7-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Radioaktiv nurlarni qayd qiluvchi hisoblash asboblarining tuzilishi va ishlash usullari.
Ishdan maqsad: Ionlashtiruvchi nurlarni qayd qiluvchi asboblarning tuzilishini va ishlash usulini o’rganish.
Kerakli asbob uskuna: Radiometrik asbob.
Umumiy ma’lumotlar.
Radioaktiv nurlanishlarni o’lchashda hisoblash priborlarining ishlash usuli shundan iboratki, ya’ni radioaktiv alfa, (), beta (), gamma ()-nurlarning havoda tarqalganda muhitni ionlash xususiyatiga asoslangandir.
Ionlashtiruvchi nurlarni aniqlashda turli uslublardan foydalanish mumkin. Ular quyidagilar.
1.Fotografik usul. Fotoemulsiyaning qorayishi darajasi o’zgarishiga asoslangan bo’lib, gamma nurlari ta’sirida fotoplyonkada tasvir hosil bo’ladi. Tasvir hosil bo’lishi (qorayish zichligi) nurlash dozasiga bog’liq bo’lib, u o’z navbatida etalon bilan solishtirladi va rasm qog’ozida hosil bo’lgan tasvirga qarab nurlash dozasini quvvatini aniqlash imkoniyati tug’iladi.
2.Ximiyaviy usul -asosan ba’zi bir kimyoviy moddalarning radiatsiya ta’siridan keyin rangining o’zgarishi darajasini aniqlashga asoslangan.
3.Ssintillyasion usul. Ba’zi bir moddalar radiatsiya ta’sirida o’zidan ko’zga ko’rinadigan yorug’lik fotonlarini chiqaradi.
Natijada hosil bo’lgan ssintillyasiya (yorug’lik chaqnashlari) yozib olinadi.
4. Lyuminessent usuli. Bu usul asosan ba’zi bir ximiyoviy moddalarning radiatsiya ta’sirida energiya to’plash qobiliyatiga asoslangandir.
5. Ionlash usuli. Bu usul katta ahamiyatga ega bo’lib, alohida olingan xajmdagi havo yoki gazning radioaktiv nurlar ta’sirida ionlanishning sodir bo’lishidan iborat bo’lib elektr neytral atomlardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlar xosil bo’ladi. SHu xajmga 2 ta elektrod kiritiladi, ularga o’zgarmas kuchlanishli elektr toki ulansa, elektrod orasida elektr maydoni xosil bo’lib- manfiy ionlar anodga, musbatlari esa katodga tortiladi va elektrodlar orasida potensiallar ayirmasi kamayishi kuzatiladi. Natijada xosil bo’lgan tok, ionizatsiya toki deb atalib, uning kattaligi radioaktiv nurlanishlarning intensivligiga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Ionlash usuli asosida ishlovchi radiometrik asboblar-bir xil tartibda tuzilgan bo’lib, ularga qabul qiluvchi, kuchaytiruvchi, hosil bo’lgan signallarni o’lchovchi qurilmalar va ularning ishlashini ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
Ishning bajarish tartibi.
Qabul qiluvchi qurilma-asosan datchik deb yuritiladi. Datchik yoki nurlar detektori-unga ta’sir qiladigan radioaktiv nurlar energiyasini boshqa turdagi yorug’lik, ximiyaviy, elektr energiyasiga aylantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu qurilma sifatida radiometrik va dozimetrik priborlarida ionlash kamerasi va gazorazryad schyotchiklari keng ko’lamda qo’llaniladi.
Ionlash kamerasining sxemasi 10-rasmda ko’rsatilgandek asosan, 1-oyna, 2-markaziy elektrod va 3-izolyatorlardan tashkil topgan bo’ladi.
1-Rasm. Ionlash kamerasining sxemasi.
Kuchaytiruvchi qurilma-o’lchov qurilmasi ishi uchun past signallarni qabul qilib oluvchi qurilma tomonidan etarli darajada kuchaytirishga mo’ljallangan bo’lib, ko’pincha kuchaytiruvchi qurilma sifatida elektrometrik chiroqdan foydalaniladi.
O’lchov qurilmasi-qabul qilib oluvchi qurilma tomonidan ishlab chiqilgan signallarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Oziqlanish manbai-quruq elementlar yoki akkumulyatorlar.
Rentgan va gamma nurlanishlarni o’lchovchi qurilma-ionlash kamerasi asosan havo bilan to’ldirilgan germetik idish bo’lib, unga korpusdan ajratilgan markaziy elektrod o’rnatilgan. Kamera devorlari izolyator materiallardan tayyorlangan bo’lib, ichki tomoni esa tok o’tkazuvchi material bilan qoplangan. Tashqi manbadan kameraga elektr toki kuchlanishi berilib, potensiallar ayirmasi hosil qiladi. Radioaktiv nurlar bo’lmaganda, havo elektrodlar o’rtasida izolyator bo’lib xizmat qiladi va kamera zanjirida umuman tok bo’lmaydi.
Radioaktiv nurlar ta’sirida esa havo kamerasida ionlanish hodisasi sodir bo’lishi tufayli kamera zanjirida ionlash toki paydo bo’ladi. Zanjirda hosil bo’lgan tok kattaligi o’z navbatida kamera orqali o’tayotgan radioaktiv nurlar dozasi quvvatiga bog’liq bo’lib, tok juda oz bo’lgan taqdirda kuchaytiriladi va so’ngra mikroampermetr yordamida o’lchanadi.
2-Rasm. Radiometrik asbobning tuzilish sxemasi.
1.ionlash kamerasi (ik). 2.Elektrometrik lampa (el) 3.Nagruzkali qarshilik (R) 4.Milliampermetr (mA) 5. Oziqlanish manbai.
Nazorat savollar.
1).Ionlashtiruvchi nurlarni aniqlashning usullarini ayting.
2).Radimetrik asbobning tuzilishini va ishlash prinsipini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |