O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

 

35 


1.  Abdurahmonov X., Rafiyev M.,Shodmonqulov D. O'zbek tilining amaliy grammatikasi. 

Toshkent, "O'qituvchi", 1993 yil. 

2.  A'zamov  S.  Maktab  grammatikasi  va  ilmiy  grammatika  xususida.  "Til  va  adabiyot 

ta'limi", 1992 yil, 2-son, 32-33-bet. 

3.  Shamsiyeva  M.  "So'z  turkumlarini  sintaksis  asosida  o'rgatish".  Ilmiy  ishlar  tuplami. 

TDPI., 1991 yil, 18-31-betlar. 

4.  G'ulomov  A.,  Ne'matov  X.  Ona  tilidan  ta'lim  mazmunini  yangilashning  asosiy 

yo'nalishlari. Metodik qo'llanma. T, 1992 yil. 

5.  G'ulomov  A.  Ona  tili  o'qitish  jarayonida  o'quvchilarning  o'quv-bilim  faoliyatlarini 

aktivlashtirish. ADD., Toshkent, 1991 yil. 

6.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

7.  I.Holmurodov.  Ona  tili  fani  bo'yicha  o'quvchilarda  mustaqil  ishlash  ko'nikmalarini 

shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar. 

8.  M.Ahmedova.  O'zbek  tilini  o'qitishda  kompyuterdan  foydalanish.  «Til  va  adabiyot 

ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

9.  N.Maxmudov,  A.Nurmonov,  A.Sobirov.  V.Qodirov,  Z.Jo’raboyeva,  G.Ziyodullayeva. 

Ona  tili.  5-sinf.  O’qituvchilar  uchun  metodik  qo’llanma.  “Tafakkur”  nashriyoti, 

Toshkent, 2011 yil. 

10.  Nurmonov  A.  Lingvistik  tadqiqot  metodologiyasi  va  metodlari.  –  Toshkent:  Akadem 

nashr., 2010. – 112 bet. 

 

 Mavzuga doir tayanch iboralar: 



 

 - grammatika o'qitish 

 - ilmiy grammatika 

 - maktab grammatikasi 

 - morfologiyani sintaksisga bog'lash 

 - grammatik ta'rif 



 

MORFOLOGIYA O'QITISH METODIKASI. SO'Z TURKUMLARINI BOSHQA FANLAR 

BILAN BOG'LAB O'RGATISH 

 

REJA: 

 

1. 


So'z turkumlari haqida umumiy ma'lumot berish usuli. 

2. 


Mustaqil  so'zlar,  yordamchi  so'zlar,  undov  va  taqlidiy  so'zlarning  umumiy  tavsifini 

berish. 


3. 

Morfologik tahlil o'tkazish usullari. 

4. 

So'z turkumlarini boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish usullari. 



Morfologiya  so'z  shaklarini  va  ma'lum  belgilar  asosida  so'zlarning  guruhlarga  bulinishi, 

ya'ni so'z turkumlarini o'rgatadi. Ot, sifat, fe'l kabi so'z turkumlarini boshlang'ich sinflarda ham, 5-, 

6-sinflarda  ham  o'rgatish  ko'zda  tutilgan.  Boshqa  so'z  turkumlarini  esa  bir  o'quv  yilida  o'rgatish 

mo'ljallangan. 

Hozirgi 

o'zbek 


orfografiyasidagi 

qoidalarning 

ko'pchiligi 

morfologik 

prinsipga 

asoslangandir. Shuning uchun ham o'quvchi o'zbek tili morfologiyasini puxta bilishi kerak. 

O'quvchilar  boshlang'ich  sinflarda  so'z  tarkibi,  so'zning  o'zagi,  qo'shimchalarning  turlari 

kabi  tushunchalar  bilan  birga  ot,  sifat,  fe'l  kabi  morfologik  kategoriyalar  haqida  dastlabki 



 

36 


ma'lumotlarni  olganlar.  5-sinfda  bu  ma'lumotlar  eslanadi,  mustahkamlanadi  hamda  morfologik 

sistemani o'tish boshlanadi. 

5-  sinfda  har  bir  so'z  turkumini  alohida-alohida  o'tishdan  oldin  so'z  turkumlari  haqida 

ma'lumot beriladi. Birinchi mashg'ulotni quyidagi usulda o'tish mumkin: 

 O'quvchilar  "Ot"  mavzusini  qancha  puxta  o'zlashtirishsa,  keyingi  mavzularni  ham  anglash 

imkoniga  ega  bo'ladilar.  Chunki  ot  grammatik  mohiyatiga  ko'ra  boshqa  so'z  turkumlari  bilan 

bog'langan bo'ladi. 

O'quvchilar  predmet  tushunchasini  ko'z  bilan  ko'rish  va  qo'l  bilan  ushlash  mumkin  bo'lgan 

narsalar,  deb  biladilar.  Shuning  uchun  5-sinfda  predmet  tushunchasini  o'quvchilarga  endi  keng 

izohlash lozim. 

Predmet  so'zi  keng  ma'noda  qo'llanib,  borliqdagi  hamma  narsalardan  tashqari  tasavvur 

qilingan ayrim mavhum tushunchalarni ham bildiradi. Masalan: yaxshilik, tinchlik... 

Bundan keyin otlarning morfologik belgilari-son, egalik, kelishik bilan turlanish o'rganiladi. 

"Ot" haqidagi ma'lumotlar fonetika, orfografiya, orfoepiya bilan uzviy bog'liq holda o'rganiladi. 

Masalan: toqqa, boqqa, o'rtog'im, qishlog'im... 

Otning ma'no tomonidan izohini bergan quyidagi jihatlarga e'tiborni tortiladi: 

1.  Bir  narsa  -  buyum  yoki  bar  turdagi  narsa-buyumlarni  ifodalanishiga  ko'ra  –  atoqli  - 

turdosh 


2. Ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko'ra - konkret-abstrakt 

3. Yakkalik, jamlikni ifodalashiga ko'ra - yakka ot, tuda ot 

4. Sanalish-sanalmasligiga ko'ra - sanaladigan ot, sanalmay-digan ot. 

 

I. Turdosh va atoqli  otlar 

Bu mavzuni o'tish jarayonida o'qituvchi kishilarning aniq nomlaridan tashqari, taxalluslar va 

jonivorlarga atab qo'yilgan nomlar ham atoqli ot sanalishini alohida izohlaydi. 

Turdosh ot bir turdagi predmetlarni boshqa turdan ajratsa (kitob, ruchka, suv), atoqli ot shu 

turning ichidan bittasini nomlaydi (Qoplon, Arslon). 

Ayniqsa, turdosh otning atoqli otga ko'chishini maxsus mashqlar yordamida mustahkamlash 

kerak. 

to'lqin-To'lqin  



uchqun-Uchqun 

 

g'ayrat-G'ayrat 



Shu so'zlarni qatnashtirib, gaplar tuzdiriladi. Qaysi o'rinda turdosh, qaysi o'rinda atoqli bo'lib 

kelayotganligi izohlanadi. 

Atoqli  otlar  haqida  bilim  berilganda,  ayrim  otlarning  qo'shtirnoq  ichiga  olinishini  alohida 

ta'kidlanadi va bunga bag'ishlangan maxsus mashqlar o'tkaziladi. 



 

II. Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi 

Otlardagi  son  kategoriyasi  uning  morfologik  belgilaridan  biridir.  O'quvchilar  diqqati  doim 

birlikda qo'llaniladigan otlarga jalb qilinadi. 

M.: temir, suv, xaloyiq 

O'quvchilar e'tibori juft predmetlarni bildiruvchi otlarga ham tortiladi: qo'l, ko'z, oyok, etik 

O'qituvchi ko'plik qo'shimchasi -lar ustida to'xtalganda uning ma'nolari xilma-xilligini aytib 

o'tadi. Masalan: xalqlar, armiyalar, sutlar, otamlar, bizlar 

III. Otlarning egalik qo'shimchalari 

Bu  mavzu  tushuntirilayotganida  egalik  qo'shimchalarining  xususiyatlariga,  ularning 

yozilishiga alohida e'tibor qilish talab etiladi.  

Bu  o'rinda  o'quvchilarga  III  shaxs  ko'plik  qo'shimchasining  bir  xil  qo'llanishi  alohida 

izohlanishi kerak. Egalik qo'shimchalarining yozilishini o'tishdan oldin fonetikadan o'tilgan jarangli 

va jarangsiz undoshlar eslanadi. 



 

37 


o'rtoq]im-o'rtog'im 

singil]im-singlim kabilar izohlanadi. 



IV. Otlarning turlanishi 

Shu  mavzu  yuzasidan  o'quvchilarning  boshlang'ichda  olgan  bilimlari  takrorlanadi. 

Kelishiklar orqali otning gapdagi vazifasi aniqlanadi... 

Qaratqich va tushum kelishiklarining qo'llashni alohida mashqlar vositasida izohlash lozim. 

-ning ot]otni bog'laydi kitobning beti 

-ni ot]fe'lni bog'laydi kitobni o'qidik 

Sizni opangiz chaqiryaptilar - o'z opangiz 

Sizning opangiz chaqiryaptilar - boshqa bir odamni 

Demak,  -ning  va  -ni  qo'shimchalarini  noo'rin  qo'llash  fikriy  aniqlikka  putur  yetkazadi. 

Jo'nalish  kelishigi  qo'shimchasining  yozilishiga  ham  e'tibor  berish  talab  etiladi.  Bunda  nuqtalar 

o'rniga zarur kelishik qo'shimchasini qo'yib ko'chirish kabi mashq turlaridan unumli foydalanishga 

alohida e'tibor beriladi. 



V. Otlarning yasalishi va ot yasovchi qo'shimchalar 

O'qituvchi yasovchi qo'shimchalar turi ma'nolar berishga o'quvchilar e'tiborini tortish uchun 

misollar keltiriladi. Masalan: 

-chi * ishchi (ishchi)   

-q * yotmoq (o'rin) 

-bon * bog'bon (shaxs) 

o'roq (qurol-narsa) 

-kor * paxtakor 

 1. Shaxs bildiruvchi otlar 

 - o'qituvchi 

 2. Narsa-buyum bildiruvchi otlar - kitob, daftar 

 3. O'rin-joy bildiruvchi otlar - paxtazor, o'tloq 

 4. Mavhum otlar 

 

 - yaxshilik, borliq 



 Unumli yasovchi qo'shimchalar qatori unumsiz yasovchi qo'shimchalarga ham to'xtalinadi. 

Bular: -indi * qirindi 

 -n *   1) uy (uymoq)]im * uyum  tara]q * taroq 

 -in *   2) un]im * unum 

 

  

bo'ya]q * bo'yoq 



 

 

 3) uch]iq * uchuq 



O'quvchilar ot yasovchi qo'shimchalarni bilib olganlaridan so'ng tub va yasama otlarni ongli 

farqlaydigan bo'ladilar. 



 

SIFAT. 

O'quvchilar predmetning belgisi deb ko'pincha uning rang-tusini tushunadilar. Belgi ma'nosi 

ostida predmetning rang-tusidan tashqari uning mazasi (shirin qovun) 

xususiyati (shux bola) 

vaqtga munosabati (kechagi kino)ni 

o'rgatish  jarayonida  grammatik  o'yin  o'tkazish  mumkin.  Bunda  o'quvchilarga  matn  o'qib 

beriladi.  Ularga  diqqat  bilan  tinglash  va  sifatlarni  tez  topish  ta'kidlanadi.  Yana  rasmli  tarqatma 

asosida gaplar tuzdirish mumkin. 

o'ringa munosabati 

(osmondagi samolyot) 

biror belgiga egaligi (a'lochi bola) 

xosligi (ilmiy ish) 

jismoniy holati 

(qari odam) 

o'lchovi (og'ir tosh) kabilar tushuntiriladi. 

Sifat  otga  bog'lanib  keladi.  Sifatlar  gapda  asosan  aniqlovchi,  kesim  bo'lib  kelishi  misollar 

vositasida izohlanadi. Gapda ba'zan aniqlanmish (ot) qo'llanmay, uning vazifasini o'zi bajaradi. 

Ya'ni sifat otlashadi. M.:  

Yaxshi yetar murodga, 


 

38 


 

 

 



  

 

Yomon qolar uyatga. 



"Sifat yasovchi qo'shimchalar" mavzusini o'tishda morfemika bo'yicha o'tilganlar eslanadi. 

-li, -iy, -viy, -siz, -ik 

Yasama sifatlarning ko'pi otdan, fe'ldan va sifatlarning o'zidan yasaladi. 

Otdan sifat yasovchi qo'shimchalar: 

-li(kuchli), -siz(tuyasiz), -iy, viy(tarbiyaviy), 

-gi(bahorgi ish), -an(ishchan), ser-(sersuv), 

ba-(baquvvat), be-(beg'ubor), -simon(tuxumsimon) 

Fe'ldan sifat yasovchi qo'shimchalar: 

-choq, -chak(maktanchoq bola)  

-gir, -kir, -qir, -gir(sezgir) 

-ma (qaynatma sho'rva) 

 

-q (iliq suv) 



-oq (qochoq, baqiroq) 

 

SON 

"Son"  mavzusini  o'tishdan  avval  ot  va  sifatlarning  muhim  grammatik  belgilarini  eslanadi. 

Son ham sifatga o'xshab, otga bog'lanishini aytiladi. 

Sonning ma'nosi va grammatik belgilari haqida o'quvchilarga umumiy ma'lumot berilganda 

uning turlariga ham to'xtalib o'tiladi. 

 

OLMOSH 

 O'quvchilar olmoshning ot, sifat, son o'rnida kelishini aniq tasavvur qilishlari uchun mazkur 

terminning mohiyatini ochiladi. 

1. O'qituvchimiz keldi. U bizga safar xotiralaridan so'zladi. - ot o'rnida. 

2. Mahallamizda yaxshi odamlar ko'p. Bunday odamlardan hamma ibrat oladi. - sifat o'rnida. 

3. Hozircha 2 tonna g'alla to'pladik. Yana shuncha yig'ishtirish kerak. -son o'rnida. 

Olmoshning  gapdagi  vazifasi  ularning  uchinchi  shaxs  birligini  ko'rsatish  olmoshi  (u)  bilan 

qorishtirmasliklari  kerakligini  uqtirish  lozim.  Bu  ikki  olmoshni  bir  biri  solishtirib,  ko'proq  mashq 

o'tkazish foydalidir. 

 Masalan: 

 

 U gapirdi (kishilik olmoshi) 



 

 U kishi gapirdi (ko'rsatish olmoshi) 

Olmoshlarning  turlarini  o'rgatishda  jadvallardan  foydalanish  ishning  samarali  bo'lishini 

ta'minlaydi. 

 

FE'L 

O'quvchilar fe'l haqidagi dastlabki ma'lumotni boshlang'ich sinflarda olganlar. 5-6-sinflarda 

esa bu ma'lumotlar kengaytiriladi. 

O'quvchilar  uchun  fe'lda  3  zamon  borligi  yangilik  emas,  balki  ana  shu  zamonlarning  o'z 

ichida bo'lishi yangilikdir. 

1) -di 


O'tgan 2) -gan  

  

 



Kelasi 1) –moqchi 

zamon: 3) –ib]men 

  

zamon: 2) -a (r)*kelarman. 



4) –moqda 

5) ravishdosh]edi  

 

Hozirgi zamon: 1) –yap 



2) –yotib 

3) -yotir 

- moqda edi, - ar edim, - guvchi 


 

39 


Fe'llarning bo'lishli-bo'lishsiz bo'lishi, shaxs-son bilan tuslanishi misollar asosida izohlanadi. 

Fe'lning  ko'rinishlarini  sifatdosh,  ravishdosh,  harakat  nomini  o'rgatish  ham  ko'zda  tutilgan  ham 

kuzda tutilgan. Bunda quyidagi misollar tahlil qilinadi. 

1. O'qimoq-yuksalmoq. Men o'qish uchun keldim. 

2. Akam o'qigan kitobni men ham ko'rdim. 

3. Davron sevinib gapira ketdi. 

Fe'lning bu 3 to'rini o'tishda o'quvchilarga quyidagi holatlar alohida ta'kidlab tushuntiriladi: 

a) sifatdoshning fe'llik va sifatlik belgilari; 

b) ravishdoshning fe'llik va ravishlik belgilari; 

v) harakat nomining fe'llik va otlik belgilari. 

Ravishdosh yasovchi qo'shimchalar: -(i)b * kulib -a,-ya * bora 

Ayrim  o'rinlarda  harakat  nomlari  aniq  predmetlar  nomini  ham  bildirib,  omonimlar  hosil 

qiladi: 

M.: 


quymoq harakat nomi ovqat nomi 

 

ilmoq harakat nomi   



ilgak - ot 

o'qish harakat nomi    

o'qish kitobi 

 

ko'rinish harakat nomi  



manzara 

Fe'l  shakllarini  mustahkamlash  darslarida  badiiy  asarlardan  parchalar  berib,  fe'llarni 

toptirish, ularni ustunchalar shaklida yozdirish ham yaxshi natija beradi. 

O'timli va o'timsiz fe'llar: 

Fe'lning  bu  grammatik  xususiyatini  tushuntirishdan  oldin  kelishiklar  haqida  o'tilganlar 

eslanadi. O'timli va o'timsiz fe'llar ishtirok etgan gaplar yozilib, ular bir-biriga qiyoslanadi. 

1. O'timliga:   Maktab bog'iga gul ko'chatlar o'tkazdik. 

 

 



  

Tinchlik urushni yengadi. 

2. O'timsizga:  Olim kecha Toshkentdan keldi. 

 

 



 

Biz mustaqil diyorda yashamoqdamiz. 

O'qituvchi bu gaplardan o'timli va o'timsiz fellarni ajratish yo'llarini izohlaydi. O'timli fe'lga 

doim  tushum  kelishigidagi  ot  bog'lanadi.  O'timli  fe'l  oldidan  har  vaqt  tushum  kelishigi  savolini 

qo'yib, uni fe'l bilan birga aytish mumkin. 

Masalan: Shoira (nimani?) yozdi. 

O'timsiz fe'l bu xususiyatlarga ega emas. 

Ba'zi fe'llarning o'timli ekanligini uning o'zak-negizidan bilinib turadi: yoz, ko'r, ol, sez 

Lekin  kul,  kel,  uxla  kabi  o'timsiz  fe'llar  maxsus  nisbat  yasovchi  qo'shimchalar  yordamida 

o'timli fe'lga aylanishi va tushum kelishigidagi otni talab qilishi mumkin: keltir (nimani?) 

Ba'zan  bu  holatning  aksi  ham  bo'ladi.  Ayrim  o'timli  fe'llar  majhullik  nisbati  yasovchi 

qo'shimchani olsa, o'timsiz felga aylanadi. 

 

M. yuvdim (nimani?)-yuvindi 



kiydi (nimani?)-kiyindi. 

 

 



Fe'l nisbatlari 

Nisbat kategoriyasi felning o'ziga xos belgilaridan biridir. 

Bunda ko'plab misollar yozilib, ularning ma'nolari qiyoslanadi. 

Fe'lning aniqlik nisbati boshqa nisbatlar uchun asos sanaladi, ya'ni boshqa nisbatlar aniqlik 

nisbatidan yasaladi. 

Har  bir  nisbatni  tushuntirishda  uning  mazmuni  bilan  nomi  (termin)  orasidagi  bog'lanishni 

izohlab berish kerak. 

o'zlik nisbatida harakat bajaruvchining o'ziga o'tadi. 


 

40 


majhullik nisbatida harakatning bajaruvchisi noaniq bo'ladi. 

birgalik nisbatida harakat birdan ortiq shaxs ishtirokida bajariladi. 

orttirma nisbatida harakat boshqa shaxs yoki predmet vositasida bajariladi. 

 

Fe'l mayllari 

Fe'lning mayl kategoriyasi shaxsning harakatga munosabatini bildiradi. So'zlovchiining ish-

harakat yoki holatga munosabatiga ko'ra fe'llar 3 xil maylga ega: aniqlik mayl (ijro mayli)  -yozdi, 

bordi. 

 

 



 

 buyruk mayli - yoz, bor 

 

 

 



 shart mayli - yozsa, borsa. 

 

Fe'llarning yasalishi va fe'l yasovchi qo'shimchalar 

 -da*gulla, boshla, oqla, qorala, uchla, sizni 

 -a*tila   

-ar*qizar 

 -r* 

  

 



-sira*uyqusira 

 -i*  


 

-sa* 


 -y* 

 

 



-illa*chirilla 

 -ay*   


-ko'ray 

Fe'l  yasovchi  qo'shimchalar  ustida  o'tkaziladigan  mashqlar  orfografiya  bilan  qo'shib  olib 

boriladi. 

RAVISH 

Semantik  va  grammatik  xususiyatiga  ko'ra  ravish  sanaluvchi  so'zlar  (oz,  ko'p,  hali,  hozir, 

doim, darrov, erta, kech, yayov, zo'rg'a, ancha, sal) hamda qo'shimcha orqali turkumlardan yasalgan 

(to'xtovsiz, mardlarcha) ravishlar qatnashtirib gaplar tuzdiriladi. 

Birmuncha  murakkabroq  ravishlar,  ya'ni  boshqa  so'z  turkumlaridan  ravishga  ko'chgan 

so'zlarni turkumlashda qiyoslash usulidan foydalaniladi. 

Masalan: 

Eshik birdan ochildi. ____________ ravish 

Birdan yarimni ayirsak, yarim qoladi. -son 

O'qituvchi ravishlarning stilistikasiga bag'ishlangan mashqlar uyushtiradi. 

M.: sinonim ravishlar:  

asta-sekin 

 

 

 



  

 

picha-oz 



 

 

 



 

 

juda, eng, nihoyatda 



 

antonim ravishlar:  

tez-sekin 

 

 



 

  

 



ko'p-oz 

 

 



 

  

 



erta-kech 

Ravishlarning  yasalishi  va  ravish  yasovchi  qo'shimchalar  yuzasidan  shunday  jadvalni 

ko'rsatish mumkin: 

 

Yordamchi so'zlar 

 Yordamchi so'zlarni o'tishda, asosan, quyidagi maqsadlar ko'zda tutilgan: 

1. Har bir yordamchi so'zning o'ziga xos xususiyatini o'rgatish. 

2. Ularni mustaqil so'zlardan farqlay bilish. 

3. O'quvchilarda yordamchi so'zlarni o'z nutqlarida to'g'ri, o'rinli qo'llay bilish ko'nikmasini 

hosil qilish. 

4. Yordamchi so'zlarning yozilishini o'rgatish. 



 

 

 

Ko'makchi 

 

41 


 Ko'makchi  ot  yoki  olmoshlar  bilan,  shuningdek,  ot  o'rnida  kelgan  harakat  nomi  hamda 

sifatdoshlardan so'ng ham qo'llanadi. M.: 

 

 Chiroyli yozish uchun mashq qilish kerak. 



 

 Telefon orqali gaplashdi. 

 Sof ko'makchilar-bilan, uchun, sari, sayiin, kabi, singari 

 Ko'makchi vazifasida-ost, ust, tag, ich, yon, bosh, qarshi, 

 

 

 



 ora, tepa, to'g'ri, xak, avval, burun, 

 

 



 

 keyin, ilgari, beri, buyon, qaraganda

 

 

 



 ko'ra, bo'ylab. 

 Takrorlashda  savollar  tuzish,  mustaqil  mashq  ishlatish,  berilgan  ko'makchilar  ishtirokida 

gap  tuzdirish,  yodlangan  she'rlardan  ko'makchini  topib  yozdirish,  ko'makchilarga  doir  jadvallar 

chizdirish kabilarni keng qo'llash kerak. 

Sinonim ko'makchilar: 

sari, tomon, qarab; kabi, singari; oldin, burun, avval, 

ilgari, qadar, dovur; so'ng, haqida , to'g'risida 

ishtirokida gaplar tuzdirish ham o'quvchilarning nutqini ravonlashtiradi. 



 

Bog'lovchi 

Ko'makchi ot yoki olmoshdan keyin kelsa, bog'lovchi har qanday so'zdan keyin kela oladi. 

Ko'makchi  tushirilsa,  gap  buziladi.  Ammo  bog'lovchini  tushirish  mumkin.  Bunda  gapning 

intonasiyasi o'zgaradi. 

 

 Ko'makchi bilan bog'lovchini taqqoslash 



 

 Men o'qishga trolleybus bilan boraman. 

 

 Olim bilan Komil keldi. 



Teng bog'lovchilar: ayiruv, zidlov, biriktiruv turlari. 

Ergashtiruv  bog'lovchilar  -shuning  uchun,  shu  sababli,  shu  tufayli,  chunki,  agar,  basharti, 

mabodo, garchi, go'yo, go'yoki  

Ayrim  teng  bog'lovchilar  takrorlanib  kela  oladi,  ammo  ergashtiruvchi  bog'lovchilar  bu 

xususiyatga ega emas. 

Teng  bog'lovchilar  va  erashtiruvchi  bog'lovchilar  ustida  ishlaganda  ko'proq  ularda 

qo'llanadigan tinish belgilariga e'tibor tortish kerak. 

 

Yuklama 

 Yuklama haqida umumiy ma'lumot beriladigan darsda uni ko'makchi va bog'lovchilar bilan 

taqqoslash kerak. 

Yuklama  gapning  biror  bo'lagini  yoki  butun  gapga  qo'shimcha  ma'no  berish  uchun  xizmat 

qiladi. 2 ta gap yozib ma'nosini izohlanadi: 

 

 Tinchlik uchun kurashish kerak. 



 

 Tinchlik uchun kurashish kerak-da. 

Ishchi zavodga keldi. Ma'no farqini va yozilishini 

Ish-chi? 

 

  

tushuntirish kerak. 



1. So'roq va taajjub yuklamalari -mi, -chi, -a, -ya 

2. Ta'kid va kuchaytiruv yuklamalari -axir, nahot, hatto, -oq, -yoki. 

3. Inkor yuklamasi -na, na 

4. Ayiruv va chegaralovchi yuklama -gina, faqat 

5. Gumon yuklamasi -dir 

Ta'kid yuklamasi -gina, otlarga ham, sifatlarga ham qo'shilib, turli ma'nolarni beradi. 

 

Undov 


 

42 


Undovlar  mustaqil  so'zlardan  ham,  yordamchi  so'zlardan  ajralib  turadi.  Ular  alohida 

turkumni tashkil qiladi. 

Undovlarni to'g'ri o'qishda punktuasiyaning o'rni muhimdir. 

Undovlarning  hayajon  bildiruvchi  (o,  oh,  e,  iye,  ux-ux,  voy,  dod,  faryod)  va  buyruq-xitob 

bildiruvchi turlariga to'xtalinadi-xoy, hey, ey, pisht, kisht, tu-tu, beh-beh, allo, xayr, salom, raxmat, 

marhamat, tashakkur, xormang, balli, ofarin. 



 

Taqlid so'zlar 

Tovushga taqlid so'zlar: xah-xah, xi-xi, inga-inga, kult-kult, miyov-miyov. 

Holatga taqlid so'zlar: yalt-yult, lip-lip, milt-milt. 

 

Modal so'zlar 

Gapda ifodalangan fikrga turli ma'no beruvchi so'zlardir. 

Aniqlikni tasdiqlovchi so'zlar: albatta, shubhasiz, shaksiz, so'zsiz, haqiqatdan, darhaqiqat. 

Taxmin-gumon bildiruvchi so'zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, chog'i, balki. 

Afsuslanishni bildiruvchi so'zlar: afsus, attang, esiz, afsuski 

Ajablanishni bildiruvchi so'zlar: ajabo 

Fikr tartibini: avvalo, dastlab 

Fikr xulosani: xullas, demak, umuman 

Fikrni ta'kidlash, ajratib ko'rsatish: masalan, jumladan, xususan, chunonchi 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish