O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet10/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Felyeton (frans. feuilleton < feuille — varaq, varaqa) — badiiy-publitsistik janr. Ijtimoiy hayot masalalarini satira va yumor vositasi bn, yaʼni ijtimoiy kulgi asosida yoritadi hamda ijtimoiy tanqid uchun xizmat qiladi. Bu janr dastlabki davrda matbuotda berilgan ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy mavzudagi qiziqarli va alohida ajratib koʻrsatilgan materiallarga aytilgan. “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan ayrim adabiy mavzudagi materiallar, jumladan, shoir Mahtumquli va Ogahiy haqidagi maqolalar mazkur rukn ostida berilgan. Keyinchalik, jamiyat taraqqiy etishi bilan bu ruknda ijtimoiy xayotda uchraydigan nuqson va kamchiliklarni kulgi tanqidi ostiga oluvchi materiallar chop etila boshlagan. Hajviy publitsistikaning alohida janri boʻlib, ijtimoiy hayotda muhim oʻrin tutadi. Mazkur janrning asosiy vazifasi jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-maʼnaviy tomonlarini qamrab olgan holda oʻzida aks ettirish, mazkur sohalarda uchraydigan kamchilik, nuqson, ijtimoiy illatlarni fosh etish, bu kamchilik va nuqsonlarning tugatilishiga erishish, binobarin, jamiyat hayotining taraqqiyotiga ijobiy taʼsir kursatishdan iborat. Felyetonning tanqidiy maqola va boshqa janr materiallaridan farqi — uning hajviy publitsistika qonuniyatlariga asoslanishi, yaʼni ijtimoiy kulgi, satira va yumor vositalariga tayanishidadir. Ijtimoiy kulgining xil va koʻrinishlari turlicha boʻlib, ular orasida kinoya, piching , xazil, yengil kulgi kabilar bilan bir qatorda zaharxandali kulgi, ijtimoiy masxaralash, grotesk (ataylab boʻrttirilgan kulgi) kabi hajv vositalari ham mavjud. Ochil Tog‘ayevning “Publitsistik janrlar” kitobida “...hayotdagi konkret kamchiliklarni yo‘q qilishga amaliy ta‘sir ko‘rsatish bilan birga, gazetxonlar ommasini axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, yangi odamning shakllanishiga yordam beradi”, – deb ta’riflanadi.22 Felyetonning ijtimoiy mohiyati va ta’sir imkoniyatlari kengligi uchun o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ushbu taraqqiyot natijasida felyetonning ikki xil turi vujudga keldi. Maʼlum faktga asoslangan felyetonda hayotdan olingan aniq faktlar, muayyan odamlarning ijtimoiy nuqsonlari, faoliyatlaridagi kamchiliklari koʻrsatiladi. Umumiy felyeton esa hayotdagi biror ijtimoiy illat, nuqson va muammolar haqida boʻlib, unda mazkur masalalar hajviy mushohada etiladi va tanqid qilinadi. Maʼlum faktga asoslangan felyetonda hayotdan olingan aniq faktlar, muayyan odamlarning ijtimoiy nuqsonlari, faoliyatlaridagi kamchiliklari koʻrsatiladi. Felyetonlar nasriy va she’riy usulda yoziladi. Muqumiyning “Tanobchilar” asari, Abdulla Qahhorning “Samarqandda maktabga ko‘mak haftasi”, “Oy kuyganda” kabi asarlari she’riy felyetonga misol bo‘lsa, Abdulla Qodiriyning "Kalvak maxzumning xotira daftaridan", "Toshpoʻlat tajang nima deydi?", Abdulla Qahhorning “Bildirish”, “Afandining iqrori o‘zidan keyin”, “Yig‘latgan kulgi” kabi asarlari nasriy shaklda yaratilgan felyetonga misol boʻla oladi. XX asrga qadar ijod qilgan Turdi Farogʻiy, Maxmur, Muqimiy, Zavqiy va boshqalarning oʻz davridagi muxim ijtimoiy illatlarni fosh etgan hajvlarini mazkur janrning yorqin namunalari, deyish mumkin. XX asrning 90-yillaridan boshlab felyeton janri rivojlana boshladi. Felyetonning radiofelyeton va telefelyeton degan turlari ham yuzaga keldi. Mavzuni chuqur o‘rganish fakt asosidagi muammoni ko‘ra bilish chuqur bilim va adabiy mahorat talab etadi. Tajribali jurnalist-adiblar o‘z felyetonlarida sirtdan quruq latifaday bo‘lib tuyulgan voqea asosidagi muhim muammoni yorqin ochib beradilar. Felyetonlar har xil yengil-yelpi kulgili voqealar haqida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan mavzu, faktlar asosida yoziladi.23 Ushbu janrlarning lingvistik xususiyatlari haqida tilshunoslikda bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan. Bu ishlarda taniqli jurnalist va yozuvchilar tomonidan e‘lon qilingan felyetonlar tahlil qilingan bo‘lib, ularda felyetonning leksik-grammatik va stilistik imkoniyatlari to‘la yoritilgan. Shunday tahlillar tilshunos olimlar M.Xudoyqulov, A.Abdusaidov, O.Tog‘ayevlarning tadqiqotlarida, shuningdek, adabiyotshunoslar I.Sultonov, D.Xudoyberganov, N.Shukurov, H.Umurovlarning kitoblaridan ham o‘rin olgan. Felyetonda xalq og‘zaki ijodi unsurlaridan, jumladan, maqol, matal, naql kabi frazeologik birliklardan, mubolag‘a, o‘xshatish va turli xil ko‘chma ma’noli so‘zlardan mahorat bilan foydalaniladi, lekin shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy hayotga aloqadorlik ayni davrda uchraydigan qandaydir kamchilik yoki muammo haqida gap ketayotgani sezilib turadi. A.Abdusaidovning tadqiqotida felyeton quyidagicha izohlangan: “Gazeta felyetonlari adabiy felyetonlardan ma’lum xususiyatlari bilan farq qiladi. Gazeta felyetonlari asosan, hujjatli felyetonlar bo‘lib, uning qahramonlari konkret shaxs, jamoa bo‘lishi mumkin. Konkret shaxs, jamoaning xatti-harakatlari natijasida yuz bergan salbiy holat felyetonda aniq, tekshirilgan faktlar asosida fosh etiladi. Felyetonning o‘ziga xosligi uning tilida namoyon bo‘ladi”.24 Felyetonning ta’sirchanligini oshirishda yozuvchi barcha imkoniyatlardan erkin foydalansa-da, ijtimoiylik sezilib turadi. Hujjatli felyetonda aniq shaxs yoki jamoaning hatti-harakatlari natijasida yuz bergan voqealar chuqur o‘rganib chiqilib, to‘plangan faktlar asosida fosh etiladi. Bularning har ikkisi gazeta sahifalarida e’lon qilinib, keyinchalik to‘plam shakliga ham keltirilishi mumkin. Abdulla Qahhorning “Pora” nomli felyetoni badiiy felyetonlarning namunasi bo‘lib, unda jamiyatda qadim o‘tmishdan toki bugungi kunga qadar jamiyatning tuzalmas “yara” si bo‘lib kelayotgan poraxo‘rlik va poraxo‘r shaxslar haqida o‘tkir kulgi mavjud. Felyetonning ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan vositalardan biri ma’no ko‘chish hodisalaridan keng foydalanilganligi: “Uning tomog‘i kundan kunga torayib boraverdi” gapida “tor” so‘zining ko‘chma ma’noda qo‘llanganini ko‘ramiz. Tor ko‘cha (hajmi kichik bo‘lgan ko‘cha), ko‘ngli tor bu yerda ibora ma’nosida kelgan bo‘lib, juda qattiq, baxil odamga nibatan yoki biror narsaning ma’qul bo‘lishi qiyin bo‘lgan shaxs harakteriga nisbatan qo‘llanadi. Felyetonda esa yanada o‘zgacha ma’no ifodalagan bo‘lib, tomog‘i toraydiamaldorning pora olmay qo‘yganiga ishora qilingan. “Ichi aptekaga aylanib ketdi” gapida “apteka” so‘zi baynalminal leksema bo‘lib, yun.apoteke-ombor, skalat degan ma’nolarini anglatadi. Kantekstda esa dori saqlanadigan joy(ombor) sifatida qo‘llanilgan. Bundan tashqari jon berdi, kirpini teskari yutadi kabi iboralar qo‘llanilib, matnga badiiylik bergan. “ Xo yaxshilar, marhum qandoq odam edi?” Shaklidagi so‘zlashuv uslubiga xos sintaktik birliklardan foydalanilgan. Bunday xususiyat felyetonlarda qo‘llanilib, muammoni yanada bo‘rttirib, o‘quvchiga yaqinlashtirib, o‘tkir kulgi uyg‘otishga yordam beradi. Felyetonda yozuvchining san’atkorona so‘z qo‘llash, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalana olish imkoniyati katta ahamiyatga ega. Masalan, Abdulla Qahhorning yuqoridagi felyetonida “hech narsa yemaydigan holatga kelib qoldi” degan jo‘ngina fikr o‘rniga ushbu fikrni “og‘ziga paxtada tomizilgan suv burnidan keladigan bo‘lib qoldi” shaklida ifodalash bunga bir misoldir. Felyetonlarda (asosan badiiy felyetonda) taajjub, piching, g‘azab, sevinch kabi ma’nolarni ifodalash uchun ritorik so‘roq gaplardan keng foydalaniladi. Bunday so‘roq gaplarda yozuvchining kayfiyati, kuchli hayajoni ifodalanadi.25 Masalan, - Nima? Pora? Qani pora?- dedi. Ushbu yerda bir o‘rinda bir necha so‘roq gaplarning ritorik so‘roq gap bilan birgalikda kelgan o‘rnini ko‘rish mumkin. Bir luqmada ikki va undan ortiq so‘roq gapning ishlatilishi so‘zlovchining o‘ta hayajonini, ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi.26 Bu yerda “Pora?” so‘zi ritorik so‘roq gap bo‘lsa, “Nima deding?” so‘roq gapi o‘rnida “Nima?” shaklida so‘roq olmoshinigina qo‘llanishi uslubiy ixchamlik va qulaylikka intilishdir. Gazetalarda felyetonlarning mazmunini to‘ldirish va e’tiborni jalb etish uchun karikaturalardan ham foydalaniladi. Leksik tarkibida esa neytral so‘zlardan ko‘ra emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega so‘z, ibora va gaplar ko‘proq qo‘llanadi. Felyetonlarning bayon etish shakli ham o‘ziga xos bo‘lib, Ochil Tog‘ayevning ilmiy tadqiqotlarida bu haqida ilmiy fikrlar berib o‘tilgan. Publitsistik felyetonlarda ko‘pincha boshidan oxirigacha davom etuvchi yaxlit voqea yaratish imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday felyetonlar kompozitsiyasida asosiy voqeani ifodalashning bir necha ko‘rinishlari mavjud:

  1. aktlar bir-birini g‘oyaviy emotsional rivojlantiruvchi zinapoyali tarzda ifodalanadi;

  2. muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir fakt asosida bir voqea yaratib, qolgan faktlar shu voqeani davom ettiruvchi publitsistik mulohazalarda aks ettiriladi;

  1. faktlar yagona bir sartli voqea fonida hajviy publitsistik bayon etiladi.27

Ba’zi felyetonlarda sarlavhani kinoya shaklida berilish holatlari ham mavjud. Masalan, “Jamiyat” gazetasining 40-soni 8-sahifasidagi felyeton sarlavasini “Mustaqil fikr” deya qo‘shtirnoqqa olib qo‘yilishi, ushbu qo‘shtirnoq ostidagi fikrni aksincha tushunish lozimligiga ishora qiladi. Yuqoridagi sarlavha ostida berilgan felyeton “Hajviya” rukni ostida berilgan bo‘lib, unda bugungi jamiyatimizda mustaqil fikrni ochiq bayon etishdan qochish yoki bunga bo‘lgan to‘siqlar, mavjud muammolarga e’tiborsiz yashash kabi jamiyat illatlari ustidan kulingan. Felyetonda maqsadni to‘la ro‘yobga chiqarish uchun badiiy-tasvir vositalari – ibora, ko‘chim, mubolag‘a, sifatlash, o‘xshatishlardan, qahramonning madaniy darajasini aks ettirish maqsadida shevaga xos so‘zlar va varvarizmlardan keng foydalanilgan.
1. Frazeologik birliklar: astar-avrasini ochib tashladim; tomdan tarasha tushgandek; boshini arini uyasiga tiqmoq; o‘ynashmagin arbob bilan; saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutar edim; simdorning ustida langarsiz yurishdan ham vahimali; maslahatini to‘kib soldi; sizning ayvon bizning ayvon emasmu; hurjuniga ziyon bo‘lmoq; don olishib yurmoq; maslahatli to‘y tarqamas; dami ichiga tushib ketmoq; to‘g‘ri gapirib tuqqaningga yoqmaysan (ushbu o‘rinda bugungi kunda ba’zi maqollarning qisman o‘zgargan shakllaridan biri qo‘llangan. Aslida esa “To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi” shakli bo‘lgan); gapida jon bor; fikrlarni elakdan o‘tkazmoq; oldidan o‘tmoq; pati yulingan tovuqdek, oqu-qoraning farqiga boradi, pastu-balandni ko‘rgan; og‘zi ochilib qolmoq; bosh suqib o‘tmoq; to‘kib solmoq.
4. Shevaga xos so‘zlar: iloji yo‘q, ayasi; e-e, qiziqmisiz, aka; ana shunaqa, oshna.
5. Baynalminal so‘zlar: tem bolee, karidor, komissiya, attestatsiya, muovin, kadr, kabinet, papka.
6. O‘xshatish: Qizil ruchkasini olib, o‘quvchining yozma ishini tekshirayotgan muallimdek tuzatib chiqdi; mustaqil fikrlarim ham pati yulingan tovuqdek bo‘lib qoldi; sal ranjigandek bo‘ldim.
7. Antifraza (Ironiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, biron shaxs yoki narsaga xos xususiyat kulgili tarzda rad etiladi) felyetonlarda juda ko‘p qo‘llanadi.28 Masalan, Ana shundan so‘ng “malikai dilozor” mustaqil fikrlarim qanaqa bo‘lishi kerakligi haqida maslahatlarini to‘kib soldi.
8. Sarkazm (achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching): Umri davomida mustaqil fikrni tushida ham ko‘rmagan ayrim bechoralar o‘zlarini qiynab chiranaverib, yurak xuruji yoki ruhiy hastalikka chalinib ketmasa deb qo‘rqaman-da.
XIX asrning 70-yillaridan matbuot matnining katta qismini rus tili leksikasi egallay boshladi. Rusiyzabon aholi bilan bevosita aloqalar, ishlab chiqarishda yuz bergan o‘zgarishlar, aloqa, pochta, matbuotning shakllanishi va ekstralingvistik omillar o‘zbek tili leksikasiga rus tili orqali G‘arbiy Yevropa tillaridan ko‘pgina so‘zlarning kirib kelishini ta’minladi. O‘zlashma so‘zlar o‘zbek tili boyligiga boylik qo‘shuvchi, uning imkoniyatini yanada oshiruvchi muhim manbalardan biridir. Bugunga kelib felyeton namunalarini “Jamiyat”, “Xurriyat” va boshqa nodavlat gazeta nashrlarida ko‘rishingiz mumkin. Felyetonlarga asos vazifasini o‘tayotgan muammolar ham yangilanib o‘zgarib bormoqda. Ularning leksik tarkibi ham ayni zamonda muomalada bo‘lgan til birliklaridan iboratdir. Chunonchi, serial, birja, menejment, marketing, bakalavr, magistr, litsey, kollej, firma, fermer, investr, konsern, xolding kabi. Felyetonlarning tugallanish qismiga ham o‘zgacha yondoshiladi: o‘z elingga rahming kelsin, hech bo‘lmasa televideniyajon; Ana shunaqa gaplar, oshna kabi.
Ocherk badiiy-publitsistik janrlar orasida o‘ziga xos belgilari bilan ajralib turadi. Shunday xarakterlovchi belgilaridan biri hozirjavoblikdir. Jamiyat hayotidagi bugungi kun voqeliklarini va shaxslarni hozirjavoblik bilan gazetxon hukmiga havola etadi. Ocherk mustaqil epik janr sifatida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Shu nuqtai nazaridan ocherk gazeta janrlari orasida eng murakkab, eng ziyrak, ixcham, hozirjavob janr sifatida shakllangan. Unda jamiyatdagi real shaxslar taqdiri, haqiqatda bo‘lib o‘tgan voqealar yozuvchi, jurnalist yoki muxbirning kuzatishlari asosida badiiy aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, gazeta ocherklarida badiiy til vositalaridan unumli foydalanish asosida mavzu publitsistik ruh bilan yoritiladi.29 Publitsistik janrlarning yirik tadqiqotchisi O.Tog‘ayev ushbu janrga “Badiiy adabiyotga xos balletristik va gazeta janrlariga xos publitsistik xususiyatlarning uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi”, -deb ta‘rif beradi.30 Aksariyat ocherklarning mavzusi zamon qahramonlari bo‘lgan taniqli kishilarning faoliyati bo‘lib, unda jamiyatdagi konkret shaxs, mehnat jamoasi, tashkilot hayoti aks ettirilgan bo‘ladi Ocherk so‘zining lug‘aviy ma’nosi ruscha "chertit, ocherchivat" so‘zidan olingan bo‘lib, "chizmoq, atrofiga chiziq tortmoq" degan ma’noni anglatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ocherk muayyan muddao asosida mushohada qilingan faktlar, voqea va hodisalarning eng muhim belgilarini, kishilar harakatidagi eng asosiy xususiyatlarini badiiy-publitsistik shaklda aks ettiradi va o‘quvchida yaxlit tasavvur, muayyan tushuncha hosil qiladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan: “ocherk” “ta’riflab, tavsiflab bermoq, bayon qilmoq, chizmoq. Hayotiy faktlarning qisqacha tasviridan iborat kichikroq badiiy asar”31 Ocherk badiiy-publitsistik asar bo‘lganligi uchun unda badiiy adabiyot va publitsistik uslub xususiyatlari uyg‘unlashib ketgan. Jamiyat haqida badiiylikka uyg‘un holda ma’lumot beradi. Buning uchun esa, avvalo, jamiyatdan mavjud faktni tanlab olish zarur bo‘ladi. Ocherkda obraz va obrazlilik, o‘xshatish, qiyoslash, emotsionallik, obrazli tafakkur, obraz jonli til va uslub, badiiy vositalarda beriladi. Shu o‘rinda ocherk bilan hikoyani bir-biridan adashtirib yubormaslik zarur. Hikoyada badiiy tasvir va quyma obrazlar ustuvor bo‘lsa, ocherkda mantiqiy muhokama liro-publitsistik usulda bayon etiladi. Ocherk atamasi o‘zbek matbuotiga XX asrdan rus adabiyoti va matbuoti orqali kirib kelgan. Ocherkning mavzusi va mundarijasiga ko‘ra uch turga ajratamiz. Bular yo‘l ocherki, muammoli ocherk va portret ocherklardir. Portret ocherkda aniq bir shaxs, guruh yoki guruhlarning tashqi va ichki dunyosi, ijtimoiy faoliyati tasvirlanadi. Bunday ocherklarni deyarli har bir gazetada uchratasiz. “Shoir qalbi tug‘yonlari”, “80 bilan yuzma-yuz”, “Ilm sarhadlarida”, “Uyg‘unlik” kabilar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan pillachi Maryam Niyozova haqidagi ocherk aniq bir individga bag‘ishlangan bo‘lib, ayolning erishga yutuqlari, harakter-xususiyatidagi ustuvorliklar qalamga olinib, o‘rnak sifatida ko‘rsatilgan. Ocherkka “Yuz yil yashashga dasturi bor ayol” deya sarlavha ham qo‘yilgan. Ocherk matni aniq ma’lumotlarni badiiy tarzda ifodalash orqali ta’sirchanlikka erisha olgan. Masalan, “Maryamning qonida ishbilarmonligi uchun quloq bo‘lgan Niyozmamat bobosining armonlari, tashkilotchiligi kabi meros tuyg‘ular kezar edi. Raqamlar bilan o‘quvchini zeriktirmoqchi emasmanu, aytmasam bo‘lmaydi-da, bugunga kelib “Kumush tola” xususiy korxonasida 150 kishi mehnat qiladi”. (Zarafson,№123-124) E’tibor bergan bo‘lsangiz, real faktlar chiroyli ifoda bilan bezalmoqda. Ushbu ocherkni ta’sirchanligini ta’minlagan vositalar: metafora-tuyg‘ular kezadi, orzu va zavq kirib keldi; polisemiya-oq yuvmoq, qaynoq mehnat, vazmin ayol,; o‘xsatish-bolalarini qo‘riqlagan lochin kabi; frazeologik birikmalar-kalavani uchini yo‘qotmoq va boshqalar. Yo‘l ocherkining nodir namunasi sifatida Muqumiyning “Sayohatnoma” asari, bundan tashqari M.Behbudiy va A.Qodiriy ijodida shunday turdagi ocherklar bor. Dunyoga mashhur “Boburnoma” ham shunday ocherklar qatorida turadi. Keyingi yillar gazeta janrlari orasida ommaviy va o‘qishli janrlardan biri sifatida sud ocherklarini ko‘rsatish mumkin. Jinoiy faoliyat va uning salbiy oqibatlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beruvchi ushbu janr detektiv va kriminalistik taassurotlarga boyligi bilan boshqa gazeta janrlaridan farq qilib turadi. Tadqiqotchi Nigora To‘xtamatovaning “Hozirgi o‘zbek matbuotida ocherk” nomli maqolasida keyingi yillar matbuotdagi ocherklarga xos xususiyatlar yaxshi tahlil etilgan.32 Tadqiqotchining quyidagi fikrlari e’tiborni tortadi: “So‘nggi paytlarda matbuot sahifalarini ko‘proq axboriy janrlardagi materiallar egallab borayotganligi sababli, mazkur janrda yozilgan materiallar kam uchramoqda. Bugungi tezkor asrda uzoq yillardan beri matbuotning asosiy va muhim janri sifatida qo‘llanilib kelingan ocherk janri kerakmi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Agar janrning tabiatidan, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi kunda ham ocherkni matbuotda keng qo‘llashimiz zarur. Yana hozirda respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazishda, mustaqil yurtimizni rivojlantirishga, farovon va adolatli jamiyat qurishga beqiyos hissa qo‘shayotgan zamondoshlarimiz qiyofasini yaratish va ular timsolida davr qahramonlarini kashf etishda ocherk janri muhim rol o‘ynaydi. Janrdagi badiiy vositalar, ya’ni obraz va obrazlilik, o‘xshatish, qiyoslash, sifatlash, emotsionallik, jonli til va uslub, tipiklashtirish, badiiy to‘qima orqali ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalar, inson qiyofasi va ichki dunyosi chuqur tasvirlab beriladi”. Zamon talabidan kelib chiqib, jamiyatning turizm sohasiga bo‘lgan e’tiborning oshishi televideniya dasturlarida xuddi portret ocherkning uslubini yodga soluvchi aniq ma’lumotlarni badiiylik orqali bayon etish xususiyati takrorlanadi. Televideniyada ikki tomonlama tomoshabinga yetkaziladi. Bular namoyish va tasvirga o‘zgacha yondoshishdir. Bugungi kunda “Zarafshon”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Hurriyat”, “Xalq so‘zi” kabi bir qator gazetalarimizda adiblarimiz, san’atkorlar, iqtisodiyotimizning qaysidir sohasida o‘rnak bo‘larli darajada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarimiz, turli xil sud jarayonlariga bag‘ishlangan ocherklar uchramoqda. Badiiy vositalar esa yuqoridagidek qo‘llanilsa-da, lisoniy jihatdan o‘zgarishlar (neologizmlar, sohaga oid terminlar, baynalminal leksemalar, frazeologizmlarning o‘zgargan shakllari) ko‘zga tashlanmoqda.



Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish