4
taraqqiyotida ko’p hujayralilarni kelib chiqishi organizmlarni ularning hujayralari
o’rtasida funksiyalarni taqsimlanishi hisobiga moslanish uchun yangi imkoniyatlarni
paydo qildi. Funksional mutaxassislashish natijasida juda ko’p xil to’qima hujayralari
vujudga keldi. Masalan, sut emizuvchilar tanasida diametri 6-8 mk keladigan va shaklini
doimo o’zgartirib turadigan kichik limfotsitlar bilan birga uzunligi xattoki 1 metr va
undan ham ortik o’simtalarga ega bo’lgan nerv hujayralari bo’ladi.
Hujayrani
tashkil
bo’lishidagi
filogenetik
protsesslar
asta-sekin
murakkablashishning uzok yo’li bosib o’tildi. Hozirgi vaqtda juda ko’p bakteriya va
ko’k-yashil suv o’tlarining orasida tipik yadro va umumhujayraviy organoidlar
kompleksiga ega bo’lmagan turlari uchraydi. Ammo bularda ham yadroning asosini
tashkil etuvchi DNKning oqsil bilan birikmasi bo’ladi. Bu esa, yadro sitoplazma
sistemalarini shakllanishini ba’zi oraliq stadiyalarini progressiv rivojlanishiga qobiliyatli
ekanligiga guvoxlik beradi. Bakteriya va ko’k-yashil suv o’tlarida shakllangan yadro
bo’lmasada, ularni sitologiyada o’rganilishi zarur.
Viruslarga kelsak, ularni sitologiyani ob’ektlari qatoriga kiritishga asos yo’q.
Chunki viruslarni strukturalari bilan hujayralarning tuzilishi o’rtasida umumiylik yo’q.
Ular hujayraning hayot faoliyatini bioximik asosini tashkil qiluvchi fermentlarga ega
emas, shuning uchun o’zlarining modda almashuviga ega emas. Viruslarning o’sishi va
ko’payishi faqat ular kiradigan hujayralarning fermentativ sistemasi faoliyati hisobiga
amalga oshadi.
Hujayra, barcha tirik sistemalar kabi biologik evolyutsiya natijasida tug’ilgan,
taraqqiy etayotgan, o’zining bir - butunligini ushlab turuvchi va qayta tiklovchi, tashqi
muxitdan kelgan energiya va moddalar hisobiga ko’paya oladigan sistema hisoblanadi.
Bundan ko’rinadiki hujayrani o’rganishda uchta asosiy problema-evolyutsiya,
avtoregulyatsiya va avtoreproduksiyalarni hal qilishni ko’zda to’tish kerak.
Biologiyani har qanday bo’limi tirik ob’ektlarning faqat ma’lum bir aspektda-
morfologik, fiziologik, bioximik, genetik va boshqalarda o’rgansa, siologiya o’z ob’ekti-
hujayrasini har tomonlama o’rganadi.
Hujayra barcha yashayotgan organizmlarning struktura, funksional va genetik
asosi bo’lgani uchun hamma biologik fanlar sistemasining markazida bo’ladi. Sitologiya
tirik tabiat xaqidagi fanning “Og’ir industriyasi” bo’lib, uning kay darajada taraqqiy
etganligiga, biologiya, meditsina va qishloq xo’jaligining muhim muammolarini ishlab
chiqishdagi muvafaqiyat-lariga bog’likdir.
Sitologiyaning metodlari va ma’lumotlaridan foydalanmay havfli o’sma, yaralarni
bitib ketishi, nurdan zararlanish mexanizmlari, dorivor va zaharli moddalarni ta’siri,
imunitet, gibridlashda pushtsizlik va boshqa amaliy jihatdan muhim muammolarni hal
qilish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |