O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


-MODUL. AXBOROT NAZARIYASINING ASOSLARI



Download 3,29 Mb.
bet2/112
Sana13.07.2022
Hajmi3,29 Mb.
#791367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Informatika1(воста

1-MODUL. AXBOROT NAZARIYASINING ASOSLARI
1-mavzu: Axborot, uning turlari va ko’rinishlari.
Uzluksiz va diskret axboratlar
Reja:

  1. “Informatika” faniga kirish. Axborot, ma’lumot tushunchalari.

  2. Axborotning turlari va ko‘rinishlari. Uzluksiz va diskret axborotlar.

  3. Axborot kommunikatsiyalari.

Tayanch tushunchalar: ma’lumot, axborot, bilish, shakli, analog, diskret,
raqamli, uzlukli, uzluksiz, nazariy va amaliy informatika, inforvatika tarixi.
XX asrning 50 - yillarida yangi fan - informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: l’ informatique) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo’lgan. Uning tarjimasi “axborotli avtomatika” degan ma’noni bildiradi. Bu terminning inglizcha varianti “Computer science", ya’ni “kompyuter ta’limi” deb ataladi.
“Informatsiya” so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma’lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi.
Informatika - kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to ‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir1.
Informatika strukturasi ikkiga nazariy va amaliy infomatikaga bo’linadi.
Nazariy informatika quydagilarni o’rganadi: informatsiya(axborot) tushunchasi, kodlash, matematik mantiq, algoritimlash nazariyasi, ma’lumotlar strukturasi, til nazariyasi, dasturlash va hakoza. Amaliy informatika nazariy informatikaning yutig’I bo’lib, uning asosiy yo’nalishlari:

  • apparat ta’minoti yoki kompyuter arxitekturasi(hardware);

  • kompyuter tarmog’i;

  • kompyuter xavfsizligi va kriptografiya;

  • dastur yaratish(software);

  • sunniy intellect(raspoznovanie obraz);

  • kompyuterni modellashtirish;

  • ma’lumotlar bazasi;

  • kompyuter grafikasi.

Informatika fani tarixiga qisqacha to’xtalib o’taylik. Tarixini xam ikki qisimga fan hosil bo’lishidan oldingi va fanpoyda bo’lgandan keyingi tarixi. Informatika fani hosil bo’lishidan oldingi tarixini to’rt etapga bo’lishadi: 1-etap og’zaki nutq (50 ming yillar avval); 2- etap yozuvning poyda bo’lishi(IV-V mingginchi yillar avval bizning eramizgacha); 3- etap kitobning chop etilishi(VI-XII asrlar); 4- etab ilmiy texnika revalyutsiyasi(XX asr boshlarida).
Informatika fani hosil bo’lgandan keyingi tarixi birinchi EHM paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Bunga bir qoncha bog’langan sabablar mavjud, birinchidan “Informatika” terminning o’zi hisoblash texnikasi rivojlanishiga bog’liq, yani hisoblashni avtomatlashtirish bo’lgan. Bu davirda EHM faqat sonlar bilan ishlagan.
Ikkinchidan qayta ishlanadigan informatsiyalar bir xil formada tasvirlanishi (0 ,1) Hamma informatsiya uning ko’rinishiga bog’liq bo’lmagan holda EHM da ikkilik formada caqlanadi va qayta ishlanadi (sonli, matinli, tovuch, tasvir …). Bu esa hisoblash texnikasida yangi fanlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ldi(informatsiya nazariyasi, kibernetika, dasturlash, modellashtirish, apparatlar ta’minoti va hakoza).
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Informatika fanining shakllanishiga tasir qilgan sfera va fanlar – matematika, jamiyat, texnika.
Axborot haqida quyidagi olimlarni fikriga to’xtalib o’taylik:
IX-X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich - aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo’lib, ular o'zaro bog’liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi.
Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy “Ilm va san’atning fazilatlari” bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo “oziqlanish talabi” paydo bo'lib, unga ko‘ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar “tashqi talablar” bo'lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur “tashqi talablar” 5 turlidir: nerv sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.
Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shennon axborot narsalar haqidagi bilimlarimizda noaniqlikning bartaraf etilishi kabi e’tirof etgan. Kibernetika fanining asoschisi Norbet Vinner axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash kabi izohlagan.(Kibernetika – axborotni qo’llab tzimni boshqaradi, Informatika hisoblash texnikasini qo’llab axborotni qayta ishlaydi).
Umuman, axborot - yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit (ob'ektlar, voqea-hodisalar) to’g’risidagi ma'lumotlardir.
Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:

  • axborot - bu har qanday ma'lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma'lumotdir;

  • axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;

  • axborot xabarga aylanadi, chunki u belgilar ko’rinishida ma'lum bir tilda ifodalangan;

  • xabar moddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin ma’lumot (xabar axborotni uzatish shaklidir)

Texnik vositalari yordamida qabul qilish, saqlash, uzatish, qidirish va ishlov berish mumkun bo’lgan shakliga keltirilgan xar qanday axborotni “ma'lumot” deb ataymiz. “Axborot” va “ma'lumot”, “Informatika” fanining asosiy tushunchalari hisoblanadi. “Bu tushunchalar orasida farq bormi”? - degan savol tug’ilishi tabiiy. “Informatika” fani axborotga o’zaro bog’langan, atrof muhit ob’yektlari yoki xolatlari xususida xabarlar, ma'lumotlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Agar, ma'lumot ob’yektlar bo’yicha aniqlikni ifodalasa, unda u axborotga aylanadi. Demak foydalanilgan ma'lumotlarni axborot deb tasdiqlash mumkun.
Axborot bilan ishlaganda uning manbasi va foydalanuvchisi borligini esda tutish lozim. Ma'lumotlarni axborot manbasidan foydalanuvchiga uzatilishini taminlovchi yo’llar va jarayonlar axborot kommunikatsiyalari deb yuritiladi.
Axborot ko’rinishlari.
Ma’lumki, inson tabiatdan barcha sezgi a’zolari orqali turli axborotlar oladi. Idrok qilish usiliga ko’ra axborot quydagi ko’rinishlarga ajratiladi: -vizual-ko’rish organlari orqali, -audial eshitish organlari orqali, -hidlash orqali, teri orqali qabul qilinadigan axborotlar. Bundan ko'rinib turibdiki, axborotni hayotda har xil ko‘rinishlarda, shakllarda(matinli axborot-turli ramzlar orqali, sonli axborot-raqamlar va belgilar yordamida, grafik axborot-pretmetlar, tasvirlar, grafiklar yordamida, tovushli axborot-og’zaki yoki tovush uzatadigan yozuv shaklida) bo’lishi mumkin ekan.
Axborot turlari
Inson borliqning bir qismi bo’lgani uchun doimo borliqning ta’sirini sezib turadi. Bu ta’sirni turli signallar (tovush, yorug’lik, elektromagnit, nerv va hokazo) ko’rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi.
Inson analog axborotlarni qayta ishlashi uchun uning biror qismini ajratib oladi va tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma’lum bo'lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo’lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida insonga eshitilayotgan nutq yoki musiqani qog'ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli
ko'rinishi diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ishlaydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga — shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin. Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi.
Ammo, shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ololmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlarni ko'rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas. U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko'rsatadi, xolos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo’lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki, qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo’ladi. Bundan tashqari vazifasiga ko’ra axborot quydagi turlarga ajratiladi: ommaviy-jamiyatning ko’pshilik qismi uchun tushinarli bo’lgan axboratlar, maxsus-tor ijtimoiy guruh doirasi uchun mo’l;allangan axboratlar, shaxsiy-qaysidir shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar majmuidan iborat axboratlar.
Nazorat savollari.

  1. Informatika faniga qachan asos solingan?

  2. Axborot qaysi so’zdan olingan?

  3. Axborot deganda nimani tushunazis?

  4. Axborot haqidagi qaysi olimlar qanday fikrlar bildirgan?

  5. Axborot kommunikatsiyalari nima?

  6. Axborotning qanday turlari bor?

  7. Analog axborot qanday axborot?

  8. Analog axborotlarni qayta ishlovchi texnik vositalarga misollar keltiring?

  9. Diskret axborot qanday axborot?

  10. Diskret axborotlarni qayta ishlovchi texnik vositalarga misollar keltiring?

2-mavzu: Axborotning xossalari, axborotni tasvirlash usullari.
Reja:

  1. Axborot va ma'lumot tushunchalari.

  2. Axborot va uning adekvatligi.

  3. Axborotning asosiy xossalari.

  4. Axborotning asosiy sifat ko’rsatkichlari.


Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish