3. Tashkiliy ishlar tahlili:
Bunda mashg’ulot o`tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi – gigienik talablar: o`quv
xonasi va stolining tozaligi, o`quvchilarning kayfiyati va sog’lig’i, yangi darsga hozirligi hamda eng
asosiysi, bo`r va namlangan lattaning borligi.
Shuningdek, o`qituvchining darsga taraddudi va uning tashqi qiyofasiga ham e`tibor
beriladi.
4. Didaktik (yoki ta`limiy) tahlil:
Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon
yo`nalishi, ko`rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va
ravon tilda ochib berilishi, ta`lim mazmunining uzviyligi nazarda tutiladi. Bunda foydalanilishi
lozim bo`lgan adabiyotlar va manbalar, didaktik materiallar ham tavsiya etiladi. Darsda faqat
o`qituvchi tomonidan tayyorlangan ko`rgazma materiallari emas, shu bilan birga, o`quvchilarning
ijodiy ishlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq.
5. Uslubiy tahlil:
Bunda o`qituvchi faoliyatining 2 tomoni: birinchidan, o`rganilayotgan mavzuning dasturda
mo`ljallangan soat davomida qanday usullar yordamida, o`quvchilarning yoshi va shaxsiy –
psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda etkazib bera olishi, ularni o`ylashga, izlanishga
yo`naltirishi va bunga sharoit yaratishi, ikkinchidan, o`qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada
ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O`qituvchining faoliyati tahlil qilinayotganda, uning
ijodkorligi, uslubiy mahorati, fanni nechog’lig’ bilishi va didaktikasi ko`zga tashlanishi lozim.
O`qituvchining ilg’or pedagogik va novatorlik tajribalari hamda innovatsion faoliyati mashg’ulot
olib borishiga ham e`tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Shu o`rinda dars mazmunini yoki dasturini annotatsiya shaklida tavsiya qilish mumkin.
Dastur mazmunidan kelib chiqqan holda o`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasini
taxminan mana shu ko`rinishda berish mumkin:
Dars shakli: suhbat, munozara, amaliy mashg’ulot.
Dars metodi: juftlikda va kichik guruhda ishlash, noan`anaviy usullar.
Darsning maqsadi: A) ta`limiy maqsad;
B) tarbiyaviy maqsad;
V) rivojlantiruvchi maqsad.
Dars vositalari: tarqatma materiallar: rasmli tarqatmalar, testlar, video lavhalar, ko`rgazmalar.
Dars usuli: yozma, og’zaki, ko`rgazmali.
Darsni nazorat qilish turi: testlar, savollar orqali, yozma ishlar.
Darsni baholash: o`z-o`zini baholash, yakka tartibda baholash, rag’bat asosida baholash.
6. Metodologik tahlil:
Ushbu tahlil asosida o`tilayotgan mavzu mazmun mohiyatiga uyg’un holda jamiyatda
amalga oshirilayotgan islohotlarning o`quvchilarga etkazilishi e`tiborga olinadi. Dunyo yangiliklari,
60
globallashuv jarayonidagi o`zgarishlarga munosabat va boshqalarning dars mobaynida qay darajada
aks ettirilishi metodologik tahlilda o`z bahosini topadi. Bunda o`qituvchi badiiy asarlar va ularning
namunalari, xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanishi mumkin.
7. Psixologik tahlil:
Bu tahlilda, avvalo, o`quvchilarning ruhiy holati, kayfiyati, ularning sog’lig’i, jamoadagi
sog’lom muhit, fanga bo`lgan qiziqishlari, dars berayotgan o`qituvchiga munosabati, hozir
javobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va
mantiqiy tafakkurlari, fantaziyasi, mas`uliyati, qobiliyati va bilim, ko`nikma hamda malakalar
darajasi tahlil etiladi. O`qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan o`z obro`sini saqlagan
holda chiqa olishi, mashg’ulot jarayonida ishtirokchilar holatini his qilishi, o`zini boshqara olishi
ham inobatga olinadi.
8. Pedagogik tahlil:
Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas`uliyatli bo`lib, o`qituvchining tashqi qiyofasi,
o`quvchilar bilan til topisha olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida
umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o`quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati
ham nazarda tutiladi. Shuningdek, pedagogik kvalimetriya (kasbiy rivojlanish) – turli mavzularni
ochishda pedagogik mahoratdan foydalana olish, mavzuga mos sun`iy vaziyatlar yarata olish va
ushbu vaziyatlarni tahlil qilish, pedagogik deontologiya (kasbiy axloq odobi) – o`quvchilar bilan
mavzu doirasida mantiqiy fikrlar orqali munozaraga kirisha olish va ana shu jarayonlarni to`g’ri
boshqarish kabilar chuqur tahlilga tortiladi. eng asosiysi, mashg’ulot mobaynida hozirgi kunda
dolzarb bo`lib turgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat, milliy
istiqlol g’oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshiriladi? Bu tarbiya turlaridan qay biriga
aynan shu darsda ko`proq e`tibor berildi? Darsning tarbiyaviy ta`sir samarasi qanday bo`ldi kabi
savollar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. Shuni ta`kidlash kerakki, o`qituvchining nutqi
dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ovozdan to`g’ri va o`rinli
foydalanish, mimika va xatti-xarakatlar ham o`z o`rnida bo`lishi kerakligi e`tibor beriladi.
9. Yakuniy tahlil yoki xulosa.
Tahlil yakunida o`qituvchining qanday mutaxassis ekanligi bo`yicha fikrlar, turli takliflar,
yo`l-yo`riqlar bayon etiladi. Pedagogning dars mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi omillar
tavsiya qilinadi.
Demak, dars o`qituvchi va o`quvchi hamkorligi natijasida yuzaga keluvchi jarayon ekan. Bu
hamkorlikning qanday yo`lga qo`yilishi va uning samarasi pedagogning mahorati hamda bu borada
belgilab olingan aniq maqsad va vazifalarga bog’liq. O`qituvchining hamkorlikdagi vazifasi
quyidagilarda namoyon bo`lar ekan:
O`quvchilarni fikrlashga o`rgatish, kichik tadqiqotlarga yo`naltirish (yakka tartibda,
juftlikda, kichik guruhda ishlash ko`nikmalari ham alohida mazmun kasb etadi);
O`quvchilarning aniq dalil va materiallarni o`rganib mulohaza yuritish, fikr bildirishini
ta`minlash, ularning tizimli fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishi;
61
O`quvchilarni izlanishga, muhim ma`lumotni yordamchi ma`lumotlardan ajratib olish,
mavzudagi asosiy maqsadni qidirib topishga o`rgatish;
O`quvchining mustaqil fikrini shakllartirishi hamda tizimli tafakkur qilish
texnologiyasini rivojlantiruvchi mexanizmlardan samarali foydalana olishi.
MAVZUGA OID TAYANCH IBORALAR:
1.
O`qituvchining darsga tayyorgarlik ko`rganini aniqlash.
2.
Maqsad va vazifaning qo`yilishi.
3.
Tashkiliy ishlar tahlili.
4.
Didaktik tahlil.
5.
Uslubiy tahlil.
6.
Metodologik tahlil.
7.
Psixologik tahlil.
8.
Pedagogik tahlil.
9.
Yakuniy tahlil.
TAVSIYA QILINADIGAN ADABIYOTLAR:
1.
To`xliev B., SHamsieva M., Ziyodova Toshkent, O`zbek tili o`qitish metodikasi. Toshkent,
“Yangi asr avlodi”, 2006 yil.
2.
To`xliev B. Adabiyot o`qitish metodikasi. – Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2007 yil.
3.
Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturi. Toshkent, «Sharq» 2009
yil
4.
Kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturi. Toshkent, «Sharq» 2009 yil
5.
Akademik litseylarning davlat ta`lim standartlari va o`quv dasturi. Toshkent, «Sharq» 2009 yil
6.
Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Ta`lim texnologiyasi, Toshkent, «O`qituvchi»
nashriyoti, 1999 yil.
7.
Sobirova M. Ta`limda ilg’or texnologiya. O`zbek tili ta`limi jarayonida milliy istiqlol
g’oyasini singdirish masalalari. Toshkent, 2003 yil, 104-bet.
8.
Uluqov N, G’oyibnazarova N. Ona tili. 7-sinf. O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma.
Toshkent, «Tasvir» nashriyoti, 2005 yil.
9.
O`zbek tili doimiy anjumani yig’ini materiallari.
10. «Til va adabiyot ta`limi» jurnali, «Ma`rifat» gazetasidan mavzuga doir maqolalar. (1992-2011
yillar).
11. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari. – Toshkent: Akadem nashr.,
2010. – 112 bet.
12. M.Sobirova. Ta’limda ijodiy o’yinlar. Til va adabiyot ta’limi jurnali. Toshkent, 2011 yil, 9-
son, 5-8-betlar
13. N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. V.Qodirov, Z.Jo’raboyeva, G.Ziyodullayeva. Ona
tili. 5-sinf. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent, 2011 y
Do'stlaringiz bilan baham: |