3 – MODUL. AXBOROTLASHGAN JAMIYAT
11 - mavzu. Axboratning jamiyat rivojidagi roli
Reja
1. Axboratlashtirilgan jamiyatni shakillantirish.
2. Axboratlashgan jamiyatda madaniyat.
3. Tarmoq madaniyati.
Tayanch tushunchalar: Jamiyat, tarmoq, madaniyat, axborotlashgah jamiyat, axborotlashgan jamiyatda madaniyat.
1. Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axboratlangan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o’rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylngan. Duniyoda jamg’arilgan axborot va bilimlarning 90% so’ngi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan- kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan ta’limda ham AKT dank eng samarali foydalanishi talab etmoqda.
Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanidigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab beradi, deyishga jiddiy asos bor.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushinchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot – ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to’plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o’zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko’rish maqsadida ko’pdan ko’p dalil va raqamlarga murojat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham kengayishiga olib keldi. Bu narsa shundan ham ko’rinadiki o’tgan asrning 70-yillar o’rtalarida ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 10^16 arifmetik amalni bajarish kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday murrakkab hisob-kitobni cho’t qoqib amalgam oshirib bo’lmaydi. Bu ishni 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shunch arifmetik amalni echa olishi mumkin.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishda axborat ish quraliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib borishi tendentsiyasi tobora yaqqol sezilmoqda Axborot bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resursdan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jaroyoni bilan bog’liq.
Axbjrotlashtirish jaroyoni deganda - inson faoliyotining muxim yo’nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko’rilgan chora – tadbirlar tushiniladi.
Jamiyatni axboratlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jaroyondir.
Jamiyotni axboratlashtirish jarayoni quydagi qator muommalarni hal etishni talab etadi:
hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyotining barch tarmoqlariga tadbiq etish;
jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o’rgatish;
jamiyat a’zolarining turli xil extiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash.
Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari quydagilarda namoyon bo’ladi:
axborot iqsodiyotining rivojlanishi;
axborot tangligini bartaraf etish;
axborat texnologiyasining globallashuviga erishish;
turli axborot resurslariga erkin kirib borish;
axborot resurslarining ustinligini ta’minlash;
yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo’llash;
boshqaruv faoliyotida axborotdan samarali foydalanish.
- Axboratlashgan jamiyatda madaniyat.
Axboratlashgan jamiyatda inson axborat bilan ishlash bo’yicha ma’lum darajadagi axborat madaniyatiga ega bo’lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni qayta ishlsh va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy vositalardan va usullardan foydalanishga tayyorlash lozim.
Axborat madaniyati deganda – jamiyat a’zolarining axboratdan maqsadli foydalanish, axboratni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy vositalaridan va usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi tushiniladi.
“Axborotlashgan jamiyat” tushinchasini birinchilar qatorida amerikalik olim, iqtisodchi F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U AQSH milliy iqtisodini to’la tadqiq qildi va bilimlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5 ta guruhga ajratdi; maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab chiqorish; aloqa va ommaviy axborot vositalari; axborot mashinalari va vositalari; axborot xizmatlari. Yana bir amerikalik doctor Mark Uri Porat ham bu sohada o’z qarashlaruni keltirib o’tgan. Uning tadqiqoti asosan ikkita maqsadni ko’zlagan, ya’ni axborot bilan bog’liq faoliyatni aniqlash va uning hajmini hisoblashdir.
Shu jumladan mazkur muammoga bag’ishlangan respublikamizning taniqli olimlari akademiklar V.Q.Qabulov, C.C.G’ulomov, professorlar A.A.Abdug’afforov, R.X.Alimov, M.I.Irmatov,T.Sh.Shodiyev, B.Yu.Xodiyev va boshqalar.
3. Tarmoq madaniyati axborot uzatishning interaktiv, individual usullarining kashf etilishi turli extiyoj va qiziqishlar bilan birlashgan kishilarning virtual jamiyat va guruxlarni vujudga keltirdi. Yangi axborot va hudud chegaralaridan chiqib, jahon bo’ylab yoyilishiga olib keldi. Bularga turli ilmiy jamiyatlar, virtual klublar, internet forimlar va hakozalar misol bo’la oladi.
III. O`qituvchi talabalar bilan birgalikda mavzuni “Nima uchun” sxemasidan foydalanib mustahkamlaydi. (Nima uchun XXI asrni biz axborotlashtirilgan jamiyat deb ataymiz?)
(4-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |