6-mavzu. Lingvistik tahlil metodlari



Download 33,23 Kb.
bet1/6
Sana07.07.2022
Hajmi33,23 Kb.
#753981
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-мавзу


6-mavzu. Lingvistik tahlil metodlari
Reja:

  1. Statistik tahlil usuli

  2. Struktural (sistemaviy) tahlil usuli

  3. Substansial (formal-funksional tahlil metodi)

  4. Transformatsiyalash (aylantirish) usuli

  5. Komponent tahlil usuli

  6. Eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli

Bu usul asosan har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalsrning ( tovush, harf, bo‘gin, so‘z, olinma va o‘zlashmalar, yangi va eskirayotgan so‘z-u qo‘shimchalar, har xil qurilmalar v. h. ) qo‘llanilish miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Bu usul tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, uning xillarining ma’lum bir turdagi matnda ishlatilish miqdorini sanash va mutanosiblik (proporsiya) asosida qo‘llanilish chastotasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning natijalari til ta’limida lisoniy birliklarning berish tartibini va bosqichlarini belglashda, lug‘at, qo‘llanma va mashina tarjimasi dasturlarini tuzishda juda ham foydalidir.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
O‘zbek tilshunosligida statistik tahlil usullari bilan jiddiy shug‘llangan olimlar Ilya Kissen (adabiy nutqda faol so‘zlar chfstotasi), Bahrom Bafoyev (Mir Alisher Navoiy asarlari leksikasi) va Sunnatilla Rizayevlardir (harf, tovush, so‘zlar chastotasi). O‘zbek tili tarixiy yodgorliklarining, ayrim adiblar asarlarining lisoniy xususiyatlari tavsifiga bag‘ishlangan kopgina ishlarda statistik usuldan keng foydalaniladi.
Struktural (sistemaviy)
tahlil usuli
Mohiyatan xilma-xil bo‘lib, kamida uning to‘rt ko‘rinishi tilsunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Bular:
1) deskriptiv tahlil usuli va tilshunosligi,
2) glossematik tahlil usuli va tilshunosligi,
3) funktsional tahlil usuli va tilshunosligi,
4) generativ tahlil usuli va tilshunosligi.
Bir-biridan tub farq qiluvchi, turli maqsadni ko‘zlovci bu tahlil usullarini birlashtiruvchi tamoyillar quyidagilardir:
- tilga ijtimoiy-ruhiy hodisa sifatida yondashish,
- til (lison) va nutqni izchil farqlash,
- til(lison)ni semiotik, ya’ni shartli belgi (ishora, ramz)lar sistemasi sifatida tushunish,
- lisoniy birliklar mohiyatini birliklarning o‘zidan emas, ularning paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlari orqali aniqlash, shu bilan uzviy bog‘liqlikda lisoniy tizimda oppozitivlik-u paradigmalar tahlil va tavsifiga asosiy e’tibor qaratish,
- lisoniy birlik va hodisalarning material-moddiy tomoniga kam e’tibor berib, asosiy diqqatni semantik-funksional tomoniga qaratish.
Shular bilan bu yo‘nalishlar orasidagi asosiy umumiylik tugaydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan umumiyliklar ham har bir yo‘nalishda har xil tushuniladi. Chunonchi, lison va nutq deskriptiv lingvistikada (Amerika strukturalizmida) ham, glossematikada (Kopengagen/Daniya tilshunosligida) ham farqlanadi. Lekin bu ikki yo‘nalishda lison va nutq tamoman boshqacha-boshqacha tushuniladi va ularni ko‘pgina holatlarda hatto qiyoslash, solishtirish mumkin emas. Shu bois tilga semiotik sistema sifatida yondashib, insoniy nutqiy faoliyatda UMIS sifatida tushuniladigan lison va YaHVO sifatida qaraladigan nutq hodisalarini izchil farqlovchi struktural tilshunoslik (lingvistik strukturalizm) o‘z ichida o‘nlab tahlil va tadqiq usuli va yo‘nalishlarga ega bo‘lib, bu haqda jild-jild tadqiqot-u tavsivlar yaratilgan, ulardan bir qismi bu qo‘llanmada ham eslatildi.
Struktural tahlil usulida (va bilan aloqador bo‘lgan tipologik, komponent, kontekstual v. b. lison va nutq hodisalari farqlanadigan tahlil usullarining barchasida) idrokiy-dialektik-idealistik metodologiya yetakchilik qiladi va nominalistik-marerialistik unsurlardan ham xoli emas.
Bu tahlil usuli bilan fanimizda Sergey Ivanov, Shavkat Rahmatullayev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Abduhamid Nurmonov, Nizomiddin Mahmudov, Odiljon Bozorov, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev, Muhabbat Qurbonova kabi olimlar, ularning ko‘p sonli shogird va izdoshlari shug‘llangan va shag‘ullanmoqda. Shu tahlil usuli zaminida o‘zbek fanida zotiy (substansial, formal-funksional) lingvistik tahlil, semantik sintaktik tahlil usullari shakllandi va rivojlanmoqda.

Download 33,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish