Reja intizomiga to`la rioya qilish va uni operativ nazorat qilish rejalashtirishning muhim tamoyilidir. Rejalarni amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko`ra nomutanosibliklar, reja ko`rsatkichlaridan chetga chiqishlar va belgilangan vazifalarni bajarilmay qolish ehtimollari vujudga kelishi mumkin. Shu tufayli reja ko`rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat qilib borish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur ichki rezervlarni qidirib topish va zarur bo`lganda reja ko`rsatkichlariga tuzatishlar kiritib borish talab etiladi.
Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish qoidalar, yo`llari va usullari yig`indisi rejalashtirish uslubiyotini tashkil etadi. Rejalarni tuzishda, balans, variant, me’yoriy-resurs, maqsadli dasturlash hamda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalaniladi.
Balans usuli rejalashtirishning eng asosiy usuli bo`lib, нer resurslari, mehnat resurslari, energetik resurslar, material resurslar va moliyaviy resurslar balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo`limlari va ko`rsatkichlari o`rtasida muvofiqlik hamda muttanosiblik ta’minlanadi.
Variant yoki hisob-konstruktiv usul asosida texnikaviy-iqtisodiy koeffitsшнentlarning, moddiy-pul xarajatlarining, tarmoqlararo va ishlab chiqarish elementlari mutanosibligining turli variantlarini ishlab chiqish yotadi.
Maqsadli dasturlash usuli orqali korxonani rivojlantirishning asosiy vazifasi, maqsadi aniqlanib, uni hal qilishning vositalari va yo`llari ishlab chiqiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi.
Iqtisodiy-matematik usul rejaning eng maqsadga muvofiq (optimal) variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda texnik jarayonlarni optimallashtirishda keng foydalaniladi. Masalan, ekin maydonlarini, poda strukturasini hamda mexanizatsiya ishlarini traktor markalari o`rtasida taqsimlashning optimal yo`llarini aniqlashda juda qo`l keladi.
Me’yoriy-resurs usulida korxona ishlab chiqarish jarayonining asosiy omillari bo`yicha ishlab chiqarish salohiyatiga baho beriladi. Ishlab chiqarish salohiyati deganda korxonada mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning hajmi va ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik va mutanosiblik darajasi tushuniladi.
Ishlab chiqarish salohiyatini aniqlashda korxonaning er resurslari, asosiy vositalari va aylanma mablag`lari hamda mehnat resurslariga natural yoki qiymat shaklida baho beriladi.
Me’yoriy-resurs usuli qat’iy ravishda rejalashtirishning normativ bazasiga tayanadi. Unga ilmiy asoslangan normalar va normalashtirish mezonlari kiradi. Norma deganda ma’lum bir texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi.
Qishloq xo`jaligida moddiy resurslar sarfining, mehnat sarflari va ish haqining, tabiiy kamayish miqdorining va boshqa ko`rsatkichlarning normalari mavjud. Normativlar esa ish vaqti, mehnat va moliyaviy resurslarning sarflarining cheklangan hajmlarini ifoda etadi.
Ushbu maqsad va vazifalar korxonaga kerakli malakaga ega zarur mikdordagi kadrlarni topish hamda saklab turish, o’z personali salohiyatidan eng samarali tarzda foydalanish, xodimlar ortiqchaligi yoki etishmasligi oqibatida paydo bo’ladigan muammolarni oldindan ko’ra bilishni ko’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |