8 XIX asrning boshlaridan o’simliklarning har xil organ va to’qimalarni hujayraviy
tuzilishlarini ko’pchilik olimlar tasvirlashlari biologlarni hamma o’simliklar
hujayralardan tashkil topgan deb asta-sekin ishonishiga olib keldi. Diqqatni “shilimshiq
shira” deb ta’riflangan hujayraning ichidagi narsaga qaratila boshlandi.
Hujayraning muhim komponentlaridan biri bo’lgan yadroni 1830 yilda birinchi
bo’lib chex olimi Yan Purkiniya tovukni tuxum hujayrasida ochdi va uni “Mo’rtak
pufakchasi” deb nomladi. Ancha keyinroq 1831-1833 yillarda Shotlandiya sayyoxi va
fizigi Robert Broun (1773-1858) (“Broun harakati” ni ham shu olim ochgan edi.)
tomonidan orxideya o’simligining “hujayra shirasida” yadro kuzatildi. Broun buni
“Nukleus” ya’ni, “Yadro” deb nomladi.
Gerkel elementar organizm- hujayra bilan neorganiq materiya o’rtasidagi o’tish
pogonalarini izladi. U organiq mavjudotlar olamini hayvonlar, o’simliklar va protistlar
dunyosiga bo’ladi. Protistlarning uz navbatida sitod(yoki monerlar) va hujayralarga
buldi. Sitodlar deb protoplazmani yadrosiz qismlarini harakterlaydi. Gerkel xuddi shu
qismlarni tirik bilan ulik o’rtasidagi bog’lovchi zveno deb hisoblaydi. hujayra esa
evolyutsiya jihatidan ancha yuqori turuvchi organizmdir. Chunki u protoplazma va
yadrodan tashkil topadi. hujayra nazariyasini keyingi rivojlanishida Vilgelm Ru
("Organizmda qismlarni ko’rashishi" 1883) va Maks Fervornlarni (“Umumiy
fiziologiya” 1895) xizmatlari ham kattadir.
Hujayra nazariyasining yaratilishi biologiyada butun tirik tabiatni hal qiluvchi
dalillaridan biri bo’lib chiqdi. Hujayra nazariyasining yaratilishi ahamiyati jihatidan
energiyaning saqlanishi va Darvincha tabiiy tanlash nazariyasiga teng tabiatning muhim
kashfiyotlaridan biridir.
Hujayraning ochilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tirik tabiatning asosiy
qonuniyatlarini tushuntirishga yordam beradi.
Mikroskopning takomillashishi bilan parallel holda, biologik obe’ktlarni
mikroskopik tekshirishlarga tayyorlashni optimal usullari ishlab chiqarildi. Тirik
to’qimalar yoki ulim oldi o’zgarishlarining boshlangich
bosqichlarida turgan to’qimalarni kuzatish urniga o’rganishlar faqat fiksatsiyalar
konservlangan materiallarda olib borila boshlandi. Kullanishga hozirgi vaqtda keng
tarqalgan fiksatorlar: xrom kislotasi (1850), pikrin kislotasi(1865), formalin va
boshqalar, shuningdek ikki yoki ko’proq moddalardan tashkil topgan murakkab
fiksatorlar kiritildi.
Yetarli yupqa kesmalar olish uchun biologik obe’ktlarni parafinga, jelatinga,
selloidinga va boshqalarga solish yo’li bilan zichlash metodlari ishlab chiqildi va
belgilangan aniq kalinlikda kesmalar olishga imkoniyat beradigan mikrotomlar yaratildi.
O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab mikroskopiya qilinayotgan obe’kt-larni
bo’yash metodlari keng tarqaldi. Qo’llanishga karmin, gematoqsilin, har xil anilin
bo’yoklar kiritildi.
Butun mikroskopiya texnikasini tubdan yaxshilanishi bizning asrimizni
boshlarida tekshiruvchilarga asosiy hujayra organoidlarni topishga, yadroning tuzilishini
va hujayraning bo’linishi qonuniyatlarini aniqlashga, otalanishning mexanizmlarini va
jinsiy hujayralarning yetilishini ma’nosini ochib berishga imkon berdi. 1888 yilda
hujayra markazi, 1894 yilda mitoxondriya, 1898 yilda Goldji apparati ochildi. Bu