DIORI MODDALARINI PERORAL VA SUBLINGVAL YUBORISH VA HAMSHIRALIK PARVARISHI
Eng muhim terapevtik tadbirlardan biri dori darmonlar bilan davolash hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifalaridan biri dori moddalarini saqlashni, bemorlarga o’z vaqtida dorilarni tarqatishi, organizmga yuborish yo’llarini bilishi zarur. Bu judayam katta ma'suliyatni talab qiladi, chunki bu ishlarni hammasi bevosita bemorlar bilan bog’liq. Hamshira bemorni hayoti va sog’lig’i uchun javobgarlik hissini sezishi kerak. U dorilar to’g’risida chuqur tushunchaga ega bo’lib (dorilarni asosiy va qo’shimcha ta'sirlarini, ishlatishga moneliklarni, asoratlarini) bilishi shart.Shuningdek dorilarni qanday yo’llar bilan yuborish va uni asoratlarida birinchi yordam ko’rsatish kerakligini bilishi kerak.Dorilarni zffektivligini oshirish va protseduralarni og’riqsiz bajarishda sharoitlarni yaratish (palata havosini tozaligi, tanani to’g’ri joylashtirish, qilinayotgan ishni maqsad va usullarini tushuntirish )kerak. Shuningdek hamshira bemorlarga mustaqil dorilarni qabul qilish instruktaji bilan xam tushuntirish ishlarini olib boradi. Dori moddalarini yuborish usullari: 1) tashqi usul teri qoplamalari, shilliq pardalar yoki nafas yo’llari orqali 2) ichki(znteral)usul og’iz yoki to’g’ri ichak orqali 3) parenterial usul me'da ichak yo’llarini chetlab, ya'ni teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'ektsiyalari orqali.
Dorilarni og’iz orqali ichirish texnikasi. Oshqozon – hazm trakti orqali dori yuborish – znteral yo’l deb ataladi. Kasal organizmga znteral dori yuborish 3 xil bo’ladi: • og’iz orqali – peroral • zond orqali – oshqozon va 12 barmoqli ichakka • to’g’ri ichak orqali – huqna yordamida Og’iz orqali yuborish. Og’iz orqali dori berish usuli oson, instrumentlar kerak emas, lekin bir qancha kamchiliklar mavjud: 1. Achchiq dorilar ko’krak yoshdagi bolalarga ichirish qiyin. 2. Ba'zi bir dorilarni ta'siri oshqozon shirasi ta'sirida kamayadi. 3. Ba'zi bir dorilar oshqozon- ichak shilliq qavatiga yomon ta'sir qiladi. 4. Dorilarni og’iz orqali ichgada aniq terapevtik dozasi bo’lmaydi. 5. Dorilarni og’iz orqali berganda ta'siri tez boshlanmay, ma'lum vaqt o’tadi. Dori tarqatish qoidasi: 1. Dori moddalari aniq vaqtda va ko’rsatma bo’yicha beriladi - ovqatdan oldin - ovqatdan keyin - ovqat paytida - uxlashdan oldin 2.Hamshira dorini rangini, hidini, ta'mini bilishi kerak. 3. Bolaga dori berishdan oldin hmshira ztiketkasini, tabletka korobkasini, ampulani, flakon va konvalyutani o’qishi kerak. 4. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qattiq dori moddalarini icha olmaydi, shuning uchun ularni suyuq holatda nastoyka, damlama, zkstrakt va mikstura holida beriladi. Tabletka va drajelar maydalanib, suvga qo’shiladi. Noxush xidli bo’lsa sirop bilan aralashtiriladi, faqat shifokor qo’rsatmasi bilan. Kichik yoshdagi bolalar dori ichayotganda qarshilik ko’rsatadilar. Bunday paytda xamshira barmog’i bilan yuzni ikki yanog’ini bosadi, bola og’zini ochadi va shu paytda dori yuboriladi. Agar bu yo’l bilan dori yuborish qiyin bo’lsa, bolani burni siqiladi. Maktab yoshidagi bolalarga suyuq dorilar maxsus menzurkalarda beriladi (6, 10, 15, 20 ml). Tomchi dorilar pipetka orqali beriladi. Ba'zi bir suyuq dorilarni qoshiq orqali berish mumkin. Bir choy qoshig’iga 5ml, desert qoshig’iga 10ml, osh qoshig’iga 15ml ketadi. Tomchi dorilari pipetka yordamida beriladi. 1mldagi tomchilar soni suyuqlikka bog’liq: suvli suyuqlikda 1ml – 20 tomchi, yog’li suyuqlikda – 30 tomchi, spirtlida – 50 tomchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |