147
8-BOB. PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDITI
8.1. Personal rivojlanishi auditining mohiyati va mazmuni
Auditor
tashqi muhit holati, xodimning manfaatlari va tashkilot strategiyasi
nuqtai nazaridn alohida lavozimlarga nisbatan korxonaning inson salohiyatidan o’rta
muddatli va uzoq muddatli foydalanish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.
Audit tashkilotning strategik rejasi nuqtai nazaridan
inson salohiyatidan
foydalanish imkoniyatlarini uch jihatdan baholaydi:
• personal rivojlanishining umumiy sharoitlari, ya’ni
korxonaning menejerlik
quvvatlar va strategiyasi tahlil qilinadi;
• personalni strategik boshqarish usullari va vositalari sifati, ya’ni
haqiqatdagi
vaziyat, kadrlar salohiyatidan foydalanish istiqbollari va tashqi muhitdagi
o’zgarishlar bashorati haqida tasavvurga ega bo’lishi
imkonini yaratadigan ochiq
axborotlar tahlil qilinadi;
• uchrashi mumkin bo’lgan havf-hatarlarni baholash.
8.2. Personal rivojlanishi parametrlarini baholashning umumiy
ko‘rsatkichlari
Yil davomida malakasini oshirgan va o’qigan xodimlar soni asosiy ko’rsatkich
bo’lib, u faqatgina o’qitish tizimining rivojlanganlik darajasiga bog’liq emas. Bir xil
sharoitlarda yirik kompaniyalarda kichik firmalarga nisbatan ko’proq xodimlar
malakasini oshiradi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha reja
dasturlarini tuzishda ayrim
guruh xodimlar yil davomida bir necha marotaba har xil yo’nalishlarda malakasini
oshirish mumkinligini hisobga olish zarur. Bundan tashqari kompaniyada o’qitish
hajmi dinamikasi ham hisobga olinadi.
Yil davomida o’qitilgan kompaniya xodimlari soni ko’rsatkichi nafaqat o’qitish
tizimining rivojlanish darajasiga, balki kompaniya hajmiga ham bog’liq bo’ladi: yirik
148
tashkilotda boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda yiliga yirik bo’lmagan
korxonalarga nisbatan ko’proq xodimlar o’qitiladi.
Ushbu ko’rsatkich bo’yicha reja belgilash va uning bajarilishini nazorat qilishda
esdan chiqarmaslik kerakki, kompaniyada yil davomida turli o’qishlarni bir martadan
ortiq o’tadigan xodimlar guruhi mavjud. Odatda ular qatoriga tez-tez o’zgarib
turadigan qonunchilik muammolari bo’yicha
qisqa muddatli seminarlarga
yuboriladigan kompaniyalar rahbarlari, sotuv bo’yicha mutaxassislar, buxgalterlar va
yuristlar kiradi.
Yil davomida o’qitilgan kompaniya xodimlari soni ko’rsatkichi bu – uning
yordamida kompaniya personali soni nisbatan barqaror bo’lganda
kompaniyada
o’qitish hajmi dinamikasini baholash maqsadga muvofiq bo’lgan ko’rsatkichdir. Agar
kompaniya xodimlari soni yil sayin jiddiy o’zgaradigan bo’lsa, o’qitishning
rivojlanish dinamikasini tahlil qilish,
shuningdek, boshqa shunga o’hshash
kompaniyalar bilan taqqoslashda yil davomida o’qitilgan kompaniya xodimlari sonini
umumiy xodimlar soniga bo’lish yo’li bilan olingan ko’rsatkichni qo’llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: