O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI  

 

Namangan Davlat universiteti 



 

 

O'zbek tili va adabiyot kafedrasi  



 

 

 



 

(3-kurs o'zbek tili yo'nalishidagi  

bakalavrlar uchun) fanidan 

 

 



 

 

1-qism 

 

Tuzuvchi: 



 

 

 



p.f.n. dots. M. Sobirova 

 

 



 

 

 



 

 

 



Namangan - 2011 

 


 

 



O'zbek tili o'qitish metodikasidagi tuzilgan ushbu ma'ruza matnlarida yangidan 

tuzilgan namunaviy o'quv dasturi asos qilib olingan. Unda milliy mafkura va mustaqillik 

g'oyalariga tayanilgan holda o'qitishninng yangi usul, yo'l va tamoyillari ko'rsatilgan. 

 

 



 

 

 



 

TUZUVCHI:  

 

 



pedagogika fanlari nomzodi, dots,  

M. SOBIROVA 

 

 



 

TAQRIZCHILAR:  

 

pedagogika fanlari nomzodi 



K. Abdullayev 

filologiya fanlari nomzodi  



M. Saidova 

 

 



 

 

 



  

 

MAS'UL MUHARRIR:  

filologiya fanlari doktori  

H. Usmonova 

 

 



 

 

 



 

 

Ma'ruza  matni  Namangan  Davlat  Universitetining  2011  yil  28  avgustida  Ilmiy 



Kengashning qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 

 

 



 

 

 



 

@Namangan Davlat Universiteti 



 



O'ZBEK TILI O'QITISH METODIKASI FANINING PREDMETI. MAQSAD VA 



VAZIFALARI. UNING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI 

 

REJA: 

 

1.  O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining predmeti. 



2.  O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining maqsadlari. 

3.  Mazkur fanning o'z oldiga qo'ygan vazifalari. 

4.  O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 

 

Metod so'zi yunoncha (metod) so'zidan olingan bo'lib, yo'l, usul degan ma'noni bildiradi. O'zbek 



tili  o'qitish  metodikasi  fani  O'zbekistondagi  ta'lim  maktablarida  o'zbek  tilini  o'qitish  yo'l -yo'riqlarini 

o'rgatuvchi  fandir.  Mazkur  fan,  bir  tomondan,  pedagogikaga  oid  fanlar  turkumiga  kiradi.  Ikkinchi 

tomondan,  uning  o'z  tekshirish  ob'yekti  bo'lib,  mustaqil  fan  sifatida  ayrim  xususiyatlari  bilan  ajralib 

turadi.  Bu  fan  ona  tilini  o'rgatish  vositalari  hamda  shart-sharoitlari,  shuningdek,  tilni  o'zlashtirish 

qonuniyatlari haqida bahs yuritadi. 

Ona tilidan ta'limning maqsad va vazifalari, avvalo, tilning jamiyatda bajaradigan vazifasi, inson 

hayotida tutgan o'rni bilan belgilanadi. 

Maktabda  ona  tili  ta'limiga  qo'yilgan  muhim  talablardan  biri  o'quvchilarni  fikr  bayon  qilish 

faoliyatiga tayyorlashdir. 

Ma'lumki, kishilar o'z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan munosabatda bo'ladilar. 

O'zlarini  o'rab  olgan  borliqdagi  voqea-hodisalar  to'g'risida  fikr  yuritadilar  va  o'z  fikrlarini  bir-birlariga 

ma'lum qiladilar. 

Demak,  jamiyatda  fikr  almashishi  qonuniy  zaruriyatdir.  Fikr  esa  faqat  til  yordamida  yuzaga 

chiqadi. Shuning uchun har bir kishi tildan foydalana bilishi va avvalo uning o'zini to'la-to'kis o'rganib 

olishga harakat qilishi zarur. 

Ona tili o'qitish metodikasining maqsadi quyidagilardir: 

I. Ona tili ta'limi oldiga qo'yilgan muhim talab - o'quvchilar tafakkurini rivojlantirish. Tafakkurni 

o'stirish  ona  tili  mashg'ulotlarida  maxsus  aqliy  faoliyat  usullari  -til  hodisalarini  kuzatish,  taqqoslash, 

guruhlash, ajratish, umumlashtirish, o'xshash hodisalarni ichidan nutq sharoiti uchun eng qulayini to'g'ri 

tanlay olish ko'nikmalarini shakllantirishda voqea bo'ladi. 

2.  Til  ta'limi  oldidagi  muhim  va  murakkab  yana  bir  maqsad-o'quvchilarning  nutq  madaniyatini 

rivojlantirish.  Albatta,  til  madaniyati  juda  katta  va  keng  soha  bo'lib,  u  o'quvchilarning  kundalik  oddiy 

salomidan  tortib  kimga,  nimani,  qayerda,  qachon,  qanday,  so'zlashishgacha  bo'lgan  barcha  nutqiy 

jarayonlarni o'z ichiga oladi. 

Ona  tili  mashg'ulotlari  fikrni  bayon  qilishda  nutqning  badiiy  qimmatini  oshiradigan  vositalar: 

maqollardan,  frazeologik  birikmalardan,  badiiy  asarlardan  olingan  o'tkir  ko'chirma  va  yorqin 

obrazlardan,  o'zbek  xalqining  qochiriq  so'zlaridan,  o'xshatish,  sifatlash,  jonlantirish,  mubolag'a  kabi 

badiiy tasvir vositalaridan, ritorik so'roq gaplaridan foydalanishga o'rgatmog'i lozim. 

O'quvchilar  nutqining  ifodaligi  va  ta'sirchanligiga  erishish  ham  til  ta'limi  oldidagi  muhim 

talablardan biridir. 

3.  Til  ta'limi  o'quvchilarni  tarbiyalash  va  rivojlantirish  vositasi  hamdir.  Shaxsning  bilim  olishi, 

rivojlanishi,  tarbiyalanishi  bir  butun  jarayon  bo'lib,  biri  ikkinchisidan  ajratilmagan  holda  olib  boriladi. 

Ona tilining barcha bo'limlari bu muhim maqsadni amalga oshirishda katta imkoniyatlarga ega: masalan, 

o'zbek  tili  fonetikasini  o'rgatishda  tovush  tizimining  xususiyatlarini  ko'rsatish  orqali  o'quvchilarning 

talaffuzi  yaxshilanadi.  So'zdagi  ma'lum  bir  tovushni  o'zgartirish  orqali  qofiyali  so'zlar  hosil  qilish, 

misralar  oxiridagi  tovushdoshlik,  ohangdoshlik  ustida  ishlash  orqali  o'quvchilardagi  she'riyatga  havas 

uyg'onadi. 


 

O'quvchilar  so'zning  o'z  ma'nosi  va  ko'chma  ma'nosi  ustida  ishlar  ekanlar,  shu  til  bilan 



bajariladigan  o'quv  topshiriqlari,  foydalaniladigan  rasmlar,  diafilmlar,  badiiy  asarlarning  namunalari 

muhim tarbiya vositasi bo'lib xizmat qiladi. 

Demak,  ona  tili  ta'limining  maqsadi  -  ona  tili  mashg'ulotlari  bolalarda  ijodiy,  mustaqil  fikrlash, 

ijodiy  fikr  maxsulini  nutq  sharoitiga  mos  ravishda  og'zaki  va  yozma  shakllarda to'g'ri,  ravon  ifodalash 

ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdir. 

Ona  tili  o'qitish  oldiga  qo'yilgan  yuqoridagi  murakkab  ishlar  metodika  maqsadini  belgilab 

beradi. 

 Ona tili o'qitish metodikasining vazifalari quyidagilardan iborat: 

1.  Ona  tili  predmetining  hajmi,  mundarijasi,  maqsadi,  o'ziga  xos  xususiyatlari,  kursning 

bo'limlari, ular orasidagi G'sinflarG' bog'lanish, materiallarning sinflar bo'yicha taqsimotini aniqlash. 

2.  O'quvchi  va  o'qituvchining  vaqtini  hamda  kuchini  tejash,  shuningdek,  darsning 

samaradorligini oshirish maqsadida o'qitishning eng qulay, foydali metod va usullarini tavsiya etish. 

3. O'quvchilarning ona tili dasturida belgilangan bilimlar sistemasini bir tartibda o'zlashtirib, shu 

asosida  muayyan  malaka  va  iqtidor  hosil  qila  olishlari  uchun  zarur  bo'lgan  shart-sharoitlar  bilan 

bog'langan masalalarni hal etish. 

4. Nimani o'rgatish? Qancha o'qitish? Nima uchun o'qitish? Qanday usullar bilan o'qitish? nima 

uchun  (bir)  u  yoki  bu  bo'limni  o'rganishda  muayyan  bir  metoddan  foydalanish  kerak?  kabi  savollarga 

javob berish. 

5. O'zbek tili, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarini ishlatishning asosan qoidalarini o'rgatish; 

turli  xildagi  lug'atlardan  keng  foydalana  olishni  ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  bo'lgan  ish  qog'ozlarini 

yuritish ko'nikmalarini; badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr-mulohazani, shaxsiy 

munosabatini og'zaki bayon eta olish madaniyatini shakllantirish. 

6. Maktabda o'qitiladigan barcha fanlarni puxta o'rganishga ko'maklashish, ona tili orqali boshqa 

xalqlarning tillariga ham muhabbat uyg'otish. 

O'zbekistonning  davlat  tili  haqidagi  qonuni  (1989  yil  21  oktabr)  ta'lim  maktablarida  o'zbek  tili 

o'qitish  oldiga  yangi  vazifalarni  qo'ydi.  Mana  shu  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  til  o'qitish 

metodikasining ham vazifalari kengaydi. 

O'zbek tili o'qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 



1. Ona tili o'qitish metodikasi va tilshunoslik. 

Maktablarda o'qitiladigan ona tili fanining ilmiy asosini va mazmunini, eng avvalo, til haqidagi 

fan  belgilab  beradi.  Ona  tili  o'qitishning  to'g'ri  tashkil  etilishi  va  samarali  bo'lishi  til  to'g'risidagi 

lingvistik xulosalarning ilmiy va aniq bo'lishiga bog'liq. 

Ona  tili  o'qitish  metodikasini  ham,  uning  taraqqiyotini  ham  tilshunoslik  fanisiz  tasavvur  etib 

bo'lmaydi. 

Maktabda  tilning  tovush  tomoni,  grammatik  qurilishi  va  lug'at  boyligi  haqida  o'quvchilarga, 

ularning  yoshi  hamda  bilim  darajasiga  mos  holda  boshlang'ich  ma'lumot  beriladi.  Ana  shu  bilimga 

asoslanib  yozuv  va  stilistika  normalari  o'rgatiladi.  Bularning  mundarijasi  va  hajmi  ona  tili  dasturlarida 

belgilanib, mazmun darsliklarda bayon etiladi. Masalan, 

Fonetika  bo'yicha  ma'lumot  olgan  o'quvchi  tovush  va  harf,  unli  va  undoshlarni  ongli  farqlay 

oladigan bo'lishi kerak. 

Grammatika mashg'ulotlarida o'quvchi so'zning morfologik tuzilishini, so'z turkumlarining ma'no 

va grammatik belgilarini, gap bo'laklarining o'zaro munosabatini ongli o'zlashtiradi. 

O'quvchilar so'zlarning o'zaro birikib, gap hosil qilish, gaplarning o'zaro bog'lanib, qo'shma gap 

hosil  qilish  haqidagi  qonun-qoidalarini  o'rganish  davomida  ijtimoiy  borliq,  undagi  hodisalar  orasidagi 

aloqani ham tushuna boradilar. 

Demak, ona tili o'qitish metodikasi o'zbek tilidan o'qitiladigan mavzular mazmunini belgilashda 

tilshunoslik faniga va uning xulosalariga asoslanadi. 


 

Dialektologiya fani o'qituvchiga nutqida ko'p uchraydigan va shevachiligi tufayli sodir bo'ladigan 



orfografiya va orfoepiya xatolarini bartaraf etishda yordam beradi. 

Keyingi paytlarda maktab grammatikasi bilan ilmiy grammatikani yagona metodologiya asosida 

hal qilishga harakatlar bo'lmoqda. 

Maktab darsliklarini yangi dastur asosida yaratish ishiga 60-90 yillar davomida yirik olimlardan 

Ayub  G'ulomov,  Mazluma  Asqarova,  Musharraf  Omilxonova,  Yo'ldosh  Abdullayev  kabi  olimlar  katta 

hissa  qo'shishgan  bo'lsa,  1990  yildan  buyog'iga  Hamidjon  Ne'matov,  Abdulhamid  Nurmonov,  Asqar 

G'ulomov, Azim Hojiyev, Ne'mat Ahmedov kabi olimlarimiz katta izlanishlar olib borishmoqda. 

II. Ona tili o'qitish metodikasining pedagogika va psixologiya fanlari bilan bog'liqligi. 

Ma'lumki,  pedagogika  ta'lim-tarbiya  prinsiplarini  belgilaydi.  Ona  tili  o'qituvchisi  boshqa  fan 

o'qituvchilari kabi ana shu prinsiplarni yaxshi egallab, ularni amalda qo'llay olishi kerak. 

Pedagogika,  ayniqsa,  uning  didaktika  qismi  ona  tili  o'qitish  metodikasining  ham  nazariy  asosi 

hisoblanadi.  Ona  tili  o'qitish  metodikasi  didaktikaning  onglilik,  faollik,  puxta  o'zlashtirish,  izchillik, 

ko'rgazmalilik, nazariyani amaliyotga bog'lash kabi barcha prinsiplariga tayanadi. 

O'qituvchi  o'z  o'quvchilarining  psixologik  qobiliyatlarini  o'rganish,  ona  tili  materiallarini 

tushuntirishda  ularni  hisobga  olishi  kerak.  O'qituvchining  darsda  o'z  faniga  o'quvchilarining  havasini 

uyg'ota bilishi, materialni esda saqlab qolish yo'llarini qo'llashi o'qitish samaradorligini yanada oshiradi. 

Orfografiya  va  punktuasiya  o'qitish  maktab  ona  tili  kursining  tarkibiy  qismidir.  Savodxonlik 

o'quvchining aqliy taraqqiyotida, madaniy saviyasida muhim o'rin tutadi. Savodxonlik o'quvchida tilga 

havas uyg'otadi, uning til sezgirligini oshiradi. 

O'quvchilarning ko'rish, eslash kabi xotiralarini yaxshilashda mashqlarning ahamiyati juda katta. 

Mashqlarning  qiziqarli,  hayotiy,  estetik  va  tarbiyaviy  jihatdan  puxta  bo'lishini  talab  etadi.  Shuning 

uchun o'qituvchi mashq uchun misol tanlashda xushyorlik ko'rsatishi zarur. O'quvchilarning qiziqishini, 

qobiliyatini,  til  sezgirligini,  faoliyatini,  o'ziga  xos  xususiyatini  e'tiborga  olish  ta'lim  ishida  o'ziga  xos 

o'rin tutadi. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1. 


Barkamol  avlod  -  O'zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  Toshkent,  "Shark"  nashriyoti-

matbaa konserni, 1997 yil. 

2. 

Roziqov  O.,  Mahmudov  M.,  Adizov  B.,  Ta'lim  texnologiyasi,  Toshkent,  "O'qituvchi" 



nashriyoti, 1999 yil. 

3. 


Yo.  G'ulomov,  Inomjon  Rasulov,  Hasan  Rustamov,  Belgi  Mirzaahmedov.  O'zbek  tili 

o'qitish metodikasi, Toshkent, "O'qituvchi", 1995 y. 

4. 

Asqar G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari."Toshkent",  "O'qituvchi", 1992 



yil. 

5. 


Ona tili o'qitish samaradorligini oshirish. Toshkent, "O'qituvchi", 1996 yil. 

6. 


Matbuot  nashrlari:  "Ma'rifat",  "Murabbiy"  gazetalari;  "Xalq  ta'limi",  "Til  va  adabiyot 

ta'limi" jurnallari. 

7. 

G'ulomov  A.,  Ne'matov  X.  Ona  tilidan  ta'lim  mazmunini  yangilashning  asosiy 



yo'nalishlari. Toshkent, 1993 yil. 

8. 


B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 

yil 


9. 

Nurmonov  A.  Lingvistik  tadqiqot  metodologiyasi  va  metodlari.  –  Toshkent:  Akadem 

nashr., 2010. – 112 bet. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 - metod 


 

 - til ta'limining maqsadlari 



 - til ta'limining vazifalari 

 - til ta'limining predmeti 

 - til ta'limining boshqa fanlar bilan aloqasi 

 - ona tili predmetining mundarijasi 

 - ilg'or maktab o'qituvchilari tajribasi 

 - yangi pedagogik texnologiya asosida o'qitish 

 

O'ZBEK TILI O'QITISHNING UMUMDIDAKTIK PRINSIPLARI 

 

REJA. 

 1. Ona tili o'qitishda ilmiylik va sistemalilik prinsipi. 

 2. O'qitishning tushunarli va yengil bo'lish prinsipi. 

 3. Nazariyaning amaliyot bilan bog'liqlik prinsipi. 

 4. Bilimlarni mustahkamlash prinsipi. 

 5. Izchillik prinsipi. 

 

1.  O'quvchilarga  hozirgi  o'zbek  tilshunosligida  qat'iy  hal  etilgan,  ilmiy  tomondan  tasdiqlangan 



to'g'ri  ma'lumotlar  beriladi.  O'qituvchi  til  hodisalarini  o'zaro  aloqa  va  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan 

izohlaydi. 

O'qitishning  ilmiylik  prinsipi  o'qituvchining  hamisha  ziyrak  bo'lishini,  fan  yangiliklaridan 

xabardor  bo'lib  turishini  talab  qiladi.  U  butun  fikrini  ilmga  asoslanib  bayon  etishi  kerak.  O'zbek  tili 

o'qitishda sistemalilik va izchillik prinsipi ham alohida o'rin tutadi. Ona tili fanini, uning bo'limlarini bir 

tartibda  o'rganish  o'quvchilarning  bilim  olish  va  mantiqiy  fikrlash  faoliyatini  yaxshilashdan  tashqari, 

o'zlashtirish jarayonini ham yengillashtiradi. Shuning uchun dastur, darslik qo'llanma tuzishda ham shu 

prinsipga qat'iy amal qilinadi. 

Maktabda  ona  tili  o'qitish  fonetika,  grafika,  leksika,  so'z  yasash,  morfologiya,  sintaksis  va 

punktuasiyani  o'zida  birlashtirgan  ekan,  bu  sistemalilik  va  izchillik  prinsipiga  to'la  mos  tushadi. 

O'quvchilarga  fonetika  va  grafika  haqida  ma'lumot  bermasdan  leksika  haqida  bilim  berib  bo'lmaydi. 

Tilning  leksik  boyligi  bilan  tanishish  so'z  yasash,  so'z  qurilishi,  so'z  turkumlari  haqida  asosli  bilim 

berishga imkon yaratadi. Shuning uchun leksika bo'limi morfologiyadan oldin o'rganiladi. 

Morfologiyada  o'quvchilar  har  bir  so'z  turkumini  o'rganish  davomida  so'z  yasash  usullari  bilan 

kengrok tanishib boradilar. 

Ot  haqida  puxta  bilim  olgan  o'quvchi  sifat,  son,  olmosh  kabi  mavzular  bo'yicha  beriladigan 

bilimlarni ortiqcha qiyinchiliksiz o'zlashtirib oladi. 

Gap bo'laklari haqida ma'lumot olmay turib, undalma va kirish so'zni o'zlashtirib bo'lmaydi. 

Sistemalilik  va  izchillik  prinsipi  kundalik  darslar  oldiga  ham  muayyan  talablar  qo'yadi: 

o'qituvchi  har  xil  usullar  yordamida  yangi  mavzuni  o'tilgan  mavzuga  bog'lab  izohlaydi.  Bu  yo'l 

o'quvchilarning  anglash  faoliyatlarini  yaxshilaydi,  hatto  ancha  oldin  o'tilgan  materiallarni  ham  esga 

olishlari uchun imkon beradi. Shuning uchun har safar yangi mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilardan 

o'tilgan mavzuni so'raladi. Natijada o'tilgan mavzu bilan o'rganiladigan mavzu orasida bog'lanish yuzaga 

keladi.  Hatto  yangi  bo'lim  yoki  bobni  o'rganishga  kirishishdan  oldin  ancha  ilgari  o'tilgan,  lekin  yangi 

o'tiladigan  mavzuga  aloqador  materiallarni  masalan,  ot  haqidagi  ma'lumotlarni  so'rash  ham  yangi 

mavzuni o'tishda muhim ahamiyatga ega. 

2.  Odatda,  har  bir  sinf  o'quvchilari  yosh  jihatdan  bir  xil  bo'lsalar  ham,  bilim  va  malakalarni 

o'zlashtirish,  qabul  qilish,  qiziqish,  mustaqil  ishlash  va  qobiliyat  kabilar  nuqtai  nazaridan  ma'lum 

darajada  farqlanadilar.  Bir  o'quvchi  juda  oson  o'zlashtirgan  materialni  o'zlashtirishda  qiynalsa 

umidsizlana  boshlaydi,  o'quvchida  fanga  qiziqish  susaya  boradi.  Mavzuning  hammaga  tushunarli 



 

bo'lishiga  erishish  o'qituvchiga  muayyan  pedagogik  mas'uliyat  yuklaydi.  Shuning  uchun  o'qituvchi  har 



bir  darsda  o'quvchilar  yoshini,  sinfning  tayyorgarligini,  materialning  xarakterini  hisobga  oladi,  shunga 

ko'ra dars o'tish vositasini tanlaydi. 

O'qitishning  bu  prinsipiga  ko'ra,  hatto  ilmiy  va  tarixiy  nuqtai  nazardan  to'g'ri  bo'lgan  ayrim 

dalillarni  5-sinf  o'quvchisi  uchun  taqdim  etish  didaktik  tomondan  o'zini  oqlamaydi.  Materialning 

o'quvchilarga  oson  va  tushunarli  bo'lishi  ko'p  jihatdan  o'qituvchining  nutq  madaniyatiga  bog'liq: 

uzundan  uzoq,  mavhum  jumlalar,  faqat  kitob  bilan  chegaralanish  o'quvchilarning  anglash  jarayoniga 

salbiy  ta'sir  ko'rsatadi.  Shuning  uchun  o'qituvchining  nutqi  sodda,  ixcham,  tushunarli  hamda  adabiy 

talaffuz normalari doirasida bo'lishi kerak. Bundan tashqari, darsda munozarali dalil va hodisalar haqida 

fikr yuritish, unga o'quvchilar diqqatini jalb qilish ham ma'qul emas. 

3. Til inson faoliyatining barcha sohasi bilan bog'liqdir. Til bo'lmasa, jamiyat ham bo'lmaydi, har 

qanday ishlab chiqarish to'xtaydi. Bu ma'noda tilning xizmati cheksizdir. 

Maktab  jamiyatning  kelgusi  a'zolarini  tarbiyalab  yetishtiradi.  Maktabni  tamomlagan  o'quvchi 

ijtimoiy  hayotdan  o'rin  oladi.  Bunda  unga,  ayniqsa,  ona  tilidan  bilganlari,  to'g'ri  yozish  va  o'qish 

malakalari, mazmunli va chiroyli so'zlash san'ati, ish qog'ozlari bilan muomala qila olish o'quvchiga qo'l 

keladi.  Shuning  uchun  ona  tili  darslarida  nazariya  va  amaliyotni  o'zaro  bog'lash  juda  muhimdir. 

O'quvchilarning  grammatika,  orfografiya  va  punktuasiyaga  oid  nazariy  bilimlar  bilan  amaliy 

tayyorgarligi,  ayniqsa,  og'zaki  va  yozma  nutq  madaniyati  hamda  savodxonligi  orasida  ma'lum  farq 

bo'lishi mumkin. 

Grammatika  va  yozuv  qoidalarini  ongli  o'zlashtirmay  turib,  mustahkam  tayyorgarlikka,  puxta 

malakaga ega bo'lish mumkin emas. 

Shuning  uchun  har  qanday  sharoitda  ona  tili  o'qitish  jarayonini  amaliy  ishlarga  bo'ysundirish 

lozim. 


Ona tili darslarini hayotga bog'lash prinsipi quyidagilarni taqozo etadi: 

 a)  grammatik  qoidalar  uchun  jonli  nutq  va  badiiy  adabiyot  namunalaridan  misol  keltirish. 

Hayotiy  va  chiroyli  jumlalar  o'quvchilarga  chuqur  singib  boradi,  ularning  bilimlarini  ongli 

o'zlashtirishlariga yordam beradi. 

Misollarning tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo'lsa, ona tili darslarining saviyasi yana ortadi; 

b)  o'tilgan  qoidalarni  mustahkamlashda  faktik  materiallarga  boy,  o'quvchilarning  mustaqil 

fikrlashini hamda ijodiy qobiliyatini o'stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalaniladi; 

v) o'quvchilar amaliy ish davomida nazariy bilimlarini og'zaki va yozma nutqlariga tadbiq etish 

malakasini egallaydilar. Turli topshiriq va mashqlarni erkin bajaradilar

g)  og'zaki  va  yozma  nutqni  o'stirish  mashg'ulotlari  o'quvchilarning  amaliy  tayyorligiga  bog'lab 

olib boriladi. 

Sintaksis darslari o'quvchilarning bog'lanishli nutq malakalarini o'stirish uchun katta material va 

imkoniyat beradi. 

Muhokama - bu biror predmet, shaxs yoki narsa, hodisa haqida fikr yuritish, bu fikrni isbotlash, 

uni solishtirish, nihoyat xulosa chiqarishdir. 

4. O'quvchilar bilimining mustahkamligi prinsipi 

Ona  tilidan  olingan  bilim  va  malakalar  amaliy  faoliyatda  yordam  bersa,  o'quvchilar  bilimining 

yanada boyishi, kengayishi va chuqurlashishi uchun asos bo'lsagina bu bilim mustahkam hisoblanadi. 

Bilimlarni mustahkam o'zlashtirish quyidagi shart-sharoitlar bilan bog'liq: 

a) yangi o'rganilayotgan mavzuni yaxshi tushunib olish va aniq tasavvur qilish; 

b) o'quvchilarda o'tilgan mavzu bilan yangi mavzuni bog'lay olish malakasini hosil qilish

v)  o'quvchilarda  o'rganilgan  mavzu  yoki  bo'limlar  bo'yicha  sinfda,  uyda  bajargan  mustaqil 

ishlarining sifati; 

g) takrorlash sistemasi. 

d) mashg'ulotlarni bog'liqlik prinsipi asosida olib borish. 



 

Bu  prinsipga  binoan,  o'qituvchi  o'quvchilarni  o'rganiladigan  mavzuni  o'zlashtirishga  oldindan 



tayyorlashi mumkin. Ona tili kursida, ayniqsa orfografiya va punktuasiya bo'limlarida, o'zaro bog'langan 

mavzu, mazmun va xarakteri e'tibori bilan o'tilayotgan mavzuga juda yaqin bo'lsa, materialni o'qituvchi 

o'quvchilarga  ma'lum  darajada  eslatishi  va  shu  bilan  ularni  o'rganiladigan  mavzuni  o'zlashtirishga 

oldindan  tayyorlashi  mumkin.  Zotan,  shu  yo'l  bilan  ona  tili  kursining  bo'limlari  orasida  aloqa  ham 

o'rnatiladi. 

5. Ona tili o'qitishda izchillik 

5-9  sinf  ona  tili  mashg'ulotlarini  boshlang'ich  sinflarda  o'rganilgan  materiallarni  hisobga  olgan 

holda  o'tkazish  ona  tili  o'qitishning  muvaffakiyatini  ta'min  etuvchi  asosiy  shartlardan  biridir.  1-3  sinf 

dasturlarini  yaxshi  bilgan  o'qituvchigina  ta'lim  jarayonini  yengildan  qiyinga,  soddadan  murakkabga, 

yaqindan  uzoqqa  prinsipi  asosida  tashkil  etishi  mumkin.  Bu  narsa  yangi  darsni  oldingi  dars  asosida 

o'tkazish uchun imkon beradi. 

O'quvchilarning  boshlang'ich  sinflarda  olgan  bilim  va  malakalarini  hisobga  olmay  turib,  5-6-

sinflarda  ona  tili  o'qitishni  to'g'ri  uyushtirish  mumkin  emas.  1-4  sinflarda  o'rganilgan  tushuncha  va 

malakalarni e'tiborga olib, o'qituvchi 5-sinfda ona tili o'qitish usullaridan eng muvofig'ini amalda tadbiq 

etadi. 5- sinfdagi dastlabki mashg'ulotlar xarakteri, dars o'tish metodlari va usullari, misol va mashqlar, 

o'qituvchi  nutqi  va  boshqalar  boshlang'ich  sinflarda  olib  borilgan  ish  shakllarining  davomi  bo'lishi 

kerak. 5-8 sinflardan boshlab o'qituvchining ish shakllari murakkablashib boradi. 

Ma'lumki, 5-sinf o'quvchilari bir necha o'qituvchi qo'lida ta'lim oladi. Demak,  5- sinf o'quvchisi 

bu yerda birinchi marta jid-diy sinovdan o'tadi. Shuni e'tiborga olib, ona tili o'qituvchilari: 

a) boshlang'ich sinf dasturlari bilan juda yaxshi tanish bo'lishlari kerak; 

b) 5-sinfni birinchi marta o'qitadigan o'qituvchilar  4-sinfdan boshlab o'quvchilar bilan yaqindan 

tanishmoqlari,  darslarga  tez-tez  kirib,  o'qituvchining  metodlarini,  o'quvchilarning  aqliy  va  psixik 

faoliyatlarini o'rganishlari shart. 

5-sinfda  ona  tilidan  olib  boriladigan  dastlabki  mashg'ulotlarda  boshlang'ich  sinf  materiallari 

muayyan tartibda qaytariladi. 

Keyin ona tili fanining asosiy kursi boshlanadi. Bunda eng birinchi vazifa 5-sinfdagi mavzularni 

qaysi  biri  o'quvchilarga  boshlang'ich  sinfdan  ma'lum,  qaysi  biri  yangi  yoki  murakkab  ekanligini 

aniqlashdir. Shunga qarab o'qitish usullari tanlanishi kerak. 

Bu  malaka  keyinroq,  sintaksisdan  nazariy  qonun-qoida  o'tilganda,  ongli  o'qish  bilan  qo'shilib, 

natijada o'quvchilar u yoki bu tinish belgisining vazifasi haqida atroflicha ma'lumot oladilar. 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish