BOSHQARISHNING MUVOFIQLASHTIRISH FUNKSIYASI
Reja:
Kirish
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi
2.Boshqarishning tashkil etish funksiyasi, boshqarishning motiivatsiya
funksiyasi
3.Boshqarishning nazorat funksiyasi
4.Boshqarishning muvofiqlashtirish funksiyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Rejalashtirish - boshqaruv bosqichlaridan biri bo’lib, bu bosqichda har qanday
turistlik strukturaning maqsadlari hamda ularga erishish usullari aniqlanadi. Ba‘zi hollarda o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishgach firma to’xtatiladi, boshqa hollarda esa yangi yanada muhimroq maqsadlar qo’yiladi. Bu shuni anglatadiki rejalashtirish bir
martalik funksiyani aks ettirmaydi. Bu uzluksiz jarayon bo’lib, ma‘lum bo’lgan imkoniyatlar, shartlar va omillar Evaziga firma foaliyatini takomillashtirishning yangi usullari va yo’llarini o’rganadi.
Korxona siyosatining shakllanishi ko’pincha yuqori darajali boshqaruv bo’lganda amalga oshiriladi. Turistlik firma siyosatining hamma holatlari yetakchi turistlik tasavvur ko’rinishida tasvirlanadi. Yetakchi turistlik tasavvur uzoq muddatli maqsadlar, falsafa, korxona siyosati (turli xil manfaatdor guruhlar bilan o’zaro munosabatlarning tamoyillari), korxona madaniyati va uning qonuniy tomonlarini o’z ichiga oladi. Shunga muvofiq ravishda aniq bir turistlik mintaqa uchun, avvalambor gap shu mintaqaning raqobatbardoshligi to’g’risida boradi.
1.Boshqarishning rejalashtirish funksiyasi
Korxona siyosatining shakllanishi ko’pincha yuqori darajali boshqaruv bo’lganda amalga oshiriladi. Turistlik firma siyosatining hamma holatlari yetakchi turistlik tasavvur ko’rinishida tasvirlanadi. Yetakchi turistlik tasavvur uzoq muddatli maqsadlar, falsafa, korxona siyosati (turli xil manfaatdor guruhlar bilan o’zaro munosabatlarning tamoyillari), korxona madaniyati va uning qonuniy tomonlarini o’z ichiga oladi. Shunga muvofiq ravishda aniq bir turistlik mintaqa uchun, avvalambor gap shu mintaqaning raqobatbardoshligi to’g’risida boradi.
Rejalashtirish funksiyasi o’z ichiga quyidagi ishlarni oladi:
-turizmni boshqaruvchi organlar tomonidan o’rganilayotgan mintaqada turizmni
rivojlantirish maqsadlarini qayta ishlashda ishtirok etish;
-hududning joriy raqobatbardoshligi tahlili (bozor, bevosita va bilvosita
raqobatchilar, talab, ta‘minotchilar, tarmoq) ni o’tkazish;
-mintaqaning raqobatbardoshliligi va alohida jihatlarini hisobga oluvchi
strategiyani ishlab chiqish;
-mintaqa raqobatbardoshligi strategiyasini hayotga tadbiq etish, avvalambor
turistlik korxonalarga innovatsion menejment o’tkazish to’g’risida maslahat berish. Menejmentning funksiyasi sifatidagi rejalashtirishning natijasi turistlik tasavvurlar
bo’lishi mumkin. Shunday qilib, turistlik korxona faoliyatini rejalashtirishda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiq:
-kelajak maqsadlarining sifati, miqdori va vaqtini;
-tizimli va axborotlar asosida aniqlashtirish jarayonini;
-shakllantirish vositalari va usullarini;
-korxonani boshqarish va rivojlantirishni.
Umuman rejalashtirish jarayonida mehmonxona maqsadlari qanday bo’lishi va bu
maqsadlarga erishish uchun shu mehmonxona a‘zolari nima qilishi kerakligi to’g’risida qaror qabul qilinadi. Bu ertangi kunga tayyorgarlik bo’lib, nimalar talab qilinishi va bunga qanday erishishni aniqlaydi. Ya‘ni, rejalashtirish jarayonida quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi:
-Bizning bugungi real holatimiz qanaqa?
-Firmamiz maqsadlariga erishish uchun qanday yo’lni tanlashimiz kerak?
-Qanday usullar va resurslar vositasida qo’yilgan maqsadlarga erishish mumkin? Reja korxonaning kelajakdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy modelini o’zida aks
ettiradi. Rejalashtirish jarayonining bosqichlari asosan ko’pqir-ralidir. Muayyan usul va strategiyalarga keladigan bo’lsak, ular mohiyatan bir-biridan farqlanadi. Odatda, mehmonxona umumiy faoliyatini boshqarish uchun yagona rejani shakllantiradi, lekin undan chetlashmagan holda alohida menejerlar muayyan maqsad va vazifalarni bajarish uchun turli xil usullarni qo’llashadi. Xullas aniq bir davr mobaynida mehmonxona o’tishi kerak bo’lgan yo’l xaritasi tuziladi. Rejalashtirishning har qanday vaziyatlarga mos keladigan yagona usuli mavjud emas. Rejalashtirish jarayoni mehmonxona darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Bu darajadagi rejalashtirishning asosiy vazifasi mehmonxona o’zining bozor sharoitida o’zini qanday tutishini aniqlash. Boshqaruvning o’rta darajasidagilar taktik rejalashtirish bilan shug’ullanishadi, ya‘ni strategik maqsadlarga erishish yo’lidagi oraliq maqsadlarni aniqlaydilar. Taktik rejalashtirish strategik rejalashtirish bilan har tomonlama to’g’ri kelishi kerak.
Faqatgina yagona farqi shundaki, agar masalan 3 ta turli bo’limlarning boshliqlari bor bo’lsa ularning har biri o’z faoliyatini qolgan ikkala bo’lim boshliqlari bilan moslashtirishi kerak va bu rejada aks ettirilishi kerak. Taktik rejalashtirishning yana bir ma‘suliyatli tomoni shundaki taktik reja strategik reja g’oyasi asosida tuzilishi kerak. Reja mehmonxonaning qo’yi bo’g’inida ham amalga oshiriladi. Bu operativ reja deb atalib, rejalash-tirishning asosiy negizidir. Operativ rejalarda faoliyat standartlari, ishlarning tavsifi va boshqalar bir tizimga solinadi. Bu tizim asosida har bir kishi umumiy va bosh maqsadga erishish uchun butun kuchini ishga soladi.
Biroq hech kim yakka holda o’z maqsadlarini o’rnatmaydi va ularga erishishning o’z yo’lini tanlamaydi. Har bir menejer operativ reja asosida o’zining qisqa muddatli taktikasini ishlab chiqadi. Buning yordamida o’zining har bir faoliyatining to’g’ri bo’lishini ta‘minlaydi, mehmonxona faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaydi. Bunday yondashuv doimiy ravishda kamol topishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu uchala turdagi rejalar umumiy tizimni tashkil qiladi va bu tizim bosh yoki umumiy rejani yoki bo’lmasam biznes-reja deb ataladi.
Rejalashtirishning va boshqaruv funksiyasining ham samaradorligi ko’p jihatdan quyidagi tamoyillardan qaysilariga tayanilganiga bog’liq:
To’liqlik-rejalashtirish paytida mehmonxona rivojlanishi uchun ahamiyat-li bo’lgan barcha hodisa va holatlar hisobga olinishi zarur;
Aniqlik-rejalarni tuzishda bashoratning aniqligini ta‘minlovchi zamonaviy usullar, vositalar, taktikalardan foydalanish lozim;
Oshkoralik-rejalashtirish maqsadi va usullari mehmonxonaning har bir a‘zosi uchun tushunarli, oson va sodda bo’lishi kerak;
Uzluksizlik-bu bir martalik akt emas, uzluksiz jarayon;
Tejamkorlik-rejalashtirishga ketadigan xarajatlar undan keladigan foydadan kelib
chiqishi lozim.
Rejalashtirish menejarlar o’z ishida qo’llashi mumkin bo’lgan barcha usullar,
taktika va chora-tadbirlardan foydalanishni taqozo etadi. Rejalashtirish ko’rinishlari an‘anaviy usullar ya‘ni budjet usuli, modellashtirish usuli, rejaning har bir bo’limini o’yinlar nazariyasi va ssenariyni loyihalashtirish asosida ishlab chiqish usuli kabilar natijasida doimo o’zgarib turadi.
Bunday texnikadan foydalanish rejalashtirishdagi noaniqliklarni kamaytiradi, istiqbolning to’g’riligini tasdiqlaydi, menejerlarga rejaga tasir qiluvchi omillarni aniqlash va tahlil qilishga yordam beradi.
Rejalashtirishda qo’llaniladigan vositalarning bir qancha keng tarqalgan turi bu budjet usulidir. Uning yordamida naqd pullar, kapital va boshqa resurslarning oqib kelishi va chiqib ketishini yaqqol tasavvur qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |