Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1.
B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent,
2006 yil
17
2.
K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007
yil, 2-son, 77-80-betlar.
3.
Z.Shopo'latov. Kasr sonlar. Ularning yasalishi. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007
yil, 4-son, 7-10-betlar.
4.
Yozma ishlar uchun matnlar. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 3-son, 76-
78-betlar.
5.
I.Holmurodov. Ona tili fani bo'yicha o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini
shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar.
6.
M. Sobirova. Muammoli ta'lim texnologiyasi. NamDU ilmiy axboroti. 2005 y, 1-son,
48-51-betlar
7.
M. Sobirova. Til ta'limida kompyuter. O'zbek filologiyasining dolzarb masalalari.
Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Namangan. 2006 yil. 341-343-b.
8.
M. Sobirova. Ona tili darslarida kompyuterdan foyda-lanishning ayrim usullari. «Til
va adabiyot ta'limi» jurnali, Toshkent. 2006 yil, 4-son, 7-9-betlar
9.
M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning
fan-texnika taraqqiyotida tutgan o'rni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma'ruzalari
to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar.
10.
M. Sobirova. Til ta'limida axborot kommunikasion texnologiyadan foydalanish. XXI
asrda o'zbek tili ta'limi masalalari. «O'zbek tili» doimiy anjumani 9-yig'ini
materiallari. Toshkent, O'zb. Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 yil, 125-126-betlar.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
talablar
ijtimoiy pedagogik qiyofa
kasbiy tavsifnoma
ma'naviy fazilat
pedagogik bilim
psixologik bilim
ONA TILIDAN O'QUV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH SHAKLLARI
REJA:
1.
Dars.
2.
Fakultativ mashg'ulotlar.
3.
Sinfdan tashqari ishlar.
4.
O'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash.
Davlat tilidan, ya'ni ona tilidan o'quvchilarga bilim, malaka, asosan, dars jarayonida beriladi.
Bundan tashqari, o'quvchi o'zi musaqil o'qib-o'rganishi ham mumkin. Lekin ona tili o'qitishning eng
samarali va unumli shakli dars bo'lib, bir vaqtning o'zida o'qituvchi bir necha o'quvchi bilan ishlaydi
va ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumot beradi. Odatda, katta mahorat bilan yozilgan asar
o'quvchini zavqlantiradi. Ta'sirli o'tilgan dars ham o'quvchiga ijobiy ta'sir qiladi. Shu ma'noda
ta'sirli o'tilgan darsni yaxshi badiiy asarga ham o'xshatiladi.
Dars o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining ko'zgusidir. Ona tili darslarida yuqori natijaga
erishish uchun ham mo'ljallangan materialni ilmiy jihatdan yuksak saviyada o'tish, ham
o'quvchilarni uyushtira bilish, ham ularning faolligini oshirish kerak. Shunga ko'ra har bir dars
oldiga shunday talablar qo'yiladi:
a) o'qituvchining rahbarligi;
18
b) o'quvchiga ta'lim va tarbiya berish;
v) o'quv ishlarini o'quvchilarning yoshiga qarab tashkil etish;
g) to'g'ri o'qish, to'g'ri so'zlash, to'g'ri yozish malakasini oshirish.
Har bir darsning saviyasi o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlay olish mahoratiga bog'liq.
1.
Ona tilidan yangi bilimlar berish darsi.
2.
O'tilganlarni musahkamlash darsi.
3.
Bilim va malakalarni tekshirish darsi.
4.
Olingan bilimlarni umumlashtirish-takrorlash darsi.
Ona tili darslarini shu tarzda 4 ga bo'lish shartli. Chunki har bir dars faqat bilim berish yoki
faqat takrorlashlarni ko'zda tutmaydi.
Dars shakli deganda u yoki bu fandan o'quv ishini uyushtirish va o'tkazish shakli
tushuniladi. O'quv ishini tashkil etishda "o'quvchi - o'quv materiali - o'qituvchi" munosabatlari
muhim o'rin egallaydi.
O'qituvchi ta'lim jarayonining tashkilotchisi, boshqaruvchisi sanaladi. U o'quvchi faoliyatini
tashkil etadi, uning bilim olishi, bu bilimlarning ko'nikma hamda malakaga aylanishiga rahbarlik
qiladi.
O'quv materiali o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'zaro bog'laydi, o'qituvchining vazifasi bu
materialni eng oson va qulay yo'l bilan o'quvchiga berish, o'quvchining vazifasi esa uni oson va
qulay yo'l bilan qabul qilish hamda amaliy faoliyatda tadbiq etishdan iboratdir.
Ona tilidan o'quvchilarni zaruriy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishning
shakllari ko'p.
Dars - o'quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ
mashg'ulotlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar, o'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil
ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o'quv ishlarini tashkil etishning muhim
shakllari sanaladi.
Ona tili darslari-o'quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O'quvchi ona tilidan
zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni asosan dars orqali oladi.
Dars - bir xil sinfdagi o'quvchilar bilan qat'iy jadval asosida o'tkaziladigan mashg'ulot turi.
"Dars" va "mashg'ulot" tushunchalari garchand bir - biriga yaqin bo'lsa-da, ammo ular bir
ma'noni ifodalamaydi. Mashg'ulot-darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars belgilangan qatiy
jadval asosida va qat'iy vaqt ichida o'tkazilsa, mashg'ulot dars bilan bir qatorda o'quvchilar bilan
birga yoki yakkama - yakka holda o'tkaziladigan ta'limiy ishlarni ham o'z ichiga oladi.
Maktab tarixida sinf - dars o'qitishning ishonchli va qulay usuli bo'lib, u davr sinovlaridan
o'tgan va o'zini to'la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o'quvchilar jamoa bo'lib o'qiydilar va
bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarni zaruriy bilim, ko'nikma va malakalar bilan
qurollantirish imkoniyati tug'iladi.
Ona tili darsi o'quvchilarni nutq ko'nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayyan talablar
qo'yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog'liq. Ma'lumki, boshqa o'quv fanlari singari
ona tili mashg'ulotlari ham ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zlaydi.
Darsning ta'limiy maqsadi o'rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o'quvchilarda puxta bilim,
ko'nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo'llash kabilarni talab etsa,
tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga
kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an'analar, urf - odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab
darajasiga ko'taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o'quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o'quv
qiyinchiliklarini mustaqil ravishda yengish, o'zida qatiylik, o'z nuqtai nazarini himoya qilishga
o'rgatishni talab qiladi.
19
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari. Ona tili darslari quyidagi o'zicha mustaqil
qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko'nikma va malakaga
aylantirish, o'rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning har
biri muayyan vazifani bajaradi va o'ziga xos mazmunga ega.
Tashkiliy qism o'quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, ijodiy faoliyat ko'rsatish
ipggiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu qismi uyushqoqlik bilan juda qisqa muddatda tashkil
etilishi lozim. Aks holda, darsga ajratilgan vaqtning zoye ketishiga olib keladi va o'quvchini
ko'zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati, egallangan bilim, ko'nikma
va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. O'qiguvchilar ish amaliyotida
ba'zan uy vazifasini tekshirish o'tgan darsni va oldin o'rganilgan til materiallarini takrorlashga
aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o'rganilishi
ko'zda tutilgan o'quv materialiga zamin hozirlashi lozim.
Agar uy vazifasi o'rganiladigan til hodisasi bilan bevosita aloqador bo'lsa, u yangi o'quv
materialini o'rganish jarayonida ham tekshirilishi mumkin.
Darsning yangi bilim berish shakli o'rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni xotirada
tiklashni, ularni qisman ma'lum yoki tamoman noma'lum sharoitlarda qo'llab, yangi bilimlarni
egallashni talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli shu dars mashg'ulotida egallangan bilimlarni ko'nikma va
malakaga aylantirishni taqozo etadi. Ba'zan mustahkamlash oldin o'rganilganlarni takrorlash bilan
qo'shilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o'rganilgan mavzular bilan bevosita aloqador
bo'lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va takrorlash jarayonlarida
ham ijodiy - amaliy ishlariga keng o'rin ajratiladi.
Ona tili mashg'ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish
mumkin:
Xotirlash - oldin o'rganilgan til hodisalarini qayta xotirlashga asoslangan amaliy ishlardir.
Xotirlashning: 1) tayyorlovchi xotirlash va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.
1. Tayyorlovchi xotirlash. Til yaxlit bir tizim bo'lib, uning barcha sathlari bir - biri bilan
uzviy bog'liq. Shuning uchun ham tilning har bir sath birligi serqirra, ko'p vazifali, ko'p ma'noli. Bu
birlikning bir tomoni ma'lum bir bo'limda o'rganilsa, uning ikkinchi qirrasi, xususiyati tamoman
boshqa bir bo'limda o'rganiladi. Chunonchi, bog'lovchilar, ularning ma'nolari va guruhlari
morfologiya bobida o'rganilsa, ularning so'zlarni va gaplarni bir - biriga bog'lashi sintaksis bobida
ko'rib chiqiladi. Demak, sintaksisni o'rganishda, bog'lovchilar haqida egallangan bilim, ko'nikma va
malakalarni o'quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug'iladi. «Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni
egallash uchun asos vazifasini o'taydi.
2. Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash). Til sathlari o'zaro bog'liq bo'lgan yaxlit tizim
bo'lsa ham, bu zanjirning har bir bo'g'ini nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo'g'ini
alohida - alohida mavzular sifatida o'rganiladi.
Yangi bilim hosil qilish. Amaliy ishning bu turi tahliliy (induktiv) ta'lim usulining ajralmas
tarkibiy qismi bo'lib, o'quvchilar bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil
etadilar, ko'rsatilgan yo'llar asosida bu hodisalarni (mustaqil yoki o'qituvchi yordamida) guruhlarga
ajratadilar, saralaydilar va xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar, Bunday amaliy ishlar
yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir.
Tadbiq. Tadbiqiy amaliy ishlar o'quvchilarni mashg'ulotda olgan bilimlarini amalda qo'llay
bilish ko'nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan
ikki turli bo'ladi:
1) qisman ijodiy mashqlar;
20
2) ijodiy mashqlar.
Qisman ijodiy mashqlar o'rganilgan til hodisalarini qisman yangi sharoitda tadbiq etishni
talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy ishlarning tarkibida ma'lum darajada izlanish, ijodiy
faoliyat ko'rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko'rsatmalar, o'qituvchi beradigan tavsiyalar
yoki uning rahbarligida o'quvchilar bilan uyushtiriladigan o'zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy
qilib qo'yadi.
Ijodiy mashqlar esa o'rganilgan til hodisalarini tamomila yangi sharoitda ijodiy qo'llashni
talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq shartidagi noma'lumni izlab topish o'quvchidan ijodiy
izlanishni talab etadi. Yangi o'rganiladigan til hodisalarini mustaqil ravishda guruhlarga ajratish,
berilgan matnning til xususiyatlarini tahlil qilish orqali ma'lum bir yangi xulosaga kelish, o'qilgan
badiiy asarga yoki kinofilmga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chiqib matn yaratish kabi ishlar
amaliy ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa, matn yaratish egallangan bilim, ko'nikma va
malakalarning so'nggi natijasidir.
Darsni xulosalash jarayoni. Darsni xulosalash ham ancha mas'uliyatli jarayon bo'lib, u
egallangan bilimlar amaliy faoliyatda sinalgandan so'ng o'tkaziladi. O'quvchilar darsning bu
bosqichida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarga tayangan holda o'zlari ta'rif va qoidalar
chiqaradilar.
Uyga vazifa berish darsni xulosalash bilan birga qo'shib olib boriladi. O'qituvchi uyga
berilayotgan topshiriq sharti o'quvchilarga tushunarli bo'lishini ta'minlashi, zaruriyat tug'ilsa, uni
bajarish usuli haqida qo'shimcha ma'lumot berishi zarur.
Uy vazifasi darsning tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ham u qo'ng'iroq chalinmasdan oldin
berilishi kerak.
Vaqt taqsimoti ham dars samaradorligini ta'minlashning muhim omili sanaladi.
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati:
1. M.Ahmedova. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. «Til va adabiyot
ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar.
2. M.Toshturdiyeva. 5-sinf o'quvchilariga tasviriy ifodalash vositalarini o'rgatish
tajribasidan. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 3-son, 14-19-betlar.
3. O.Do'stmurodova. Ona tili ta'limining yangi texnologiyasida ta'lim maqsadi. «Til va
adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 1-son, 8-12-betlar.
4. Ona tilidan takomillashtirilgan DTS va o'quv dasturi. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali,
2006 yil, 5-son, 17-23-betlar.
5. M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning fan-
texnika taraqqiyotida tutgan o'rni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma'ruzalari
to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar.
6. M. Sobirova. Til ta'limiga yangicha yondoshish. XXI asrda o'zbek tili ta'limi masalalari.
«O'zbek tili» doimiy anjumani 9-yig'ini materiallari. Toshkent, O'zb. Milliy kutubxonasi
nashriyoti, 2007 yil, 279-bet
7. M. Sobirova. Fazilatli ismlar fozillikka chorlaydi. «Ta'lim va tafakkur» jurnali.
Namangan, 2005 yil, 2-son.
Mavzuga doir tayanch iboralar:
dars.
fakultativ mashg'ulotlar.
21
sinfdan tashqari ishlar.
o'quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash.
ONA TILI O'QITISH BOSQICHLARI. MAKTAB, AKADEMIK LITSEY VA KASB-
HUNAR KOLLEJLARIDA ONA TILI MASHG'ULOTLARI VA ULARNING TURLARI
REJA:
1. Ona tili o'qitish bosqichlari.
2. Maktabda ona tili mashg'ulotlari.
3. Akademik litseyda ona tili mashg'ulotlari.
4. Kasb-hunar kollejlarida ona tili mashg'ulotlari.
O'rta umumta'lim maktablarida o'quv ishlarining asosiy qismini dars tashkil qiladi. Dars
qat'iy jadval bo'yicha o'tkaziladigan 45 minutlik mashg'ulotdir. Unda muayyan o'quvchilar guruhi
o'qituvchi rahbarligida ishlaydi. Ona tili darslari quyidagicha tuzilishga ega:
1. Tashkiliy qism
- 3-5
2. O'tilgan mavzuni so`rash
- 5-8
3. O'tilgan mavzuni yakunlash
- 3-5
4. Yangi mavzu
- 10-15
5. Yangi mavzuni mustahkamlash
- 10
6. Vazifa berish
- 3-5
Albatta, bu tartib dars turiga, dars maqsadiga qarab o'zgarib turishi mumkin. Metodik
tomondan o'zini oqlagan, tajribada sinab ko'rilgan noanan'aviy darslar ham ona tili o'qitish
metodikasining yutug'i hisoblanadi. Hayotimizda tub burilishlarni bo'layotgan bir paytda darsning
shakli, mazmuni, g'oyaviyligi, ta'sirchanligi, samaradorligi ham o'zgarmoqda. Zamonaviy darsga
qo'yilgan asosiy talablar quyidagi jadvalda ifodalangan.
Zamonaviy dars
ta'limiy
tarbiyaviy
rivojlantiruvchi
Suhbat, qiyoslash, kommunikativ, muammoli
ilmiylik, ko'rsatmalilik
Izchillik, tushunarlilik, onglilik
samaradorlik, rag'batlantirish, o'z kuchiga ishontirish
mustaqil ish, jamoaviy ishni
tabaqalashtirish
ish xususiyatini hisobga olish
o'z-o'zini baholash
O'zbek tili mustaqil O'zbekiston Respublikasining davlat tili bo'lib, uning umumiy o'rta
ta'lim maktablarda o'qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy ahamiyatga
ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash,
tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko'ra to'g'ri, o'rinli va samarali foydalanish malaka
va ko'nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an'analarimiz ruhida
tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o'rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa,
mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi o'ta muhim vazifa
bo'lib turgan bir sharoitda bu fanning o'qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabda "Ona tili"ni o'quv fani sifatida o'qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki,
jamiyatimiz, xalqimiz, millatimiz ravnaqining kelajagi, uning gullab - yashnashi bugun maktab
partasida o'tirgan yoshlarning mustaqil turmushga, nutqiy faoliyatga, yuksak madaniyat bilan
22
so'zlasha olishga qay darajada tayyorlanganiga bog'liq. Chunki so'z qudrati insoniyat tarixida
hamma vaqt yuksak qudratga ega bo'lgan.
Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ortib boradi. Madaniy hayotning rivoji
avvalo jamiyat a'zolarining madaniy so'zlashuvga bo'lgan ehtiyojining ortib borishi bilan
belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktab ona tili kursi zimmasiga tushadi.
Maktabda ona tilini fan sifatida o'qitish qanday moddiy manfaat berishi mumkin, qanday
qilib ona tili ta'limini moddiy jihatdan manfaatli, foydali qilish mumkin?
"Ona tili fani moddiy, manfaat keltirmaydi" degan fikrga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki ona tili
ta'limi natijasida o'quvchi DTS talablari darajasida muayyan malaka va ko'nikmalar hosil qiladi va
bu ko'nikma hamda malakalarning davr talablariga mosligi bevosita iqtisodiy ko'rsatkichlar -
moddiy manfaat ko'rsatkichlari bilan o'lchanadi. Ona tili fanining moddiy ko'rsatkichlari
bolalarning imlo savodxonligi, so'z boyligi va undan foydalanish mahorati, mustaqil ijodiy fikrlay
olishi, fikr mahsulini maqsadga muvofiq ravishda og'zaki va yozma shakllarda bayon qila olishi
kabilarda namoyon bo'ladi.
Maktabda ona tilini fan sifatida o'qitmay turib, ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalab
bo'lmaydi. Chunki ona tili fani o'quvchilarni milliy til va uning tarixi, boy madaniy o'tmishi bilan
tanishtiradi, milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, urf - odatlarimizni qadrlashga o'rgatadi.
Ona tili avlodlarni avlodlarga bog'lovchi zanjirdir. Agar yozuv, yozma nutq bo'lmaganda
edi, madaniy boyliklarimiz, fan, texnika va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida qo'lga kiritilgan
ulkan yutuqlarimizni avlodlardan avlodlarga o'tkaza olmagan bo'lardik.
Milliy istiqlol maktab ona tili ta'limi oldiga ham yangi ufqlar ochdi. O'zbekiston olamga yuz
tutdi; ijtimoiy, ma'naviy, iqtisodiy jabhalarda ulkan ijobiy qadamlar tashlandi. Mustaqil
Respublikamizning xalq ta'limi sohasidagi islohotlari bugungi kunda naqadar katta ijobiy natijalar
berganligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Bu islohotlar avvalo millatning g'ururi, uning iftixori -
tiliga bo'lgan e'tibordan boshlandi.
1989 yil 21 oktabr kuni "Davlat tili haqida" gi qonun qabul qilindi. "O'zbek tili O'zbekiston
Respublikasining davlat tilidir", deb rasmiy ravishda e'lon qilindi.
Tilimizga davlat tili maqomi berilishi Respublikamiz maktablarida o'zbek tilining
o'qitilishiga e'tiborni kuchaytirdi. Tarixiy ahamiyatga molik bu qonun 1987 yilda tuzilgan, bir qator
maktablarda muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o'tkazilgan "Ona tili" (V - IX sinflar uchun)
dasto'rining takomillashtirilishiga turtki bo'ldi hamda O'zbekiston Respublikasi XTV tomonidan
1989 yili 25 sentabrda 386 - raqamli buyruq bilan ta'sis etilgan "O'zbek tili" doimiy anjumani
(O'TDA) 1 - yig'inida "Induktiv - 2" ramzi bilan muqobil dastur sifatida muhokamaga chiqarildi.
O'TDA ning 1 - yig'ini 1991 yilning aprelida Samarqandda o'tkazildi. Yig'inda 400 ga yaqin
o'qituvchi va olimlar ishtirok etdi. Birinchi yig'inning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo'ldi. U
o'sha davrda amalda bo'lgan "stabillashgan" ona tili ta'limi usuli, ta'lim mazmunini tubdan yangilash
zarurligini, qotib qolgan andazalar bilan ishlash mumkin emasligini baralla aytdi va mavjud
tanazzuldan chiqish yo'llarini belgilab berdi. Yig'in "Induktiv", "Ijod", "Ta'lim", "O'qituvchi" ramzli
muqobil dasturlarni muhokamaga chiqardi va " Induktiv - 2" ramzli dasturda qo'yilgan ona tili
ta'limi maqsadi, mazmuni va usulini ma'qul deb topdi.
O'TDA ning 2 - yig'ini 1993 yilning aprelida Qarshi shahrida bo'lib o'tdi. Anjuman ona
tilidan ta'lim mazmuni muammolariga bag'ishlandi va RTM tomonidan nashr etilgan "Ona tili"dan
ta'lim mazmunini yangilashning asosiy yo'nalishlari" qo'llanmasi amaliyotchi o'qituvchilar va
olimlar e'tiboriga havola etildi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta'limni tubdan isloh qilishga kirishildi.
"Ta'lim to'g'risida" hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" to'g'risidagi O'zbekiston
Respublikasi qonunlari ona tilidan ta'lim mazmunini va usulini yangilash sari tashlangan katga
23
qadamlar bo'ldi. Bu muammolar O'TDA ning 2 - yig'ini muhokamasiga chiqarildi va ona tilidan
ta'lim mazmunini belgilab berdi.
Ona tili ta'limida mustaqillik yillarida tashlangan ulkan qadam "O'zbek maktablarida ona
tilini o'qitish Konsepsiyasi" bo'ldi. Mazkur hujjat 1993 yil 15 oktabrda O'zbekiston Respublikasi
XTV tomonidan tasdiqlangan bo'lib, maktabda ona tili o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda
ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr maxsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'zaki va yozma shakllarda
to'g'ri, ravon ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilandi.
Bunday maqsadning qo'yilishi bejiz emas, albatta, Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so'zlagan nutqida: "Demokratik jamiyatda bolalar,
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni
o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir", -
deb qayd qiladi. Ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan maqsad yurtboshimiz aytgan fikr bilan
hamohangdir.
Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta'limini takomillashtirish davom ettirildi.
O'zbek tilining grammatik qurilishidagi "ruslashtirish" samarasi bo'lgan juda ko'p ilmiy -
grammatik talqinlar turkona talqinlar bilan almashtirildi, o'zbek tili grammatikasi bo'yintirig'idan
ozod qilindi. Ana shu yo'nalishda "Ona tili" o'quv fanidan darsliklar yaratish ishiga kirishildi.
Modomiki, ona tili ta'limidan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilarni nutqiy faoliyatga
tayyorlash ekan, so'z boyligini oshirish birinchi galdagi vazifa sanaladi. Jizzax shahrida bo'lib o'tgan
O'TDA ning 3 - yig'ini (1995 yil) xuldi mana shu masalaga bag'ishlandi.
Maktabda ona tili o'qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o'rni, bajaradigan
vazifasi bilan belgilanadi. Ma'lumki, til jamiyat a'zolari o'rtasida aloqa - aralashuv vositasi,
insonning fikrlash va fikr mahsulini og'zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o'z ichki
kechinmalarini ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Ona tilini o'qitishdan maqsad tilning jamiyat a'zolari o'rtasida bajaradigan ana shu
vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o'z faoliyatlarining barcha sohalarida bir - birlari bilan
faol munosabatda bo'ladilar. Ular doimo o'zlarini o'rab olgan moddiy borliqdagi narsa - buyumlar,
voqea - hodisalar to'g'risida fikr yuritadilar va o'z fikrlarini bir - birlariga ma'lum qiladilar.
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar o'rtasida fikr almashish
bo'lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to'xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro'yobga chiqadi. Shuning
uchun ham har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni
o'rganish bu faqat uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta'rif va qoidalarni o'zlashtirib
olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og'zaki va yozma shakllarda
to'g'ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o'rgatish bilan
birga, uning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me'yorlarini ham o'rgatadi.
Shunday qilib, ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan ijtimoiy buyurtma o'quvchi shaxsini
fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga va shu fikr maxsulini og'zaki hamda yozma shaklda savodli
bayon qila olishga, ya'ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o'rgatishdan iborat. Shundan
kelib chiqqan ona tili ta'limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va
muloqot madaniyati rivojlangan - savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo'yiladi.
Shu maqsaddan kelib chiqqan holda DTS talabiga ko'ra ona tili ta'limining mazmuni :
- o'quvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o'stirish;
- o'z - o'zini, moddiy borliqni tilning ifoda vositalari yordamida anglashga hamda o'z fikri
va his - tuyg'ularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o'rgatish.
Shunday qilib, ta'lim maktablarining 5 - 9 - sinflarida o'qitiladigan "Ona tili" o'quv fani
o'quvchilarda;
o'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo'yicha nutqning og'zaki va yozma
shakllaridan keng va to'g'ri foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy - amaliy ma'lumotlar berishni;
24
o'zbek tilidan to'g'ri talaffuz, imlo va punktuasiyaning asosiy qoidalarini o'zlashtirib
olishni;
ona tilining xazinasi bo'lmish turli lug'atlardan foydalana olishni;
o'z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda, turli shakllarda ifodalay olish ko'nikmalarini
hosil qilishni;
muayyan bir xabarni yoki ma'lumotni turli shakllarda bera olish yo'llarini;
kundalik hayot uchun zarur bo'lgan ish qog'ozlarini yuritish ko'nikmalarini;
yosh va malaka darajasiga mos bo'lgan badiiy, ilmiy, siyosiy asarlarni o'rganib, ular
haqidagi fikr - mulohazasini, shaxsiy munosabatini og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta
olish ko'nikmasini;
moddiy borliqni o'rganish va uni tafakkur birliklarida ifodalashda, jamiyat a'zolari
orasida muloqot o'rnatishda ona tili va boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini his etish uchun zarur
bo'lgan nazariy ma'lumot va amaliy ko'nikmalar berishni asosiy vazifa qilib oladi.
DTS talabiga ko'ra UO'T maktablarining 5 - 9 - sinflarida "Ona tili" o'quv fanidan
o'quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari zarur:
fonetika, imlo, to'g'ri talaffuz, tinish belgilari, harf va tovush:
har bir harf ifodalaydigan tovushlarni va o'zbek alifbosi sirasini, so'zlarni to'g'ri va ravon
o'qishni bilish;
bosh harflarning ishlatilishida asosiy o'rinlar;
unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar;
jarangli undoshlarni so'z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin o'qish va yozish
qoidalari;
bo'g'in, so'zni bo'g'inlarga ajratish, bo'g'in va so'zning ko'chiriladigan qismlari, so'z urg'usi;
gap ohangi, darak, so'roq, buyruq, undov ohanglari va darak, so'roq, buyruq, undov
gaplarda tinish belgilarini to'g'ri qo'llash. Ayni gapni darak, so'roq, undov ohanglarida talaffuz etish
va yozish;
xat boshi (abzas) haqida tushuncha;
so'z va uning ma'nosi. Darslik va kitoblarga ilova qilinadigan lug'atlardan, sahifa osti
izohlardan foydalanish ko'nikmalari. So'zning ma'nodoshlari haqida ilk tasavvur;
imlo lug'ati, undan foydalanish ko'nikma va malakalari;
izohli lug'at haqida tushuncha;
grammatika: So'z tarkibi, o'zak va qo'shimcha. So'z yasovchi va so'z o'zgartiruvchi
qo'shimchalar;
grammatika: mustaqil so'z turkumlari (fe'l; ot, sifat, son, ravish, olmosh) va yordamchi
so'zlar;
fe'l: fe'lning ma'nosi va so'roqlari; bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar;
ot: otning ma'nosi va so'roqlari,otning birlik va ko'plikda qo'llanilishi. Atoqli va turdosh
otlar;
sifat: sifatning ma'nosi va so'roqlari;
olmosh: kishilik olmoshlari, I,II,III shaxs kishilik olmoshlarining birlik va ko'plikda
qo'llanilishi;
yordamchi so'zlar: va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun bilan, uchun, singari so'zlardan
foydalanish;
nutq madaniyati, stilistika;
o'zbekcha nutqda senlash va sizlash (gapning egasi va kesimida bunday ma'noning
ifodalanishi);
25
kishi nomlari, qavm - qarindoshlik nomlarida - jon, - xon, - oy, - bonu kabi hurmat va
ehtirom qo'shimchalarining qo'llanilishi;
hurmat - ehtirom, do'q - po'pisa ohangi;
kishi nomlari, qavm - qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat - ehtirom ifodalovchi so'zlarni
qo'llash, egalik qo'shimchalarining hurmat - ehtirom yaqinlik ma'nolarida qo'llanilishi;
matnda narsa - buyum, shaxslarni atab keluvchi otlarni qo'llash va kishilik olmoshlari
bilan almashtirish;
ayni bir fikr - axborotni sodda va qo'shma gaplar bilan ifodalash,
til haqidagi umumiy ma'lumotlar;
adabiy nutq va so'zlashuv nutqi: adabiy nutqning yozma va og'zaki ko'rinishlari;
tillarning rang - barangligi; ko'p tillilik tushunchasi;
tillarning bir - biriga ta'siri, so'zlarning bir tildan ikkinchi tilga o'tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |