Svetaforning qizil va sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoq yo‘naltiruvchi yashil ishora yo‘nalishidagi haydovchi boshqa yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak
Svetaforning yashil chiroqda chapga berilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositalari haydovchisi qarama qarshi tomondan kelayotgan transport vositalariga to‘g‘riga va o‘nga burilayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.
Svetaforning qizil va sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo‘shimcha tarmoq yo‘naltiruvchi yashil ishora yo‘nalishidagi haydovchi boshqa yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Agar svetafor yoki tartibga soluvchi ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruhsat etsa tramvay oldin harakatlanish huquqiga ega. Svetaforning ruhsat etuvchi ishorasida chorraxaga kirgan haydovchi undan chiqishidagi svetaforning ishorasidan qat’i nazar belgilangan yo‘lda harakatlanishni davom ettirishga ruhsat berilgan. Svetaforning ruhsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraxa orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va o‘tishni tugallayotgan piyodalarga yo‘l berishi shart.
Transport oqimi zich va serqatnov bo‘lmagan yo‘llarning kesishmasidagi chorrahalarida harakatlanish tartibini imtiyoz belgilari ular bo‘lmaganida yo‘lning qoplamasi bor yo‘g‘ligiga chorraxa ga yaqinlashayotgan transport vositalarini o‘ng va chap tarafda joylashuviga qarab belgilanadi. Chorraxalar yo‘llarning ahamiyatiga qarab teng ahamiyatli va teng ahamiyatli bo‘lmagan chorraxaga bo‘linadi. Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llarning kesishgan chorrahalarida 2 darajali yo‘lda harakatlanayotgan transport vositasining egasi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga keyingi yo‘nalishidan qat’i nazar yo‘l berishi shart. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda tramvay harakat yo‘kelishidan qat’i nazar bir yo‘nalishida yoki qarama qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan transportga nisbatan imtiyozga ega. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda relssiz transport vositalarining haydovchisi o‘ngdan kelayotgan transport vositasiga yo‘l berishi shart. Asosiy yo‘uning yo‘nalishi chorraxada o‘zgarganda asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasida o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak
Chapga burilishga yoki qayrilib olishda relssiz transport vositalarining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘lda qarama qarshi yo‘nalishida to‘g‘riga yoki o‘nga harakatlanayotgan hamda quvib o‘tayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak. Agar haydovchi uzi harakatlanayotgan yo‘ning qoplamasi bor yo‘qligini aniqlay olmasa 2 darajali harakatlanyapman deb hisoblaydi.
PIYODALAR O‘TISH JOYLARI YO‘NALISHLI TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI ORQALI HARAKATLANISH.