Semantik (ma'noli) adekvatlik - ob'yektni uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik tushuncha axborotning ma'noli mazmunini hisoblashni ko’zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma'lumotlar taxlil qilinadi, ma'nolar bog’liqligi ko’riladi. Bu axborot xususida tushunchalar va tasavvurlarni shakllantirishga, ma'nosini, mazmunini aniqlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko’rsatish mumkin.
Sintaktik adekvatlik-axborotning mazmuniga tegmagan xolda, uning rasmiy-strnkturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajada axborotni ifodalash usulida axborot eltuvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o’lchamlari, bu kodlarni o’zgartirish aniqligini va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sababli, bunday axborot ma'lumot deb ataladi.
Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik-axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish tizimi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob'yekt), foydalanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foydalanish bilan bevosita bog’langan, shuning uchun ham foydalanuvchanlik xususiyatlari tahlil etiladi.
Xullas, axborotni turli jihatlarida o’rganish ularning tartibi tarkibini, paydo bo’lish qonuniyatini, hajm, vaqt va sifat jihatidan tavsifi (to’liqligi, ishonchligi, eskirmaganligi, aniqligi)ni aniqlash, shuningdek axborot olish, qayta ishlash, himoya qilish imkonini beradi.
Axborotning quydagi asosiy xossalarini ko’rsatib o’tish muhimdir:
Yaratish;
Ishlov berish;
Uzatish;
Qabul qilish;
Saqlish.
Axborotning asosiy sifat ko’rsatkichlari.
ishonchlilik(ish xolatining haqiqiy holati);
to’liqlilik(qo’yilgan masalani hal qilishda to’g’ri qoror qabul qilishga yetarliligi);
aktuallilik(muhimlilik) – (shu payitdagi ahamiyatliligi);
foydaliligi(qo’yilgan masalani hal etish imkoniyati);
- tushinarliligi(qabul qiluvchiga tushinarli tilda yozilishi).
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativlik, yetarlilik, tushunarlilik, dolzarblik, o’z vaqtida olinishi, aniqlik, ishonchlilik, barqarorlik kabi asosiy sifat ko’rsatkichlariga asoslanadi.
Axborotning reprezentativligi ob'еkt xususiyatlarini adеkvat tanlanishi va shakllantirilishi bilan bog’lik. Bunda dastlabki tushuncha asoslangan konsеpsiyaning to’g’riligi akslantiriluvchi xodisaning ahamiyatli alomatlari va bog’lanishlari tanlanishining asoslanganligiga e'tibor bеrish lozim. Axborot rеprеzеntativligining buzilishi jiddiy xatoliklarga olib kеlishi mumkin.
Axborotning yеtarliligi (to’liqligi) uning to’g’ri yеchim qabul qilishda minimal, ammo yеtarli ko’rsatkichlar tarkibiga ega ekanligini ko’rsatadi. Axborot to’liqligi tushunchasi uning ma'noli mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog’liq. To’liq bo’lmagan yoki ortiqcha axborot foydalanuvchi tomonidan qabul qilinadigan yechim samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Axborotning o’zlashtirilishidagi tushunarliligi uning olinishi va
o’zgartirilishidagi tegishli muolajalarning bajarilishi orqali ta'minlanadi. Bunga, xususan, axborotning semantik shaklini foydalanuvchi tezaurusi bilan muvofiqlashtirish yo’li bilan erishiladi.
Axborot dolzarbligi uning ishlatilishi vaqtida boshqarishdagi qiymatining saqlanish darajasi orqali aniqlanadi.
Axborotning o’z vaqtida olinishi uning qo’yilgan masala yechilishi vaqti bilan kelishilgan, oldindan belgilangan vaqtidan kechikmasdan qabul qilinishini bildiradi.
Axborot aniqligi olinadigan axborotning ob'ekt, jarayon va xodisalarning real holatiga yaqinlik darajasi orqali aniqlanadi. Raqamli kod orqali ifodalanuvchi axborot uchun aniqlikning quyidagi to’rtta tushunchasi ma'lum:
son kichik xonasi qiymati orqali o’lchanuvchi formal aniqlik;
to’g’riligi ifodalanuvchi son kichik xonasi birligi qiymati orqali aniqlanuvchi real aniqlik;
tizim ishlashining muayyan sharoitlarida olinishi mumkin bo’lgan maksimal aniqlik;
ko’rsatkichning funktsional vazifasi orqali aniqlanuvchi kerakli aniqlik.
Axborot ishonchliligi uning real mavjud ob'ektlarni kerakli aniqlikda
akslantirish xususiyati orqali aniqlanadi. Axborot ishonchliligi kerakli aniqligining extimolligi, ya'ni axborot orqali akslantiriluvchi parametr qiymatining bu parametr haqiqiy qiymatidan kerakli aniqlik chegarasida farqlanishi extimolligi bilan o’lchanadi.
Axborot barqarorligi deb, dastlabki ma'lumotlarning o’zgarishida aniqlikning saqlanishiga aytiladi.
Xulosa sifatida aytish lozimki, axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, etarlilik, tushunarlilik, barqarorlik kabi parametrlari batamom axborot tizimi yaratilishidagi metodik bosqichida aniqlanadi. Dolzarblik, o’z vaqtida olinishi, aniqlik va ishonchlilik parametrlari ham ko’p jihatdan metodik bosqichda asoslansada, ularning qiymatlariga tizim ishlashi xarakteri jiddiy ta'sir etad i. Bunda dolzarblik va aniqlik parametrlari mos qoldi o’z vaqtida olinishi va ishonchlilik parametrlari bilan qatiy bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |