5.1.Ijtimoiy hayotdagi bog,lanishlarning asosiy turlari va shakllari
Jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional va korrelyasion shaklda namoyon bo’ladi. Natijaning o’zgarishiga omillar ta’sirlarining yig’indisi to’liq mos kelishligini ifodalovchi bog’liqlik funksional bog’liqlik deb yuritiladi, agar mos kelmasa u korrelyasion bog’liqlik bo’lib hisoblanad
Funksional bog’liqlik har bir alohida sodir bo’lgan hodisa va jarayonda namoyon bo’ladi, korrelyasion bog’liqlik esa har bir sodir bo’lgan hodisada emas, balki u kuzatilayotgan ko’p sonli hodisaning o’rtacha ko’rsatkichida namoyon bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligini o’rganishda ko’p sonli hodisa va jarayonlarni qamrab olgan statistik to’plamdan foydalanib, korrelyasion tahlil usulini qo’llab tahlilni amalga oshirish kerak.
Korrelyasion tahlil usulining mohiyati shundan iboratki, natijaviy ko’rsatkich bilan omilli ko’rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog’liqlikni aniqlashdan iborat. Korrelyasion bog’liqlik bir omilli va ko’p omilli turlarga bo’linadi.
5.2. Korrelyatsion tahlil asoslari
Natija bilan bir omil orasidagi bog’liqlik oddiy korrelyasiya, natija bilan bir necha omilli orasidagi bog’liqlik esa ko’p omilli korrelyasiya deyiladi.
Masalan, oddiy korrelyasiyaga misol qilib, tuproq sifati bilan paxta hosildorligi orasidagi bog’liqlikni olish mumkin. Bunda omil bo’lib, tuproq sifati, natija bo’lib, paxta hosildorligi hisoblanadi. Bu ikki ko’rsatkich orasida bevosita korrelyasion bog’liqlik mavjud, ya’ni tuproq sifati (bali) oshgan sayin, paxta hosildorligi ham oshib boradi. Ushbu qonuniyatni alohida olingan bir jarayon bo’yicha (bir uchastkada sodir bo’lgan jarayon bo’yicha) aniqlash mumkin emas, faqat ko’p sonli jarayonlarning (bir necha uchastkada, xo’jaliklarda sodir bo’lgan jarayonlarning) o’rtachasi bo’yicha aniqlanadi.
Natijaviy belgining o’rtacha darajasi (UX) bilan omil(x) o’rtasidagi korrelyasion bog’lanishni ifodalaydigan regressiyaning chiziqli tenglamasi quyidagicha aniqlanadi: = a + bx,
Natija bilan omil orasidagi bog’liqlik bevosita bo’lganda, ushbu tenglamadan foydalanib, tahlilni amalga oshirish mumkin.
Bunda, - natijaning o’rtacha miqdori (o’rtacha hosildorlik darajasi);
x – har bir omilli ko’rsatkichning darajasi (tuproqning bali);
a va b- tenglamaning parametrlari;
a- x nolga teng bo’lganda hosildorlik darajasi a-ga yani natijaviy ko’rsatkichga teng bo’lishligini bildiradi;
b – x bir birlikka o’zgarganda u o’rta qanchaga o’zgarishini ifodalovchi koeffisiyent(b- regressiya tenglamasining koefisiyenti).
Nomalum parametrlar qiymatini (a,b) aniqlashda eng kichik kvadratlar usulidan fo’ydalaniladi.. Bunda quyidagi formulalarda foydalaniladi:
∑x - omil belgi qiymatlarining jami summasi.,
∑ - omil belgi qiymatlari kvadratlarining jami summasi.,
∑u - natijaviy belgi qiymatlarining jami summasi.,
∑ux- omil belgi bilan natijaviy belgi qiymatlari ko’paytmasining jami summasi
Quyida jadvalda keltirilgan malumotlar asosida yuqoridagi tenglamalarning a va b parametrlarini aniqlash usulini ko’rib chiqamiz.
Nomalum a va b koefisiyentlarni aniqlaymiz. Buning uchun har bir tenglama qiymatlarini a oldidagi koefisiyentga bo’lib,quyidagi natijaga ega bo’lamiz.
22.5b
23.5
Ikkinchi tenglamadan birinchi tenglama ni ayirib, b parametr qiymati aniqlanadi:
1.0
Jadval
Tuproq sifati bilan paxta hosildorligi orasidagi bohliqlikni aniqlash uchun zarur bo’lgan malumotlar hisob-kitobi
Xo’r T.R.
lll
|
Paxta
hosildorligi, s/ga
X
|
Tuproq
sifati,
ball
U
|
|
XU
|
Tuproq sifatiga bog’liq bo’lgan
hosildorlik,
|
1
|
15
|
45
|
2025
|
675
|
17.80
|
2
|
20
|
72
|
5184
|
1440
|
24.25
|
3
|
22
|
50
|
2500
|
1100
|
18.99
|
4
|
18
|
48
|
2304
|
864
|
18.51
|
5
|
20
|
52
|
2704
|
1040
|
19.47
|
6
|
22
|
60
|
3600
|
1320
|
21.38
|
7
|
26
|
90
|
8100
|
2340
|
28.55
|
8
|
24
|
65
|
4225
|
1560
|
22.58
|
9
|
26
|
70
|
4900
|
1820
|
23.77
|
10
|
32
|
95
|
9025
|
3040
|
29.74
|
JAMI
|
225
|
647
|
44567
|
15199
|
225
|
Endi, a koefisiyentning qiymatini aniqlaymiz,buning uchun b prametrining qiymatini olingan tengmalarning biriga qo’yib aniqlaymiz:
22.5
22.5
a
Olingan tenglama chiziqli korrelyasion bog’liqlik tenglama deb ataladi. Parametr v regressiya koefisiyenti bo’lib hisoblanadi. Bu koefisiyent tuproq sifati 1 ballga oshgan tag’dirda paxta hosildorligi o’rta hisobda o,239 sentnerga oshganligini bildiradi.
5.3.Ko,p omilli korrelyatsiya
Natijaning o’zgarishiga ikki va undan ortiq omil tasir qilsa, ko’p omilli korrelyasiya qo’llaniladi. Ko’p omilli korrelyasiya to’g’ri chiziqli tenglama formulasi kuyidagi ko’rinishga ega:
Ushbu tenglamaning parametrlarining qiymatlarinii eng kichik kvadratlar usuli orqali aniqlanadi:
∑y
∑x - omil belgi qiymatlarining jami summasi.,
∑ - omil belgi qiymatlari kvadratlarining jami summasi.,
∑u - natijaviy belgi qiymatlarining jami summasi.,
∑ux- omil belgi bilan natijaviy belgi qiymatlari ko’paytmasining jami summasi
Nazorat savol va topshiriqlar
1.O’zaro bog’lanishlar deganda nimani tushunasiz?
2. Funksional bog’lanish deganda nimani tushunasiz?
3.Korrelyasion koeffisiyent qanday aniqlanadi?
4.Juft korrelyasiya nima?
5. Ko’p omilli korrelyasiya mazmunini tushuntiring
Mustaqil ish topshiriqlari
1.Belgilar o’rtasidaga munosabatlarning xarakteriga qarab tariflanadigan bog’lanishlarni aniqlang:
a)To’g’ri va egri chiziqli bog’lanishlarga bo’linadi
b) To’g’ri va teskari bog’lanishlarga bo’linadi
v) Funksional va Korrelyasion bog’lanishlarga bo’linadi
g) Noto’g’ri javob yo’q
2.Natijaviy va omil belgilarning qo’shimcha o’sish suratlari bir xil bo’lsa,u holda elastik koeffisiyenti nimaga teng bo’ladi:
a) 1 sonidan kichik bo’ladi
b) 1 soniga teng bo’ladi
v) 1 sonidan katta bo’ladi
g) b+v
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo. – Statistika nazariyasi.Darslik. T.: 2002.
2.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.
3.Qudratov T.-Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. S.: –2002
4. Qudratov T Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Leksiyalar kursi. Samarqand , 2013
Do'stlaringiz bilan baham: |