O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


-mavzu. Ekin maydonkari, mevali daraxtzorlar va agrotexnik chora-tadbirlar statistikasi



Download 444,35 Kb.
bet12/24
Sana24.02.2017
Hajmi444,35 Kb.
#3236
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24

9-mavzu. Ekin maydonkari, mevali daraxtzorlar va agrotexnik chora-tadbirlar statistikasi


Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Ekin maydonlari , Mevali daraxtzorlar va agrotexnik chora-tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan statistik ko’rsatkichlarni hisoblash va ulardan foydalanish ahvolini iqtisodiy-statistik tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. Yer fondi.Qishloq xo’jalik yerlari. Ekin maydoni kategoriyalari. Mevali dov-daraxtlar.Agrotexnik tadbirlar.Urug’langan maydon.Bahorgi mahsuldor maydon. Mevali dov-daraxtlar zichlik koeffisiyenti.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:

1.Ekin maydonlari statistikasi

2.Mevali daraxtzorlar statistikasi

3. agrotexnik chora-tadbirlar statistikasi


9. 1.Ekin maydonlari statistikasi


Ekin maydoni – Qishloq xo’jalik ekinlari bilan band bo’lgan maydondir. Ekin maydoni haydaladigan yerning asosiy qismidir.

Statistika ekin maydonlarini quyidagi kategoriyalarga bo’lib o’rganadi:

1.Urug’ sepilgan maydon;

2.Bahorgi mahsuldor maydon;

3.Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon;

4.Hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon.

Urug’ sepilgan maydon kategoriyasiga barcha urug’ sepilgan yer maydonlari kiradi, ya’ni asosiy ekin maydonlari bilan bir qatorda takroriy ekinlar, oraliq ekinlar, aralashtirib ekilgan ko’p yillik o’tlar, bog’larning qatorlari orasidagi ekinlar, haydalgan yaylovlardagi dastlabki ekinlar, nobud bo’lgan ekinlar o’rniga qaytadan ekilgan ekinlar maydonlari kiradi.

Ekish va yig’ib-terib olish davri bir kalendar yili ichida bir-biriga to’g’ri kelmasligi tufayli urug’sepilgan maydon ikkiga bo’linadi:

1.Joriy yil hosili uchun urug’ sepilgan maydon;

2.Joriy yilda urug’ sepilgan maydon.

Joriy yil ќosili uchun urug’ sepilgan maydonga o’tgan yil kuzida ekilgan ekin va joriy yil bahorida ekilgan ekin maydonlari kiradi.

Joriy yilda urug’langan maydonga joriy yilning baќorida joriy yil ќosili uchun ekilgan va joriy yilning kuzida kelgusi yil hosili uchun ekilgan maydonlar kiradi.

Bahorgi mahsuldor maydon deb bahorgi ekish davrining oxirgi muddatiga kelib, ekinlar bilan band bo’lgan maydonga aytiladi. Bu maydonga o’tgan yilning kuzida ekilgan ekin va o’tgan yillarda ekilgan ko’p yillik o’tlar maydoni (nobud bo’lganlari chiqarib tashlanadi), bahorda ekilgan ekin maydonlari kiradi.

Bahorgi mahsuldor maydonga haydaladigan yerlardagi ekin maydonlari bilan bir qatorda bog’lar orasidagi va yaylovlarni tubdan yaxshilash uchun ekilgan dastlabki ekin maydonlari ham kiradi. Har qanday maydon mahsuldor maydonga bir marta kiritiladi.

Bahorgi mahsuldor maydon tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

1.Oraliq tig’iz va takroriy ekinlar va aralashtirib ekilgan ko’p yillik o’tlar maydoni, chunki bular mustaqil maydonni ishg’ol qilmaydi;

2.Ko’k o’g’it ekin maydoni, chunki bu maydondan olinadigan mahsulot qishloq xo’jaligi ekinlari mahsuloti bo’lmasdan, kelajakda ekinlarning hosildorligini oshirishga qaratilgan alohida agrotexnik tadbir bo’lib hisoblanadi.

Maxsus madaniylashtirilgan inshootlarni talab qiladigan yopiq joydagi ekinlarning maydonlari ham bahorgi mahsuldor maydonga kiritilmaydi.

Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon deb hosilni o’rib-yig’ib olish uchun mo’ljallangan maydonga aytiladi.

Mahsuloti chorva mollariga ko’k ozuqa tariqasida berilgan maydon ham shu maydon tarkibiga kiritiladi.

Bahorgi mahsuldor maydon bilan hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydonning bir-biridan farqi nimada?

Hosili yig’ib olinadigan maydonning miqdori yozda nobud bo’lgan ekin maydoni hisobiga kamayadi, takroriy ekinlar hamda ikki va undan yuqori o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlar maydoni hisobiga esa ko’payadi. Shunday qilib hosili yig’ib olinadigan maydon bahorgi mahsuldor maydonga, takroriy ekinlar maydoni va birinchi marta o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlarning maydonlarini qo’shish va ulardan nobud bo’lgan va joriy yilda o’rib olinmaydigan ekinlarning maydonlarini ayirib tashlash bilan aniqlanadi. Bu maydon to’g’risidagi ko’rsatkichlar o’rim-yig’im ishlarining rejalarini tuzish va ularning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishda ishlatiladi. Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon asosida xo’jalik ekinlarining hosildorligi aniqlanadi.

Hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon deb o’rim-yig’im ishlari amalga oshirilgan maydonga aytiladi. Yetishtirilgan hosilning bir qismi ayrim sabablarga ko’ra yig’ib olinmasdan qolishi mumkin. Ana shu ko’rsatkichlar hisobiga hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon miqdori hosili yig’ib olinadigan maydondan kam bo’lishi mumkin.

Qishloq xo’jalik ekinlari xo’jalikda tutgan o’rni va ishlab chiqarish texnologik xususiyatlari bo’yicha quyidagi besh guruh bo’yicha hisobga olinadi:

1.Don ekinlari;

2.Texnika ekinlari;

3.Kartoshka va sabzavot-poliz ekinlari;

4.Yem-xashak ekinlari;

9.2.Mevali daraxtzorlar statistikasi


Statistika ko’p yillik mevali dov-daraxtlar bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlaydi va statistik tahlil qiladi: hosil berish yoshidagi dov-daraxtlarning koeffisiyenti, zichlik koeffisiyenti, tutib ketish koeffisiyenti, siyraklik koeffisiyenti, foydalanish koeffisiyenti

Hosil berish yoshidagi dov-daraxtlarning koeffisiyenti qanday aniqlanadi? Bu koeffisiyentni aniqlash uchun Hosil berish yoshidagi dov-daraxtlarning maydonini (DM) jami daraxtlarning maydoniga(JDM) bo’lish kerak.

Ko’p yillik mevali dov-daraxtlarni zichlik koeffisiyenti qanday aniqlanadi? Zichlik koeffisiyentini aniqlash uchun har bir turdagi mevali dov-daraxtlarning haqiqiy mavjud sonini (tupini) ularning jami maydoniga bo’lish Kerak:

Bunda, Kz meva dov-daraxtlarning zichlik koeffisiyenti;

MDS- har bir turdagi mevali dov-daraxtlarni soni;

MDM-har bir turdagi mevali dov-daraxtlarning jami maydoni;

Agar dov-daraxtlar aralash holda bo’lsa, ularning zichlik koeffisiyenti ikki xil usul bo’yicha aniqlanadi:

Dov-daraxtlar maydonidan foydalanish koeffisiyenti qandayaniqlanadi? Har bir dov-daraxtning haqiqiy zichlik koeffesiyentini me’yor bo’yicha belgilangan soniga bo’lish orqali maydondan foydalanish koeffisiyenti aniqlanadi.


Download 444,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish