Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 34- sonli umumta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi Xoliyorova Nasimaning
bir soatlik ochiq darsi
Termiz t.
21.12.2021 y
Tarix fani o’qituvchisi Xoliyorova Nasimaning tarix fani darsida Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusida o’tgan ochiq dars muhokama
BAYONNOMASI
Muhokamada ishtirok etganlar.
|
Maktab direktori: R.Maxmanova, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: U.Djalilova Tarix fani metod birlashma raxbari
: Xoliyorova Nasima va o’qituvchilar.
|
Tarix fani Qosimova Saboxat tomonidan 2021-yil 21-dekabr sanasida “7b”- sinfga o’quvchilariga tarix fanidan “Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars rejaga asosan o’z vaqtida boshlandi. Unda “7b”- sinfdan 18 nafar o’quvchi va 12 nafar o’qituvchidan iborat pedagog xodimlar ishtirok etishdi.
O'tkazilgan ochiq dars bo'yicha dastlab dars o'tgan o'qituvchi Qosimova Saboxat so'zga chiqdi. U darsni rejalashtirganidek o'tkazganini, mashg'ulotning dastlabki qismida nazariy va amaliy bilimlar berilganligini, keyin yakka tartibda va guruhlarda ishlaganligini rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirganini aytib o'tdi. Darsda barcha o'quvchilar faol ishtirok etganliklarini qayd etib o’tdi.
Shundan keyin ochiq dars muhokamasi ishtirokchilari dars yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirishdi va maktab direktori: R. Maxmanova so'zga chiqdi va dars o'z vaqtida boshlanganligini, ilmiy-uslubiy va pedagogik jihatdan to’g'ri tashkillashtirilganligini, vaqt taqsimotiga rioya qilinganligini, darsda axborot va pedagogik texnologiya elementlaridan o'z vaqtida va o'rinli foydalanilganligini, tarqatma materiallaridan foydalanib o'quvchilar faolligiga erishilganligi haqida atroflicha so'zladi.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: U. Djalilova so'zga chiqdi va o'tilgan darsni ijobiy baholagan holda qo’llanilgan pedagogik texnologiya elementlarini boshqa barcha fanlardan darslar o’tishda ham foydalanish mumkinligini aytib o'tdi.
O'tilgan dars yuzasidan Xolmurodova Manzura, Panjiyeva Xulkar ,Chotpo’latova Dilnozalarlar o’z fikrlarini bildirishdi. Muhokama so'ngida o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: Djalilova Umida so'zga chiqdi va yig’ilish ishtirokchilariga bildirgan fikrlari uchun o’ z minnatdorchiligini bildirdi.
Qaror qiladi:
1Qosimova Saboxat tomonidan tarix fanidan “Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr” mavzusida o'tgan ochiq darsi namunali deb topilsin.
2.Yigilish ishtirokchilarining takliflariga asosan o'tilgan ochiq dars ishlanmasi barcha o’qituvchilarga amaliyotda qo'llash tavsiya etilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish metod birlashma raxbari Xoliyorova Nasima zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: R. Maxmanova
Yigilish kotibi: N.Xoliyorova
Do'stlaringiz bilan baham: |