyasining takomilligini, ishlatilgan materiallarning sifatini harakterlaydi. Dvigatelning solishtirma massasi gN (kg/kVt) debyoqilg’isiz dvigatel massasining uning nominal quvvatiga bo’lgan nisbatiga aytiladi:
gN= .
Dvigatelning solishtirma massasi uning kontruktsiyasining takomillashganligini ifodalaydi va u ko’p faktorlarga, shu, jumladan, dvigatelning turi va qanday maqsadlarda ishlatilishi, konstruktiv sxemasi tayyorlangan materiallar sifati va boshqalarga bog’liq bo’ladi.
“DAMAS” BUS(7) avtomobili F&CB, SOHC 2V -dvigatelini issiqlik hisobi
Issiqlik hisobi dvigatel ishchi tsilindrlarida sodir bo`ladigan jarayonlarni hisoblashdan boshlanadi. Avvalo issiqlik hisobi uchun quyidagi ko`rsatkichlar asos qilib olinadi.
Dvigatel markasi - F&CB, SOHC 2V
Dvigatel tipi - 4-taktli, 3-ts, bir qatorli,karbyuratorli.
Hisobiy quvvati, Nn,= 28 kvt
Tirsakli valining ayl/chas, nn = 5000 ayl/min
Tashqi muxit harorati, To= 288 K
Siqish darajasi, ε = 9,3
Tsilindrlar soni, i = 3
Tsilindrlar diametr iva porshen yo`li, D = 68.5 mm; va S=72.0 mm
Ishchi hajm, litraji, Vl =0,796 l
Yonilg`i - Benzin A-91,
Yonilg`ining pastki solishtirma issiqligi Qp – Benzin uchun 43930 kj/kg
Yonilg`ining o`rtacha elementar tarkibi - benzin uchun S = 0,855; N= 0,145
Tashqi muxit bosimi, Ro =0,1 MPa
Havoning ortiqchalik koeffitsienti, –α =0,92 ;
Yangi zaryadni tsilindrgacha qizishi, Δ T = 15
Chiqarish oxiridagi bosim va harorat, Rr= 0,115 MPa; Tr =950 K
Do'stlaringiz bilan baham: |