O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi namangan davlat universiteti



Download 497 Kb.
bet13/17
Sana21.06.2022
Hajmi497 Kb.
#688080
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Yokubbayeva Umida dissertatsiya o\'nglangan 2

Bob bo‘yicha xulosa

  1. Mustaqillik davrida leksik qatlamdagi yuz bergan o‘zgarishlar publitsistik uslub namunalari misolida o‘rganib chiqildi va misollar bilan dalillandi.

  2. Matbuot sahifalarini o‘rganish davomida iqtisodiy, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish kabi sohalar hamda internet tarmog‘iga oid yangi terminlar qo‘llanila boshlanib, ularning ayrimlari omma nutqida umumiy terminlar kabi faol qo‘llanilayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, koronavirus, karantin, onlayn kabilar.

  3. Publitsistik uslub janrlarini bugungi kunda ta’ sirchanligi ta’ minlayotgan bir qator vositalar mavjud bo‘lib, ayniqsa, maqollar va iboralarning qo‘llanish doirasi kengaygan. Metafora, metanimiya va o‘xshatish kabi vositalar faqatgina badiiy-publitsistik uslub doirasidagina qo‘llanibgina qolmay axboriy janr matnlarida juda ko‘p uchramoqda. Ular gazeta tilining jonliligini, ya’ni jonli so‘zlashuv nutqiga yaqinlashishini, tushunarli, sodda bo‘lishini ta’minlaydi.

  4. Maqola, eshittirish va ko‘rsatuvlarni emotseonalligi va o‘quvchilar sirasini ko‘paytirish uchun sarlavhani ta’sirliroq berishga e’tibor kuchaygan. Ayniqsa, internet tarmog‘idagi qisqa va uzun lavhalar, turli habarlarni yolg‘onga qorishgan sarlavha, uning matni esa umuman boshqa mavzuda berilmoqda. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish muhim vazifalardan biridir.

  5. Publitsistikamizda lingvokultorolig jihatdan milliyligimizni ko‘rsatib turuvchi maqol va frazeologizmlar ham muhim o‘rin egallab, ayni paytlarda OAV lari namunalarida nisbatan kamaygan.



III BOB. MUSTAQILLIK DAVRI PUBLITSISTIK USLUBIDA ADABIY ME’YOR MASALASI.
3.1 Adabiy til normalari
Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. O‘tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo‘lida ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z xissasini qo‘shmoqda. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonining o‘rni katta. Yurtimizdagi barcha tashkilot xujjatlarini yuritishga doir masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan o‘rinlar mavjud. “2020 — 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq quyidagilar nazarda tutilgan: 1) mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; 2) ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; 3) davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; 4) davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash.44 Tilimizni sofligiga e’tiborni qaratish lozimligi eng muhim masalalardan biridir. Publitsistik uslubda norma masalasini yoritishdan avval adabiy norma nazariyasi, uning o‘rganilishi va bu sohada olib borilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fikrlarni bayon etish lozim. Norma masalalarini o‘rganishda Praga maktabining o‘rni katta. Тil normasini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishda bu maktabning a’zolari: B.Gavranek, V.Matezius, A.Yedlichka, V.Barnet, Ye.Vaxek va boshqalarning xizmatlari katta. Keyinchalik nemis va rus tilshhunosligida ham tildagi norma masalasini o‘rganishga e’tibor kuchaygan. A.M.Peskovskiy, L.V.Shcherba, G.O.Vinokur, E.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy, Y.D.Polivanov va boshqa tilshunos olimlar mavjud. O‘zbek tili bo‘yicha norma masalasini o‘rganish 1960-yillardan boshlangan. Tilshunos olimlarimizdan G‘.A.Abdurahmanov, S.Ibrohimov, E.Begmatov, R.Qo‘ng‘urovlarning maqolalarida leksik norma masalalari yoritilgan, O.Usmonov, Sh.Shoabdurahmonov, I.Qo‘chqortoyevlarning maqolalarida uslubiy norma masalalariga e’tibor qaratilgan. 1985-yilda E.Qilichevning “O‘zbek tilining praktik stilistikasi” kitobida o‘zbek tili uslubiyatiga xos norma masalalari yoritilgan. 1991-yilda А.E.Маmatovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari” nomli monografiyasi e’lon qilindi. Publitsistika sohasi doirasida 1988-yilda A.Abdusaidovning “Gazeta tili va adabiy norma” nomli nomzodlik dissertatsiyasi va shu asosdagi risolasi mavjud. Norma termini tilshunoslikda ko‘pincha ikki ma’noda qo‘llanadi. Birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan qo‘llanishlar norma deb hisoblanadi; ikkinchidan norma deb grammatikalar, lug‘atlar, ma’lumotnomalarda tavsiya qilingan, obro‘li tan olingan yozuvchi yoki shoirlar asarlaridan keltirilgan faktlar bilan isbot qilingan va mustahkamlangan qo‘llanishlar tushuniladi.45 Lug‘atlarimizdan birida norma leksemasi 1. “Me’yor”; 2. “Biror narsaning, bajariladigan ishning belgilangan hissasi, o‘lchami, miqdori”.46 Adabiy til normasi – bu muayyan qoidalari ostiga olingan, barqaror, shu bilan birga doimo rivojlanib boruvchi, o‘zgarib turuvchi, variantdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan, til tizimi tomonidan yo‘l qo‘yilgan til hodisalarining yig‘indisi bo‘lib, tildan foydalanuvchilar nutqida mustahkamalangan, adabiy tilda so‘zlashuvchilar uchun umummajburiy bo‘lgan lisoniy hodisadir.47 Norma haqida gap borar ekan, bugungi kun publitsistikasining og‘zaki tarmog‘i bo‘lgan radio va televideniya tarkibida faoliyat olib boruvchi ayrim teleboshlovchilarning nutqi adabiy til me’yorlaridan yiroqlashayotgani haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Shu o‘rinda buyuk ajdodlarimiz M.Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”, A.Yugnakiyning “Hibbatul-haqoyiq”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, A.Yassaviyning “Hikmat”larida, shuningdek, “Qobusnoma” kabi asarlarda nutq odobiga oid fikrlar keltirib o‘tilgan. Masalan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida nutq odobi o‘zbek nutqi madaniyatiga oid “Tiling bilan diling bir bo‘lsin”, “Til qadimiy ajdodlardan qolgan ulug‘ merosdir, uning qadriga yet”, “Yozuv, yozma nutq ulug‘ vositadir, uning qadriga yet” singari fikrlar ilgari surilgan. Tilshunoslikda “xususiy norma” va “umumiy norma” degan tushuncha ham mavjud. Xususiy normada alohida shaxslar (diktorlar yoki yozuvchilar) nutqiga xos norma bo‘lsa ham omma e’tiboriga chiqayotgan har bir jurnalist adabiy til qonuniyatlaridan yiroqlashmasligi lozim. Tilning barcha vositalarini egallamagan va yetarli ko‘nikma xosil qilmagan shaxsda nutqiy qiyinchilik va nuqsonlarning bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday qiyinchilik va nuqsonlarni yengish hamda bartaraf qilish adabiy til normasini egallash va adabiy nutqiy malaka hosil qilish bilan bog‘liqdir. Umumiy norma tushunchasi o‘zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko‘rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo‘lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi.48 “O‘zbek tili leksikologiyasi” kitobida bu kabi keng iste’moldagi so‘zlarning barcha so‘z turkumlarida uchrashi qayd qilib o‘tilgan. Masalan, otlarda – daryo, suv, osmon, yer, tosh, tog‘, bog‘, daraxt, uy, devor, ko‘cha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda – oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda – bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda – u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fe’llarda – bor, kel, ket, yur, tur, o‘tir, uxla, yot, ayt, qo‘y, o‘t kabi; ravishlarda – tez, sekin, oz, kam, ko‘p kabi; bog‘lovchilarda – va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda – -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda – oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi.49 Har bir davrning o‘z adabiy til normalari mavjud. Chunonchi, 1920-1930-yillar o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan bir so‘z, so‘z formalari hozirgi tilimizdan qaysidir bir tomonlari bilan farqlanib turadi. Masalan, 20-38-yillarda keng iste’molda bo‘lgan ba’zi so‘zlar hozirgi adabiy tilimizda qo‘llanmaydi. Masalan, tegra, tamug‘, ochun, bitik va boshqalar. Shuningdek o‘sha davr o‘zbek matbuoti tilida uchraydigan –g‘a, -g‘on, -g‘uchi kabi morfologik ko‘rsatkichlar bugun boshqa shaklga o‘tgan: -ga, -gan va –uvchi kabi. Har bir tilning uzoq, tarixiy taraqqiyot davomida yuzaga kelgan, shakllangan lisoniy vositalari, an’analari, turg‘un va yashovchan qoidalari, qonuniyatlari bo‘ladi. Bular o‘sha tilning tendensioz udumiga, nutqiy yo‘sinlariga, amal qilinuvchi hamda e’zozlanuvchi maqomiga aylangan bo‘ladi.50 Har bir tilning ijodkori va haqiqiy yaratuvchisi xalq bo‘lsa-da, tilshunoslikka oid yangi qoidalarini yaratilishida tilshunos olimlarimizning va matbuotning o‘rni kattadir. Chunki publitsistika adabiy til normasi bilan uzviy bog‘liq va uning mavjud imkoniyatlarini ozida namoyon qiladi. Ilmiy kitoblardagi qoidalarni ommaga matbuot sahifalaridagi maqolalar, televideniya va radiodagi efirlar orqali ko‘rsatib boradi. S.I.Ojegovning “…norma-bu ijtimoiy jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, yangi paydo bo‘layotgan, yoki o‘tmishning passiv yig‘imidan olingan til unsurlarini (lug‘aviy,morfologik, sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan hamda jamiyatning nutqiy faoliyati uchun xizmat qiladigan foydali jamiyatning nutqiy faoliyati uchun xizmat qiladigan foydali til vositalari majmuidir, keng ma’noda til unsurlarini baholashdir” degan jumlalari yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Adabiy til normasini o‘rganish va amal qilishda namuna vazifasini bajarishi lozim bo‘lgan OAV larini omma e’tiboriga berish jarayonida tildan foydalanish masalasida muayyan muammolar paydo bo‘lmoqda. Ular quyidagilar:
1. Davr talabi asosida yaratilgan ocherk, felyeton, sharh, taqriz janrlariga oid materiallar nihoyatda oz yoki yuqori mahorat bilan yaratilmagan.
2. Matbuot materiallari bayonida ortiqcha maqtov, dabdaba, real hayotni to‘la, atroflicha aks ettira olmaslik, badiiy til vositalaridan noo‘rin foydalanish holati ham uchraydi.
3. Matbuot materiallarining tilida imloviy, ayniqsa, uslubiy xatolar, jumla tuzishdagi kamchiliklar ko‘payib bormoqda.
4. Ayrim televideniye va radio boshlovchilari, suxandonlarning yoki boshlovchilik qilayotgan jurnalistlarning o‘zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalanishga e’tiborlari pastligi, ba’zan davlat tiliga nopisand munosabatda bo‘layotganliklari sezilib qolmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar savodxonlikka, ayniqsa, yoshlarning nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi tashvishli bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, publitsistikaning internet bilan bog‘liq tarmog‘ida adabiy til normasidan yiroqlashish axborot berishga noto‘g‘ri yondashuvlar nafaqat yoshlar, jamiyatning boshqa qatlam vakillarining nutqi va madaniyatiga kuchli ta’sir qilmoqda. Bu borada A.Mamatovning quyidagi mulohazalari mavjud: “Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so‘zlashishi, nafaqat ularning o‘qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko‘rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so‘zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so‘z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo‘lishi shart emasdir, lekin faqat fikrini, tushunchalarini to‘g‘ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir”.51 Hayotimiz davomida har bir faoliyatimizda ma’lum norma ko‘rinishi bilan to‘qnashamiz. Tilshunoslikning ham ma’lum bir qonuniyatlari mavjud va bu qonuniyatlar (ya’ni o‘qish, yozish va talaffuzga doir normalar) publitsistika uchun ham taaluqlidir. Xo‘sh bugungi kunda bu normalarga to‘liq amal qilinyaptimi yoki buning aksimi? OAV ni o‘rganish davomida, afsuski, bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklar mavjudligiga guvoh bo‘ldik. Matnni shakllantirshda ortiqcha so‘zlardan foydalanish, so‘zlarning muqobilini noo‘rin qo‘llash bugungi jurnalistlarimizning bilim jihatdan no‘noqligini ko‘rsatmoqda.



Download 497 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish