Haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash



Download 14.28 Kb.
Sana03.04.2017
Hajmi14.28 Kb.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadigan masalalar

1. Yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat qilish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

tuproq unumdorligini, shuningdek yerlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish;

qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o‘tlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish;

agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin bo‘lmasa, unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konsyervatsiya qilish;

buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini oshirish;

yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash;

foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi ustidan nazorat qilish;

2. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan:

tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish;

haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash;

meliorativ jihatdan nobop bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni yaxshilash tadbirlari bajarilishini nazorat qilish;

3. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘lchash.

4. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda tekshirish;

yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko'rsatmalar berish;



aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida etkazilgan zararni qoplash haqida da’volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga taqdimnomalar yo'llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish;

yerga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini to‘liq yoki qisman olib qo‘yish to‘g'risida taqdimnomalar hamda yer uchastkalarining unumsizlanib qolganligini belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish. 

Download 14.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat