3-mavzu. Statistik svodkalash va guruhkash.Mutlaq va nisbiy miqdorlar
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, statistik svodkalash va guruhlash usullarining mazmunini,mutlaq miqdorlar va ularni hisoblash usullarini hamda nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Statistik svodkalash.Statistik guruhlash. Mutlaq miqdorlar.Yakka mutlaq miqdor.Umumiy mutlaq miqdor Nisbiy miqdorlar. Reja bajarilishini ifodalovchi nisbiy. Dinamika nisbiy miqdori. Intensiv nisbiy miqdor. Koordinasiya nisbiy miqdori. .
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Statistik ma,lumotlarni svodkalash va guruhkash usullari
2. Mutlaq miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi
3.Nisbiy miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi
3.1.Statistik svodkalash va guruhkash usullari
Statistik kuzatish natijasida ko’p ma’lumotlar to’planadi, ammo ushbu ma’lumotlarning tarqoqligi, biror bir belgi bo’yicha tartibga solinmaganligi sababli sodir bo’lgan hodisalar to’g’risida xulosalar chiqarishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa bo’lib, olingan ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va ularni qayta ishlash hisoblanadi. Bu vazifa statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichida amalga oshiriladi (bajariladi). Bu bosqich – statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni svodkalash va guruhlash deb ataladi. Demak, statistik svodkalash va guruhlash deb nimalar tushuniladi?
Statistik svodkalash deb statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni reja asosida yig’ish usuli tushuniladi.
Statistik guruhlash deb statistik kuzatish natijasida to’plamgan (jamlangan) ma’lumotlarni muhim belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganish usuli tushuniladi.
Statistik tadqiqotning uchinchi bosqichi bo’lib, olingan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va imkoniyatlar to’g’risida xulosalar chiqarish hisoblanadi.
.
Mutlaq miqdorlar malum davrda va malum xududda u yoki bu hodisaning fizik miqlori yoki hajmini ifodalaydi. Mutlaq miqdorlar barcha ijtimoiy hodisalar to’g’risida hisob-kitoblarning , tadqiqotlarning va iqtisodiy-statistik tahlilning asosi bo’lib hisoblanadi.
Mutlaq miqdorlar ifodalanishi bo’yicha quyidagi ikki turga bo’linadi:
1.Yakka mutlaq miqdorlar
2.Umumiy mutlaq miqdorlar
Yakka mutlaq miqdorlar o’rganilayotgan to’plamning alohida bo’laklarini miqdoriy jihatlarini tavsiflaydi va ular statistik tadqiqot uchun manba bo’lib hisoblanadi.
Umumiy mutlaq miqdorlar o’rganilayotgan u yoki bu to’plamning barcha birliklarining miqdoriy belgilarining jamini tariflaydi. Umumiy mutlaq miqdorlar mohiyati jihatidan bir xil bo’lgan yakka mutlaq miqdorlar yig’indisi bo’lib hisoblanadi.
Mutlaq miqdorlar natura, shartli-natura,pul va kompleks o’lchov birliklarida ifodalanadi.
3.3.Nisbiy miqdorlar to,grisida tushincha va ularning turkarini hisoblash tartibi
Ijtimoiy hodisalarni tariflashda va ularga baho berishda mutlaq miqdorlar bilan bir qatorda nisbiy miqdorlar keng qo’llaniladi.
Nisbiy miqdorlar deganda qanday miqdorlar tushuniladi? Bir mutlaq miqdorning ikkinchi mutlaq miqdorga nisbati tariqasida aniqlanadigan uchinchi miqdor nisbiy miqdor deb tushuniladi. Nisbiy miqdorlar asosan koeffisiyent va foizlarda ifodalanadi.
Nisbiy miqdorlar quyidagi turlarga bo’linadi:
-
Rejaning bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar
-
Reja topshirig’ini ifodalovchi nisbiy miqdorlar
-
Dinamika nisbiy miqdorlari
-
Struktura nisbiy miqdori
-
Koordinasiya nisbiy miqdori(KNM):
6.Intensiv nisbiy miqdorlar
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Statistik svodkalash deganda nimani tushunaiz?Tushuntiring.
2. Statistik guruhlash nima?Mazmunini tushuntiring.
3.Guruhlash belgisi nima va uning qanday turlarini bilasiz?
4.Nisbiy miqdorlar deganda qaysi miqdorlar tushuniladi?
5.Dinamika nisbiy miqdori qanday niqlanadi?Mazmuninitushuntiring.
Mustaqil ish topshiriqlari.Nisbiy miqdorlarni amaliyot o’tagan xo’jalik misolida hisoblang,xulosa yozing va o’qituvchiga ko’rsatib,to’g’ri yechganingizga ishonch hosil qiling
4-mavzu. O,rtacha miqdorlar va variatsiya ko,rsatkichlari
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, o’rtacha miqdorlar va ularning turlarini hisoblash usullarini,moda va medianani qator turlarida hisoblash yo’llarini hamda variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. O’rtacha miqdor. O’rtacha arifmetik miqdor. O’rtacha garmonik miqdor. O’rtacha xronologik miqdor.Moda.Mediana.Variasiya. Variasion kenglik. O’rtacha mutlaq tafovut.Dispersiya. O’rtacha kvadratik tafovut. Variasiya koeffisiyenti.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.O,rtacha miqdorkar to,grisida tushincha, turkari va ularni hisoblash tartibi
2.Moda va mediana tushinchasi va ularni qator turlarida hisoblash
3.variatsiya ko,rsatkichlari va dispersion tahlil asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |