O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi



Download 3,29 Mb.
bet5/112
Sana13.07.2022
Hajmi3,29 Mb.
#791367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Informatika1(воста

Nazorat savollari.

  1. Axborot va ma'lumot deganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot kommunikatsiyalari deganda nimani tushunasiz?

  3. Axborotning adektivligi deganda nimani tushunasiz?

  4. Axborot adektivligining sintaktik shakli?

  5. Axborot adekvatligining semantik shakli?

  6. Axborot adekvatligining pragmatik shakli?



3-mavzu: Axborotni kodlash
Reja

  1. Kod va kodlashtirish;

  2. Dekodlash haqida tushinsha;

  3. Kodlashtirish maqsadi;

  4. Kodlashtiris usullari;

  5. Shiferlash va deshefirlash.

Tayanch tushinchalar. Kod, kodlashtirish, shiferlash, desheferlash, teng olchovli va teng teng o’lchovli bo’lmagan kodlar, belgi, kelishuv, piktogramma, ramz, til sistemasi, sanoq sistemasi,«Ssital» tayoqchasi, Sezar shifri, Morze usuli.
Insoniyat o‘z ongidagi ma’lumotlarni kelajak avlodga moddiy holda saqlab qo‘yish maqsadida tasvirlay boshlaganda turli belgilardan foydalangan. Belgi biror ob’yektning o‘rnini bosuvchi aksi bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluvchining ongida ob’yektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi — bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan ob’yektga aniq mazmun berish kelishuvidir.
Agar belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkor deb ataladi. Bu holda belgilarni piktogramma (tasviriy yozuv)lar deb atashadi. Masalan: ®, f®l, Ф, л,. Bu belgilar ma’nosini tasavvur qilish orqali tushunish mumkin.
Agar belgining shakli bilan mazmuni o‘rtasidagi bog‘lanish kelishuv asosida (kelishuv oshkormas) belgilansa, u holda bu belgilarni ramz (simvol)lar deb atashadi. Masalan: A, B, H, :, 5. Bu belgilar kelishuv asosida qabul qilingan bo‘lib, lotin va kirill alifbosida A bir xil, B va H ikki xil ma’noda, : belgisi matematika va ona tilida turlicha kelishuv asosida tushuniladi, 5 raqami esa dunyoda kelishuv asosida kiritilgan (Rim raqami V bilan taqqoslang!).
Agar belgining shakli bilan mazmuni o‘rtasidagi bog‘lanish noma’lum bo‘lsa, u holda bu belgilar orqali ifodalangan xabar mazmunini aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, arxeologlar topgan ba’zi yozuvlar mazmuni hozirgi kungacha ham aniqlangani yo‘q.
Hozirgi kunda insoniyat belgi va belgilar sistemasini keng qo‘llamoqda. Masalan, odamlar bir-biri bilan muloqot qilish hamda fikrni ifodalashi uchun qo‘llaydigan til sistemasi, hisob-kitob ishlarini bajarish uchun sanoq sistemasi, harakatlanishni tartibli boshqarish uchun yo‘l harakati belgilari sistemasi va boshqalar. Demak, insoniyat axborotni qayta ishlash uchun uning ko‘rinishini o‘zgartirish bilan azaldan shug‘ullanib kelgan.
Kod – axborotlarni(ma’lumotlarni) uzatish, qayta ishlash va saqlash uchun shartli belgilar sistemasidir.
Kodlashtirish – axborotlarni(ma’lumotlarni) kod ko’rinishda tasvirlash jarayonidir.
Kodlashtirish uchun ishlatiladigan barcha belgilar to’plami kodlashtirish alifbosi deyiladi. Masalan: kompyuter xotirasida barcha axborotlar ikkilik (0 va 1) da kodlashtiriladi. Kodlashtirishning ilmiy asosini K. Shenon yaratgan bo’lib u axboratlarni texnik kanal orqali uzatgan. Shu nuqtai nazardan kodlashtirishni tor ma’noda quydagicha: axboratlarni bir belgilar sistemasida tasvirlashdan, ikkinchi qulay bo’lgan boshqa belgilar sistemasida tasvirlashga o’tkazishdir. Misol: rus tilida yozilgan tekistni telegraf yoki radio aloqada uzatishua qulay bo’lgan Morze alifbosiga aylantirish.
Dekodlash – kodlashtirishning teskarisi bo’lib, kodlangan axborot(ma’lumot)ni asl holatiga qaytarishdir. Dekodlashga keng ma’noda qaraydigan bo’lsak, kodlangan xabarning mazmunini tiklash jarayonidir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish