O’simliklarning so’lishi (inglizcha –wilt- so’lish). Bu kasallik o’simlik ildiz, poya to’qimalarining zamburug’ miseliy va sporalari bilan to’silib qo’yishi natijasida xosil bo’ladi. To’qimalarda nekrozning xosil bo’lishi mikroorganizmlar xosil qilgan zaharli moddalar ta’sirida vujudga keladi. O’simliklarda so’lish kasalligi novdaning eng yuqorisida joylashgan barglarga suv yetishmasligi tufayli turgor holatining buzilishi natijasida vujudga keladi. Bunday o’simliklar poya va navdalari ko’ndalang kesib ko’rilganda xalqasimon shaklda yog’ochlik qismining qorayib ketganligi ko’rinadi. So’lishni zamburug’lar keltirib chiqarsa - traxeomikoz, bakteriyalar - traxsobakterioz, viruslar - mozaikali deb nomlanadi. Ko’pincha o’simliklardagi so’lish kasalligini Fusarium va Verticillium turkumiga mansub zamburug’lar tomonidan keltirib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |