UzEnc
Bilingvizm
Bilingvizm, Ikki tillilik — 2 tilni yoki
muayyan adabiy til va uning dialektini
mukammal bilish.
Bu ijtimoiy talab yoki biror sabab bilan
yuzaga keladi. Uning tabiiy vujudga
kelishiga bir davlat hududida ikki va
undan ortiq xalq vakillarining jips
yashashi ham sabab boʻladi.
Bilingvist odam miyasi bir nechta sezilarli
afzalliklarga ega boʻladi. Baʼzilarini
hattoki koʻrish mumkin: kulrang
moddaning koʻproq zichlikga ega
boʻlishidir. Bundan tashqari ikkinchi tilni
ishlatganda miyaning baʼzi bir
qismlarining faollanishining koʻpayishi
kuzatiladi. Buni miyani charxlash deb
aytishimiz mumkin.
Hozirgi kunda bilingvizmning kognitiv
afzalligi juda tushunarli koʻrinadi. Ammo
oʻz vaqtida bu ekspertlarni lol qoldirgan.
XX asrning 60-yillarigacha ikki tillilik, tillar
orasida doimiy oʻtishga kerak boʻlgan
energiyani sarflagani uchun, bola
rivojlanishni sekinlashtiradigan toʻsiq deb
hisoblangan. Ushbu nuqtai nazar birinchi
navbatda notoʻgʻri boʻlgan ilmiy ishlarga
asoslangan edi. Oxirgi paytdagi
tadqiqotlar bir necha til bilish insonning
qaror qabul qilish, vazifalar oʻrtasida
oʻtish, eʼtiborni jamlash kabi fazilatlarini
rivojlanishiga olib kelishini tasdiqlab
berdi.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining (Oʻrta
asrlar) koʻpgina vakillari ham oʻzbek, ham
fors tilini yaxshi bilganlar. Masalan,
Alisher Navoiy oʻz ona tili — turkiy til bilan
bir qatorda fors tilini ham juda yaxshi
bilgan. Bu tildagi asarlarini toʻplab devon
("Devoni Foniy") tuzgan. Bu devoni forsiy
til shoirlar, xususan, Jomiy tomonidan
yuksak baholangan.
Ikki tilda ijod qiladigan adiblar hozir ham
uchraydi. Jumladan, mashhur qirgʻiz
yozuvchisi Chingiz Aytmatov qirgʻiz va
rus tillarida erkin ijod qiladigan
yozuvchidir. Umuman ikki tillilik ijtimoiy
hodisa sifatida tillarning boyishi,
rivojlanishi, umumbashariy madaniy
saviyaning oshishiga muhim taʼsir
etuvchi omildir.
[1]
Tillarning bir-biriga har
qanday taʼsir koʻrsatishi bilingvist
odamlar boʻlishini talab etadi.
Oʻzbekiston Respublikasida rus tili keng
oʻrganiladi va mamlakat hayotida oʻz
mavqei va oʻrniga ega. Mamlakat
aholisining katta qismi oʻzbek va rus
tillarini bilgani bois, ularni bilingvistlar
deb atasak boʻladi. Rus tili bilan birga
boshqa chet tillari ham oʻrgatilinmoqda.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Ensiklopediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar
Matndan Creative Commons Attribution-
ShareAlike 4.0 International (CC BY-SA 4.0)
litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar
aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
"
https://enc.for.uz/w/index.php?
title=Bilingvizm&oldid=9709
" dan
olindi
Last edited 1 year ago by Qizil
Do'stlaringiz bilan baham: |