Etnografiya
Etnografiya (etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha
xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi),
turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi
nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning
oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi
etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-
odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogliq
holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik
jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan
sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning
oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va
1808-yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur
fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari
kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini
tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga
xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan
dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini
ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya,
sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy
sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya,
etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng
miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar
yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi
yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari,
tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi
hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga
ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda E. bilan hamkorlikda
etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalqlarni oʻrganishda E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va
usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan
tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan,
N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda,
ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib,
hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon
orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari,
oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish,
ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga
olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa,
ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy
texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda E. fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar
toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim
mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik
Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va
marosimlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas
kitobi "Avesto"da ham koʻrish mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan arab
istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar
davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma
yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining oʻrta
forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy
yozma yodgorliklarda uchratamiz.
Ilk oʻrta asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy,
Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq
xalqlari E.si boʻyicha qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlgan "DadaQoʻrqut", "Alpomish", "Manas",
"Goʻroʻgʻli" dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir.
Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni
Masʼudiy", "Amudaryo tarixi"; Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk",
Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekiston
shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim
shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti,
maishiy turmushi va madaniyatining baʼzi jihatlari, diniy eʼtiqodlariga oid noyob
maʼlumotlar mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy
tarixchilari va solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning "Zubdat uttavorix"
("Tarixlar qaymogʻi"), Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn
Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida shu davrga oid etn.
maʼlumotlarni uchratish mumkin.
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus
solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim
maʼlumotlar jamlangan.
Boburnshtt "Boburnoma" asarida Movarounnahr va qoʻshni mamlakatlarda
yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati
va maishiy turmushi haqida, Gulbadanbegimshsht "Humoyunnoma" nomli
tarixiybiografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani
boʻylarigacha qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida
maʼlumotlar keltirilgan.
Oʻrta asrlar ilmiy merosi boʻlgan Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma"
("Sharafnomai shohiy"), Maʼsud ibn Koʻhistoniyning "Tarixi Abulxayrxoniy",
Kamoliddin Binoiyning "
Shayboniynoma
", Fazlulloh Roʻzbehonning
"Mehmonnomai Buxoro", Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" Kabi
asarlarida qimmatli tarixiyetn. maʼlumotlar bor.
16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklarining vujudga kelishi va Rossiya
davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida
rus elchilarining oʻzbek xonliklariga qilgan safarlari jarayonida toʻplagan
materiallarida ham etn. maʼlumotlar mavjud boʻlib, ular maʼlum ilmiy qimmatga
egadir.
Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan
bogʻliq boʻlib, oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar toʻplash
davri 19-asrdan boshlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida
1872-yil Moskvada ochilgan politexnika koʻrgazmasi munosabati bilan
tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining
Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari
jamiyatining Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi,
Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta Osiyo olimlari
jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston boʻlimi, Sharqshunoslik jamiyatining
Toshkent boʻlimining roli katta boʻldi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat
koʻrsatgan rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat
arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin,
N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov,
A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir. Ular amalga oshirgan
ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan boʻlsada, toʻplangan katta etn.
materiallar 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini
tavsiflashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
1918-yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs
kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy
shakllanish davri boʻldi. 1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib
chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov,
Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va
boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga,
muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha
muhim ishlarni amalga oshirishdi.
1943-yil 4-noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va
arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad.
M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn.
tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib
borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida
muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar
E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi
uchun asos boʻldi.
1960—80 yillarda oʻzbek hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik
tarixi boʻyicha faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov,
O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar). Oʻzbeklar etnik tarixini oʻrganish
bevosita akad. K.Shoniyozov nomi bilan bogʻliq.
Oʻzbekiston xalqlari folklori, Oʻzbekiston dekorativ va amaliy sanʼatining turli
sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs sanʼati, kiyimlari, anʼanaviy xalq taomlari,
kishilarning maʼnaviy va moddiy hayotini oʻrganish etn. manbalardan biri
sifatida etnograflarning diqqat markazida boʻddi. 1960, ayniqsa, 1980- yillar
Oʻzbekiston E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan gʻoyat
sermahsul, ayni vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb
masalalarini belgilash va ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga ogʻishmay va
soʻzsiz amal qilishda; monografik va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning
tahliliytanqidiy nuqtai nazardan oʻrganib chiqilmaganligida; katta koʻlamdagi
ilmiy tekshirish ishlarining etnos xoʻjalik amaliyoti va madaniy hayoti
vazifalariga mos kelmaganida namoyon boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat
bosqichiga oʻtdi.
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish
ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik
yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm"
nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish
sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998-yil 27-iyul) tarix fani va uning
qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek
xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy
jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib,
ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu
yoʻnalishni tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va
qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa
boʻlib qoʻshiladi. 1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy
E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy
turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq
qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva),
Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo
viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda
Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov,
N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi
tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning
oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi
ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik
tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari
uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T.,
1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari
lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.
Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi
muammolari maxsus tadqiqot mavzusi boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova).
Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb
muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001-yillarda Termiz va Qarshida etn.
tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston FA Tarix instituti etnologiya
boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini
bajarib kelmoqda.
Jabborov I., Oʻzbekxalqi etnografiyasi, T., 1994; Shoniyozov K., Oʻzbekxalqining
shakllanish jarayoni, T., 2001; Doniyorov A. X., Oʻzbekiston etnografiyasi
tarixidan ayrim lavhalar, T., 2003; Doniyorov A.X., Mustaqil Oʻzbekiston
etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003; Oʻzbekiston
etnologiyasi: yangicha qarashlar va yondashuvlar, T., 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |