Tuproqlarning element tarkibi



Download 48,32 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2022
Hajmi48,32 Kb.
#709379
  1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqlarning element tarkibi


Tuproqlarning element tarkibi
Tuproqlar tarkibida D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning ko‘pchiligi mavjud. Tuproqlar uchun uning birinchi va asosiy tavsifi ham element tarkibi bo‘lib, bu o‘z navbatida tuproqning genezisi va unumdorligini belgilaydi. Tuproqning ana shu element tarkibini bilmasdan chuqur tuproq-kimyoviy izlanishlarni o‘tkazish mumkin emas. Tuproq tarkibidagi elementlar to‘plami va ularning nisbatlari uning element tarkibini belgilaydi.
Tuproqshunoslikda ba’zi element tarkibi tushunchasi bilan yalpi kimyoviy analiz kabi tushunchalar aralashtirib yuboriladiki, bu to‘g‘ri emas. Sababi yalpi kimyoviy analizda elementlar birikmalar holida aniqlanadi va beriladi, qolaversa yalpi bu umumiy tushunchani beradi. Element tarkibi deganda alohida element, ya’ni ftor, kalsiy, kaliy kabilar tushuniladi.
Tuproqlarning element tarkibi ko‘pchilik vazifalarni hal qilishda qo‘llaniladi.
Tuproqlarni hosil bo‘lish jarayonlarini baholashda element tarkibining ahamiyati katta.
Odatda tuproqlarning element tarkibiga qarab ham uning genetik qatlamlarini ajratish mumkin. Masalan, chirindi-akkumulyativ qatlamda C,P,N larning miqdori, illyuvialda esa Fe, Al va boshqa elementlar ko‘proq bo‘ladi. Ellyuvial qatlamlarda kremniy miqdori ko‘proq bo‘lib boshqa elementlar kam yoki butunlay bo‘lmasligi mumkin.
Tuproqning element tarkibidan uni genetik qatlamini aniqlashda diagnostik belgi tariqasida foydalansa bo‘ladi. Tuproq profilini genetik qatlamlaridagi elementlarning umumiy miqdorlari va sifati tuproq hosil bo‘lish jarayonining yo‘nalishini ko‘rsatadi. Masalan, organik uglerod va yalpi temir yoki boshqa bir elementni tuproq profilidagi tarqalishini aniqlasak aynan shu tuproq uchun xos xususiyatni topa olamiz.
Turli tuproqlar profilida gumus va temirning tarqalish qonuniyati jadvalda keltirilgan bo‘lib unda qora va bo‘z tuproqlar uchun gumusli chuqurligi ortgan sayin kamayishi asta-sekinlik bilan borishi, ustki qatlamlarda akkumulyatsiyalanishi kuzatiladi.
Temir elementining taqsimlanishini ko‘radigan bo‘lsak, tuproqda uning miqdori profil bo‘ylab deyarli bir xil taqsimlangan, ya’ni yuvilish yoki akkumulyatsiya kuzatilmaydi. Lekin qora tuproqlarda, och tusli tipchasiga ko‘ra, to‘q tusli guruhida temir ko‘pligi yaqqol ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, temir moddasini tipik qora tuproqlarda nisbatan kam ekanligi, ammo taqsimlanish qonuniyati yuqoridagi bilan deyarli bir xilligi kuzatiladi. Temir va gumus ko‘rsatkichlari, agar to‘la element analizi bu hali tuproqda kechadigan reaksiyalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotni tushuntira olmaydi. Bu xossalar moddalar transformatsiyasi bilan bog‘liq.
1-jadval
Bo‘z va qora tuproqlarda gumus hamda temir
elementining tarqalishi (%)

Boz topıraqlar


Qara topıraqlar


Suwǵarilatuǵın tipik


Toq tusli


Tipik

Shuqırliq, sm

Gumus

Fe203

Shuqırliq, sm


gumus

Fe203

Shuqırliq, sm


gumus

Fe203

0-30

1,18

5,40

0-7

3,15

6,05

0-29

4,3

4,18

65-95

0,57

5,55

35-55

0,84

6,53

70-80

1,8

4,90

30-48

0,92

5,45

13-23

1,47

6,07

40-50

4,2

4,25

165-210

0.28

5,85

220-240

0,32

6,50

190-200

-



4,62




Download 48,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish