9 - mavzu: Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli
Reja
Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining jamiyatdagi roli.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning asosiy tomayillari.
Tayanch tushunchalar: axborot, farmon, qaror, saqlovchi, ratsional-lashtiruvchi, yaratuvchi, axborotli muhit, axborotlashgan jamiyat.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi, ya’ni axboratni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
“Axborot texnologiyalari” dan kyeyin “Zamonaviy axborat texnologiyalari” degan tushincha ham fanga kirib keldi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy kompyuterlardan kyeng foydalanishga, foydalanuvchilarning(dasturlash bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, “do’stona” foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo’lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar peketidan kyeng foydalanishga, kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir.
Zamonaviy axborat texnologiyalarini yaratishning uch asosiy tamoyillari quydagilardir:
Kompyuterli interaktiv muloqatli ish rejimi;
Boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashish, o’zaro aloqa;
O’zgarish jarayonlarining ma’lumotlar va vazifaninig qo’yilishi jihatidan moslashuvchanligi;
-Avtomatlashtirilgan axborat texnologiyalarining turkumlanishi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari-telefon, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Respublikamiz mustaqillik tufayli zamonaviy axborot tehnologiyalari tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
Respublikamiz Prezidentining 2002 yil 30 mayda «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlash yo’lida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi maxsus qarori Respublikamizda Informatika va Axborot texnologiyalarini rivojlantirishda yana bir muhim bosqich bo’lib qoldi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborot texnologiyasining o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, rasionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi.
Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va
muhim zamin bo’ladi.
Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan, bir - biriga bog’langan ravishda o’rganadi. Masalalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o’rganadi. Fizikani o’qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o’zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o’zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o’quvchilar ongiga yetkaziladi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoyat kattadir. Axborot qanday ko’rinishda ifodalanishidan qat’iy nazar, uni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o’qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o’quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o’stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o’quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo’ladi:
muayyan predmetlarni o’qitishda kompyuter darslari;
kompyuter darslari—ko’rgazmali material sifatida;
talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil qilish masalalarini xal etishda va h.k.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o’sishi va faravonlik darajasini ko’tarishda katta hajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) intellektual vositalar va inson mashina interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin.
Informatikada mehnat unumdorligini oshirish sur’atlari yetarli bo’lmasa, butun xalq xo’jaligi samaradorligini o’sishi anchagina pasayish holati ro’y berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyodagi barcha ish joylarining 50% ga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.
Inson axborot olami ichra yasharkan, voqeya hodisalar jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o’zaro munosabatlari va mohiyatni tashkil etish, o’z hayotidan kelib chiqayotgan murakkab savollarga ilmiy javob topish maqsadida ko’pdan - ko’p dalil va raqamlarga murojaat qiladi.
Axborot tufayli nazariya amalyot bilan birikadi. Amaliyot nazariyasiz, nazariya esa amalyotsiz mavjud ham bo’lmaydi, rivojlanmaydi ham.
Zavodlarimizning asosiy maqsadi informatika vositalarining ahamiyati to’g’risida fikr yuritish emas, balki jamiyatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirishdagi usul va vositalar to’g’risida tushunchaga ega bo’lishdir.
Mazkur ehtiyoj doim mavjud bo’laveradi va biror-bir axborotli muhit doirasida qondiriladi. «Axborotli muhit» hozirgi kunda informatika masalalarini
o’rganishda muhim o’rin egallaydi. Insoniyatni o’rab turgan muhit o’z xizmatlariga ko’ra turlichadir - tabiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va oilaviy ruhiy bo’lishi mumkin. Aniqrog’i bular har birimiz yashayotgan bir butun muhitninig tekisliklaridir.
Mazkur tekisliklarining markazida axborotli muhit turadi va u barcha axborotli jarayonlarni boshqaradi: voqelikning moddiy axborotli muhitni boshqarish vositalari - energetik tomonlarini to’ldiradi, rivojlantiradi va bunda u turli ijtimoiy faktorlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Axborotli muhitning tabiyatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o’rganish katta ahamiyatga ega. Bir qarashda bir xildek tuyuladi, ammo ularning munosabatini chuqurroq o’rganishda axborotda bilimning kommunikativ «boshqa vositalar» o’rtasidagi bog’liqlik xususiyati borligini ko’ramiz.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kommunikasiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqsodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustivorliklari, boyliklari, qayta qurish sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishlari lozim. Shunday qilib insonlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo’ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalgam oshirish va ilg’or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Nazorat savollari
Axborot nima?
Informatika nimani o’rganadi?
Insoniyat tarixida sanoat sohasida qanday keskin o’zgarishlar ro’y bergan?
O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish konsepsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish haqidagi qonun qachon qabul qilingan?
Zamonaviy axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
Axborot texnologiyasi texnik vositalariga nimalar kiradi?
Axborotli muhit deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |