O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti


Publitsistik uslubdagi adabiy me’yor muammolari va yechimlari



Download 497 Kb.
bet14/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

3.2 Publitsistik uslubdagi adabiy me’yor muammolari va yechimlari
Ona tili mamlakatning g‘ururi, iftixori hisoblanadi. Millatning madaniyati, ma’naviyati, ziyolilik darajasi ona tiliga munosabatda ham aniq ko‘rinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir”.52 O‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy boyligi sifatida qadim-qadimdan bugungacha ajdodlarimiz tomonidan e’zozlanib, ardoqlanib, sayqallanib kelmoqda. O‘zbek adabiy tilining asoschisi Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga munosabatlari, bu tilning nihoyatda boy, go‘zal, takrorlanmas til sifatidagi imkoniyatlarini o‘zlarining shoh asarlari bilan isbotlab berganliklari, ona tilimizning sofligi, obro‘-e’tibori, ta’sirchanligi, yuqori nutq madaniyati uchun kurashganliklari, millatimizning faxri sifatida, har qancha tahsinga, e’zozga loyiqdir. Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik “til-me’yor-nutq” tarzida ajratishini ta’kidlashib, qayd qiladilarki, til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo‘lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o‘zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Jamiyatdagi mavjud voqealar shaxsning nutqiga ta’sir etadi hamda ongida ma’lum ijobiy yoki salbiy iz qoldiradi. Masalan, Sh.Abdullayeva o‘z o‘qituvchilik tajribasidan kelib chiqib, o‘quvchilar savodxonligiga ko‘chalardagi yozuvlar va peshlavhalardagi holatlar salbiy ta’sir qilayotganligini achinib yozadi. Turli reklama yozuvlari va peshlavhalardagi imloviy, hatto uslubiy xatolar o‘quvchilarni ba’zan chalg‘itmoqda.53 Demak, savodxonlik uchun nafaqat o‘qituvchilarning sabog‘i, balki turli ko‘rgazmali vositalar, jumladan, peshlavhalar va reklamalar ham bevosta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek tiliga e’tiborning nihoyatda susayganligi uning ish yuritish, ta’lim-tarbiya, noshirchilik, OAVda qo‘llanilishi, hatto so‘zlashuv tilidagi mavqeyiga anchagina putur yetkazdi. Bugungi kun matbuotida fikrni bayon etish davomida publitsistik uslub qonuniyatlari bilan birga, adabiy til normalarining buzilishi ham uchrab turadi. Natijada o‘zbek tilining keng imkoniyatlarini yuzaga chiqarish cheklandi, OAV tili tobora rasmiy, tarjima tiliga aylana boshladi, jonli so‘zlashuvni ruscha so‘zlarsiz amalga oshirish mumkin bo‘lmay qoldi. Mustaqillik davrga kelib, o‘zbek tilining mavqeyi nihoyatda oshdi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va boshqa barcha jabhalarda davlat tili amalda qo‘llanila boshlandi. O‘zbek tilining boy, go‘zal, betakror imkoniyatlarini istiqlol ruhi, bunyodkorlik hissi, millat g‘ururi asosida yuzaga chiqarish uchun ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, mutaxasis olimlar, ayniqsa, jurnalistlarning sa’y-harakatlari kuchaydi. Jumladan, matbuotda, radio-televideniye orqali o‘zbek adabiy tilining o‘ziga xosligi, so‘z qo‘llash, grammatik shakllarni ishlatish, yangi so‘z va terminlarni ijod etish borasida rang-barang fikrlar bildirildi. Ular orasida matbuot tiliga alohida e’tibor berila boshlandi. Bu – bejiz emas. Chunki matbuot millat jarchisi, ma’naviyat ko‘zgusi, muhim tarbiya vositasi hisoblanadi. Matbuot targ‘ibot, tashviqot, tarbiya, ta’sirchanlik vositasi sifatida o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uning taraqqiyot darajasini belgilash, adabiy til qonun-qoidalarini, savodxonlikni, nutq madaniyatini ko‘rsatish uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbek adabiy tilida yuz berayotgan jarayonni kuzatib borish, tahlil etish, baholash, tegishli xulosa chiqarish, unga g‘amxo‘rlik qilish, noto‘g‘ri holatlarni tuzatish, parvarish qilishda matbuot ulkan vazifani bajaradi.
O‘zbek tilida aynan ekvivalentlari mavjud va varvarizm sifatida qaraladigan nu, tak, vot, sovsem, voobye, tolko, tolko tak, yestestvenno, obyazatelno, konechno, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem boleye, dokument, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razresheniye olmoq, podpis qo‘ymoq, bo kabi so‘z va birikmalarning ishlatilishi ham ijobiy hodisa emas. Bu yerda ham me’yor buzilgan. Bunday adabiy til me’yorlarining buzilish hollari matbuot sahifalarida asosan intervyu, felyeton, radio va televideniyaning ayrim ko‘ngilochar dasturlari teleboshlovchilari nutqida uchramoqda. Shu bilan birga ko‘chalarimizdagi lavhalar va e’lonlarda ham shunday xatoliklar mavjud. Masalan, lavhalarning birida “Bugun naxt ertaga nasiya vapshe bugun naxt” . Shu birgina kichik xajmdagi lavha jamiyatimiz nutqidagi katta kamchilikni ko‘rsatmoqda. So‘z tanlash va uni jumlaga mos holda qo‘llash materialni tushunarli, mazmunli, aniq, ta’sirchan tarzda gazetxonga yetkazishning muhim shartidir. So‘z qo‘llash muammosi ko‘pdan buyon tilshunos olimlar, matbuotchilar nazarida bo‘lib kelmoqda. Biroq OAV ham xatoliklardan holi emas. Chunonchi, gazeta tilida leksik me’yor talablari quyidagi hollarda buzilmoqda: 1. Gazetalarda ayrim tushunarsiz, izohtalab so‘zlarning qo‘llanilish holatlari uchramoqda. Masalan, “Ramazon Abdullayev devonni arab alifbosidan kirill alifbosiga tabolil qilib, Munjik Termiziy haqida so‘z boshi ham yozgan”, “Vaholanki, bu vaqtda Yevropa olimlari ularning tarjimaiy hollarini tadqiq etib, noyob ilmiy asarlaridan xilma-xil sohalarni rivojlantirish yo‘lida istifoda etmoqda edilar”; 2. So‘zlarni dialektal shaklda ishlatishga e’tibor ba’zan oshib bormoqda. Masalan, “…banklar tizimini ancha “insof”ga chaqiradigan, xalqqa qayishib faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan qator qarorlari qabul qilindi” (Hurriyat,№12-13(1229)) Shu bilan bir qatorda uslubiy jihatdan so’zlarni noo‘rin qollash holatlari ham juda ko‘p uchraydi: “Uning eng katta buyuk fazilati bor, u halol, toza va halovati yo‘q odam” (Darakchi, №6(1133)) Bu yerda eng katta buyuk fazilat iborasida katta va buyuk so‘zlarini teng qo‘llash uslubiy xatolikka olib kelgan. Bu leksemalardan faqat bittasini qo‘llash kifoyadir. Gazetada imlo qoidalari quyidagi hollarda buzilmoqda. 1. Qo‘shma so‘zlarni turlicha qo‘llash. Masalan, “Vazirlik pandemiya davrida turli hududlardagi kam ta’minlangan aholi qatlamini oziq-ovqat va dori-darmon bilan bilan ta’minlash, ularga moddiy yordam ko’rsatishga e’tibor qaratildi” Ushbu gapda kamta’minlangan so‘zi qo‘shib yozilmagan; 2. Yuklamalarni ishlatishda har xillik. 3. Ruscha-baynalmilal so‘zlarni qo‘llashda turlichalik. 4. Bosh harflar imlosidagi chalkashlik (turli tashkilotlar, vazirliklarning nomlarini yozishdagi har xillik). Xususan, qo‘shma so‘zlarni turlicha qo‘llash bilan bog‘liq ushbu xatolikka e’tibor bering: “Vazirlik pandemiya davrida turli hududlardagi kam ta’minlangan aholi qatlamini oziq-ovqat va dori-darmon bilan bilan ta’minlash, ularga moddiy yordam ko’rsatishga e’tibor qaratildi” Ushbu gapda kamta’minlangan so‘zi qo‘shib yozilmagan va bu orqali imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan; Yangi imlo qoidalari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, unga amal qilish talab darajasida emas. Ayrim gazeta va jurnallarning tahririyatlari bu sohada e’tiborsizlik qilishmoqda. Masalan, 1. So‘zlarni turlicha yozish (hatto bir sahifada), turli korxona, muassasa, vazirlik nomlarini har xil ifodalash kabi holatlar uchraydi. 2. So‘z qo‘llashda ortiqchalik (abstraksionizm), uzun jumlalardan foydalanish, takror holatlar sodir bo‘lmoqda, bu holat esa matn mazmuniga va ixchamlikka ta’sir etadi. Masalan, “Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilagan muhiti, banklar tizimini ancha “insof”ga chaqiradigan, xalqqa qayishib faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan qator qarorlari qabul qilindi” Ushbu gapda “Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qator qarorlar qabul qilindi” shaklida berilishi kerak bo‘lgan ma’lumotni ortiqcha qochiriqlar bilan kengaytirish asl maqsaddan uzoqlashishga olib keladi. Jumla ichida qaratilgan so‘zini qaratilagan shaklda qo‘llab imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Qayishib so‘zi dialektal xususiyatga ega bo‘lib, bu so‘zni rasmiy ma’lumotni berish jarayonida noo‘rin qo‘llanganligini ko‘rish mumkin. Birgina gap ichida uch xil xatolik kelmoqda. Jamiyat vakillaridan mavjud axborotga javobni uyg‘ota olish uchun abstraksionizmdan uzoqlashish lozim. Bu kabi jumlalar matbuot sahifalarida juda ko‘p uchraydi. Marfologik jihatdan yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin. Ayrim jiddiy holatlarni ko‘zdan kechiraylik. Gazetalarimiz matnlariga yoki radio va teleboshlovchilar nutqiga e’tibor bersak, ortiqcha jimjimadorlik, ba’zi so‘zlarni tushirib qoldirish, bir so‘zni boshqasi bilan almashtirib qo‘llash, kirish so‘zlarni kengaytirib qo‘llash, soda gaplarni mazmunsiz kengaytirish, axboriy maqolalar yoki rasmiy axborotlarni bayon qilish jarayonida nutqqa badiiy vositalarni noo‘rin holda qo‘shish kabi kamchiliklar uchramoqda.


7-rasm. Publitsistik namunalarda uchrayotgan morfologik xatoliklar.
So‘zlarni to‘g‘ri tartibda va ortiqcha qo‘llab yuborish ham me’yorning buzilishi hisoblanaqdi. Badiiy til elementlari ortiqcha ishlatilgan jumlalar, matnlar miqdori kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin ularni gazeta tili talabiga mos holda, me’yorida ishlatmaslik balandparvozlik, sun’iylik, ortiqcha tavsif kabilarni vujudga keltiradi. Tinish belgilarining o‘z o‘rnida ishlatilishi jumlaning mazmuni, ravonligi, aniqligiga katta ta’sir qiladi. Ularni noo‘rin tushirish yoki qo‘llash uslubiy noaniqlik va g‘alizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Gazetalarda tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar uchraydi. Gazeta tilida punktuatsion me’yorga rioya qilmaslik hollari quyidagi o‘rinlarda yuz bergan: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda zidlovchi va qiyoslash munosabatini bildiruvchi bog‘lovchilardan so‘ng vergul qo‘yish (qoida bo‘yicha ushbu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi). 2. Uyushiq bo‘laklar va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda vergul ishlatmaslik. 3. Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarini noto‘g‘ri qo‘llash. 4. Undov gaplarda tireni tushirib qoldirish, tire o‘rnida defis ishlatish. 5. So‘roq, buyruq va undov gaplar oxirida zarur tinish belgisini tushirib qoldirish (mas, sarlavhalarda tinish belgisi qo‘yilmagan). 6. Iboralarda qo‘shtirnoqni noto‘g‘ri qo‘llash. Gazetalarda modal so‘zlar va bog‘lovchilar bilan bog‘liq holda tinish belgilarini ishlatish qoidalari buzilyapti. Masalan, “Axir bu o‘zbekchilikka ham, mentalitetga to‘g‘ri kelmaydi” (Hurriyat, №12-13(1229)) Bu gapda ham teng bog‘lovchisi bilan bog‘liq hatolik mavjud bo‘lib, mentalitetga so‘zidan so‘ng ham yordamchisi kelganda vargul ishlatilmaydi. Qachonki, teng bog‘lovchi bo‘lib kelganda ikkinchi ham bog‘lovchisidan oldin vergul qo‘llanadi. Ibora bilan birga aynan shu ma’noni ifodalovchi so‘zni yonma-yon ishlatish bilan uslubiy norma buzilgan holatlar ham mavjud. Ba’zi hollarda esa, qaratqich yoki tushun kelishiklarini qo‘llanilishi bilan bog‘liq hatoliklar ham uchrab turadi. Masalan, “Anjumanda dastlab mahalla va oilani qo‘llab – quvvatlash vazirining o‘rinbosari Botir Parpiyevning ma’ruzasi tinglandi.” Bu gapda esa vazirining so‘zidagi –ning qo‘shimchasi noo‘rin qo‘llangan. Ba’zi hollarda gap bo‘laklarining o‘rnini almashtirib qo‘llash ham nutqiy g‘alizliklarga sabab bo‘ladi. Yuqorida adabiy me’yor buzilishlarining bir muncha jiddiy holatlariga misollar keltirdik. Bulardan tashqari ayrim juz’iy kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda, ularga e’tiborsizlik matbuot tilining keyingi rivoji va yangi jurnalistlar avlodini tarbiyalashda, umumiy savodxonlik va yuqori nutq madaniyatiga erishishda salbiy o‘rin tutadi. Bu kamchiliklar orasida, ayniqsa, so‘z qo‘llash, jumla tuzish, gapning uslubiy ravonligiga e’tibor bermaslik hollari barcha gazetalarda u yoki bu darajada mavjud bo‘lib, ayrim gazetalarda ular kundan kunga ko‘payib bormoqda. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov bu kabi holatlarni keskin tanqid qiladi: “OAVda til masalalarida yo‘l qo‘yilayotgan bunday bepisandlikka, savodsizlikka, loqaydlikka mutlaqo toqat qilib bo‘lmaydi. Negaki, yo‘l harakatini boshqarib turadigan yo‘l harakati xavfsizligi bor, ammo ona tilimiz qoidalarining muttasil va bekamu ko‘st bajarilishini taftish qiladigan Davlat tili nazorati yo‘q. Til borasidagi o‘zboshimchaliklari va tartibbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish Jinoyat majmuasida nazarda tutilmagan. Shuning uchun til boyligini asrash, uning qonun-qoidalariga qat’iy amal qilishni nazorat etish, tilimizning beqiyos go‘zalliklarini namoyish qilish to‘laligicha OAV zimmasiga tushadigan mas’uliyatdir. Bir vaqtlar ular bu mas’uliyatni bajarishga, birinchi navbatda o‘zlarining tillari go‘zal, ma’nodor va benuqson bo‘lishiga juda katta e’tibor berar edilar, har haftada maxsus shu masalaga bag‘ishllangan ishlab chiqarish majlislari o‘tkazib turishardi, tilshunoslar va boshqa nufuzli odamlarni taklif qilib, ular yordamida o‘z faoliyatlarini tanqidiy taftishdan o‘tkazar edilar. Nega bugungi kunda bu ishlar qilinmay qo‘yildi? Axir, bugun o‘zbek tili davlat tili bo‘lganiga salkam o‘n besh yil bo‘layotgan bir pallada uning rivoji uchun kurash hammamiz uchun farz-ku!”54 Matbuot tili o‘zbek tilining ajralmas bir tarmog‘i, uning ko‘zgusi, savodxonlik va nutq madaniyati namunasidir. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar ba’zi gazetalarda ko‘proq, ayrimlarida kamroq uchraydi. Jurnalistlarning chinakam ijodkorligi, tanqidga xolis munosabatigina matbuot tilining namnuaviyligini saqlab qolishi, matbuot tili madaniyatining yuksak bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin. O‘zbek adabiy tilining qanchalik me’yorga keltirilganligi va unga qay darajada amal qilinishi umummilliy o‘zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan sanalar ekan, bu muammo bilan shug‘ullanish ziyolilarning bundan keyingi hal qilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifasi bo‘lib qolaveradi.

Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish