- 6 -
yuzasi silindr oynasi deyiladi. Bu yuzaning aniq ishlanishi (uning ovalligi va
konusligi 0,02 mm dan oshmasligi kerak) porshenning silindrlarda yengil va porshen
xalqalarining silindrga jipslanib harakatlanishini taminlaydi.
3-rasm. D-21A1 dvigateli detallari
1-klapanlar qopqog’i; 2 va 8-qistirma (prokladka)lar; 3-silindrlar kallagi; 4-silindr;
5-silindr qistirmasi (prokladkasi); 6-shpilka; 7-karter; 9-karter tagligi (poddon), 10-sovitish
qovurg’asi
Blok – karterga o’rnatiladigan gilza 7 yeyilishlarga bardosh beruvchi va yuqori
mexanik xususiyatlarga ega cho’yandan quyuladi. Quyma gilzalarning qo’llanilishi
blok-karterning yeyilgan gilzalarini almashtirish evaziga ishlash muddatini uzaytiradi
va uning tayyorlanishini soddalashtiradi.
Tashqi sirti sovitish suyuqligi bilan o’rab olingan gilzalar ho’l gilzalar deyiladi.
(5-rasm b, d). Ho’l gilzalar devorining qalinligi 6…8 mm ni tashkil etadi. Agarda
gilzalar o’yib kengaytirilgan blok-karter silindriga o’rnatilgan bo’lsa (5-rasm, s)
quruq gilza deb ataladi.
Silindr oynasining eng ko’p yeyilishi harorat va
ishlatilgan gazlar tasirida
bo’lgan yuqori qismida kuzatiladi. ZMZ-53-11 va ZIL-130 dvigatellari silindrlari
gilzalarining (5-rasm, d) yuqori qismiga yeyilishni kamaytirish uchun zanglashga
qarshi (kislota bardosh) cho’yandan yasalgan kalta vtulka 10 ichki yuzalariga ishlov
berilgandan so’ng presslab o’rnatiladi. Yeyilishga chidamliligini oshirish uchun
gilzalarning ichki yuzasi 2 mm chuqurlikgacha toblanadi.
Ho’l gilzani blok-karterdagi uyaga o’rnatishda uning o’q bo’ylab siljishini va
g’ilofdan silindr gilzasiga hamda karter tagligiga (poddonga) sovitish suyuqligining
- 7 -
sizib o’tishini oldini olishga etibor qaratish zarur. Bundan tashqari gilza qizigan va
soviganda uning uzunligining o’zgarishiga imkoniyat yaratilgan bo’lishi kerak.
4-rasm. SMD-18N dizelining qo’zg’almas detallari
1-silindr gilzasi; 2-silindrlar kallagini mahkamlash shpilkasi; 3-zichlagich korpusining
yuqori yarmi; 4-salnik; 5-shtift; 6 va 7-qistirma (prokladka)lar; 8-zichlagich korpusining
pastki yarmi; 9-blok-karter; 10, 11, 15, 17 va 19-o’zak podshipniklari qopqoqlari;
12-gayka; 13-qotirish qistirmasi; 14 va 16-tayanch yarim xalqalar; 18-o’zak podshipnigi
shpilkasi; 20-taqsimlash vali oldingi podshipnigining vtulkasi; 21-yon qopqoq qistirmasi
(prokladkasi); 22-yon qopqoq; 23-silindr gilzasining zichlagich xalqasi
5-rasm, a va b da D-245 dizelining ho’l gilzasi
va uning blok-karterga
o’rnatilishi ko’rsatilgan. Gilza belbog’ 4 ning pastki yuzasi bilan blok-karterning
ustki qismidagi silindrik o’yiqcha asosiga tayanadi. Blok-karterning pastki qismida
xalqasimon ariqcha ishlangan bo’lib, unga zichlovchi rezina xalqa 9 kiydirilgan. Bu
xalqa blok-karterning ishlov berilgan ichki yuzasidan bir oz chiqib turadi. Gilza 7
blok-karter 8 ga o’rnatilganda rezina xalqa siqilib xalqasimon ariqcha bo’shligini
to’ldiradi. Shu bilan blok-karter va gilza orasidagi ishonchli jipslik taminlanadi.
Gilza yuqori toretsi bilan blok-karter ustki tekisligidan birmuncha chiqib
turadi, bunda qistirma 6 silindrlar kallagini blok-karterga yaxshi zich birikishini
yuzaga keltiradi va silindrdan gazlarning chiqishiga to’sqinlik qiladi. Gilzaning ustki
tekisligida chiqib turuvchi ingichka belbog’simon qism mavjud.
Silindrlar kallagi
shpilkalar gaykalari yordamida qotirilganda hosil bo’lgan kuch shu qism orqali blok-
- 8 -
karterning silindrik o’yiqchasining asosiga beriladi, buning natijasida gilzaning o’q
bo’ylab siljishi va deformatsiyasi yo’qotiladi. Gilza o’rnatilgandan so’ng uning
belbog’i 4 ni va blok-karterning yuqori tekisligidagi o’yiqchasini silindrik yuzalari
bir-biriga tegmasdan turishi kerak.
5-rasm. Silindr gilzalari
a)
D-245 dvigatelining (ho’l) gilzasi va b) ho’l gilzani blok karteriga o’rnatilgan holati,
c) blok karterga o’rnatilgan quruq gilza, d) ZMZ-24 dvigatelini blok karterga
o’rnatilgan (ho’l) gilzasi. 1, 3-gilzani o’rnatuvchi belbog’lari; 2-silindr oynasi;
4-belbog’; 5-blok karterning suv g’ilofi; 6-qistirma (prokladka); 7-silindr gilzasi;
8-blok-karter; 9-zichlovchi rezina xalqa; 10-vtulka; 11-zichlovchi mis xalqa
Ayrim dvigatellarda (m: ZMZ-24 dvigatelida, 5d-rasmga qarang) silindr gilzasi
yuqorigi tayanch chizig’iga ega emas, biroq blok-karterning pastki chiqig’i
asosi
bilan silindr gilzasi pastki belbog’i tayanch yuzasi orasiga zichlagich mis xalqa 11
o’rnatilgan.
Bazi ichki yonuv dvigatellarida masalan 4ВТ-3.9 dvigateli blogida gilzalar
ishlatilmagan. Bu dvigatel blok karteri cho’yandan bir butun yaxlit quyib yasalgan
bo’lib, blok-karterda moy sovitgich, moy nasosi, sovituvchi
suyuqlikni kiritish
teshigi, suv nasosi uchun maxsus joylar mavjud, silindrlar ichki yuzasiga xoninglash
usulida ishlov berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: