Axborotning semantik o’lchovi. Axborotning manoli mazmunini, ya'ni uning semaitik bosqichidagi miqdorini o’lchashda tezaurusli o’lchov keng tarqalgan. Bu o’lchov axborotning semantik xususiyatlarini xabar qilinishidagi foydalanuvchining qobiliyati bilan bog’laydi. Buning uchun foydalanuvchining tezaurusi tushunchasi ishlatiladi. Tezaurus - foydalanuvchi yoki tizim ixtiyoridagi ma'lumotlar majmuidir.
Foydalanuvchi qabul qiladigan va kelgusida o’zining tezaurusiga kiritadigan axborot miqdori Ic axborotning ma'noli mazmuni S va foydalanuvchi tezaurusi Sf, orasidagi o’zaro munosabati o’zgaradi. Bu bog’liqlik tabiatini 6-rasmdagi egri chiziq yordamida ko’rsatish mumkin.
Foydalanuvchi semantik axborotning maksimal miqdoriga axborotning ma'noli
mazmunini o’zining tezaurusi bilan muvofiqlashtirgan holda (Sp =Spop ) holda ega bo’ladi. Unda qabul qilingan axborot foydalanuvchiga tushunarli bo’ladi va unga oldin noma'lum bo’lgan (uning tezaurusida bo’lmagan) ma'lumotlarni beradi.
Shunday qilib, foydalanuvchi qabul qiladigan ma'lumotlardagi semantik axborotning miqdori, yangi bilimlar miqdori nisbiy kattalikdir. Bir xil ma'lumotlar bilimdon foydalanuvchi uchun manoli mazmuniga ega bo’lsa, xabarsiz foydalanuvchi uchun ma'noga ega bo’lmaydi (semantik shovqin).
Ic
Foydachanuvchi qabul qiladigan semantik axborot
miqdori bilan uning tezaurusi orasidagi bog’liqlik Ic = f(Sp).
Semantik axborot miqdorining nisbiy o’lchovi sifatida semantik axborot miqdorining uning hajmiga nisbati orqali aniqlanuvchi mazmunlik koeffitsienti C xizmat qilishi mumkin:
С = R/Vm
Axborotning pragmatik o’lchovi. Axborotning pragmatik o’lchovi qo’yilgan maqsadga erishishdagi axborotning foydaliligini (qiymatini) aniqlaydi. Bu o’lchov ham nisbiy kattalik bo’lib, nisbiylik bu axborotning u yoki bu tizimda ishlatilishiga asoslanadi.
Yuqorida keltirilish axborot o’lchovlarini bir-biriga taqqoslash maqsadida axborot o’lchovi turi, uning o’lchash birligi va kompyuterda ishlatilishi misollari 1 - jadvalda keltirilgan.
1-jadval
-
Axborat o’lchovi
|
Axborat birligi
|
Kompyuterda ishlatilishi misollari
|
Sintaktik.
-Shenon nuqtai nazari
-kompyuter nuqtai nazari
|
Noaniqlilik darajasini kamaytirish
Axboratni ifodalash birliklari
|
Hodisa ehtimolligi
Bit, bayt,Kb, Mb, Gb, va hakoza
|
Semantik
|
Tezaurus
Iqtisodiy ko’rsatkichlar
|
ADP,ShK, kompyuter tarmoqlari va hakoza.
Rentabelligi, unumdorligi, amortizatsiya koeffitsenti va h.
|
Pragmatik
|
Foydalanish qiymati
|
Xotira hajmi, kompyuter unumdorligi, ma’lumotlarni uzatish tezligi va h. axboratni qayta ishlash va qaror qabul qilish vaqti.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |