O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana25.02.2020
Hajmi0,53 Mb.
#40674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ona tili va adabiyot oqitish metodikasi


Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent

2006 yil 

2.  "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 1993 yil, 3-son. 

3.  Kollektiv "Dars samaradorligini oshirish", Namangan, 1997 yil. 

4.  K.Qosimov "5-sinfda lug'at ustida ishlash", "O'qituvchi", T., 1996 

5.  N.Axmedov "Dialektal xatolarni tuzatish yo'llari", T., "O'qituvchi", 1998 yil. 

6.  G'ulomov A., Ne'matov X. Ona tili ta'limi mazmuni. Toshkent, "O'qituvchi", 1995 yil. 

7.  Saidov M.  O'quvchi tafakkurini o'stirishda ijodiy topshiriqlar.  "Til va adabiyot ta'limi" 

jurnali, 2000 yil, 1-son, 11-15-betlar. 



 

52 


8.  Nurmonov  A.  Lingvistik  tadqiqot  metodologiyasi  va  metodlari.  –  Toshkent:  Akadem 

nashr., 2010. – 112 bet. 



 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 

 - orfografiya o'qitish 

 - orfografik qoida 

 - ijodiy ishlar 

 - orfografik xato 

 - orfografik xatoga yo'l qo'yish sabablari 

 - xatoning oldini olish yo'llari 

 - xatoni tuzatish usullari 

 

 


 

53 


KO'RGAZMALI QUROLLAR VA ULARDAN FOYDALANISH 

 

REJA:  

 

1.  O'qitishda ko'rgazmalilikning ahamiyati. 

2.  Ko'rgazmali jadvallar. 

3.  Tarqatmalar. 

4.  Texnik vositalar. 

O'qitishda ko'rgazmalilikning o'rni katta. Ko'rgazmalilikning ikki turi: tashqi ko'rgazmalilik 

va  ichki  ko'rgazmalilik  mavjud.  Ichki  ko'rgazmalilik  matnning  mazmunini  idrok  qilishdir.  Tashqi 

ko'rgazmalilik  o'qituvchining  nutqi,  ifodali  o'qishi,  tasviriy  san'at  asarlaridan  foydalanish,  turli 

jadvallar,  xaritalar,  darsda  qo'llanilgan  texnik  vositalar  (kino  apparatlar,  magnitofon, 

radiopriyomnik,  televizor,  videomagnitofon,  kompyuter)dan  foydalanish.  Ko'rgazmalilikning 

ahamiyati.  

Bilimlarni  qabul  qilish  va  o'zlashtirishda  barcha  sezgi  a'zolarining  faoliyatini  to'g'ri 

uyushtirish  katta  ahamiyatga  ega.  Sezgi  a'zolari  qanchalik  ko'p  ishtirok  qilsa,  bilish  shuncha 

osonlashadi. 

Ko'rgazmalilik  ona  tili  o'qitishning  muhim  qonuniyati  sanaladi.  Chunki  bu  fanning 

tabiati  ko'rgazmalilikni  ko'proq  talab  etadi.  Tildagi  mavhum  tushunchalarning  mohiyatini 

anglash  bu  prinsipdan  keng  foydalanishni  taqozo  etadi.  O'quvchi  ko'rish  orqali  narsa  -  hodisa, 

ularning tildagi ifodasi xususida aniq tushunchaga ega bo'ladi. 

Ko'rgazmalilik prinsipiga ko'ra til hodisalarini o'rganish, kuzatish, sezishdan boshlanadi. 

Bola turli nutq tovushlar, so'zlar, gaplarni talaffuz etish, eshitish, yozish, ko'rish  orqali sezadi. 

Kuzatish  vositasida  bolalar  ongida  til  hodisalari  to'g'risida  hissiy  aniq  tasavvur  hosil  bo'ladi. 

O'qituvchi  bolalarni  til  hodisalarini  sezishdan  ularning  mohiyatini  anglashga,  til  hodisalarini 

tasavvur etishdan grammatik tushunchalarni atroflicha o'zlashtirishga qarab olib boradi. 

Ko'rgazmali  material  muhim  axborot  manbai  hamdir.  Chunki  o'quvchi  darslik, 

o'qituvchining bayoni, gazeta va jurnallardan  qanday axborot olsa, ko'rgazmali materialdan ham 

shunday ma'lumot olishi mumkin. 

Ona  tili  darslarida  tabiiy  yoki  aniq  buyumlardan  (predmetlarning  asl  namunasimas, 

anor,  olma,  bino  maketi  v.h.),  grafik  materiallar  (chizma,  jadval  kabi)dan;  tasviriy  san'at, 

musiqa,  kino,  televideniye  kabi  vositalardan  foydalanadi.  Ona  tili  mashg'ulotlarida  televizor, 

epidiaskop,  filmoskop,  magnitofon  kabi  texnik  vositalardan  foydalanish  dars  samaradorligiga 

juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan 

nazariy  bilimlarni  mustahkamlashga,  uni  amaliy  ko'nikmaga  aylantirishga  yordam  beradi. 

Ayniqsa,  tasviriy  san'at  namunalari,  o'quv  filmlari,  diafilmlar  va  diapozitivlar  o'quvchilarning 

og'zaki  va  yozma  nutqini  rivojlantirishda  muhim  vosita  sanaladi.  Shuni  nazarda  tutib,  ona  tili 

o'qituvchisi  til  kabinetini  shu  vositalar  bilan  ta'minlash  chorasini  ko'rishi,  ayniqsa  rasmli 

albomlar tashkil etishi, rasmli tarqatma materiallarini ko'paytirishi lozim.  

Ko'rgazmali  qurollardan  barcha  turdagi  darslarda  va  darsning  barcha  bosqichlarida 

unumli  foydalansa  bo'ladi.  O'quv  materialini  mustahkamlash  va  takrorlash  jarayonida  ko'proq 

reproduktiv  xarakterdagi  ko'rgazmali  qurollardan  foydalansak,  yangi  bilimlar  berishda 

izlanuvchanlikni  talab  qiladigan  ko'rgazmali  qurollar  ishga  solinadi.  Demak,  ko'rgazmalilik 

prinsipini  amalga  oshirish  orqali  o'quvchilarning  qayta  xotiralashga  asoslangan  faoliyatini  ham, 

qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish mumkin. 

Ko'rgazmali  qurol  me'yorida  qo'llanilishi  lozim.  Haddan  tashqari  ortiqcha  ko'rgazmali 

vosita o'quvchilarni toliqtiradi; fikrni asosiy masaladan chetlashishga olib keladi; o'quv materiali 

uchun ajratilgan vaqtning yetishmasligiga sabab bo'ladi. 


 

54 


 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 



2006 yil 

2.  K.Usmonova. Uy vazifasi-dolzarb muammo. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2007 yil, 

2-son, 77-80-betlar. 

3.  Z.Shopo'latov.  Kasr  sonlar.  Ularning  yasalishi.  «Til  va  adabiyot  ta'limi»  jurnali,  2007 

yil, 4-son, 7-10-betlar. 

4.  Yozma  ishlar  uchun  matnlar.  «Til  va  adabiyot  ta'limi»  jurnali,  2007  yil,  3-son,  76-78-

betlar. 

5.  I.Holmurodov.  Ona  tili  fani  bo'yicha  o'quvchilarda  mustaqil  ishlash  ko'nikmalarini 

shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar. 

6.  M.Ahmedova.  O'zbek  tilini  o'qitishda  kompyuterdan  foydalanish.  «Til  va  adabiyot 

ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

7.  M.Toshturdiyeva.  5-sinf  o'quvchilariga  tasviriy  ifodalash  vositalarini  o'rgatish 

tajribasidan. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 3-son, 14-19-betlar. 

8.  O.Do'stmurodova.  Ona  tili  ta'limining  yangi  texnologiyasida  ta'lim  maqsadi.  «Til  va 

adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 1-son, 8-12-betlar. 

9.  Ona tilidan takomillashtirilgan DTS  va o'quv dasturi.  «Til  va adabiyot ta'limi» jurnali, 

2006 yil, 5-son, 17-23-betlar. 

 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 



 

  o'qitishda ko'rgazmalilikning ahamiyati. 



  ko'rgazmali jadvallar. 

  tarqatmalar. 



  texnik vositalar. 



 

SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR 

 

REJA: 

1. 


Til to'garagi. 

2. 


To'garak nashri. 

3. 


Maktab adabiy-ilmiy jurnali. 

4. 


Ko'rgazma. 

5. 


O'quvchilar konferensiyasi. 

6. 


Tilga oid kechalar. 

7. 


Olimpiadalar. 

Til  to'garagi  o'z  ishini  reja  asosida  olib  boradi.  Mashg'ulotlar,  asosan,  ona  tili  xonalarida 

sinfdan  tashqari  vaqtlarda  bir  oyda  2  marta  o'tkazilishi  kerak.  O'qituvchidagi  sharoit  bilan 

o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin. 

Til  to'garaklari  o'z  nashrlariga  ega  bo'lishlari  kerak.  Nashr  nomini  "Tilshunos",  "Yosh 

tilshunos",  "Ona  tili  posbonlari"  deb  nomlasa  bo'ladi.  "O'z  tilingizni  seving  va  o'rganing",  "Ulug' 

kishilar  til  haqida",  "Tilimiz-boyligimiz",  "Ona  tili-onaday  aziz"  deb  nomlangan  ruknlar  tashkil 

qilib  chiqarilsa,  nashrlarning  saviyasi  ortadi.  Til  to'garaklari  nashri  ona  tili  xonasiga  yoki  maktab 

zallariga osib qo'yiladi. 


 

55 


Maktab  adabiy-ilmiy  jurnali  ham  sinfdan  tashqari  ishlarga  kiradi.  Shunday  jurnallar 

tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan.  

Ko'rgazmani  ona  tili  xonasiga  tashkil  qilish  mumkin.  Ko'rgazmaga  chiroyli  yozuv 

namunalari,  juda  sifatli  saqlanib,  to'lgan  daftar  namunalari,  bayon  va  insholarning  bir  necha 

ko'rinishdagi rejalari, a'lo baholangan bayon va insholarni qo'yiladi.  

Ona tili bo'yicha o'quvchilar konferensiyasini o'tkazishni tashkil qilish mumkin. O'quvchilar 

konferensiyasini bir o'quv yilida bir marotaba ona tili xonasida o'tkaziladi. Konferensiya mavzusiga 

moslab, ona tili xonasiga har xil rasmlar, jadvallar tayyorlanadi. Undan foydalaniladi. 

Sinfdan  tashqari  o'tkaziladigan  tadbirlardan  biri  ona  tili  kechalaridir.  Maktablarda  ona  tili 

kechalarini  o'tkazish  juda  katta  ma'rifiy  va  ahloqiy  ahamiyatga  ega.  Agar  kishi  til  kechalarida 

qatnashgan  yoki  uni  o'tkazish  jarayonlarida  ishtirok  etgan  bo'lsa,  shu  talabada  til  kechalari 

to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi. 

Sinfdan  tashqari  ish  shakllaridan  biri-olimpiadalardir.  Eng  oldin  olimpiadani  sinf 

o'quvchilari  o'rtasida  O'tkazib,  1-,  2-,  3-o'rinni  olgan  o'quvchini  aniqlash  kerak.  So'ng  o'rin  olgan 

parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtiriladi. 5-sinflar bo'yicha g'olibga  yoki 6-, 7-, 8-, 9-, 

10-,  11-sinflar  bo'yicha  g'olib  bo'lgan  o'quvchiga  havas  bilan  qarash  hissi  boshqa  o'quvchilarning 

ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi. 

Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni 

ko'zlaydi.  Uning  ta'limiy  ahamiyati  shundaki,  o'quvchi  bu  jarayonda  qo'shimcha  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalarga ega bo'ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va 

hozirjavoblik  singari  fazilatlarni  shakllantirish,  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  faoliyat  ko'rsatish,  nutq 

odobini tarbiyalash singarilarda o'z ifodasini topadi. 



Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning turlari vamazmuni 

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. 

Doimiy  tadbirlarga  to'garak  mashg'ulotlari  kiritilsa,  qolganlari  vaqti-vaqti  bilan 

o'tkaziladigan tadbirlarga kiradi. 

To'garak  sinfdan  tashqari  ishlarning  asosiy  turi  bo'lib,  u  o'quvchilarning  doimiy  barqaror 

tarkibi  bilan  ish  ko'radi.  To'garakka  a'zo  bo'lish  ixtiyoriy,  ammo  uning  mashg'ulotlarida  ishtirok 

etish majburiydir. 

Ona  tili  to'garagining  a'zolari  12-15  o'quvchidan  oshmasligi  lozim.  Ular  parallel  sinflardan 

iborat  bo'lsa,  mashg'ulotlarni  samarali  va  qiziqarli  tashkil  etish  imkoniyatlari  kengayadi.  Agar 

maktabda parallel sinflar bo'lmasa, to'garak a'zolari bitta sinfdan iborat bo'lishi ham mumkin. 

To'garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, "Ona tilim - jonu dilim", "Til - dil kaliti", 

"O'zbek tili - davlat tili" v.h. 

O'quvchilar to'garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan tanishtiriladi. 

Mashg'ulotlar  15  kunda  bir  marta  o'tkazilgani  ma'qul.  To'garak  ishini  rejalashtirishda 

o'quvchilarning qiziqishlari iiobatga olinadi. 

Quyida to'tarak mashg'ulotlaridan ikkitasini namuna sifatida keltiramiz: 

 

5 sinflar uchun 

Birinchi mashg'ulot 

1. 


To'grakka  nom  qo'yish.  O'quvchilarni  to'garakning  maqsad  va  vazifalari  bilan 

tanishtirish. «To'garak bizga nima berdi?» mavzusida suhbat. 

2. 

O'quvchilardan  til  odobi,  so'zlash  madaniyati  xususida  bilgan  maqollarni  so'rash  va 



mazmunini sharhlash. 

 

Topshiriqlar: 



 

56 


1.  Til  odobi  va  so'zlash  madaniyati  xususidagi  xalq  maqollarini  yig'ish  va  ularning 

ma'nolarini aniqlash. 

2.  To'y-tomoshalarni  ifodalovchi  so'zlar  lug'atini  tuzish  va  ularning  ma'nolarini  sharhlash.

 

 



Ikkinchi mashg'ulot 

1.  Til  odobi  va  so'zlash  madaniyati  xususidagi  xalq  maqollarini  yig'ish  va  ularning 

ma'nolarini aniqlash 

2.  To'y-tomoshalarni  ifodalovchi  so'zlarning  ma'nolari  ustida  ishlash.  Bu  so'zlarning  izohli 

lug'atani tuzish. 

 

Topshiriqlar: 

1. 


To'y-tomoshalarni ifodalovchi so'zlarning izohli lug'atini tuzishni davom ettirish.  

2. 


Viloyat (tuman) aholisi nutqida uchraydigan kasb-hunarga oid so'zlarni yozish.   

To'garak  mashg'uloti  dars  mashg'ulotini  takrorlamaydi,  balki  uni  to'ldiradi  va 

takomillashtiradi.  Dars  tuzilishi  va  qurilishi  jihatidan  muayyan  qoliplar  asosida  tashkil  etilsa 

to'garak  mashg'ulotida  bunday  qat'iylik  bo'lmaydi.  O'quvchi  to'garak  mashg'ulotida  darsda  olgan 

bilimlariga tayangan holda hayotiy tajribalarini ishga soladi. Krossvordlar tuzish va yechish, insho 

tanlovi  o'tkazish,  ma'lum  bir  she'riy  asar  yoki  hikoyaning  til  xususiyatlari  ustida  ishlash  singari 

ishlar to'garak mashg'ulotlarining qiziqarli o'tishini ta'minlaydi. 

Sinfdan  tashqari  ishlar  o'quvchilarning  ona  tili  faniga  bo'lgan  qiziqishini  oshirish,  ularning 

bo'sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. 

Ona  talidan  sinfdan  tashqari  ishlarga  savol-javob  kechalari,  uchrashuvlar,  o'tkir  zehnlilar 

mushoirasi, so'zlar olamiga sayohat, ko'rik-tanlovlar o'tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom 

va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish. 

Savol-javob kechasida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga 

tayyorgarlik  1-1,5  oy  oldin  boshlanadi.  O'quvchilar  maktabda  tashkil  etilgan  qutiga  o'zlarini 

qiziqtirgan  savollarni  yozib  tashlaydilar  Bu  savollar  mavzu  jihatdan  har  xil  bo'lishi  mumkin. 

Masalan,  O'rta  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  yozuvlari  qanaqa  bo'lgan?",  Yozuv  qanday  kelib 

chiqqan?",  "Lotin  alifbosiga  o'tish  bizga  nima  beradi?",  "Ko'zi  ojizlar  qanday  yozadi  va  o'qiydi?" 

"Az  Zamaxshariy  kim  bo'lgan?"  kabi.  Muayyan  vaqt  o'tgach  to'garak  a'zolari  savollarini  yig'ib, 

ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. 

Uchrashuvlar 

juda 

katta 


tarbiyaviy 

ahamiyatga 

ega. 

Unga 


ona  tili  darsliklarnining  mualliflari,  mashhur  tilshunos  -  olimlar,  hukumat  mukofotiga  sazovor 

bo'lgan  ona  tili  o'qituvchilari  taklif  etilishi  mumkin.  Ayniqsa,  shular  orasida  maktabning  sobiq 

talabalari bo'lsa, ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.   

O'tkir  zehnlilar  mushoirasining  mavzusi  ham  1-1,5  oy  oldin  e'lon  qilinadi.  Bellashadigan 

guruhlar o'zlariga belgilaydilar. Mushoira shartdari asosida har bir mustaqil tayyorgarlik ko'radi. 

Mushoira  odatda  guruhlarning  o'zaro  tabrigi  bilan  boshlanadi.  Asosiy  qism  savol-javobdan 

iborat. Savollar o'qituvchi yoki bellashayottan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. 

Hakamlar tabrik so'zi va har bir savol-javobga tegishli ball qo'yishadi hamda ular e'lon qilib 

boriladi. 

Mushoira ona tilining muayyan bir bo'limi yoki bir necha kichik mavzularni o'z ichiga olishi 

mumkin.  Masalan  "Orfografiya",  "To'g'ri  talaffuz  me'yorlari",  "So'zning  shakl  va  ma'no 

munosabatlari", "So'zlarning o'zaro birikishi", "Sodda gap turlari", "Qo'shma gap tarkibidagi sodda 

gaplarning o'zaro birikish usullari" kabi. 

So'zlar  olamiga  sayohat.  Bu  tadbir  o'quvchilarning  so'z  zahirasini  oshirishga  qaratilgan 

tadbirdir.  O'quvchilar  darsdan  keyingi  bo'sh  vaqtlarida  so'zlarning  etimologiyasi,  ularning  leksik 

ma'nosi olamiga sayohat qilishadi. 


 

57 


Tilimizdagi so'zlar juda katta xazina bo'lganligi sababli, o'qituvchi qaysi uyadagi so'zlar (har 

bir tadbirda taxminan 50-60 so'z) yuzasidan o'quvchilarning tayyorgarlik ko'rishlari lozimligini 10-

15 kun oldin ma'lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi. 

Ko'rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqt-

vaqti  bilan  o'tkaziladigan  tadbir  bo'lib,  uni  tashkil  etishda  o'quvchilarning  yoshi,  bilim  saviyasi 

hisobga  olinadi.  Chunonchi,  agar  boshlang'ich  sinflarda  "Kimning  xati  chiroyli?",  "Matn 

mazmunini  kim  tez  va  to'g'ri  tushunadi?"  kabi  mavzular  tanlansa,  5-6-sinflarda  "Namunali  mashq 

daftari", "Badiiy (yoki ilmiy) mavzuda  yozilgan eng  yaxshi insho",  "Eng  yaxshi  yozilgan maqola" 

singarilar  tanlanishi  mumkin.  8-9-sinflarda  esa  erkin  mavzuda  yozilgan  insholar,  ramziy  insholar 

bo'yicha shunday tanlovlar o'tkazilsa bo'ladi. 

Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo'lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. 

Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada 

g'oliblari maktab ma'muriyatining buyrug'i bilan rag'batlantiriladi. 

Ona  tili  olimpiadalari  yilda  bir  marta  o'tkaziladigan  tadbirdir.  Bu  tadbirning  birinchi 

bosqichi  maktabda,  ikkinchi  bosqichi  tuman  (shahar)da,  uchinchi  bosqichi  viloyatda  va  to'rtinchi 

bosqichi Respublikada o'tkaziladi. 

Konferensiyalar  ancha  murakkab  tadbirlardan  biri  bo'lib,  u  asosan,  8-9-  va  undan  keyingi 

sinflarda  o'tkaziladi.  Bunda  ham  asosiy  bosh  mavzu  oldindan  o'quvchilarga  ma'lum  qilinadi;  bu 

bosh  mavzu  kichik  mavzularga  ajratilib,  uning  har  biri  bo'yicha  kimlar  tayyorgarlik  ko'rishi 

lozimligi  belgilanadi.  Bitta  mavzu  bo'yicha  34  nafar  o'quvchi  tayyorgarlik  ko'rgan  bo'lsa,  ulardan 

biri asosiy ma'ruzachi, qolganlari qo'shimcha ma'ruzachilar sifatida ishtirok etadilar. 

Ona  tilidan  sinfdan  tashqari  ishlarning  yuqorida  tilga  olingan  barcha  shakllarini  tashkil 

etishda to'garak a'zolari faol ishtirok etadilar. 

Xullas,  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tadbirlar  alohida-alohida  tadbirlar  sanalsada,  ammo 

ular o'zaro bog'langan, biri ikkinchisini to'ldiradigan tadbirlardir. To'garak mashg'ulotlari va sinfdan 

tashqari  ishlarning  barcha  turlaridan  unumli  foydalanilgan  taqdirdagina,  ona  tili  ta'limining 

samaradorligiga umid bog'lash mumkin. 

 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro'yxati: 

 

1.  B.To'xliyev,  M.Shamsiyeva,  T.Ziyodova.  O'zbek  tili  o'qitish  metodikasi.  Toshkent, 

2006 yil 

2.  I.Holmurodov.  Ona  tili  fani  bo'yicha  o'quvchilarda  mustaqil  ishlash  ko'nikmalarini 

shakllantirish. «Til va adabiyot ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 6-9-betlar. 

3.  M.Ahmedova.  O'zbek  tilini  o'qitishda  kompyuterdan  foydalanish.  «Til  va  adabiyot 

ta'limi» jurnali, 2006 yil, 2-son, 73-75-betlar. 

4.  Ne'matov  H.,G'ulomov  A.,Abdurahimova  M.,Qobilova  B.  5-sinfda  "Ona  tili"  sinov 

darsligi bilan ishlaydigan o'qituvchilar uchun metodik tavsiyalar, Toshkent, 1997. 

5.  Qo'chqorov A. "So'z tarkibi" grammatik kompozisiyasi, "Til va adabiyot ta'limi", 1992, 

1-son, 28-31-betlar. 

6.  Nurmatova  M.  Ifodali  o'qish  to'garagi,  "Til  va  adabiyot  ta'limi",  1992,  1-son,  28-31-

betlar. 

7.  Jalilova  M,  Ne'matova  G.  Takrorlash  mashg'ulotlarini  "Topqirlar  bellashuvi"  tarzida 

o'tkazish. "Til va adabiyot ta'limi", 1994, 2-3-qo'shma son, 36-37-betlar. 

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 



  til to'garagi. 

 

58 


  to'garak nashri. 

  maktab adabiy-ilmiy jurnali. 



  ko'rgazma. 

  o'quvchilar konferensiyasi. 



  tilga oid kechalar. 

olimpiadalar. 

 

DARS KUZATISH VA TAHLIL QILISH 

 

Reja: 

1.  O`qituvchining darsga tayyorgarlik ko`rganini  aniqlash. 

2.  Maqsad va vazifaning qo`yilishi. 

3.  Tashkiliy ishlar tahlili. 

4.  Didaktik tahlil. 

5.  Uslubiy tahlil. 

6.  Metodologik tahlil. 

7.  Psixologik tahlil. 

8.  Pedagogik tahlil. 

9.  Yakuniy tahlil. 

 

O`qituvchi mahoratini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri  – darslarni qanchalik darajada 



samarali  tashkil  etishi  bilan  bog’liq.  Bu  esa  mutaxassislar  tomonidan  darslar  tahlil  qilinganda 

aniqlanadi.  

Metodist va dars o`tuvchi o`rtasida ijodiy hamkorlikka asoslangan ushbu jarayonda mavjud 

kamchiliklar o`zaro, ochiq oshkoralik ruhida to`ldiriladi. 

Bir  so`z  bilan  aytganda,  dars  tahlili  pedagogning  dars  o`tish  samaradorligini  oshirishga 

xizmat  qiladi.  Buning  uchun  esa  kuzatuvchi  dars  tahlilining  asosiy  tarkibiy  qismlari  nimalardan 

iborat ekanligini yaxshi bilishi lozim. Dars tahlili quyidagilardan iborat: 

 

1. O`qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko`rganini aniqlash: 

O`qituvchida  o`quv  reja,  dars  ishlanma  va  mavzu  bo`yicha  qo`shimcha  materiallarning 

borligi, didaktik tarqatma material va ko`rgazmali qurollarning tayyorligi mashg’ulotga hozirlikning 

asosi  hisoblanadi.  Ta`kidlash  joizki  o`qituvchining  mapshg’ulotga  tayyorgarligini  faqat  shu 

bilangina (darsning kirish qismida) emas, balki butun mashg’ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish 

lozim.  Bu  borada  o`qituvchining  ijodiy  ko`rgazmalardan  o`z  o`rnida  va  samarali  foydalanish 

mahorati  ham  hisobga  olinishi  kerak.  Darsning  tahminiy  rejalashtirilgan  loyihasini  ishlab  chiqish, 

nazariy  ma`lumot  qismining  amaliy  mashg’ulot  jarayonidan  farqli  jihatlarini  ko`rsatish  yoki 

texnologik xaritasini tayyorlash kabilan ham muhim ahamiyatga ega. 

 

2. Maqsad va vazifaning qo`yilishi: 

O`qituvchi  har  bir  darsga  aniq  maqsad  qo`yadimi?  Maqsad  qanchalik  to`g’ri  belgilangan? 

Vazifalar  aniqmi?  Dars  bosqichlari  uchun  vaqtning  to`g’ri  taqsimlanishi,  maqsad  va  vazifaning 

o`quvchi  yoshi  va  imkoniyatiga  mos  kelishi  mavzuning  to`liq  o`zlashtirilishida  e`tibor  talab  jihat 

hisoblanadi. (Metodikaga maqsad ko`pincha vazifaga aylanadi). 


 

59 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish