5
Sitologiya mustaqil fan sifatida o’tgan asrning oxirida paydo bo’lsada, hujayra
xaqidagi ta’limot XVII asrdan boshlangan. Sitologiyaning
rivojlanishi mikroskopning
kashf qilinishi uni takomillanishi bilan bog’lik bo’lgani uchun, sitologik
tekshirishlarning material bazasi bo’lib xizmat kilgan texnik muvaffaqiyatlarga to’xtalish
zarur.
M
IKROSKOPLARNI YARATILISHI VA TAKOMILLASHISHI
.
Yaqin vaqtlarga qadar birinchi mikroskop ko’z oynak oynalarini silliqlovchi
Gollandiyani Middelburg shaxridan bo’lgan Gans va
Zahariy Yansenlar tomonidan
yaratilgan deb kelingan edi. Bu juda ko’p darsliklarga kiritildi. Ammo, bu ma’lumotlar,
aftidan xato ekan.
Birinchi mikroskopni Galiley tomonidan 1609-1610 yillarda avvalroq (1608) o’zi
yasagan “yer durbini-teleskop” asosida ixtiro etildi. Bunday mikroskop uchun linzalarni
Galileyning chizmasi asosida Batssi tomonidan silliqlandi. Bu murakkab mikroskop
ob’ektni kattalashtirib teskari tasvirini beruvchi ob’ektivdan
va okulyardan tashkil
topgan edi.
Galileyning birinchi mikroskopi uzun naychadan iborat bo’lib, u bilan ishlash
ancha noqulay edi. Bu mikroskop ilmiy ishlarda qo’llanilmadi va yo’qolib ketdi. Тez
orada Gollandiyada shunga o’xshash mikroskoplar ishlab chiqildi. 1617-1619
yillarda
Angliyalik (millati golland) fizik va astrolog
1
Kornelius
Drebbel tomonidan
mikroskopning yangi modeli ishlandi.
Drebbel mikroskopi Galileynikidan farq qilib, ob’ektiv va okulyarlarning linzalari
kabarik edi. Bu mikroskop ham ilmiy ishlarda qo’llanilmasada, keyinchalik xuddi
shunday tipdagi mikroskoplar keng tarqaldi. Drebbel o’zining
kuyovi Kuffler bilan bu
“Murakkab mikroskopni” ko’p ishlab chiqara boshladilar va butun Yevropaga tarqaldi.
1624 yilda Galiley o’zining mikroskopini ancha takomillashtirib qayta ishladi va
30-40 marta kattalashtirish xususiyatiga ega bo’lib qoldi.
Italiyada Angliyadagiga nisbatan mikroskopga ko’proq ahamiyat berildi. Galiley
Rimdagi o’zi a’zo bo’lgan “O’tkir zexnlilar akademiyasi”ga 1624 yilda o’z mikroskopini
sovg’a qildi. 1625 yilda akademiyaning a’zosi Stelluti mikroskopda
qilingan asalarilar
organlarini tuzilishi xaqidagi kuzatishlarini e’lon qildi. Jumladan, u birinchi bo’lib
xashoratlarning ko’zini fasetali tuzilishini ochdi.
Galileyni mikroskopini F. Chezi (1628) ishlatib poporotniklarni sporangiylarini
o’rgandi.
“Mikroskop” terminini birinchi bo’lib Iogann Faber 1625 yilda ishlatdi. Galileyni
mayda predmetlarni ko’rish uchun ishlatadigan asbobini "mikroskop" deb atadi. Bu
termin hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda.
XVIII asr oxiriga kelib mikroskopni faqat usta hunarmandlar
tomonidan ishlab
chiqarila boshlandi. Mikroskoplar industriyasining markazi London (Djon Keff
ustaxonasi) bo’lib qoldi. Bu mikroskoplar yordamida xattoki 5 mk gacha bo’lgan
1
Astrologiya - yulduzlarga qarab odamlarning taqdirini aytib berish bilan shug`illanadigan fan.