O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


Bu bosqichda xam quyidagilarga axamiyat berish maqsadga muvofiq



Download 3,29 Mb.
bet61/112
Sana13.07.2022
Hajmi3,29 Mb.
#791367
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
Informatika1(воста

Bu bosqichda xam quyidagilarga axamiyat berish maqsadga muvofiq:


      • Masalani kompyuterda echish uchun qanday turdagi matematik apparatni ishlatgan ma’qul;

      • Nima uchun bu matematik apparatni qo’llash yaxshi natijalarga olib keladi;

      • Oldin xam bunday masalalar echilganmi va ularda qanday matematik usullar qo’llanilgan;

      • Modelning real xayot va amaliyot bilan mos kelishini qanday tekshirish mumkin;

      • Masalani bunday usulda matematik ifodalash undan foydalanuvchilarga tushunarli va qulay bo’ladimi.

3.Masalani echish usulining tanlanishi.
Masala matematik ifodalanib bo’lgandan keyin uni echish usuli tanlanishi kerak. Bu usul izlanayotgan natijalarning boshlang’ich ma’lumotlarga bog’liqligini aniqlaydi va hisoblash jarayonini EHMda bajariladigan elementar arifmetik va mantiqiy ketma-ketliklarga ajratish yo’li amalga oshiriladi. Zamonaviy hisoblash matematikasi fan va texnikaga doir turli masalalarni echish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan ko’plab sonli matematik usullarga va algoritmlarga ega. Xar bir turdagi matematik modelni echish uchun turli xil usullarni qo’llash mumkinki, ular xilma-xil shart sharoitlarga bog’liq ravishda masala echilishining turli xildagi samaradorligini ta’minlab beradi. Shuning uchun xam bunday usullar ichidan masalani eng tez, aniq va kam vaqt sarf qilgan holda echib beradigan usulni tanlab olish katta axamiyatga ega bo’ladi.

Bu bosqichda asosan quyidagilarga axamiyat berish maqsadga muvofiq:


      • Masalaning eng samarali usulda kompyuterda echilishi uchun qanday turdagi usullarni qo’llagan maqsadga muvofiq;

      • Bu usullar ichida qaysi biri eng qulay va boshqalariga qaraganda tezroq echimni topishga imkon beradi;

      • Tanlangan usul qanday turdagi boshlang’ich ma’lumotlarni talab qiladi;

      • Usulning aniqligi va model ko’rsatgichlarini xisoblash tezligi qo’yilgan talablarga javob beradimi;

      • Sizdan oldin biror bir kimsa ushbu usulni ishlatganmi va u qanday natijalarga erishgan.

      1. Masalani echishning algoritmini ishlab chiqish.

Ushbu bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan hisoblash jarayonini etarlicha to’la, aniq va bir ma’noli tavsiflash zarurati tug’iladi. Ushbu tavsif hisoblashlarni bajarish uchun zarur bo’lgan formulalarni o’z ichiga olishi, ularni qo’llash ketma-ketligini, u yoki bu formula foydalaniladigan sharoitlarni aniqlashi, shuningdek hisoblash jarayonining bir qismidan boshqa qismiga o’tish qoidalarini ko’rsatishi kerak. Mashinaga hisoblash jarayonida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar haqida zarur ko’rsatmalar ham berilishi kerak. Ana shu barcha ishlar masalani echish algoritmi bilan amalga oshiriladi. Masalani echish algoritmini izlash, ishlab chiqish va tavsiflash algoritmlash deb ataladi. Masalani echish algoritmi kompyuterning imkoniyatlarini, echish aniqligini xamda masalani echish vaqtini hisobga olgan holda yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Algoritmni yaratishda oraliq ma’lumotlarni iloji boricha kamaytirish, tashqi qurilmalar bilan aloqalarni kamaytirish yaxshi natijalarga olib keladi. Keyinchalik tuziladigan dasturning samaradorligi va unumdorligi masalani echish algoritmining qanchalik puxta tuzilganligiga bog’liq bo’ladi. Masalaning echish usuli qanday tanlanganiga bog’liq ravishda bir masalaning bir necha echilish algoritmi mavjud bo’lishi mumkin.
Algoritmlash, ya’ni masalaning algoritmini tuzish jarayonida oldin tuzib qo’yilgan tayyor algoritm bo’laklaridan yoki qismlaridan foydalanish, modulli printsiplardan foydalanish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Ko’pincha algoritmlar blok tasvirlar ko’rinishida ifodalanadi, chunki bu ish ularni keyinchalik dasturlashtirishda ancha engilliklar tug’diradi.
Shuni aytish kerakki, odatda murakkab algoritm uchta asosiy struktura: chiziqli, tarmoqlanuvchi va tsiklik algoritmlar kombinatsiyasidan tuziladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish