O’simliklarning kasalliklari to’g’risida tushuncha.
O’simliklarning kasalligi tushunchasi Dekandol (1832) tomonidan aytilgan bo’lib, uning fikricha o’simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishiga kasallik deyiladi. O’simlik kasalliklari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun qo’yidagi tushunchalarga ega bo’lishimiz kerak. Birinchidan-kasallik – bu patologik jarayon xisoblanib, uni kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit vujudga keltiradi. Ikkinchidan kasallik tufayli o’simlikdagi fiziologik va biokimyoviy, anotomo-morfologik xususiyatlar o’zgarib, xosildorlik sifati va miqdori keskin kamayib ketadi. O’simliklar kasalliklari tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’rif berilgan. N.A.Naumov (1952) fikricha – «o’simlik kasalligi uning filogenez jarayonida tashqi muxit bilan bo’lgan munosabatida yuzaga keladigan a’zolar funksiyasi va tuzilishining o’zgarishidir.» T.D.Straxov (1962) o’simlik kasalligi uchta faktor: o’simlik – patogen – tashqi muxit orasidagi muntazam tizimning o’zaro munosabatidir. Ya’ni, o’simlik kasalligi- uniga salbiy ta’sir etuvchi patogen mikroorganizm va tashqi muxitning ta’sirida fiziologik jarayonlar buzilib, uning morfologik tuzilishi va xosildorligi keskin kamayib ketadi. N.A.Cheremisinov fikricha – «Yuqoridagi holatlar o’simlikninig xususiyati, kasallik qo’zg’atuvchilarning agressivligi va tashqi muxitning qulay yoki noqulay bo’lishiga bog’liq» deb ko’rsatadi. Shunday qilib, o’simlik kasalligi undagi patologik sharoitning boshlanishidir. T.D.Straxov (1962) o’simlikdagi patologik jarayon o’simlikning, patogenning xususiyati va tashqi muxit munosabatlarining namoyon bo’lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo’zg’atuvchisini, kasallikning kelib chiqishini, kasallangan o’simlik holatini kompleks o’rganishni taqazo qiladi. Patologik jarayon o’zgaruvchan bo’lganidan uni nazorat qilish mumkin. Ya’ni, xo’jayin o’simlik biologik xususiyatlarini, patogenlik irsiy belgilarini tashqi muxit sharoitini muntazam o’zgartirish asosida o’simlikning chidamliligini ortirish, xosil sifatini yaxshilash mumkin. E.Goyman fikricha, har qanday infeksion kasallikda patogen va o’simlik orasida mukammal munosabatlar yuzaga kelib, ular oqibatida o’simlikning morfologik, anatomik, biokimyoviy jarayonlarini o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tashqi muxit sharoiti esa kasallik qo’zg’atuvchisining hayotchanligiga, xo’jayin o’simlikning kasallikka chidamlilik darajasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Patogen kasallangan o’simlikning oziq moddalarini, suvni o’zlashtiradi, unga zaharli moddalar ajratib chiqarib xo’jayralarini nobud qiladi, o’tkazuvchi to’qimalarini miseliy va sporalar yordamida to’sib qo’yadi, epidermik to’qimalarini parchalab, suv bug’latishini kuchaytiradi va nihoyat o’simlik bargining so’lishiga yoki chirib qolishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |