6 ob’ektlarni ko’rish mumkin buldi. Bu mikroskoplarda chetki nurlarni kesib turadigan
halkali diafragmalar qo’llanildi.
XVIII asrdayok juda ko’p yirik olimlar mikroskopik ishlarni murakkablashishini
tushungan edilar. Bu xaqda Italiya tabiatshunosi Feliks Fontana shunday deydi:
“Mikroskopda har kim ham ko’rishi mumkin, ammo ko’rgani xaqida faqat ba’zilargina
fikrlay oladi”. Bu ajoyib fikr hozirgi kungacha o’zining aktualligini saqlab kelmoqda.
Birinchi mikroskoplar Pyotr I tomonidan Rossiyaga keltirildi. U 1698 yilning
may oyida Gollandiyaning Delfte shaxriga Levengukni oldiga boradi. Levenguk unga
ilonbalikni kapilyarlarida konni aylanishini namoyish qildi. Pyotr1 mikroskopik ishlarga
shunday qiziqib qoldiki, u mikroskop sotib olish bilan birga o’zi bilan Gollandiyadan A.
Shepper degan taniqli oyna silliqlovchi ustani ham Rossiyaga olib keladi. Peterburg
fanlar Akademiyasida maxsus ustaxona tashkil qilinib, deyarli 100 yil davomida
kattalashtiradigan asboblar ishlab chiqarildi. Arxiv materiallarini ko’rsatishicha rus
ustalari ota-bola Belyayevlar, Matveev, Remezov, Kulibinlar mustaqil ravishda o’zlari
yangi takomillashgan mikroskoplarni 1726 yildan boshlab chiqara boshladilar.
Keyinchalik mikroskoplarning yangi modellari ishlab chiqarildi va juda ko’p
mutaxassisliklardagi olimlarning ish kuroli bo’lib qoldi.
“XVII va XVIII-asrlarda mikroskop ilmiy tekshirish ishlarida kam qo’llanilgan.
Birinchi bo’lib mikroskopni ilmiy tekshirish ishlarida Londondagi Kirollik jamiyati
(Korelevskoye obhestvo) ning kotibi ko’p kirrali olim (fizik, astronom, geolog va
biolog) Robert Guk qo’lladi. Fan tarixida uning 1665 yilda bosilib chiqqan
"Mikrofotografiya yoki mikroskopda tekshirilgan mayda tanachalarni fiziologik tasviri"
asari ma’lum”. Bu asarida Guk o’zi yasagan takomillashgan mikroskopni tasvirini va
unda kilgan kuzatish natijalarini bayon kilgan. Guk o’z kuzatishlarini ma’lum bir
maqsad va vazifa ko’ymagan holda olib bordi.
Guk boshqa predmetlar (kichkina ignani uchi, yupqa batist, siydikdagi qum,
sovuqda yerda hosil bo’lgan shakllar, chumolilar va boshqalar) qatori o’simliklarni
yupqa kesmalarini ham o’rgandi. U bu xaqdagi kuzatishlarini “Po’kakni sxematizmi yoki
tuzilishi va boshqa shu kabi teshikli tanachalarni hujayra va teshiklari xaqida” deb
nomlangan bobda bayon qildi. Guk ko’rsatdiki “Po’kakning moddalari xavo bilan
to’lgan, bu xavo esa bir-biridan ajralib turuvchi mayda kutichalar yoki katakchalarga
butunlay kamalgandir”. Guk bu bushlik hujayralarni asalari katakchalari bilan
solishtiradi. Bu bilan hujayra ochilgani yo’q. Guk nomlagan “hujayra” termini ancha
vaqtgacha o’simlik va hayvonlarni mikroskopik tuzilishlarini solishtirishga tuskinlik
qildi. Guk uchun po’kakning mikroskopik tuzilishini tasvirlash, faqat uni mikroskopga
bo’lgan qiziqishini vaqtinchalik bir epizodi edi holos. Ammo, uning ikkita zamondoshi
mikroskopni o’simliklarning tuzilishini o’rganishga sistemali qo’lladilar. Ulardan biri
M.Malpigi 1671 yili “O’simliklar anatomiyasi xaqidagi tasavvurlar”, 1672- 1675 yillarda
“O’simliklar anatomiyasi” asarlarini bostirib chiqardi. 1671 yilda N.Gryu o’zining
“O’simliklar anatomiyasining boshlanishi” asarini London Kirollik jamiyatiga takdim
etdi.
Malpigi va Gryular o’simliklarni mikroskopik tuzilishini o’rganib ularni turli
qismlari uz tarkibida “pufakchalar yoki haltachalar” to’tishini aniqladilar. Gryu