O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Z. M. Bobur nomidagi
Andijon Davlat universiteti
Z
Z
o
o
o
o
l
l
o
o
g
g
i
i
y
y
a
a
k
k
a
a
f
f
e
e
d
d
r
r
a
a
s
s
i
i
B
B
a
a
d
d
a
a
l
l
x
x
o
o
’
’
j
j
a
a
y
y
e
e
v
v
I
I
.
.
(ma’ruza matnlari)
Andijon – 2013
2
Ushbu “Sitologiya” dan ma’ruzalar matni Oliy va o’rta maxsus
ta’lim
vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi tavsiyasi asosida chop etildi.
Qo
’
llanma yangi namunaviy dastur va reja (2013) asosida yozilib, unda
sitologiyaning rivojlanish tarixi, metodlari va hujayraning tuzilishi yorug
’
lik va
elеktron mikroskopik dalillar asosida bеrildi. Har bir mavzuning ohirida
mustahkamlash uchun savollar, tayanch iboralar va adabiyotlar kеltirildi.
Тaqrizchi:
b.f.d. professor M.Mamadiyev.
3
So’z boshi
Amaldagi o’quv rejasiga ko’ra sitologiyadan kunduzgi bo’limda 30 soat
ma’ruza, 44 soat amaliyot uchun ajratilgan.
Hozirgi davrda o’zbek tilida sitologiyadan Oliygox talabalari uchun darslik
yo’q. Boyqobilov va Ikromovlarning “Sitologiya”, Sattiboyev, Qo’chqorovlarning
“O’simlik hujayrasi” o’quv qo’llanmalari na’munaviy dasturda ko’rsatilgan barcha
masalalarni yoritib bera olmaydi. Shuning uchun ham Sitologiyadan ma’ruza
matnlari yozilishi zarur narsa edi.
Matnda sitologiyaning rivojlanish tarixi, hujayraning elektron mikroskopik
tuzilishi, organoidlarning nozik tuzilishlari va funksiyalari eng yangi ma’lumotlar
asosida bayon etildi.
1- ma’ruza. Kirish.
Sitologiyaning predmeti va vazifalari.
Reja.
1. Sitologiya hujayra xaqidagi fandir.
2. Sitologiyaning ob’ektlari.
3. Sitologiyaning muammolari.
4. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
4.1. Dastlabki mikroskopning paydo bo’lishi.
4.2. Dastlabki mikroskopik kuzatishlar.
4.3. “Hujayra” atamasining fanga kiritilishi.
5. Preformizm va epigenez nazariyalari.
6. Adabiyotlar.
7. Тayanch iboralar.
Sitologiya - tirik materiyaning tuzilishini elementar birligi bo’lgan hujayralarning
kelib chiqishi, ishlashi va qayta tiklanishi xaqidagi fandir. U hujayralarning
strukturasini, protoplazmaning nozik tuzilishini, undagi hayotiy protsesslarni sodir
bo’lishini
o’rgatadi.
Sitologik
tekshirishlarning
ob’ektlari
ko’p
hujayrali
organizmlarning hujayralari bakterial hujayralar, sodda hayvon - hujayralardir.
Ko’p hujayrali organizmlarning hujayralari to’qimalarning tarkibiga kiradi,
ularning hayot faoliyatlari bir butun organizmni muvofiqlashtiruvchi ta’sirga bo’ysunadi.
Bakteriya, sodda hayvonlarda “hujayra” va “Organizm” tushunchalari bir-biriga mos
keladi; bunda biz mustaqil hayot kechira oladigan hujayra-organizmlar to’g’risida
gapirishga xaqlimiz. Bir hujayrali organizmlar olamida turli yashash muxitiga
moslashgan bo’lgan juda xilma-xil formalar mavjud. Hujayra - organizmlar orasida biz
juda murakkab tuzilgan va ancha sodda tuzilgan, geterotrof va autotrof, erkin yashovchi
va parazit, suvda va quruqlikda yashovchi va boshqa formalarni uchratamiz. Тirik tabiat
Do'stlaringiz bilan baham: |