O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

1. 

O'rta  umumta'lim  maktablarining  5-11  sinflari  uchun  ona  tili  darsliklari  mezoni 



(konsepsiyasi). "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1992 yil, 3-4- sonlar, 7-8-betlar. 

2. 


A'zamov S. "Maktab grammatikasi va ilmiy grammatika xususida".  "Til va adabiyot ta'limi" 

jurnali. 1992 yil, 2-son. 32-33-betlar. 

3. 

G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil. 



4. 

Asadov  Y.  Yangi  pedagogik  texnologiyaning  tarkibiy  mohiyati  haqida  .  "Til  va  adabiyot 

ta'limi" 1998 y., 4-s. 

5. 


Roziqov  O.,  Og'ayev  S.,  Mahmudov  M.,  Adizov  B.  Ta'lim  texnologiyasi.  Toshkent, 

"O'qituvchi", 1999 yil. 

6.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil 

7.K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 2-son, 77-

80-betlar. 

8.N.Maxmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov. V.Qodirov, Z.Jo’raboyeva, G.Ziyodullayeva. Ona tili. 5-

sinf. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. “Tafakkur” nashriyoti, Toshkent, 2011 yil. 

 

1





 



Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 

- ilmiylik  



- mustahkamlik 

- sistemalilik   

  

- izchillik 



- tushunarlilik  

  

- prinsip 



- amaliyot bilan bog'liqlik 

 

ONA TILI O'QITISHNING AHAMIYATI 



 

REJA: 

 1. Ona tili va uni o'qitish haqida. 

 2. Ona tili boshqa fanlarni o'rganish vositasi sifatida. 

 3. Bolaning shakllanishida ona tilining ahamiyati. 

 4. Xulosa. 

 

 Har  bir  fan  o'z  o'rganish  ob'yektiga,  maqsad  va  vazifalariga  ega  bo'lib,  o'ziga  xos  alohida 



ahamiyat kasb etadi. O'zbek tili o'qitish metodikasi ham o'quvchilarga ona tilidan bilim va malaka 

berish  yo'llarini  o'rgatadi.  O'quvchilarga  o'zbek  tili  grammatikasi,  leksika  va  fonetikasi  haqida 

ma'lumot  berish  va  bu  jarayonda  olingan  bilimlarni  amalda  tadbiq  etishni  o'rgatish  o'zbek  tili 

o'qitishning muhim vazifalaridandir. O'quvchilar amalda xatosiz  yoza olsalar, ifodali o'qiy olsalar, 

adabiy  tilda  so'zlay  olsalargina  ularning  ona  tilida  olgan  bilimlari  haqiqiy  va  mustahkam 

hisoblanadi.  O'quvchilarga  shuningdek,  tinish  belgilarini  to'g'ri  qo'yish,  o'z  fikrlarini  aniq  va 

tushunarli bayon etishni o'rgatish ahamiyatlidir, aks holda o'quvchilar savodsiz bo'lib koladi. 

Eng  avvalo,  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo'lgan  har  bir  inson  o'zbek  tilini  bilishi 

kerak,  chunki  u  o'zbek  bo'lishi  yoki  bo'lmasligidan  qat'iy  nazar  kishilar  bilan  ijtimoiy 

munosabatlarga  kirishadi  va  muloqotda  bo'ladi.  O'z  ona  tilini  bilmagan  kishi,  "ona",  "vatan"  kabi 

tushunchalarning  mohiyatiga  tushunmaydi,  bu  kishi  hech  qachon  "men  o'zbekman"  deb  faxrlana 

olmaydi.  O'z  ona  tilini  bilmagan  xalq  nafaqat  kelajagini  barpo  etadi,  balki  o'z  tarixini  ham  bila 

olmaydi.  O'tmishsiz  esa  kelajak  bo'lmaydi.  Bir  olim  shunday  degan  ekan:  "Agar  xalqni  yo'q 

qilmoqchi  bo'lsang,  uning  tilini  yo'qotgin".  Demak,  o'z  tiliga  ega  bo'lmagan,  ona  tilini  bilmagan 

xalq hech qachon  xalq bo'la olmaydi. 

O'quvchilar  ona  tilini  qunt  bilan  o'rganish  orqali  fan  asoslarini  ongli  o'zlashtirib,  fikr 

doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. 

Ular qayerda ishlamasin, qayerda o'qimasin, baribir o'zbek tiliga murojaat qiladilar. Ona tili 

barcha  bilimlarni  o'rganishda  eng  muhim  vositadir,  u  insonning  ijtimoiy  hayotida  uchraydigan 

barcha  ishlar  uchun  zarurdir.  Ona  tili  boshqa  fanlarni  o'qitish  vositasi  hamdir.  Jamiyat  tarixi, 

tarbiyaviy va boshqa gumanitar fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Ona tili bolaning umumiy 

taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham ahamiyatlidir. 

Ona  tili,  ayniqsa,  uning  yozma  shakli  butun  madaniyatimiz  boyliklarini,  fan-texnika 

yutuqlarini avaylab saqlovchi va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya'ni u orqali biz 

milliy  qadriyatlarimiz  haqida  ma'lumot  olishimiz,  bugungi  fan  taraqqiyoti  natijasida  vujudga 

kelayotgan yangiliklar bilan tanishishimiz mumkin. 

 Demak,  adabiyot  ham,  tarix  ham,  madaniyat  ham-hamma  meros  ona  tilida  o'rganiladi. 

Bundan  tashqari,  ona  tilini  chuqur  va  to'la  o'rganmay  turib  boshqa  bir  chet  tilini  puxta  o'rganish 

mumkin emas, chunki o'z ona tilini bilmagan inson o'zgalar tiliga tushuna olmaydi. 

Chet tilini o'rganishda esa ona tiliga qiyoslab o'rganish katta samara beradi. 

 Demak,  biz  o'zbek  tili  vositasida  boshqa  chet  tillarini  o'rganish  imkoniyatiga  ham  ega 

ekanmiz. 



 

10 


 Yoshlikda olingan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir, deydi dono xalqimiz. Bola yoshligida 

2-3 yil ichida shuncha narsani urganib, kup narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan va metodik jihatdan 

juda  to'g'ri  o'qitganda  ham  uning  yarmicha  o'rgana  olmaydi.  Demak,  ona  tilini  bolaga  yoshligidan 

o'rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuning  uchun  quyi  sinflarda  ona  tili  o'qitish  uchun  ajratilgan  soatlar  ko'proqdir.  Ona  tili 

o'quvchilarni  aqliy,  axlokiy  va  estetik  tarbiyada  juda  katta  o'rin  tutishi  bilan  maktab  ta'limida 

yetakchi  hisoblanadi  va  bundan  buyon  ham  ona  tili  o'qitish  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lib  qoladi. 

Ayniqsa,  har  bir  bolaning  shakllanishida  ona  tili  ulkan  ahamiyatga  ega.  Yuksak  ma'naviyatli  va 

madaniyatli  kishini,  avvalo,  uning  og'zaki  va  yozma  nutqi  boshqalardan  ajratib  turadi. 

O'quvchilarning ijodiy kuchi va bilish qobiliyatini, mustaqil ishlash malakasini oshirishda ham ona 

tili alohida ahamiyatga egadir. 

Bundan  tashqari,  ona  tili  o'qitish  o'quvchilarni  g'oyaviy-siyosiy  jihatdan  tarbiyalashda  ham 

alohida o'rin tutadi. 

O'quvchilar  maktabga  kelgunlariga  qadar  ham  ona  tilidan  foydalana  olish  ko'nikmasiga 

ma'lum  darajada  ega  bo'ladilar.  Maktab  ona  tili  kursi  esa  bolalardagi  ana  shu  ko'nikmalarni 

rivojlantiradi,  takomillashtiradi  va  adabiy  til  normalari  tomon  yo'naltiradi.  Ona  tili  orqali  har  bir 

o'quvchining  nutq  qobiliyati  o'sib,  so'z  boyligi  oshib  boradi.  O'quvchilar  ilmiy,  siyosiy,  badiiy 

kitoblarni o'qish bilan o'z bilim saviyalarini oshirib boradilar. Bu, albatta, til orqali amalga oshadi. 

Grammatika  o'qitish  va  nutq  o'stirish  bo'yicha  olib  borilgan  ishlar  o'quvchilarning  fikrini  tartibga 

soladi,  ya'ni  mantiqiy  fikrlashga,  bilimlarini  yozma  va  og'zaki  tarzda  maqsadga  muvofiq  ravishda 

bayon  etishga  o'rgatadi.  O'quvchi  ona  tilini  o'rganib  borib,  dunyoni  bilish  va  fikrni 

shakllantirishning  eng  qulay  vositasi  bilan  qurollanadi.  Shubhasiz,  ona  tili  bilan  jiddiy 

shug'ullangan kishi yuksak saviyali, madaniyatli bo'ladi, chunki ona tili, ayniqsa, o'quvchining aqliy 

mehnat malakalarini o'stiradi. 

Xulosa aytish mumkinki, ona tilini o'quvchilarga o'qitish juda katta ahamiyatga ega: 

1.  Ona  tilini  o'qitish  jarayonida  o'quvchilarga  fonetika,  leksika,  morfologiya,  sintaksis, 

punktuasiya,  uslubiyat  kabi  bir  qator  til bo'limlarining  jihatlari  haqida  ma'lumot  beriladi,  ularning 

o'xshash  va  farqli  tomonlarini  faxmlashga  o'rgatiladi,  tilning  jamiyat  hayotidagi  ahamiyati, 

taraqqiyoti haqida ma'lumot beriladi. 

2. Ona tili o'qitish o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini o'stirishga yordam beradi. 

3.  Ona  tili  o'qitish  orqali  o'quvchilarga  so'zlarga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo'lish 

o'rgatiladi. 

4. Ifodali o'qishga o'rgatiladi. 

5. Ona tilini o'qitish o'quvchilarning savodxonligini o'stirishga yordam beradi. 

Ona tilini o'qitish kabi masuliyatli kabi vazifa pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan ekan, 

bu mas'uliyatni his qilgan holda sidqidildan, jonkuyarlik bilan xizmat qilish zarur. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1. 


Barkamol  avlod-O'zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  Toshkent,  "Shark"  nashriyot-

matbaa konserni, 1997 yil. 

2. 

Ibrohimov A., Sultonov X., Jo'rayev N. "Vatan tuyg'usi", Toshkent, "O'zbekiston", 1996 



yil. 

3. 


Musurmonova  O.  "Ma'naviy  qadriyatlar  va  yoshlar  tarbiyasi",  Toshkent,  "O'qituvchi", 

1996 yil. 

4. 

G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil. 



5.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil 

 

11 


6.I.Holmurodov.  Ona  tili  fani  bo'yicha  o'quvchilarda  mustaqil  ishlash  ko'nikmalarini 

shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar. 

7. 

M.  Sobirova.  Til  ta'limida  mehr-muruvvat  tarbiyasi.  «Pedagogik  ta'lim»  jurnali,  5-son, 



2004 yil, 63-65-betlar 

8. 


M.  Sobirova.  Yangi  pedagogik  texnologiyaning  ijodiy  tafakkur  rivojidagi  o'rni. 

Talabalarni  ta'lim  jara-yonida  mustaqil  va  ijodiy  fikrlashga  o'rgatishning  pedagogik-

psixologik asoslari. Namangan, 2005 yil, 158-161-betlar  

9. 


M. Sobirova. O'qitishga yangicha yondoshish hozirgi kun talabi. Olima ayollarning fan-

texnika  taraqqiyotida  tutgan  o'rni.  Respublika  ilmiy-amaliy  anjumani  ma'ruzalari 

to'plami. Toshkent, 2006 yil, 55-56-betlar. 

 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 



  davlat tili 

  yangi tahrirdagi Qonun 



  boshqa fanlarni o'rganish vositasi 

  aloqa vositasi 



  ona tili ta'limi mazmuni 

  ma'naviyat belgisi 



 

ONA TILI O'KITISH METODLARI, SHAKLLARI 

 

REJA: 

 

1. 


Seminar darsi. 

2. 


Konferensiya darsi. 

3. 


Munozara darsi. 

4. 


Sinov darsi. 

5. 


Teleyekranda dars. 

6. 


Sayohat darsi 

7. 


Musobaqa darsi. 

8. 


"Aqliy hujumlar" darsi. 

9. 


"Kim oshdi" darsi. 

10. 


Matbuot-konferensiya darsi. 

 

Ona  tili  o'qitish  metodlari,  shakllari,  usullari,  yo'llari  haqida  ma'lumot  berish.  Ijodiy  dars, 



musobaqa, tadqiqot, ularni qiyosiy o'rganish. 

Har  qanday  yangi  mavzuni  qat'iy  reja  asosida  bayon  qilinsa,  darsning  mantiqiy  izchilligi 

ta'minlanadi.  Darsning  samaradorligi,  avvalo,  unga  o'qituvchining  puxta  tayyorgarlik  ko'rishiga 

bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

- mavzuni va uning hajmini belgilash; 

- mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish; 

-  darslikdagi  ta'rif-qoidalarni  sinchiklab  o'qib  chiqish,  o'quvchilarga  og'irlik  qiladigan 

o'rinlarni izohlash usulini belgilash; 

- dars rejasini tuzish; 

- darsni o'tkazish metodini tanlash; 



 

12 


- darsning maqsadiga mos ko'rgazma tayyorlash; 

- mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash; 

- qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash; 

- darslik bilan ishlashga vaqt ajratish; 

- uy vazifasini tekshirish usulini belgilash; 

- o'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash; 

- javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash; 

- uyga beriladigan vazifani belgilash. 

Respublika  ko'rigigacha  yetib  borgan  tilchi  o'qituvchilar  yutug'ining  siri,  matbuotda 

yozilishicha,  o'ziga  xos  tarzda,  ijodkorlik  bilan  dars  o'ta  olishdir.  Noan'anaviy  darslarga  shunday 

darslar kiritilmoqda: 

1. Seminar darsi. 

2. Taqlidiy-dars. 

3. Konferensiya darsi. 

4. Munozara darsi. 

5. Sinov darsi. 

6. Teleekranda darsi. 

7. Ekskursiya darsi. 

8. Musobaqa darsi. 

9. Matbuot darsi. 

10. "Aqliy xujumlar" darsi. 

11. "Kim oshdi" darsi. 

12. Dialog-dars. 

13. Matbuot-konferensiya darsi. 

14. Boshqaruv darsi. 

15. "Kulgixonamizga marhamat" deb nomlangan dars. 

Albatta, bu chegara emas. Noan'anaviy darslar vaziyatga qarab, boshqa shaklda, boshqacha 

nomda  o'tkazila  boriladiki,  hamma  shakllarning  asosida  bir  narsa  -  o'quvchilarni  tilga  qiziqtirish, 

dars samaradorligini oshirish yotadi. 

Har  qanday  yangi  mavzuni  qat'iy  reja  asosida  bayon  qilinsa,  darsning  mantiqiy  izchilligi 

ta'minlanadi.  Darsning  samaradorligi,  avvalo,  unga  o'qituvchining  puxta  tayyorgarlik  ko'rishiga 

bog'liq. Darsga tayyorlanish quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

1. Mavzuni va uning hajmini belgilash. 

2. Mavzu bilan, qo'shimcha adabiyot bilan tanishib chiqish. 

3.  Darslikdagi  ta'rif-qoidalarni  sinchiklab  o'qib  chiqish,  o'quvchilarga  og'irlik  qiladigan 

o'rinlarni izohlash usulini belgilash 

4. Dars rejasini tuzish. 

5. Darsni o'tkazish metodini tanlash. 

6. Darsning maqsadiga mos kurgazma tayyorlash. 

7. Mavzuning oldingi va keyingi dars bilan bog'liq tomonlarini aniqlash. 

8. Qoida yoki ta'rifni ifodalash usulini belgilash. 

9. Darslik bilan ishlashga vaqt ajratish. 

10. Uy vazifasini tekshirish usulini belgilash. 

11. O'quvchilarga beriladigan savollarni tayyorlash. 

12. Javobga chaqiriladigan o'quvchilarni belgilash. 

13. Uyga beriladigan vazifani belgilash. 



 

13 


Maktab  tajribalaridan  ma'lum  bo'lishicha,  ko'pincha  o'quvchilar  uchun  biror  og'irlik 

qiladigan  mavzularni  tushuntirish  shartli  shakllardan  foydalanish  samarali  bo'ladi.  Masalan,  "Fe'l 

nisbatlari" mavzusini olaylik. 

Hayotimizda tub burilishlarni bo'layotgan bir paytda darsning shakli, mazmuni, g'oyaviyligi, 

ta'sirchanligi, samaradorligi ham o'zgarmoqda.  

Fakultativ mashg'ulotlar - majburiy bo'lmagan, ixtiyoriy ravishda saylab olinadigan sinfdan 

tashqari ishning bir turidir. 

Fakultativ  mashg'ulotlar  2  turli,  ya'ni  haq  to'lanadigan  va  haq  to'lanmaydigan  turlarga 

bo'linadi. 2-tur mashg'ulotlarga fan o'qituvchisi ixtiyoriy tortiladi. Bu mashg'ulotda o'quvchi soni 10 

nafardan 30 nafargacha bo'lishi mumkin. 

 O'quvchilarning qiziqishi, intilishi, qobiliyatini hisobga olgan holda dastlabki ish reja tuzib 

olinadi. Bu mashg'ulotlarni samarali o'tkazish shakllari va usullari belgilanadi. 

Bu  mashg'ulotlarda  dars  jarayonida  chuqur  o'rganish  imkoniyati  bo'lmagan  til  bo'limlari, 

murakkab  mavzular  o'qituvchi  tomonidan  o'quvchilar  bilan  birgalikda  izohlanadi.  M.:  fonetika 

bo'limidan  undoshlar  tasnifi,  leksikologiya  va  frazeologiya  bo'limlari,  stilistika,  toponimika,  insho 

nazariyasi va amaliyoti, sintaksisdan qo'shma gap mavzularini o'rganishni rejalashtirish mumkin. 

Fakultativ  mashg'ulotlar  haftada  1  marta  darsdan  tashqari  vaqtlarda  o'qituvchi  rahbarligida 

o'tkaziladi. 

1. Til to'garagi o'z ishini reja asosida olib boradi. Mashg'ulotlar, asosan, ona tili xonalarida 

sinfdan  tashqari  vaqtlarda  bir  oyda  2  marta  o'tkazilishi  kerak.  O'qituvchidagi  sharoit  bilan 

o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin. 

"Yosh  tilshunos"  to'garagida  "Inson  so'zlashni  qanday  o'rgandi?",  "Yozuvning  paydo 

bo'lishi", "Namangan shevasining adabiy tildan farq qiladigan tomonlari",  "Yozilishi bilan aytilishi 

farq  qiladigan  so'zlar",  "Yangi  paydo  bo'lgan  so'zlarning  yozilishi"  kabi  mavzularda  mashg'ulotlar 

o'tkaziladi.  To'garak  o'quvchilari  bilan  faqat  mavzular  o'tibgina  qolmay,  o'tkaziladigan  darslarga 

ko'rgazmali  qurollar  yasash,  ona  tili  xonasini  jihozlash,  tilga  oid  o'tkaziladigan  kechalarga 

tayyorgarlik ko'rish mumkin. 

2.  Til  to'garaklari  o'z  nashrlariga  ega  bo'lishlari  kerak.  Nashr  nomini  "Tilshunos",  "Yosh 

tilshunos",  "Ona  tili  posbonlari"  deb  nomlasa  bo'ladi.  "O'z  tilingizni  seving  va  o'rganing",  "Ulug' 

kishilar  til  haqida",  "Tilimiz-boyligimiz",  "Ona  tili-onaday  aziz"  deb  nomlangan  ruknlar  tashkil 

qilib  chiqarilsa,  nashrlarning  saviyasi  ortadi.  Til  to'garaklari  nashri  ona  tili  xonasiga  yoki  maktab 

zallariga osib qo'yiladi. 

3.  Maktab  adabiy-ilmiy  jurnali  ham  sinfdan  tashqari  ishlarga  kiradi.  Shunday  jurnallar 

tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan. To'g'ri, qog'oz taxchilligi, vaqtinchalik iqtisodiy 

qiyinchilik  davrida  bu  ishlarni  tashkil  qilish  og'irroq  bo'ladi.  Iqtisodimiz  yaxshilanganda  jurnalni 

ham tashkil qilish osonlashadi. Shu paytda jurnalga nimalarni chiqarish mumkin? Masalan: sinfda 

biror  ijodkor  o'quvchi  bo'lsa,  uning  asari  tili  sharhlangan  maqolachalar,  tilga  oid  boshqotirmalar 

berish,  chiroyli  yozilgan  insho  namunalarini  chiqarish  mumkin.  So'z  o'yinlari,  ba'zi  so'zlarning 

etimologiyasiga doir fikrlar bersa bo'ladi. 

4. Ko'rgazma. Bu ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Ko'rgazmani ona tili xonasiga tashkil 

qilish  mumkin.  Ko'rgazmaga  chiroyli  yozuv  namunalari,  juda  sifatli  saqlanib,  to'lgan  daftar 

namunalari,  bayon  va  insholarning  bir  necha  ko'rinishdagi  rejalari,  a'lo  baholangan  bayon  va 

insholarni qo'yiladi.  

5.  Ona  tili  bo'yicha  o'quvchilar  konferensiyasini  o'tkazishni  tashkil  qilish  mumkin. 

O'quvchilar  konferensiyasini  bir  o'quv  yilida  bir  marotaba  ona  tili  xonasida  o'tkaziladi. 

Konferensiya  mavzusiga  moslab,  ona  tili  xonasiga  har  xil  rasmlar,  jadvallar  tayyorlanadi.  Undan 

foydalaniladi. 


 

14 


6. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlardan biri ona tili kechalaridir. Maktablarda ona tili 

kechalarini o'tkazish juda katta ma'rifiy va axlokiy ahamiyatga ega. 

 Agar kishi til kechalarida qatnashgan yoki uni o'tkazish jarayonlarida ishtirok etgan bo'lsa, 

shu talabada til kechalari to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi. 

7.  Sinfdan  tashqari  ish  shakllaridan  biri-olimpiadalardir.  Eng  oldin  olimpiadani  sinf 

o'quvchilari  o'rtasida  o'tkazib,  1-,  2-,  3-o'rinni  olgan  o'quvchini  aniqlash  kerak.  So'ng  o'rin  olgan 

parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtirish kerak. 5-sinflar bo'yicha g'olibga yoki 6-, 7-, 8-, 

9-,  10-,  11-sinflar  bo'yicha  g'olib  bo'lgan  o'quvchiga  havas  bilan  qarash  hissi  boshqa 

o'quvchilarning ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi. 

Olimpiadalarni o'tkazishning bir necha variantlari mavjud. 

 

 1-varianti bir bosqichli o'tkazish. 



 

 2-varianti kup bosqichli o'tkazish. 

1-bosqichli  olimpiadalarda  yozma  ishlar  olinadi  yo  test  savollari  beriladi.  Yoki  savol-

javoblar qilinadi yoki faqat tahlil qilinadi xolos. 

Ko'p bosqichli olimpiadalarda esa avval yozma ishlar olinadi. Ishlari "4", "5" baholanganlari 

saralab olinib, ularga test savollari beriladi. Belgilangan ball to'plaganlar bilan grammatik terminlar, 

ta'rif-qoidalarga  doir  savol-javoblar  qilinadi,  tayyorlab  qo'yilgan  matnlar  tahlil  qilinadi.  Mana  shu 

jarayonlarda qatnashib, eng yuqori ball to'plagan o'quvchi g'olib deb e'lon qilinadi. 

8.  Sinfdan  tashqari ish  turlaridan  biri  sayohat,  ya'ni  ekskursiyalardir.  Qishloq  maktablarida 

o'quvchilar bilan tabiat bag'riga-qirlarga, adirlarga yoki shahar markazlariga sayohatlar uyushtirish 

mumkin.  Shahar  maktablarida  esa  biror  bir  korxonaga,  kino,  teatrga  sayohat  uyushtirish  mumkin. 

Bunda sayohat uyushtirishdan oldin o'quvchilarga topshiriqlar beriladi. Masalan: 

1. "Sayohatdan olgan taassurotlarim" mavzusida bayon yozish yoki insho tayyorlash. 

2. "Sayohat davomida kim qanday yangi so'z eshitdi ? Bu so'z, sizningcha, qanday ma'noga 

ega?" degan savollar asosida suhbat-munozaraga tayyorlanish. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 



 

1.  Bozorov E., Musurmonova O. Dars samaradorligining muhim omili. Toshkent, "O'qituvchi" 

nashriyoti, 1990. 

2.  Maktabda o'zbek tili va adabiyoti o'qitish masalalari. Toshkent, TDPI., 1993 yil. 

3.  Madaniy va ma'naviy taraqqiyot-inson kamoloti omili. Namangan, 1995 yil. 

4.  Til va adabiyot ta'limi" jurnalning 1993 y., 5-6-kushma son, 1992 y., 1-son. 

"Xalq ta'limi" (Sovet maktabi) 1988 yil., 2-son;1989 yil., 8-son; 1992 yil, 1-son. 

5.  Barkamol  avlod  -  O'zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  Toshkent,  "Sharq"  nashriyoti  - 

matbaa konserni, 1997 yil. 

6.  G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil. 

7.  Jamalova  Z.  Ona  tili  darslarida  ta'lim-tarbiya  birligiga  erishish.  "Til  va  adabiyot  ta'limi" 

jurnali, 1995 yil 5-6-qo'shma son. 

8.  O'zbekiston  Respublikasining  Qonuni.  Davlat  tili  haqida.  (yangi  tahrirda)  "Til  va  adabiyot 

ta'limi", 1996 yil, 1-son. 

9.B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova. O'zbek tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2006 yil 

10.  M.Ahmedova. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. «Til va adabiyot ta'limi» 

jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

davlat tili 



aloqa vositasi 



 

15 


yangi tahrirdagi Qonun 

ona tili ta'limi mazmuni 



boshqa fanlarni o'rganish vositasi  

ma'naviyat belgisi 



 

 

 

 

 

ONA TILI O'QITUVCHISI VA ONA TILI DARSIGA QO'YILADIGAN ILMIY 

PEDAGOGIK TALABLAR. 

 

REJA: 

 

1.  Ona tili o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar. 



2.  Ona tili o'qituvchisining ijtimoiy pedagogik qiyofasi. 

3.  Ona tili o'qituvchisining namunali kasbiy tavsifnomasi. 

4.  Ona tili o'qituvchisi uchun zarur bo'lgan ma'naviy fazilatlari. 

5.  O'qituvchining pedagogik va psixologik bilimlari. 

«Ta'lim to'g'risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ona tili o'qituvchisiga 

qo'yiladigan talablar. Ona tili o'qituvchisining ijtimoiy pedagogik qiyofasi. Ona tili o'qituvchisining 

namunali  kasbiy  tavsifnomasi.  Ona  tili  o'qituvchisi  uchun  zarur  bo'lgan  ma'naviy  fazilatlari. 

O'qituvchining  pedagogik  va  psixologik  bilimlari.  Ona  tili  o'qituvchisining  ish  o'rganish  usullari 

hamda ona tili darsiga bo'lgan umumiy talablar. 

O'rta umumta'lim maktablarida o'quv ishlarining asosiy qismini dars tashkil qiladi. Shuning 

uchun darsga doir fikrlarni kengroq bayon qilinadi. Dastlab, qo'shni davlatlardagi darslar haqida gi 

fikrlarga e'tibor tortiladi. 

 O'zbekiston  mustaqil  bo'lgandan  so'ng  uning  chet  davlatlar  bilan  bog'lanish,  o'qitish 

borasidagi ish tajribalarini o'rganish imkoniyatlari tug'ildi. 1994 yil, 27 aprel,  "Ma'rifat" gazetasida 

yozilishicha,  AQSH  maktablarida  o'quv  yili  180  kun  ekan.  Taqqoslang:  O'zbekistonda  33  hafta, 

ya'ni 198 kun. Bir soatda dars 45-40 minut bo'ladi. 

Angliyada 

ishlab 


kelgan 

ToshDUning 

o'qituvchisi 

Abdug'affor 

Normanovning 

ta'kidlashicha, u yerdagi dars vaqti 45 minutgacha ekan. 

Janubiy  Koreada  bo'lib  qaytgan  bir  guruh  maorifchilar  "Ma'rifat"  (1995  yil,  20.XII)da 

yozilishicha, u yerda majburiy ta'lim 3  yoshdan boshlanarkan. Kichik  yoshdagilarga mashg'ulotlar 

20-30 daqiqa davom etadi. Katta yoshdagi o'quvchilarga 45 minutlik darslar 7-8 ta, shanba kunlari 4 

soat  dars  olib  boriladi.  Har  bir  maktab  o'z  telestudiyasiga,  har  bir  sinfxona  zamonaviy  texnik 

vositalariga ham ega. 

 Chet  mamlakatlardagi  maktablarning  40-60  foizini  xususiy  maktablar,  ya'ni  pullik 

maktablar tashkil qiladi. 

 O'zbekiston Respublikasida esa dinidan, irqidan, millatidan qat'iy nazar tekin umumiy ta'lim 

olish  kafolatlangan.  Darslar  Nizomda  (1995  yil,  29  noyabrda  "Ma'rifat")  ta'kidlagandek, 

mutaxassislar tomonidan olib boriladi. 

 Davlat  tilidan,  ya'ni  ona  tilidan  o'quvchilarga  bilim,  malaka,  asosan,  dars  jarayonida 

beriladi.  Bundan  tashqari,  o'quvchi  o'zi  mustaqil  o'qib-o'rganishi  ham  mumkin.  Lekin  ona  tili 

o'qitishning  eng  samarali  va  unumli  shakli  dars  bo'lib,  bir  vaqtning  o'zida  o'qituvchi  bir  necha 

o'quvchi bilan ishlaydi va ma'lum bir mavzu bo'yicha ma'lumot beradi. 



 

16 


Odatda, katta mahorat bilan yozilgan asar o'quvchini zavqlantiradi. Ta'sirli o'tilgan dars ham 

o'quvchiga  ijobiy  ta'sir  qiladi.  Shu  ma'noda  ta'sirli  o'tilgan  darsni  yaxshi  badiiy  asarga  ham 

o'xshatiladi. 

Dars  o'qituvchi  va  o'quvchilar  faoliyatining  ko'zgusidir.  Ona  tili  darslarida  yuqori  natijaga 

erishish  uchun  ham  mo'ljallangan  materialni  ilmiy  jihatdan  yuksak  saviyada  o'tish,  ham 

o'quvchilarni  uyushtira  bilish,  ham  ularning  faolligini  oshirish  kerak.  Shunga  ko'ra  har  bir  dars 

oldiga shunday talablar qo'yiladi: 

a) o'qituvchining rahbarligi; 

b) o'quvchiga ta'lim va tarbiya berish; 

v) o'quv ishlarini o'quvchilarning yoshiga qarab tashkil etish; 

g) to'g'ri o'qish, to'g'ri so'zlash, to'g'ri yozish malakasini oshirish. 

Har bir darsning saviyasi o'qituvchining o'quvchilar bilan ishlay olish mahoratiga bog'liq. 

Darsni 4 ta katta tipga (turga) bo'lish mumkin: 

1. Ona tilidan yangi bilimlar berish darsi. 

2. O'tilganlarni mustahkamlash darsi. 

3. Bilim va malakalarni tekshirish darsi. 

4. Olingan bilimlarni umumlashtirish-takrorlash darsi. 

Ona tili darslarini shu tarzda 4 ga bo'lish shartli. Chunki har bir dars faqat bilim berish yoki 

faqat takrorlashlarni ko'zda tutmaydi. 

Bilimlarni  tekshirish  darsida  o'tilganlarni  mustahkamlash  ham  ko'zda  tutilishi  mumkin. 

Yangi bilim berish darsida hatto uzoq o'tilganlar eslanishi, takrorlanishi mumkin. 

Dars  qat'iy  jadval  bo'yicha  o'tkaziladigan  45  minutlik  mashg'ulotdir.  Unda  muayyan 

o'quvchilar guruhi o'qituvchi rahbarligida ishlaydi. Ona tili darslari quyidagicha tuzilishga ega: 

1. Tashkiliy kism  

  

 

 



- 3-5 

2. O'tilgan mavzuni so'rash    

 

- 5-8 


3. O'tilgan mavzuni yakunlash  

 

- 3-5 



4. Yangi mavzu  

 

  



 

- 10-15 


5. Yangi mavzuni mustahkamlash    

- 10 


6. Vazifa berish 

 

  



 

- 3-5 


Albatta,  bu  tartib  dars  turiga,  dars  maqsadiga  qarab  o'zgarib  turishi  mumkin.  Metodik 

tomondan  o'zini  oqlagan,  tajribada  sinab  ko'rilgan  noanan'aviy  darslar  ham  ona  tili  o'qitish 

metodikasining yutug'i hisoblanadi. Masalan: 

1993  yildan  beri  yil  o'qituvchisi  ko'riklari  o'tkazib  kelinadi.  Respublika  miqyosida  fanlar 

uchun  14  ta  o'rin  ajratiladi.  Shu  o'rinlardan  1993  yilda  4  ta  o'rinni,  1994  yilda  7  ta  o'rinni,  1995 

yilda  6  ta  o'rinni  til  o'qituvchilari  egalladi.  Tasavvur  qiling,  maktablarda  16  dan  20  tagacha  fan 

o'qitiladi.  Respublikaga  chiqish  uchun  mo'ljallangan  ballga  boshqa  fan  o'qituvchilariga  qaraganda 

tilchilar  ko'proq  ega  bo'lmoqdalarki,  bu  holat  ular  faoliyatining  samaradorligini  ko'rsatadi.  Bu 

raqamlarni aytishdan maqsad nima? Maqsad shuki, ma'lum vaqtdan so'ng bo'lgusi pedagoglar ham 

ular  izidan  borishi,  ularning  yutuqlarini  saqlab  qolishi  zarur.  Chunki  erishilgan  yutuqlarni,  qo'lga 

kiritilayotgan  muvaffaqiyatlarni  nafaqat  saqlab  qolish,  balki  yanada  ko'paytirish  uchun  harakatni 

hozirdan boshlash zarur. 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish