O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet11/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Bob bo‘yicha xulosalar

  1. Uslub va uslubiyat tushunchasi, vazifaviy uslublar va ularning ichida publitsistik uslubning tutgan o‘rni hamda ushbu uslubning boshqa uslublar bilan bog‘liqligi bugungi kun manbaalari asosida o‘rganib chiqildi. Misollar bilan dalillandi.

  2. Publitsistikaning janrlari asosida ijtimoiylik, axborot berish yotsa-da, axborotni taqdim etishga qay usulda yondoshish publitsistik uslub janrlarining rang-barangligini ta’minlaydi.

  3. Axboriy janrlar qisqa va lo‘ndalikka asoslangan bo‘lib, aniq jumlalardan foydalaniladi. Axborotni oddiy shaklda ommma e’tiboriga yetkazishdan yiroqlashilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad XXI asr – axborot asrida tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini tortish hamda ularda axborotga javob reaksiyasini uyg‘ota olish.

  4. Badiiy-publitsistik janrlar publitsistikaning adabiyot bilan bir qatorda turuvchi shakli bo‘lib, bu janrning shakllanishida badiiy tasvir vositalari, ibora va maqollar hamda yozuvchi mahorati asossiy o‘rinni egallaydi. Badiiy-publitsistik na’munalari ichida lavha va ocherklarning rivoji jadallashmoqda.

  5. Badiiy-publitsistik janrlardan felyetonlar ayrim gazeta nashrlarida mavjud xolos. Felyetonlar o‘rnida ayrim matbuot nashrlari karikatura bilan gazeta sahifasini band qilmoqdalar. Bu esa ushbu janrning e’tibordan chetda qolishiga va takomiliga salbiy ta’sir etadi.

II BOB. MUSTAQILLIK DAVRI PUBLITSISTIK USLUBINING LEKSIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI.
2.1 Mustaqillik davrida publitsistik uslubga oid terminlarning qo‘llanishi
Ilm-fan va texnika rivojlanayotgan hozirgi davrda yangidan yangi tushunchalarning paydo bo‘layotganligi tufayli o‘zbek tilining xilma-xil terminologik tizimlari qaror topa boshladi. Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.33 Bugungi kun publitsistikasi doirasidagi terminlar haqida fikr yuritishdan avval termin tushunchasiga izoh berib o‘tsak. Termin atamasi lot. terminus so‘zidan olingan bo‘lib, chek, chegara degan ma’nolarni bildiradi. Fan-texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z va so‘z birikmasi; atama.34 Atama va termin leksemalari bir-biriga sinonim sifatida ko‘rsatilsa-da, ba’zi tilshunoslar atamalarga kengroq tushuncha sifatida qaralishi haqida fikrlar bildirishgan, biroq bu qarashlar to‘liq ilmiy asosini topgani yo‘q. Shuning uchun har ikki leksemani ham bir tushuncha ifodalovchi vosita sifatida fikr yuritamiz. Chunki lug‘atlarda atama so‘zining rus tilidagi tarjimasi “termin” sifatida ko‘rsatilgan. Ular bir sinonimik qatorda yotadi. Atamalar (terminlar)ni dastlab ikki katta guruhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi: 1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar; 2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar. Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Bir soha doirasida har ikki xususiyatga ega bo‘lgan terminlarni ham gazetalarimizda juda ko‘p o‘rinlarda uchratmoqdamiz. Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin. O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Har qanday so‘zni termin sifatida qabul qilinavermaydi. Buning uchun mavjud termin ilmiy asoslanishi kerak bo‘ladi. “Davlat tili” haqidagi qonunning 7-moddasida quyidagi fikrlar mavjud: “Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi normalari va qoidalariga rioya qiladi. Davlat o‘zbek tilining boyishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish xisobiga ta’minlaydi. Ya’ni ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tilidagi nutqqa joriy etiladi”. Terminlarning o‘rganilishiga ham e’tiborlar katta. O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish XX asrning 20-yillaridan boshlangan. Xususasan, R.Doniyorov va N.Qosimovlarning o‘zbek tilining ilmiy-texnikaviy terminlarini, H.Bektemirov va E.Begmatovlarning mustaqillik davridagi yangi atamalarni o’rganganligi, terminalogiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslagan tilshunosimiz K.M.Musayev, I.Ismoilovning uyg‘ur va o‘zbek tillaridagi qarindoshlikka oid terminlarni o‘rganganligi, Markaziy Osiyoda Turkiy tilga oid zoologik terminlarni o‘rgangan D.X.Bazarova va K.Sharipova, X-XI asrda turkiy til leksikasidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va sotsial terminlarni o‘rgangan H.Dadaboyev, Sh.Usmonova kabilarni misol qilish mumkin. Albatta, terminlarni o‘rganishga bo‘lgan harakat o‘z-o‘zidan boshlanmagan. Bunga barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarini sezilarli darajada rivojlanib borishi, ilmiy tafakkur doirasini kengayishi, turli qo‘llanma va darsliklarni yaratish ishlarini boshlanishi o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin tilda terminlarni ko‘payib borish kabi omillar sabab bo‘ldi.35
Terminlar berilayotgan faktning ilmiyligini va ishonarliligini ta’minlovchi vositalardir. Publitsistikaning qaysi janr namunasini qaramang, qaysidir o‘rinlarda terminlardan foydalanilganliga duch kelasiz. Terminlarning eng ko‘p qo‘llash o‘rinlari bosh maqola, ilmiy maqola, reportaj, lavha, hisobot kabi axboriy va tahliliy publitsistika janrlarida uchraydi. Masalan, innovatsiya, farmatsevtika, integratsiya, investitsiya, klaster, farmakopiya, talaba, o‘qituvchi, akademik, investor, injiniring, professor kabilar. (Xalq so‘zi,№21(7523)) Birgina maqolaning o‘zida bir necha soha doirasiga mansub terminlar kelishi ham kuzatiladi. Masalan, talaba, o‘qituvchi, professor, akademik – ta’lim sohasiga oid bo‘lsa, farmatsevtika, farmakopiya – tibbiyot sohasi, integratsiya, investitsiya, investor kabi tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘lar esa asosan biznes sohasida qo‘llanmoqda. Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan birorta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov. E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa, muallim va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3. Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
4. Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
5. Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridayoq o‘zbek tiliga ko‘plab ruscha o‘zlashmalar kirib keldi. Ular gazeta va jurnallarda, rasmiy-yuridik hujjatlarda o‘zbekcha talaffuz va imloga moslashtirilgan holda ishlatilgan. Bu xil so‘zlarning o‘sha davrdan hozirgacha matbuotda faol qo‘llanilayotganini quyidagilar ham tasdiqlaydi: bank, byudjet, prosent, fabrika, telefon, telegraf, redaksiya, gazet, oblast, vokzal kabilar. Rus tilining ta’siri XX asrning 20-yillaridan so‘ng yanada kuchaydi. Nafaqat ruscha-baynalmilal so‘zlar, balki tarjima orqali ruscha konstruksiya (so‘z birikma)lar ham kirib keldi. Hozirgi matbuotda quyidagi so‘z va terminlar faol ishlatilmoqda: parlament, institut, universitet, kollej, kafedra, plenum, konferensiya, sessiya, simpozium, kongress, agrotexnika, arxeologiya, biologiya, ximiya, telefon, konvert, pochta, avtobus, tramvay, trolleybus, samolyot, aeroport, deputat, deklaratsiya, rezolyutsiya, konvensiya, nota, protokol, jurnal, jurnalist, buxgalter, kosmos kabilar. Masalan, “Mamlakatimizda BMT bosh assambliyasi hamda tuzilmalari tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya, konvensiya, deklaratsiya va bayonnomalarning samarali ijrosi bo‘yicha puxta ish olib borilayotir ”. (Xalq so‘zi,№64(7844)) XX asrning 70-80 yillari matbuotda ruscha-baynalmilal so‘zlarning ishlatilish salmog‘i ancha oshdi. Gazeta va jurnal materiallarini, o‘zbekcha dubletlari bo‘lgani holda, ruscha-baynalmilal so‘zlar egallay boshladi. Masalan, arxitektor/me’mor, muzika /musiqa, sekretar/kotib, injener/muhandis, avtor/ muallif, intelligent/ziyoli kabi dubletlarning o‘zbekcha, fors-tojikcha, arabcha variantlari iste’moldan chiqa boshladi. O‘zbek tilida bir qismi ruscha-baynalmilal so‘zlardan iborat juda ko‘plab dubletlar mavjud. Masalan, agitasiya/tashviqot, oblast/viloyat, partiya/firqa, komitet/qo‘mita, pravleniye/boshqaruv, problema/muammo, revolyusiya/inqilob, region/mintaqa, redaktor/muharrir, rekonstruksiya/ta’mirlash, sekretar/kotib, sovet/kengash, tradisiya/an’ana, yurist/huquqshunos kabilar. Ushbu dubletlardan ruscha-baynalmilal so‘zlarga, o‘sha davrdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, tarixiy, milliy, diniy qadriyatlarga va milliy tillarga bir yoqlama munosabat tufayli, ortiqcha baho berilib, ular o‘rnida bemalol ishlatish mumkin bo‘lgan variantlariga e’tibor susaydi yoki umuman ular nazardan chetda qoldi. Biroq bugungi matbuot nashrlarida yuqoridagi dubletlarning deyarli ko‘pchiligini uchratdik. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni “milliylashtirish”ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig‘i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o‘quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko‘rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaroq va hokazo. Biroq tavsiya etilgan birliklar adabiy leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o‘zgarishlar jarayoniga o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo‘ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo‘lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so‘zlar shaklida qo‘llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi. Biz kuzatishlarimiz davomida milliylashtirish mahsullarini biror o‘rinda kuzatganimiz yo‘q. Masalan, “U.Uvatov 1958-1969-yillar Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxasisliligi bo‘yicha tugatib, o‘z mehnat faoliyatini ushbu dargohda o‘qituvchilikdan boshladi”; “Maktablarimizda rus tili, ingiliz tili, matematika, kimyo fani mutaxasisliklari yetishmaydi”. (O‘zbekiston ovozi,№39(32.634)) E’tibor bergan bo‘lsangiz kulliyot emas fakultet, riyoziyot emas matematika tarzida qo‘llanayotganini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda publitsistika sohasida yangi paydo bo‘layotan terminlar siyosiy mavzudagi axboriy hamda tahliliy janrlarda ko‘zga tashlanmoqda. Ularning ba’zilari olinma so‘zlar bo‘lsa, ba’zilari o‘zbekcha yoki o‘zlashma so‘zlar bilan birikma hosil qilish orqali yaratilmoqda. Masalan, bloger va klaster so‘zlari ingliz tilidan olingan bo‘lsa, iste’mol savatchasi oddiy birikma shaklidagi yangi atama bo‘lib, arab tilidan o‘zlashgan so‘z (iste’mol) bilan fors tilidan o‘zlashgan so‘z (savat)ning birikuvi orqali siyosatimiz doirasida yangicha terminni yaratdik. Shu bilan birgalikda ilk Mustaqillik davridan siyosiy hayotimizda yangicha termin sifatida qo‘llangan kredit so‘zi bugungi kun nashrlarimizning deyarli har bir sahifasida uchramoqda. Masalan, “Iste’mol kriditi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda ma’qullangan 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi iste’mol krediti berish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Iste’mol krediti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari iste’mol krediti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir”. (“Xalq so‘zi”,№88 (3887)) Mustaqilligimizning dastlabki o‘n yilligida hali tilimizga begonadek tuyulgan bu termin tarmoqning rivoji sabab umumiste’moldagi so‘zlarimiz qatori ko‘p qo‘llanayotganini ko‘rmoqdamiz. “Kredit ajratishda “omborxona guvohnomalari”, boshqa moliyaviy vositalar va yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqidan garov ta’minoti sifatida joylanishi nazarda tutilsin”. (Xalq so‘zi,№21(7523)) Bugungi kunda esa kredit atamasi bilan qo‘llanuvchi yangicha ifodalar (terminlar) jurnalistikaning bir tarmog‘i sifatida qaralayotgan internet jurnalistikasi orqali kirib kelgan online va ofline atamalaridir. Masalan, online kredit birikmaviy atamasidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat boshqaruvi, hukumat siyosati, davlat hokimiyati va vakillik organlarining rasmiy faoliyati, xalqaro ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalar, harbiy va strategik chora-tadbirlar, diplomatik aloqalar, mamlakatdagi qonun va qonunosti hujjatlarining amaliyotini bevosita targ‘ib qiluvchi, siyosiy faoliyat va jarayonlarni baholovchi va jamoatchilikka yetkazib beruvchi nashrlar, xususan siyosiy gazetalar aynan shu yo‘nalishdagi davlat idoralari muassisligida taqdim etiladi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda “Xalq so‘zi” (“Народное слова” ruscha nashri), “Yoshlar ovozi” (“Молодеж Узбекистана” ruscha nashri), siyosiy partiyalarning rasmiy nashri (“O‘zbekiston ovozi” kabi), Qoraqalpog‘iston Resbublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining rasmiy nashrlari (“Namangan haqiqati” kabi), huquq-tartibot idoralari va siyosiy tashkilotlarning rasmiy nashr (“Jamiyat” kabi)lari faoliyat olib bormoqda. Biz Mustaqillik davrida keng qo’llanayotgan terminlarni ham ayni shu gazeta sahifalaridan oldik. Publitsistika janrlari ayni davrdagi terminlar bilan faoliyat olib boradi. Biz terminlarni ko‘rib chiqqanimizda avvaldan mavjud bo‘lib, qo‘llanib kelinayotgan terminlarni va shu bilan birga Mustaqillik davrida birinchi o‘n yilligida nutqda qo‘llanila boshlanib, bugun qo‘llanish doirasi kengaygan yoki siyosiy munosabatlar, yangicha kashfiyotlar orqali tilga kirib kelgan terminlarni uchratdik. Har bir sohaning terminologiyasi bilan odatda shu sohaning vakiligina tanish bo‘ladi, boshqalarga bu terminlarni bilish muhim emas, asosan ilmiy terminlarimiz faqat shu soha doirasida qo‘llanganligi uchun jamiyatning boshqa vakillarida tushunishda qiyinchiliklar tug‘diradi, kasb-hunarga oid terminlar ichida ommabop leksemalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, igna, ip, qaychi, metr, andoza, ayrelovka va boshqalar. Ba’zi bir fan doirasida ham bu holat ko‘zga tashlanadi. “Cho‘llanish-global ekologik muammo” nomli maqolada materig, arid (quruq) o‘lka, qit’a, iqlim, cho‘llanish, platforma, mintaqa, ekotizm, degredatsiya (yaroqsiz holga kelib qolish), qurg‘oqchilik, iqlimshunos, intensive sug‘orish, ihotalovchi dov-daraxtlar, geotizm, gidrometeorologik monitoring, ekstensiv rivojlanishi, subregional manfaat, tog‘oldi yaylov, yerlarning meliorativligi, chalacho‘l, landshaft. (O‘zbekiston ovozi,№103-104(32.594)) Bugungi kun gazetalarimizda umumiylik va xususiylikka ega bo‘lgan terminlar faol qo‘llanayotganini ko‘rmoqdamiz. Chunki umumiste’moldagi ba’zi leksemalar ilmiylik kasb etib, biror soha doirasida atama sifatida qabul qilinish holatlari fanda mavjud. Publitsistika esa jamiyat bilan bir qatorda har bir sohaning yangiliklarini o‘zida ko‘rsatib boradi. Xususan, asosiy mavzusini ayollar bilan bog‘lab boruvchi gazetalarimizdan yana birida bugunning tibbiy muammolarini o‘zida ifodalagan maqolada shu soha doirasidagi termin qo‘llanganini: “Eritrositlar-qizil qon tanachalarida antigenlar joylashadi. Yer yuzi aholisining 85 foizida ana shunday rezus faktor bo‘lib, bu musbat rezursli deyiladi”. (Ayol va jamiyat,№6(499)) Maqolada eritrosit, antigen, rezus faktor, musbat rezurs, qon tanachalari, antitela, jarroxlik amaliyoti kabi terminlar qo‘llangan. X.B.Qodirova “Atama va izoh” mavzusidagi ilmiy ishida atamalarni har jihatdan tahlil etgan bo‘lib, morfologik jihatdan atamalarni mustaqil va birikma atamalarga bo‘lib tasniflagan. Birikma atamalarni ham oddiy birikma atamalar va murakkab birikma atamalar kabi turlarga bo‘lgan. Ba’zi atamalar bir necha soha doirasida ham qo‘llangan o‘rinlari mavjud bo‘lib, ayniqsa, olinma so‘zlar shaklida uchramoqda. Masalan, klaster termini yaqin 3-4 yil ichida O‘zbekistonning har bir sohasiga kirib bora oldi. Zamon bilan hamnafas holda yashash bizni jahon tajribalari bilan birga ularni nomlab keluvchi leksik birliklarni ham o‘zlashtirishga olib kelmoqda. Klaster termini ham bunga bir misoldir. Publitsistikaning har bir turida tilga olinayotgan klarster o‘zi nima? Klaster-o‘xshash narsalar, bir-biriga yaqin joylashgan yoki sodir bo‘lgan odamlar guruhi yoki to‘planib ishni amalga oshirish kabi ma’nolarni bildiradi. Kun.uz kanalining 2020-yil 6-martdagi berilgan axborotlari ichida ushbu atama bilan bog‘liq fikrlarni uchratdik: ““Klaster”: U O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini o‘nglay oladimi? – “O‘zto‘qimachiliksanoat” rahbari bilan suhbat”. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalish – klaster tizimiga o‘tish boshlangan. Bu tizimga soha odamlarining munosabati turlicha”; yana bir manbaada esa “Klaster sanoat zonasi hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar, jumladan, chet el investitsiyalarini jalb qilish hisobiga amalga oshiriladi”. (Xalq so‘zi,№21(7523)) Ushbu birgina qaror yoritilgan maqola ichida bu termin 29 o‘rinda qo‘llangan bo‘lib, farmatsevtika klasteri qolgan o‘rinlarda birgina klaster so‘zini qo‘llash bilan cheklanilgan. Qaror muqaddimasida “qolgan o‘rinlarda klaster” deya berilgan izohi so‘zning o‘zi qo‘lanishiga ishora. Bu terminni xususiy deya olmaymiz, chunki turli sohalar doirasida (klaster metodi saklida dars o‘tish, qishloq xo‘jaligini klaster tashkil etish, biznes loyihasini klasterini ishlab chiqish kabi) qo‘llanmoqda. Respublikamizda gazetalarning sirasi ortayotgan ayni damda bir qator gazeta nomlaridagi yangicha terminlarning qo‘shib nomlanilayotgani(“Dono Word”, “Bekajon plyus” va h.k)sohaning jadal rivojlanish bosqichida ekanligiga ishoradir. Ayniqsa, 2020-yilning davlat va nodavlat gazetalarining barcha nashrlarida karantin atamasi juda ko‘p qo‘llandi. “Karantin paytida uyda o‘z qiziqishi doirasida kichik ishbilarmonlik loyihasi doirasida 24-maktab bitiruvchisi, vasiylikka olingan M.Husniddinova tomonidan uy sharoitida noodatiy oyoq kiyimi to‘qish va tikish yo‘lga qo‘yilgan” (Murabbiy,№12(817)); “Keyingi paytlarda “Karantinda zerikmadingmi?”-deb hol-ahvol so‘rash urf bo‘ldi. (Sug‘diyona, №38(1145)) Shu bilan birgalikda siyosiy holatimizdan kelib chiqib nafaqat O‘zbekiston axborotlarini “qizitgan”, balki dunyoning barcha mintaqalarida “sevib” qo‘llangan koronavirus (bu yangi kasallik nomi termin sifatida tibbiyot terminlari sirasiga qo‘shildi) va bu atama bilan uyg‘un qo‘llanuvchi infeksiya, pandemiya (bu terminlar avvaldan soha doirasida mavjud bo‘lib, siyosiy holat ta’sirida faollashdi) terminlari nutqimizda, xususan, televideniya, radio va matbuot nashrlarining leksik doirasida faollashdi. Masalan, “Parlament a’zolari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan joylarda olib borilayotgan uchrashuvlar davomida aholi bilan uchrashdi; Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarini iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risidagi farmonning mazmun-mohiyati deputatlar va senatorlarga yetkazildi”. (Xalq so‘zi,№60(7562))
Xulosa sifatida shuni aytmoqchimizki, bugungi kun publitsistikasining leksik doirasi ayni vaqtdagi jamiyat va ilm-fan bilan bog‘liq. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ilm-fan sohasining barcha yangiliklari va bu yangiliklar ta’sirida yuzaga kel;ayotgan termin va neologizmlar publitsistik matnlar uchun bosh manbaa vazifasini o‘tamoqda.

Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish