Personalni rejalashtirishning maqsad va vazifalari
Reja
1.Personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari bilan muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish;
2.Personalni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog’lash;
3.Kadrlar xizmatining reja guruhi va korxona reja guruhi o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
Qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko`rsatkichlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik va nisbatlarni ta’minlash, rivojlanish yo`llari va sur’atlari, tarmoqlar va bo`linmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy bo`g`inlari o`rtasida to`g`ri mutanosiblikni shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi.
Qishloq xo`jaligi korxonasi va uning ichki ishlab chiqarish bo`linmalari hamda tarmoqlari faoliyatini ifoda etuvchi rejalar ichki xo`jaligi rejalari deb ataladi. Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal rivojlantirish, tarmoqlar o`rtasida zarur mutanosiblikni ta’minlash orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat.
Qishloq xo`jaligi korxonalarini rejalashtirish bir nechta tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi. Rejalarning realligi rejalashtirishning muhim tamoyilidir. Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni ma’nosiz qilib qo`yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada bajarilmay qolishi, u bilan bog`liq bo`lgan soha shartnomalari bajarilmay qolishiga, jarimalar to`lashga, ishonchni yo`qotishga olib keladi.
Rejalar bajarilishi uchun ular ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi kerak. Rejalar jamiyatni va ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv iqtisodiy qonunlari va qonuniyatlariga mos kelishi, fan va texnikaning eng so`nggi yutuqlariga, tabiiy, iqtisodiy va mahalliy shart-sharoitlarga, ilg`orlar tajribalariga tayanishi va korxonaning mavjud resurs salohiyatiga asoslanishi lozim.
Rejalashtirishning uzviylik va o`zaro bog`liqlik tamoyili talabiga strategik, istiqbolli, joriy va operativ rejalar o`zaro bir-biri bilan bog`liq holda, bir-birini to`ldiradigan negizda tuzilishi va korxonaga berilgan davlat buyurtmalari orqali mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti rejasi bilan bog`liqligi ta’minlanishi kerak.
Rejalashtirishning mutanosiblik va muvozanatlilik tamoyili mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini mutanosib va uyg`un rivojlantirish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Unga ko`ra korxona faoliyatining barcha tarmoq va sohalari faoliyatini tashkil qilish yagona uyg`unlikda va mutanosiblikda amalga oshiriladi. Buning uchun tarmoqlararo mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslari tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |