Ekin maydonlarini meliorativ holatini yaxshilashda yer tekislagichlardan unumli foydalanish



Download 276,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi276,93 Kb.
#799811
  1   2


International Congress on Multidisciplinary Studies in Education and Applied Sciences 
 
 
 
 
Bilbao, Spain
 
March 27
th
 2022 conferencezone.org 
161 
EKIN MAYDONLARINI MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA YER 
TEKISLAGICHLARDAN UNUMLI FOYDALANISH 
 
Qo’chqorov Jur’at Jalilovich

Safarov Shavkat To’xta o’g’li.
 
Sobir
оv Komil Sodiq o’g’li
“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
 
Bugungi kunda yerlarning tekislik darajasini yaxshilash, uning sifatli tekislash ishlarini amalga oshirish va bu 
ishlar uchun ish unumdorligi yuqori tekislagich agregatini yaratish dolzarb 
masala hisoblanadi. Fermer xo‘jaliklari ekin 
maydonlarini joriy tekislash ishlarida qo‘llanadigan texnikalarni modernizatsiyalash bazali tekislagichlarning ish sifatini 
yaxshilash traktor 

mashina agregatlarini ish unumiga bog‘liqligi, yoqilg‘i sarfini 
kamaytirishni va tekislash 
agregatlarini takomillashtirish maqsad qilib olingan. 
Shular jumlasidan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash va sifatli tekislash hozirda dolzarb muammolardan biridir. 
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, mavjud ekin 
yerlarini meliorativ holatini yaxshilash va uni tekislash amalga oshiriladigan dehqonchilik texnologiyasiga bog`liq. Shuni
ta`kidlash kerakki qishloq xo`jaligi mahsulotining 90% dan orti
g’i sug`orish orqali amalga oshiriladigan dehqonchilik 
usulida ishlab chiqariladi. Mazkur holat qishloq xo`jaligida suv resurslari nihoyatda katta ahamiyatga egaligidan dalolat 
berib ularning tanqisligi nafaqat qishloq xo`jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga, balki mamlakatning butun 
iqtisodiyotiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
 
Hozirgi paytda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, suvni tejab foydalanish kabi ishlar tobora avj olmoqda. Shu 
o`rinda aytib o`tish joizki yana bir dolzarb muammoga aylanib borayotgan yerlarni meliorativ holati buzilishi va
sho’rlanish darajasining oshib borishidir. Bu muammoni qisman oldini olish bu sifatli tekislashga bog’liqdir. Yerdan 
yuqori hosil olishda yerning tekisligi va yerni tekislashda ishlatiladigan yer tekislash mashinalar katta rol o`ynaydi. 
Tuproqqa bir necha marta ishlov berilganda sug`orish davomida yerdagi notekisliklar vujudga keladi. Bu muammoni 
yerlarni joriy tekislash ishlari va mashinalari orqali meliorativ holatini yaxshilash tavsiya etiladi. Vaqtinchalik sugorish 
tarmoqlari, yerlarga ishlov berish jarayonida hosil bo`lgan notekisliklar tekislanadi. Bunda osma greyder va uzun bazali 
yer tekislagichlar qo`llaniladi. Joriy va ekishdan oldingi yer tekislash ishlari rejalashtirilib har yili o`tkaziladi. 
Yer tekislashning ahamiyati
 - 
Yer qanchalik tekis bo`lsa qishloq xo`jalik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi, 
yerlarni sho`ri yaxshi yuviladi, urug`lar bir xil chuqurlikka tushadi, ularni unib chiqishi ham bir xil bo’ladi, 6
-7% suv 
tejaladi. Hamma dalalarda bir vaqtda tekislash ishlari olib borib bo`lmaydi, shuing uchun bu ishlar yuqorida aytib 
o’tilganidek rejalashtirish asosida olib borilishi shart. Tekislangan dalada namlik bir tekisda tarqaladi, tuproq bir vaqtda 
yetiladi va g`o`za qator oralariga sifatli ishlov beriladi. Tekislanmagan yerda chuqur joyda namlik bo`lib baland joylari 
qurib ketadi. Bunday yerlarni kutivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi. Yerlar tekislansa tuproq zichlashib qoladi. 
Tekislash ishining birinchi bosqichida greyderlar
dan foydalanib tekislansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yer qanchalik 
tekis bo`lsa namlikni o`zida yaxshi saqlaydi va sug`orish normasi kamaydi. Tekislangan maydonlarda hosildorligi 40% 
gacha oshadi, sug`orishda suv sarfi 2 marta kamayadi [3]. 
Yer maydoni o`z vaqtida tekislanmasa

Ish sifatini 
pasaytiradi, yumshatilmagan yerlarda yirik kesaklar paydo bo`ladi, o`simlik yaxshi rivojlanmaydi, sho`r yuvish ishlari 
sifatsiz o`tkaziladi. Yer tekislash mashinalarini ham yerdan o`tishini 6-7 martadan bir-ikki martagacha keltirish kerak. 
Chunki yurgan izi tuproqni qotiradi ko`p zichlashtiradi. Ilgari haydalgan va tosh hamda g`ozapoya qoldiqlaridan 
tozalangan dalalarni va ekish oldidan tekislash uchun uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislashni tavsiya etamiz. 
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yer resurslari va ularning bugungi kundagi meliorativ holati bilan 



Download 276,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish