1-AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Ovoz, grafik, matnli axborotlarni kodlash.
Reja:
Matnli axborotlarni kodlash.
Ovoz, grafik axborotlarni kodlash
Ishning maqsadi: Axborotlarni kodlash, Ovozli axborotni kodlash, Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, Matnli axborotlarni kodlash haqida tushunchaga ega bo`lish.
Dars jihohlari: videoproyektor, amaliy mashg’ulot ishlanmasi, shaxsiy kompyuter.
Nazariy qism:
Nazariy qism: Bit — axborotning eng kichik birligi bo‘lib, 0 yoki 1 raqami bеradigan axborotni bildiradi. Bitning qiymatini o‘chirilgan-yoqilgan, yo‘q-xa, yolg‘on-rost altеrnativalari kabi talqin etish mumkin.
Kompyutеr konkrеt bitlar bilan alohida juda kam xollarda ish ko‘radi. Odatda kompyutеr sakkiz bitdan iborat 0 va 1 raqamlari kombinatsiyasi bilan ishlaydi. Bu kombinatsiyalar bayt dеb ataladi.
Kompyutеrning barcha ishlari — bu, baytlar tuplamini boshqarishdir. Baytlar kompyutеrga klaviatura yoki disklardan (yoki alohida liniyalar orqali) kеlib tushadi. Shundan so‘ng dasturning buyruqi (opеratorlari) bo‘yicha baytlarga ishlov bеriladi. Ular vaqtincha saqlab turiladi yoki doimiy saqlash uchun yozib quyiladi. Zarur bo‘lsa displеy ekraniga yoki chop etish qurilmasidagi kog‘ozga chiqariladi.
Baytlarning katta to‘plamlari uchun kattaroq ulchov birliklari ishlatiladi.
1 Kbayt (kilobayt) q 1024 bayt
1 Mbayt (mеgabayt) q 1024 Kbayt q 108576 bayt
1 Gbayt (gigabayt) q 1024 Mbayt
Hozirgi paytda axborotlar ustida yig’ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish kabi amallarni bajarishda qo`llaniladigan axborot texnologiyalari zamonaviy axborot texnologiyalari hisoblanadi. Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazish jarayoni kodlash deyiladi.
Odatda, kompyuterda tekis kodlash usuli qo‘llanadi, ya’ni axborotning belgilari 0 va 1 raqamlarining bir xil miqdordagi ketmaketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kodning uzunligi kodlash uchun zarur bo‘lgan variantlarning miqdori bilan aniqlanadi. Ikkilikda kodlashda faqat 2 ta belgi qatnashgani uchun m ta razryadli (xonali, uzunlikdagi) birbiridan farqli variantlar soni
formula bilan hisoblanadi. Masalan, diada kodida =4 ta, triada kodida =8 ta, tetrada kodida =16 ta birbiridan farqli variant borligini ko‘rgansiz. Agar ikkilik raqamidan iborat kod uzunligi 8 ta razryadli bo‘lsa, u holda =256 ta turli xil belgini kodlash mumkin bo‘ladi. Umuman, bizga B ta signalni yoki belgini ikkilikda kodlash kerak bo‘lsa, u holda ikkilik kodi uzunligi (razryadi) bo‘lgan m soni quyidagi tengsizlikdan aniqlanadi:
Masalan, 123 ta ismni kodlash uchun < 123 ≤ tengsizlikdan ikkilik kodi uzunligi 7 ga teng ekanligini aniqlaymiz.
Kompyuterda yuqori va quyi registrdagi lotin va kirill harflari, o‘nlik sanoq sistemasi raqamlari, qavslar, tinish belgilari, arifmetik amal va boshqa belgilarni kodlash uchun 8 razryadli ikkilik kodlari yetarli bo‘ladi. Shu uzunlikdagi ikkilik kodlari asosida jahon andazalaridagi quyidagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali qabul qilingan.
Yuqoridagi jadvalni tartiblashda qisqa yozish uchun ikkilik raqam lari o‘rniga tetrada kodiga mos o‘n oltilik sanoq sistemasi sonlari qo‘llangan. Masalan, tetrada kodiga mos 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisining ikkilik kodi 01000001 bo‘ladi. Xuddi shu kabi quyidagilarni yozish mumkin:
Jadvalga ko‘ra quyidagi so‘zlarni kodlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |