7
botaniqaga “to’qima” terminini kiritdi, ammo “hujayra” tushunchasi kabi bu ham hozirgi
zamon ma’nosidan butunlay farqlanadi.
A. Levenguk XVII-asrning to’rtinchi yirik mikroskopisti edi. Uning
mutaxassisligi savdogar bo’lib, umrining deyarli 50 yilini mikroskop ostida mayda
organizmlarni kuzatishga bag’ishladi va 1680 yilda London Qirollik jamiyati (Hozirgi
fanlar akademiyasiga o’xshaydi) ga a’zo qilib saylandi. Levenguk uz kuzatishlarini 1696
yilda “Тabiat sirlari“ nomli asarda bayon qildi. U bir hujayrali organizmlarning boy
olamini ochgan, hayvonlarning hujayralari – eritrotsitlar va spermatozoidlarni
1
ko’rgan
birinchi olim bo’lgan. Lekin, Levenguk bu kuzatishlirini yetarlicha baholay olmadi va
hayvonlarni hujayraviy tuzilishlari xaqida xulosa chiqarmadi.
XVIII –asrda hayvon va odamning jinsiy hujayralari tekshirildi va murtakning
boshlang’ich taraqqiyoti ozmi, ko’pmi bayon etildi. Gametalarning jinsiy ko’payishdagi
ahamiyati umuman to’g’ri tushunilgan bo’lsada, tuxum hujayralari va spermalarning
otalanish protsessidagi nisbiy roli ko’p tomonlama noaniq, ularning nozik tuzilishlari esa
noma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik olimlar, masalan, A.Levenguk Svammerdam,
Malpigi, Galler va Bonnelar jinsiy ko’payishni moxiyatini yaxshi tushunmadilar. Ular
jinsiy hujayralardan bulguvchi organizmning tula tashkil topgan mo’rtagi joylashgan
bo’ladi deb, preformizm (preformare- avvaldan shakllangan) nazariyasini ilgari surdilar.
Preformistlar ikki guruxga bo’linib, ulardan ba’zilari spermaning ichida (animalculare-
animalkulistlar), qolganlari esa tuxum hujayraning ichida (obium- ovistlar) bulguvsi
organizmning uni hamma organlari bilan tula tashkil topgan mayda Mo’rtagi joylashgan
deb hisobladilar, binobarin bu bilan ular individual taraqqiyotni qism va organlar
kattaligini ortib borishiga tenglashtirdilar.
XVIII- asr o’rtalarida preformistlar orasida “Joylab qo’yish nazariyasi” tarqaldi.
Bunga binoan eng birinchi urg’ochini tuxumdoniga u yaratilgan momentda barcha
keyingi avlodlarini murtaklari joylab qo’yilgan bo’ladi. Hatto Italiya olimi Antonio
Vallisneri (1661-1730) Momo Havoning tuxumdonida o’tgan hozirgi yashayotgan va
kelgusi avlodlarni hammasini tayyor murtaklari joylab qo’yilgan deb hisobladi.
Bu nazariyaga qarshi o’laroq Epigenezning (epigenesis- keyin kelib chiqmoq)
tarafdorlari fikricha butun qism va organlar embrional taraqqiyot protsessida yangidan
kelib chiqadilar. Epigenez nazariyasining asoschisi va yirik namoyondasi Peterburg
fanlar akademiyasining a’zosi Kaspar Fridrix Volf edi. U 1759 yilda 26 yoshida “ Kelib
chiqish nazariyasi” nomli asar yozib dissertatsiya yoqladi. Volfning hayvonlarni
embrional taraqqiyoti ustidagi ishlari, turlarning o’zgarmasligini ko’rsatuvchi dalillardan
biri sifatida foydalanilgan preformizm nazariyasining asossizligini ishonarli qilib
ko’rsatib berdi, Lekin K.Volfning ilmiy epigenez nazariyasi o’sha vaqtda rivojlanmay
qolib ketdi. Тaxminan 50 yildan keyin 1828- yilda Peterburg fanlar akademiyasining
akademigi Karl Maksimovich Ber o’zining “Хayvonlar taraqqiyoti tarixi” asari bilan
epigenezni yanada rivojlantirdi. Ber sut emizuvchilar va odamning tuxumini ko’rgan, uni
rivojlanishini o’rgangan birinchi olim. Peterburg fanlar akademiyasi Berning 50 yillik
ilmiy faoliyatini nishonlab, maxsus medal ta’sis etib, unga quyidagi so’zlar yozib
qo’yildi: tuxumdan boshlab u odamga odamni ko’rsatdi.
1
Odam spermatozoidini Levenguk rahbarligida ishlagan student Gamm 1675 yilda ochdi
Do'stlaringiz bilan baham: |