Yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya
qilish va ularga to‘g‘ri tarbiya berish
Asaka tuman 42-DIMI huquq va milliy istiqlol
g‘oyasi fani o‘qituvchisi Umarova Durdonaxon
XXI asrning xalqaro munosabatlar va milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan alohida ajralib turadigan tomoni – globallashuv sharoitida yangidan yangi qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, ular milliy xavfsizlik uchunh yangi tahdidlarni keltirib chiqardi.
Bugungi kunda ham ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarda “ommaviy madaniyat”, “axborot xuruji”, “rangli inqilob” kabi tushunchalarning kirib kelishi nomaqbul va xatarli ma’lumotlar bilan yoshlarimiz ong-u tafakkurini egallashga intilishlar juda tez amalga oshirilmoqda. Ana shunday tahdidlardan biri ommaviy madaniyatdir.
Ommaviy madaniyat XVII asrda paydo bo‘lib, bizga XX asr oxiri – XXI asr boshlarida kirib kela boshladi. Ommaviy madaniyat Amerika biznesmenlari tomonidan ishlab chiqilgan madaniyatsizlikning bir turi hisoblanib, uning asosiy quroli zaharxanda kulish bo‘lgan. Ikkinchi asosiy quroli esa har bir xalqning milliy urf-odatlari an’analari va qadriyatlarini kamsitish bo‘ldi. Ularning maqsadi turli xildagi nobop va g‘ayrioddiy kiyimlar ishlab chiqarish va buni keng ommaga targ‘ib qilish hisoblanadi. Ko‘pgina G‘arb va Sharq davlatlari ommaviy madaniyatga chalinmaslik maqsadida davlat budjetidan juda ko‘p mablag‘ sarflaydilar. Masalan, Yaponiyada Musixito qonunlari joriy qilinib, aydagarasyugi ta’limoti ilgari suriladi. Bularning barchasi yoshlarni birdamlikka va jamoaviylikka o‘rgatadi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – yoshlarning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish asosidir. O‘zbekiston yoshlar mamlakatidir. Shu jihatdan olib qaraganda, davlatimiz kelajagi, millat taraqqiyoti bugungi yoshlarning bilimiga, g‘ayrat-shijoatiga, dunyoqarashiga, vatanparvarlik tuyg‘usining qanchalik yuksakligiga, komillik darajasiga bog‘liq. Kelajagimiz erkin fikrlaydigan, mustaqil ish yurita oladigan, chet tillaridan yaxshi xabardor, yuqori texnologik tafakkurga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ya oladigan, kerak bo‘lsa, Vatan uchun jonini fido qila oladigan yoshlarni talab etadi. Tabiiyki, har bir davlat o‘zining yoshlari bilan g‘ururlanadi. Buning sabablari bor, albatta.
– Yoshlar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda asosiy kuch sifatida ishtirok etishmoqda.
– 32 milliondan ortiq aholining 10 millionini yoshlar tashkil etmoqda.
– Bugungi kunda yoshlarimiz orasidan jahon va qit’a chempionlari, xalqaro fan olimpiadalari, festival va tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqishmoqda.
Zero, buyuk mutaffakkir Abdulla Avloniy aytganidek, tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasi bo‘lmog‘i va yoshlarimizni turli yot va zararli g‘oyalardan saqlashimiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |