O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

1.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

2.  Shukurov R. So'zning morfologik variantlari.T., "Fan", 1990 yil. 

3.  Bozorov O. Olmoshlarning qo'llanishi. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1992 yil, 2-son, 

31-36-betlar. 

4.  Ne'matov  X.,  G'ulomov  A.,  Ziyodova  T.  O'quvchilarning  so'z  boyligini  oshirish. 

Toshkent, 1997 yil. 

5.  Mirzaqulov  T.  Grammatika  o'qitishning  lingvistik  asoslari.  Toshkent,  "O'qituvchi" 

nashriyoti, 1994 yil. 

6.  "Til  va  adabiyot  ta'limi"  jurnali,  "Ma'rifat"  gazetalaridagi  til  o'qitishga  oid  ilmiy-

metodik maqolalar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 - so'z turkumlari 

 - mustaqil ma'noli so'zlar 

 - yordamchi ma'noli so'zlar 

 - undov va taqlid so'zlarning tavsifini o'rgatish 

 - morfologik tahlil o'tkazish usullari 

 - so'z turkumlarini boshqa fanlarga bog'lash usullari 

 

SINTAKSIS O'QITISH METODIKASI 

 

REJA: 

1. Sintaksis o'qitishning maqsad va vazifalari. 

2. Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish. 

3. Sintaksisni punktuasiyaga bog'lab o'rgatish. 



 

43 


4. Sintaktik tahlil. 

Sintaksisning  asosiy  ob'yekti  so'z  birikmasi  va  gapdir.  Sintaksis  kursi  leksikologiya, 

fonetika, orfografiya, punktuasiya, nutq o'stirish bilan bog'lanadi. 

O'quvchilar  sintaksisni  o'rganish  orqali  o'z  nutqlarida  uchrab  turadigan  ba'zi  nuqsonlarni 

tuzata boradilar. Sodda va qo'shma gapni farqlay olish, ularni tahlil eta bilish, tinish belgilarini ham 

ishlatishni ongli o'zlashtira oladilar. 

O'quvchilar  ifodali  o'qish  san'atini  to'la  egallash  uchun  sintaksisni  bilishlari  shart.  Matnda 

uchraydigan (gaplarni ohangi) darak gap, so'roq  gap, buyruq  gap, undov  gaplarni o'z ohangi bilan 

o'qiy bilsagina, o'quvchi asarning mazmunini, muallifining maqsadini anglay oladi. 

1.  Demak,  sintaksis  o'qitishning  yetakchi  vazifalaridan  biri  nutqning  intonasiyasi 

tomonlarini  o'rgatishdir.  Ko'p  xollarda  gapning  mazmuni,  turi,  tinish  belgilarining  qo'yilishi  ham 

ohang bilan bog'liq bo'lib qoladi. 

Masalan,  

Bog'imizda anjir-shaftoli pishdi. 

 

 

Bog'imizda anjir, shaftoli pishdi. 



Ohang gap mazmuniga ham ta'sir qiladi. 

Bahor keldi. Bahor keldi? Bahor keldi! 

2. Sintaksisni o'qitishning yangi vazifalaridan biri o'quvchilarning nutqini o'stirishdir. 

3. Yana yetakchi vazifalaridan biri o'quvchilarning stilistik malakalarini takomillashtirishdir. 

Masalan,  

Kumush qishdan, zumrad bahordan 

 

 

Qolishmaydi kuzning ziynati. 



Bunday  matnlarni  tahlil  qilish  jarayonida  o'quvchilar  badiiy  tasvir  vositalari,  tasviriy 

vositalar bilan tanisha boradilar. 

4.  Sintaksis  qoidalari  o'quvchilarning  fikrlash  qobiliyatini,  tafakkurini  o'stirib  beradi.  Gap-

fikrni ifoda qilishning yagona shakli. Shuning uchun sintaksis kursini o'qitishda o'quvchilarni fikrini 

o'stirish asosiy vazifa sanaladi. 

 O'quvchilar gap haqidagi qoidalarni o'rgana borib, hodisalar va predmetlar orasidagi aloqani 

ham tushuna boradilar. 

 

Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish 

Sintaksis kursi birinchi gapda morfologiya bilan qiyoslab o'rganiladi. So'z turkumlari bilan 

gap  bo'laklari  orasidagi  farqni  va  bog'lanishni  tushuntirish  sintaksis  darslarining  asosiy 

maqsadlaridandir. 

Ba'zi hollarda o'quvchilar tildagi bir dalilni boshqa bir dalil bilan qorishtiradilar. 

 M: tahlil vaqtida gap bo'laklari bilan so'z turkumlarini, sifat bilan aniqlovchini, ravish bilan 

xolni  aniq  farqlay  olmaydilar.  Shuning  uchun  morfologiya  va  sintaksis  bo'yicha  mavzular 

o'rganishdan oldin bu ikki qismning mazmunini o'quvchilarga atroflicha tushuntirish kerak. 

Gap  bo'laklarini  o'tishda  har  bir  bo'lakning  morfologiya  tomonidan  biror  bir  mustaqil  so'z 

turkumi bilan ifodalanishini uqtiriladi. Har bir mustaqil so'z turkumi ham gapda biror bir vazifada 

bo'ladi, ammo u matnni xususiyatiga qarab har xil gap bo'lagi  vazifasida kela olishi mumkinligini 

izohlanadi. 

M: "O'tkir" so'zi gapda ega, t-chi, a-chi, xol bo'lib kela oladi. 

Gap haqida umumiy ma'lumot berish jarayonida gapning 

1) aloqa-aralashuvning eng kichik birligi ekanligiga: 

2) nisbiy tugal fikr ifodalanishiga 

3) grammatik shakllanganligiga: 

4) tugallangan ohang bilan aytilishiga o'quvchilarning e'tiborini tortiladi. 

O'qituvchi so'z birikmasidagi tayanch nuqta sanalgan bosh so'z va ergash so'zlarni aniqlash 

usullarini  o'quvchilarga  turli  mashqlar  orqali  tushuntirishi  kerak.  So'z  birikmasidagi  bosh  so'z  va 



 

44 


ergash  so'zni  to'g'ri  topolmagan  o'quvchi  so'zlarning  o'zaro  bog'lanishini  ham  anglab  ololmaydi. 

Shuning uchun mavzu bo'yicha ko'p mashq o'tkazish talab etiladi. 

Sintaksisdagi deyarli har bir mavzuni morfologiyaga bog'lab tushuntiriladi. 

M: ergash so'zning bosh so'zga bog'lanish usullari haqida gapirganda kelishiklar eslanadi. 

Ergash  so'zning  bosh  so'zga  qaratqich  kelishigi  qo'shimchasi  yordamida  bog'lanishi 

moslashuv  ekanligi  tushuntiriladi.  Bu  o'rinda  qaratqich  kelishigining  qo'llanmaslik  xollar  ustida 

turli mashqlar o'tkaziladi. 

Ergash  so'zning  ba'zan  ko'makchilar  vositasida  bosh  so'zga  bog'lanishini  ongli  o'zlashtira 

olmaydi.  Shuning  uchun  o'quvchilarga  so'z  turkumlari  bilan  gap  bo'laklari  orasidagi  bog'lanishni 

tushuntirish shart. 

O'quvchilar eganing ot orqali (Tinchlik-xalqlar orzusi). 

Olmosh  orqali  (U  millat  taraqqiyotining  omili)  ifodalanishini  oson  o'zlashtiradilar.  Lekin 

eganing  ot  o'rnida  qo'llanadigan  so'z  turkumlari  orqali  ham  ifodalanishi  mumkinligini  qunt  bilan 

tushuntirish kerak. 

M: Ko'p o'qigan ko'p bilar. O'qigan o'zar. 

Ega uchun ko'p qo'llanadigan so'z turkumi ot sanalsa, kesimni ifodalash uchun eng mos so'z 

turkumi fe'ldir. Lekin kesim ham ega kabi boshqa turkumlar bilan ham ifodalanaveradi. 

M:  


Bizning maqsadimiz-shu (olmosh) 

 

Ikki o'n besh-bir o'ttiz (son) 



 

Ukam-epchil (sifat) 

O'quvchilarga sodda va murakkab kesimni tushuntirish uchun, avvalo qo'shma so'z yetakchi 

va  ko'makchi  fe'llar,  to'liqsiz  fe'lga  oid  muhim  o'rinlarda  qaytariladi.  O'quvchi  murakkab  kesimni 

o'zlashtirishda  bir  oz  qiynalishi  mumkin.  Murakkab  kesimning  mana  shu  jihatini  nazarda  tutib, 

qiyoslash mashqlariga ko'p e'tibor berish lozim. 

 

Sodda kesim   



 

 Murakkab kesim 

1. Shoira - o'qituvchi   

 

Shoira o'qituvchi bo'ldi 



2. U majlis bo'lishini aytdi.   U majlis bo'lishini e'lon qildi. 

Gapning 2-darajali bo'laklaridan to'ldiruvchi ko'pincha ot va olmosh orqali ifodalanadi. 

Son va sifatlar hamda gapda to'ldiruvchi bo'lib kela oladi. M.: 

 

 



 Yaxshidan ot qoladi. 

 

 



 Bilimli mingni yengar. 

 

 



 To'rt ikkiga qoldiqsiz bo'linadi. 

Albatta, vositali va vositasiz to'ldiruvchilar o'tilayotganda o'timli va o'timsiz fe'llar eslanadi. 

Aniqlovchi o'rgatilayotganda esa moslashuv va bitishuv eslanadi. 

Sifatlovchi  aniqlovchining  asosan,  sifat,  sifatdosh,  son,  olmosh  orqali ifodalanishi  misollar 

bilan izohlanadi. 

"Xol"  mavzusi  o'tilayotganda  yana  morfologiyaga  murojaat  qilinadi.  Uyushiq  bo'laklarda 

son, egalik, kelishik qo'shimchalarining qo'llanishiga oid maxsus mashqlar ishlanadi. 

"Undalma" mavzusi ham ot turkumiga va undovlarga bog'lab tushuntiriladi. 

Kirish so'zlarni tushuntirish modal so'zlarga murojaat etiladi. 

 

Sintaksisni punktuasiyaga bog'lab o'rgatish 

Ma'lumki,  punktuasiya  tinish  belgilarini qo'yish  haqidagi  qoidalar  yig'indisi  bo'lib,  u  fikrni 

yozuv  orqali  ifodalashga  va  boshqalarning  fikrini  to'g'ri  anglashga  yordam  beradi.  O'quvchilarga 

punktuasiya o'rgatish eng murakkab soha sanaladi. Bu ish maktabda sintaksis kursini o'qitish bilan 

birgalikda  olib  boriladi.  Sintaksisga  oid  temalarning  deyarlik  hammasi  punktuasiyaga  bog'lab 

o'tiladi. 

M. gaplarning maqsadiga ko'ra turlari. 


 

45 


Yoki: 

Ona-bog'bon niholini toptirar kamol. 

Ona, bog'bon niholini toptirar kamol. 

Ona, bog'bon, niholini toptirar kamol. 

O'tkaziladigan yozma mashqlar davomida gap ichidagi va gap oxiridagi tinish belgilarining 

gap ohangiga mos kelishi zarurligini o'qituvchi tomonidan izohlab boriladi. 

Ko'proq tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnlarni ko'chirib yozish vazifa qilib beriladi. 

Gapning  tuzilish  jihatdan  turlar-sodda  va  qo'shma  gaplar  ham  punktuasiyaga  bog'lanadi. 

Matndagi  gaplarni  ham  mazmuniga,  ham  ohangiga,  ham  tinish  belgilariga  qarab  turlarga  ajratish 

mashq qilinadi. 

To'liksiz gaplarda ifodalanishi zarur bo'lgan bo'lak uslub bilan nutqda qo'llanmaydi. Shuning 

uchun  to'liksiz  gaplar  ustida  ishlaganda  o'quvchilar  e'tiborini  ko'proq  amaliy  mashqlarga  tortish 

zarur. 

M.: - Musobakada kim g'olib chikdi ? 



 - Olim. 

 Uyushiq bo'laklarni to'g'ri tushuntirish davomida o'quvchilarning punktuasion malakasi ham 

rivojlana  boradi.  Uyushiq  bo'laklar  ustida  ishlaganda  o'quvchilarning  ohangga  ravon  qilib,  sanash 

ohangi  bilan  o'qishlarini  kuzatish  kerak.  Chunki  bunday  gaplarning  tinish  belgilari  ko'p  jihatdan 

intonasiyaga bog'lanadi. 

Ayniqsa  uyushgan  aniqlovchi  va  uyushmagan  aniqlovchi  ham  punktuasiyaga  bog'lab 

tushuntiriladi. 

M.: U katta ko'k darvoza oldida to'xtadi. 

Umumlashtiruvchi  so'zlar  ishtirok  etgan  uyushiq  bo'lakli  gaplar  va  ularda  ishlatiladigan 

tinish belgilarga alohida to'xtalinadi. 

M.: Olma, o'rik, shaftoli-hamma mevalar gulladi. 

Gapning  ajratilgan  2-darajali  bo'laklari  haqida  gapirganda  ham  punktuasiyaga  murojaat 

qilinadi. 

M.: Tevarak-atrofdagi olamni-tabiat va jamiyatni ko'p fanlar o'rgatadi. 

O'quvchi  har  bir  gapni,  ayniqsa,  gapning  ajratilgan  bo'laklarini  tegishli  ohang  bilan  ayta 

olish, undagi tinish belgilarini to'g'ri izohlay bilishi kerak. 

U, Alisher, yoshligidanoq ilmga beriladi. 

Undalmalarning  gapdagi  o'rni,  ohangi  va  tinish  belgilariga  alohida  to'xtalinadi. 

Undalmaning gapdagi 3 ko'rinishi qiyosiy mashqlar yordamida taqqoslanadi. 

 

 M.: Ota, bu singlim,-dedi Yo'lchi. 



 

 ............................ 

 

 . . . . . . . . . . . . . . 



Undalma  gapning  egasiga  o'xshab  ketadi.  Shuning  uchun  o'quvchilar  ko'pincha  ularni 

farqlolmay qoladilar. 

"Kirish so'zlar" mavzusi ham punktuasyaga albatta, bog'lanadi. 

 

 M.: Menimcha, hamma gap o'qitishda va mehnatda. 



Qo'shma  gaplar  haqida  o'quvchilarda  tushuncha  hosil  qilishda  uning  mazmuniga, ohangiga 

e'tibor  qilish  bilan  birga  tinish  belgilariga  ham  ahamiyat  berish  zarurligi  uqtiriladi.  Bog'langan 

qo'shma gaplardagi tinish belgilar, ayniqsa, yuklamalar vositasida bog'lanishiga alohida to'xtalinadi. 

 

 M.: Tuman tarqaldi-yu, quyosh nur sochdi. 



Bog'lovchisiz  qo'shma  gaplarda  qo'llanadigan  har  xil  tinish  belgilar  yuzasidan  ko'proq 

mashqlar qilish o'quvchilarning savodxonligini yaxshilaydi. 

Bog'lovchisiz  qo'shma  gaplar  ko'proq  ohang  bilan  aloqador  bo'ladi.  Shuning  uchun  bu 

mavzuni o'tishda intonasiya bilan punktuasiyaning munosabatini qiyoslash kerak. 



 

46 


M.:  

Suv keldi, nur keldi. (sanash) 

Suv keldi-nur keldi. (payt yoki o'xshatish) 

Nuqtali  vergul  bilan  ajratilgan  bog'lovchisiz  qo'shma  gaplarda  birinchi  gapdan  so'ng  ovoz 

pasayadi, sodda gaplar orasida bir oz to'xtalish bo'ladi. 

M.: Ko'kda quyosh olov purkaydi, go'yo jimir-jimir tangachalar yog'iladi; oyoq ostida asfalt 

cho'g'day yonadi. 

Ko'chirma  va  o'zlashtirma  gaplar  hamda  ularning  tinish  belgilari  haqidagi  ma'lumot 

o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini boyitadi. 

Ko'chirma  gaplarni  mustahkam  o'zlashtirish  mashqlari  tinish  belgilari  bilan  chambarchas 

bog'liqdir. 

Ko'chirma  gapni  o'zlashtirma  gapga  aylantirish,  muallif  gapini  ko'chirma  gapning  turli 

o'rinlarida  keltirish  va  tinish  belgilarida  yuz  bergan  o'zlashtirishlarni  kuzatishga  oid  mashqlar 

o'tkazish tavsiya etiladi. 

 Demak,  tinish  belgilarning  o'ziga  xos  xususiyatini,  ya'ni  vergulning-gapdagi  uyushiq 

bo'laklarni  bir-biridan  ajratish  uchun;  kirish  so'z  va  kirish  gaplarni,  undalma,  undov  so'zlarni 

ajratish,  gapning  ajratilgan  bo'lagini  ko'rsatish,  qo'shma  gap  qismlarini  bir-biridan  ajratish  uchun 

qo'yilishi yozma mashqlar bajartirish jarayonida mustahkam tushuntira beriladi. 



 

Sintaktik tahlil o'tkazish usullari 

Tahlil  o'quvchining  mavzuni  nahariy  tomondan  qay  darajada  o'zlashtirganini  ko'rsatuvchi 

omillardan  biridir.  Shu  sababli  o'qituvchi  o'quvchilardagi  bilim-malakalarni  aniqlashda  bu  usulga 

ham katta e'tibor qilishi zarur sanaladi. 

So'z birikmasini sintaktik tahlil qilishda quyidagi jihatlarga e'tibor qilinadi: 

1. So'z birikmasini ko'rsatish. 

2. So'z birikmasining tuzilishini tushuntirish: 

 a) bosh so'zni va ergash so'zni aniqlash; 

 b) Bosh so'z va ergash so'z qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini; 

 v) bosh so'z bilan ergash so'zning birikish turi. 

3. So'z birikmasining grammatik ma'nosi. 

Ikki bosh bo'lakli gapni shunday tartibda sintaktik tahlil qilinadi: 

1. Gapning maqsadiga ko'ra turi. 

2. His-hayajon gap. (His-hayajon gapni tahlil qilgandagina aytiladi) 

3. Ikki bosh bo'lakli gap, bir bosh bo'lakli gap. 

4. Yoyiq sodda gap, yig'iq sodda gap. 

5. Grammatik asosini topish. 

6.  Avval  bosh  bo'laklar,  keyin  2-darajali  bo'laklarning  har  biri  haqida  quyidagilar 

ko'rsatiladi: 

 a) qaysi so'roqka javob bo'ladi? 

 b) gapning qaysi bo'lagi? 

 v) nima bilan ifodalangan? 

 g) gapning qaysi bo'lagi bilan bog'langan? 

7. Ega guruhi, kesim guruhi. 

Bir bosh bo'lakli gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday bo'ladi: 

1. Ikki bosh bo'lakli gap yoki bir bosh bo'lakli gap. 

2. Bir bosh bo'lakli gapning turi. 

3. Gapning maqsadiga ko'ra turi. 

4. His-hayajon gap (his-hayajon gap tahlil qilingandagina aytiladi) 

5. Yig'iq sodda gap yoki yoyiq sodda gap. 



 

47 


6. Bosh bo'lagi: so'rog'i, ifodalanishi. 

7. 2-darajali bo'laklari: so'rog'i, turi, ifodalanishi. 

Bog'langan qo'shma gapni tahlil qilganda quyidagilarga e'tibor qilinadi: 

1. Gapning tuzilish jihatdan turi. 

2. Qo'shma gapning turi:  

a) bog'langan qo'shma gap; 

 

 

 



 

 

B) ergashgan qo'shma gap. 



3. Bog'langan qo'shma gapning bog'lovchili va bog'lovchisiz ekanligi. 

4. Bog'langan qo'shma gapning mazmun munosabatiga ko'ra turi: 

 

 a) biriktiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap; 



 

 b) zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap; 

 

 v) ayiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap; 



5. Bog'langan qo'shma gapda yuklamalarning teng bog'lovchi vazifasida qo'llanadi. 

6. Bog'langan qo'shma gapda sodda gaplarni sanash, zidlash, ayirish ohangi bilan aytilishi. 

Ergashgan qo'shma gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday: 

1. Gapning tuzilish jihatidan turi. 

2. Qo'shma gapning turi. 

3. Sodda gapning soni. 

4. Bosh va ergash gap. 

5. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishi: 

a) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 

 

b) ergashtiruv bog'lovchi vazifasidagi so'zlar; 



 

v) fe'l shakllari; 

6. Ergash gapning turi. 

Demak,  yuqoridagidek  tartibda  tahlil  malakasiga  ega  bo'lgan  o'quvchi  so'zlarning  o'zaro 

bog'lanishini  fikr  qilib  topadi  va  gap  bo'laklarini  to'g'ri  aniqlaydi.  Sintaksisni  to'g'ri  o'qitish 

jarayonida o'quvchilarning nutq malakalari ham osha beradi. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1.  Nurmonov A., Mahmudov A., Solixo'jayeva S. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. T., 

"Fan",1992 yil. 

2.  Omilxonova M. Ona tili sintaksisini o'rganish.  Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti, 1992 

yil. 

3.  Jo'rayev X. Vositali to'ldiruvchidan xolning farqli tomonlari. "Til  va ad. ta'limi",  1992 



y., 3-4-qo'shma s. 42-46-b. 

4.  Iminov  M.  To'ldiruvchini  o'rganish.  "Til  va  adabiyot  ta'limi",  1994  yil,  1-son,  36-38-

betlar. 

5.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

6.  K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 

2-son, 77-80-betlar. 

7.  M.Ahmedova.  O'zbek  tilini  o'qitishda  kompyuterdan  foydalanish.  «Til  va  adabiyot 

ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

8.  M.Toshturdiyeva.  5-sinf  o'quvchilariga  tasviriy  ifodalash  vositalarini  o'rgatish 

tajribasidan. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 3-son, 14-19-betlar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 



 

 

48 


 - sintaksis o'qitish maqsadi 

 - sintaksis o'qitish vazifalari 

 - sintaksisni morfologiyaga bog'lash 

 - sintaksisni punktuasiyaga bog'lash 

 - sintaktik tahlil 

 - sintaktik o'yinlar 

 

ORFOGRAFIYA O'QITISH METODIKASI 

 

Reja: 

1.  Orfografiya o'qitishning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Orfografik omillar. 

2.  O'zbek orfografiyasining asosiy prinsiplari. 

3.  Orfografik qoidalar. 

4.  Orfografiya o'qitish metodlari. 

5.  Orfografiya o'qitishda misollar toptirish. 

6.  Orfografiya o'qitishda ijodiy ishlar. 

7.  Orfografiya o'qitishda kartochkalardan foydalanish. 

8.  Orfografik xatoning vujudga kelishi va uning oldini olish. 

9.  Xulosa. 

Orfografiya  fikrni  yozuv  orqali  to'g'ri  ifodalash  uchun  qabul  qilingan  qoidalar  sistemasi 

bo'lib, u fikrning yozuvchi uchun ham, o'quvchi uchun ham bir xil anglashilishini ta'minlaydi. 

Orfografiya qoidalari o'zbek tilining fonetik va grammatik qurilishi bilan bog'liq, binobarin, 

orfografiyani  bilim  uchun  o'quvchilar  tilning  fonetik  va  grammatik  qurilishini  puxta  egallashlari 

lozim. 

O'quvchilarni  to'g'ri  yozishga  o'rgatish  lug'at  ustida  ishlash,  ularning  nutqini  o'stirish  bilan 



uzviy  bog'liqdir.  Orfografik  normalarni  egallash  savodxonlikni  oshirishda  muhim  omillardan 

hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  maktabda  orfografiya  o'qitish  o'quvchilarga  to'g'ri  talaffuz  qilish 

normalarini  o'rgatish  bilan  olib  boriladi,  lekin  ayrim  so'z  yoki  formalar  bir  xil talaffuz  qilinadi-yu 

(ketti), boshqacha (ketdi) yoziladi. O'qitish jarayonida bu masalaga ham jiddiy e'tibor berish lozim. 

Orfografiya  o'qitishda  eshituv  muhim  rol  uynaydi.  Lekin  eshitganiga  qarab  yozaverish 

doimo to'g'ri bo'lavermaydi. 

Orfografik  malaka  hosil  qilishda  eshituv,  ko'ruv,  mantiqiy  fikrlash,  xotira,  ziyraklik  kabi 

omillar muhim rol uynaydi. 

O'zbek  orfografiyasi,  asosan,  morfologik  prinsip  asosida  tuzilgan.  Bu  prinsip  so'zning 

morfologik qurilishidan kelib chiqib, o'zak, negiz, qo'shimchalarni aslicha yozishni taqozo qiladi. 

Morfologik  prinsip  o'quvchilarni  savodli  yozishga  o'rgatishda,  ayniqsa,  yozilish  bilan 

aytilishi  farq  qiladigan  so'zlarning  imlosini  tekshirishda  katta  rol  o'ynaydi.  Masalan,  o'quvchilar 

ko'p hollarda o'qibsan, o'qibdi kabi fe'llarda shaxs qo'shimchalarida avval kelgan  -b undoshi o'rniga 

talaffuzga  qarab  -p,  uchinchi  shaxs  qo'shimchasi  -di  o'rniga  -ti  yozadilar.  Bunday  hollarda 

o'qituvchi  morfologik  prinsipga  asoslanib,  -b]di  formalarining  qanday  aytilishiga  qarab,  aslicha 

yozilishini ta'kidlaydi. 

O'zbek  orfografiyasida  fonetik  prinsipga,  ya'ni  talaffuzga  asoslangan  yozuv  qoidalari  ham 

bor. 

Orfografiya  o'qitish  imloning  ana  shu  prinsiplari  asosida  olib  boriladi.  Fonetik  prinsipga 



asoslangan  qoidalar  talaffuzga  e'tibor  berishni  taqazo  etadi.  Morfologik  prinsipga  asoslangan 

qoidalar o'zak-qo'shimchalar va ularning formalarini nazarda tutadi. 

Chet tillardan kirgan so'zlar grafik prinsip asosida yoziladi:t zveno, brigadir, felyeton kabi. 


 

49 


To'g'ri  yozish  qoidalari  sistemasiga  ko'chirma  so'zlarning  yoki  ayrim  yozilishi  ham  kiradi. 

Qo'shma  so'z  qismlarining  ayrim  yozilishi  uning  talaffuziga  bog'liq  emas.  Og'zaki  nutqimizda 

so'zlar chegarasi ba'zi hollardagina pauzaga to'g'ri keladi. 

O'quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir sistema va uzoq 

vaqt  ishlashni  talab  qiladi.  Orfografik  mashg'ulotlarni  uyushtirishda  o'quvchilar  imlo  qoidalarini 

ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e'tibor berilishi kerak. 

Orfografik mashg'ulotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

1. so'z va formalarning yozilishini kuzatish, qiyoslash va analiz qilish

2. orfografik qoidalarni o'zlashtirish; 

3. bu qoidalarni yozuvda tadbiq qilish bo'yicha mashqlar olib borish. 

Orfografik mashg'ulotlardan unumli foydalanish uchun har bir sinfda imlo bo'yicha berilishi 

lozim bo'lgan bilimlar hajmini aniq belgilab olish lozim, orfografik xatoning yo'l qo'yilishi mumkin 

emasligini  aniqlashdan  tashqari,  o'quvchi  savodxonligini  baholashda  bunday  xatolarning  qaysi 

sinfda e'tiborga olish qaysi sinfda e'tiborga olmaslikni aniqlab olish ham muhim ahamiyatga egadir. 

Bu o'rinda orfografiya minimum nazarda tutiladi. 

O'quvchilarda orfografik malaka quyidagi prinsiplar asosida hosil qilinadi: 

1) orfografiyani ongli o'qitish; 

2)  orfografiya  o'qitishni  o'quvchining  umumiy  rivojlanishi  bilan,  jumladan,  nutq 

madaniyatini o'stirish bilan bog'lab olib borish; 

3) yozma va og'zaki nutq mashg'ulotlarini bir - biriga moslab olib borish; 

4) o'quvchilarning mustaqil ishlashi; 

5) orfografik qoidalarni o'zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog'liq 

bo'lishi. 

Orfografiya  o'qitish  samarasi,  dastavval,  imlo  qoidalarini  ongli  o'zlashtirishga  bog'liq. 

Buning uchun: 

a) qoidalar ixcham, sodda, tushunarli, aniq bo'lishi kerak; 

b) agar qoida murakkab bo'lsa, uning har bir turini alohida-alohida tushuntirish lozim; 

v) qoidani o'quvchilar qanchalik esda qoldirganliklarini tekshirish kifoya qilmaydi. 

Savod  o'rgatishning  maqsadga  muvofiq  sistemasini  tuzish  juda  qiyin  va  murakkab 

protsessdir.  Bu  o'quvchilar  o'zlashtirilishi  lozim  bo'lgan  bilim  hajmining  kengligi  va  ularning 

o'zlashuv darajasining har xilligi bilan izohlanadi. 

Metodik tomondan qaysi usulni qo'llash afzalligini quyidagi holatlarga bog'liq: 

1) metod va mashqning berilayotgan bilim-materialga mos bo'lishi; 

2) o'quvchilarning berilayotgan bilim - materialni qabul qila olishga tayyorligi; 

3)  yozma  ishlar  uchun  tanlangan  tekst  mazmun  jihatidan  ham,  o'tilayotgan  orfogramma 

boyligi jihatidan ham talabga javob berishi kerak

4) orfografiya o'qitish metodi yoki mashqlar imloni ongli o'zlashtirishni ta'min etsin; 

5) mashq o'quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo'lishi kerak; 

6) orfografiya o'qitish metodi va mashqlar izchil bulsin; 

7) yozma mashqlardan oldin og'zaki mashqlar ham o'tkazilishi lozim; 

8) orfografiya o'qitishning barcha metodlari bir umumiy sistemani tashkil qilishi kerak. 

To'g'ri  yozishga  o'rgatishda  yozma  mashqlar  bilan  og'zaki  mashqlarning  mutanosibligiga 

erishish lozim. 

Orfografiya o'qitish uchun tanlangan tekstlarning hajmi ham bir sinfga mos bo'lishi shart. 

Mashq tekstlari quyidagicha vaqtga mo'ljallab beriladi: 4-5-6 sinflar uchun 20-25 minut, 7-8 

sinflar  uchun  25-30  minut.  Bu  albatta,  shartlidir.  Mashqning  turiga  yoki  sinfning  tayyorgarligiga 

qarab, bu o'zgarishi ham mumkin. 


 

50 


Orfografiya  o'qitishda  imlo  lug'ati  daftari  ham  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Lug'atga 

o'quvchilarning  o'z  yozma  ishlarida  xato  yozgan  so'zlari  hamda  darslik,  qo'llanma,  badiiy  asar  va 

boshqa  manbalarda  uchragan  imlosi  qiyin  so'zlar  kiritiladi.  Lug'at  daftar  4-sinfdan  boshlangan 

bo'lsa, 10-sinfgacha saqlanadi. 

O'zbek  tiliga  davlat  maqomining  berilishi,  1989  yil  21  oktabrda  orfografiya  masalalarini 

qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Jumhuriyatimizda 1993 yil 2 oktabrda "Lotin yozuviga asoslangan 

o'zbek  alifbosini  joriy  etish  to'g'risida"  qonun  qabul  qilinib,  turli  muassasalar,  umumta'lim 

maktablari,  Oliy  va  o'rta  maxsus  o'quv  yurtlarida  dars  sifatida  o'tilishi  harflar  bilan  tasdiqlanadi. 

Ta'lim  tuzilishining  barcha  bosqichlarida  darsdan  tashqari  o'tiladigan  fakultativ  mashg'ulotlar 

mavzu doirasi aynan lotin alifbosining orfografik prinsiplarini o'rgatishga borib taqaladi. 

O'rganilgan  qoidaga  misollar  toptirish  o'quvchilarning  orfografiyaga  oid  bilimlarini 

mustahkamlaydi.  Masalan,  qo'shma  so'zlarning  yozilishi  o'tilganda,  uni  mustahkamlash  uchun 

qo'shilib  hamda  ayrim  yoziladigan  qo'shma  so'zlar  toptiriladi.  Ba'zan  bularni  gap  ichida  keltirish 

qo'shimcha vazifa qilib beriladi. 

O'quvchilarning individual stilini silliqlash, aqliy faoliyatini, tafakkurini o'stirishda bayon va 

inshoning roli kattadir. 

Bayon.  Bayon  o'tkazish  uchun  o'qituvchi  3-4  kun  oldin  tayyorgarlik  ko'radi:  bu  haqida 

o'quvchilarni 1-2 kun oldin ogohlantiriladi, tegishli qoidalar o'qib kelishni topshiradi. 

Bayon  quyidagicha  o'tkaziladi;  o'qituvchi  matnni  bir  marta  o'qib,  planni  doskaga  yozadi. 

O'quvchilar  ko'chirib  yozgandan  so'ng,  1-2  o'quvchiga  mazmuni  so'zlatiladi.  Mustahkamlanishi 

lozim  bo'lgan  orfogramma  ajratiladi,  uning  imlosi  izohlanadi.  Ajratilgan  orfogramma  bayonda 

saqlanishi  shart.  O'quvchi  tekst  mazmunini  so'zlayotganda,  uning  talaffuziga  ham  e'tibor  beriladi. 

Keyin o'qituvchi tekst mazmunini reja asosida so'zlab beradi. Imlosi qiyin so'zlarni doskaga  yozib 

quyishi ham mumkin. 

Insho.  Ona  tili  darslarida  o'tkaziladigan  insho  o'quvchi  nutqini  o'stirish,  savodxonligini 

oshirish bilan bog'liq holda olib boriladi. 

Maktablarda  ko'proq  ekskursiya,  kino  va  sayohatdagi  kuzatishlar  asosida  insho  yoziladi. 

Bular uchun quyidagicha reja tuzish mumkin: 

 

 1. Qachon  ekskursiyaga borildi? 



 

 2. Ob-havo qanday edi? 

 

 3. Gullarning qanday turlarini ko'rdingiz? 



 

 4. Ularning qaysi biri sizga ko'proq yoqdi? 

 

 5. Bog'da qanday daraxtlar bor ekan? 



Orfografiya  o'qitishda  maxsus  tuzilgan  kartochkalardan  ham  foydalaniladi.  Har  qaysi 

kartochkada  imlosi  mustahkamlanadigan  orfogrammali  so'z,  so'z  birikmasi  yoki  gap  yozilgan 

bo'ladi. O'quvchilar topshiriqni mustaqil bajaradilar. 

Namunalar. 

1. Tushirilgan harf o'rniga qavs ichidagi harflardan mosini qo'ying: 

javo(p-b), ozo(t-d), far(k-q), ingli(s-z) 

2. Tushirilgan harflarni qo'ying: 

...ayvand, da..tar, vazi.a, a..zab 

Mustahkamlanayotgan  orfogramma  xarakteriga  qarab,  kartochkalardan  topshiriqlar  har  xil 

bo'ladi. 

Kartochkalar  bilan  ishlash  individual  xarakterda  bo'lishi  ham  mumkin:  qaysi  o'quvchi 

kartochka tayyorlanadi. 

Orfografik  xatolarning  vujudga  kelishi  umumiy  xarakterdagi  sababiga  ko'ra  quyidagilar 

kiradi: 


 

51 


a) yagona-orfografik-punktuasion rejimning joriy qilinmaganligi, joriy qilingan bo'lsa ham, 

undan keng foydalanmaslik; 

b) savodxonligi yetarli bo'lmagan o'quvchilarni yuqori sinfga ko'chirish; 

v) sinf o'quvchilarining savodxonlik darajasi har xil bo'lishi; 

g) o'quvchilarni turli fanlar bo'yicha topshiriqlar bo'yicha band qilib qo'yish; 

d) orfografiya sistemasi bilan bog'liq bo'lgan sabablar; 

Ma'lumki,  o'zbek  orfografiyasi  fonetik,  morfologik,  grammatik,  tarixiy-tradision  prinsiplar 

asosida  tuzilgan.  O'quvchilar  bu  prinsiplarni  ba'zan  aralashtirib  yuboradilar.  Masalan,  ayrim 

so'zlarni talaffuzga ko'ra yozadilar (kelibdi-kelipti). 

O'qituvchining dars berish metodikasiga oid sababiga ko'ra: 

a) orfografiya o'qitishda yagona sistema va izchillikning bo'lmasligi; 

b)  orfografiya  o'qitish  metod  va  usullarini  to'g'ri  tanlay  bilmaslik  uni  murakkablashtira 

borish prinsipiga yetarli e'tibor bermaslik

v) orfografiya o'qitish metodlarining barchasidan o'rinli va yetarli foydalanmaslik, orfografik 

ma'lumotlarning bir xilligi; 

g)  orfografiya  o'qitishda  turli  psixologik  faktorlarning  roliga  ortiqcha  baho  berish,  onglilik 

prinsipini kamsitish 

d) o'qituvchi ayrim so'zlarni yozishda imlo xatolariga yo'l qo'yadi; 

ye) tanlangan mashqlarning o'quvchilar saviyasiga mos kelmasligi; 

yo) qoidani sodda va ixcham qilib tushuntirmaslik va x. 

Orfografiya  o'qitishni  sistemasi  butunicha  imlo  xatolarining  oldini  olishga  qaratilgan. 

Yozilish  qoida  bilan  izohlanadigan  orfogrammalarda  bo'ladigan  xatolarning  oldini  olish  uchun 

bunday  so'zlarni  doskaga  yozib,  ularning  yozilishiga  o'quvchilarning  diqqatini  jalb  qilinadi. 

Masalan,  f(f)  tovushining  yozilishida  xato  bo'lmasligi  uchun,  o'qituvchi  f(f)  va  p(r)  tovushli 

so'zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. 

 Xatolarning oldini olishda jadvaldan ham foydalanish mumkin. 

O'quvchilar xato bo'lmaydigan bo'lgunga qadar sinfda osig'lik turishi mumkin: 

1. Jarangli undoshlarning yozilish: 

 

 javob, serob, ozod, obod. 



2. p(r)-f(f) undoshlarining yozilishi: 

 

 payvand, paydo, afsus, foyda. 



Xatolarning oldini olishda "Lug'at doskasi"dan ham keng foydalanish mumkin. 

Demak, xulosa qilib aytsak, orfografiya o'qitish metodikasi o'quvchilarni to'g'ri yozish, lug'at 

ustida ishlash, savodxonligini o'stirishda katta ahamiyatga ega ekan. 

Biz  bo'lg'uvchi  pedagoglar  orfografik  xatolarning  oldini  olishimiz  va  o'z  bilimimizni 

o'quvchilarga yetkazmog'imiz zarur. 

  


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish