Nekroz - qorayish. O’simlik vegetativ a’zolaridagi to’qimalarning ayrim xujayralarini xalok bo’lishi natijasida qorayib qoladi. Qorayish o’simlik a’zolarining parenxima to’qimalarida, po’stloq, kambiy, barg tomirlarida kuzatiladi.
Dog’lanish. O’simlik parenxima xujayralarini ma’lum qismini rangini o’zgarishidan xosil bo’ladi. Ular zamburug’lar, bakteriyalar, viruslar va abiotik faktorlar ta’sirida vujudga keladi.Xosil bo’lgan dog’lar o’lchami va rangi bilan bir biridan farq qiladi. Uning yuzasida zamburug’lar yoki bakteriya meva tanalarida xosil bo’lgan sporalar to’plami ko’zga tashlanadi.
Kuyish o’simlik bargida, navdasida va tupgullarida xosil bo’ladi. Monilioz kuyish olmada (MoniliacinereaBonord.t.mali), danakli daraxtlarda (M.loxaEhr.) kuzatiladi. Kasallangan barg va navdada olov yoki sovuq urganga o’xshab qisqa muddat ichida qurib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |