O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet120/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Uchinchi yoki yangi davr. Bu davr XIX asrning oxiridan boshlanib, XX asrning 20 yillarigacha davom etdi. Bu davrda fitopatologiya bo’yicha qilingan ishlar deyarli oldingi davrdagidan keskin farq qilmay, xatto ayrim yo’nalishlar bu davrda ham chuqur ilmiy izlanishlar bilan davom ettirilib rivojlantirildi. Lekin, eng yangi davrning o’ziga xos xarakterli xususiyatlari qo’yidagilardir:

  1. Ilgari ma’lum bo’lmagan o’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi fitopatogen bakteriyalar guruxi aniqlandi va ularni zamburug’ kasalliklari singari mavjudligi isbotlandi.

  2. Filtrlanuvchi viruslar kashf etildi va fitopatologiyada yangi, ya’ni o’simliklarning virusli kasalliklarini o’rganish bosqichi va yo’nalishi vujudga keldi.

  3. Fitopatologiyada yangi mikroorganizmlar etologik yo’nalishi rivojlantirildi, hamda kasalliklarni keng miqyosda tarqalish va rivojlanish qonuniyatlari (epifitotilogiya) o’rganildi.

  4. Fitopatologiyada yangi muammolar: o’simliklarning immuniteti, o’simlik kasalliklariga qarshi kimyoviy kurash, zamburug’lar genetikasini o’rganish markazlari yuzaga keldi.

  5. Fitopatogen zamburug’larning ontogenezini o’rganishda sitologik tekshirish uslublari kiritilishi natijasida: ekologiya, o’simlik immuniteti, zamburug’lar genetikasiga oid muammolarni hal qilishda eksperimental uslublardan foydalanish imkonini berdi. Uchinchi yoki yangi davrga asos solgan kashfiyotlarning ayrimlari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Bu davrdagi fitopatologiya fanining muvaffoqiyatlari bevosita A.A.Yachevskiy nomi bilan bog’liqdir. U haqli ravishda fitapotologiya fanining asoschisilaridan biri hisoblanadi. M.S.Voroninning shogirdi A.A.Yachevskiy 1896 yili Peterburgda fitopatologiya laboratoriyasini tashkil qildi. 1907 yili Peretburgda «Mikologiya va fitopatologiya bo’yicha Byuro» tashkil qilindi, keyinchalik 1922 yili bu «Byuro» Davlat agronomiya tajriba institutining mikologiya va fitopatologiya bo’limiga aylantirildi (GIOA). Mikologiya laboratoriyasi 1929 yilida Butunittifoq o’simliklarni himoya qilish institutiga aylantirildi. A.A.Yachevskiy o’z hamkasblari bilan o’simliklarning kasalliklarini o’rgandi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi. U «Rossiyadagi donli ekinlarning zang kasalligi» (1909), «Fitopatologiya» (1910, 1911), 2 jildli «Zamburug’lar aniqligichi» (1917) nomli kitoblarining, hamda yuzlab maqolalar, tavsiyanomalarning muallifidir. Fitopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlardan biri A.S.Bondarsevdir. U 1913 yildan boshlab Peterburgdagi botanika bog’ining markaziy fitopatologiya stansiyasining mudiri bo’lib ishladi, keyinchalik bu stansiya fotopatologiya bo’limiga aylantirildi, so’ngra bu bo’lim 1931 yilda Botanika institutining sporali o’simliklar bo’limi deb nomlandi. A.S.Bondarsev madaniy o’simliklarning zamburug’ kasalliklarini o’rganish maqsadida Rossiyaning Yevropa qismi, Ural, Ukraina, Kavkaz va Qrim bo’ylab safarga chiqdi. U qishloq xo’jaligining ko’pgina soxasida, ayniqsa meva va sabzovotlarda uchraydigan zamburug’ kasalliklariga qarshi yangi kimyoviy dorilar ishlatib, ularni qishloq xo’jaligiga tavsiya etdi. Bondarsev boshchiligida «Madaniy o’simliklarning zamburug’ keltirib chiqaradigan kasalliklari va unga qarshi kurash choralari» deb nomlangan qo’llanma uzoq vaqt mobaynida qishloq xo’jalik o’quv yurtlari uchun yagona darslik bo’lib xizmat qildi. M.S.Voronin (1867) beda ildizidagi tuganakli bakteriyalarni kuzatib, birinchi bo’lib bakteriyalar o’simliklarda patologik o’zgarishlarni yuzaga keltiradi degan fikrni aytdi. Lekin, bu fikrni ishonarli qilib o’z ilmiy tajribalarida kuyganga o’xshash kasallikni bakteriyalar keltirib chiqarishini o’z kuzatishlari asosida amerikalik olim Berilla (1882, 1883) isbot etib berdi. Bu tajriba fitopatologiyada o’simliklarning bakterioz kasalliklarini o’rganuvchi yangi bo’limini yuzaga kelishiga sababchi bo’ldi. O’simliklarda bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganishda Berillaning shogirdi Ervin Smitni (1854-1927) xizmati katta. U o’simliklardagi bakterioz kasalliklariga oid ma’lumotlarni umumlashtirib, ilmiy tekshirishning uslubini yaratdi va fitopatologiyaning yangi bo’limini asoslab berdi. O’simliklarning bakterioz kassalliklari bo’yicha I.L.Serbinov (1872-1925), V.P.Izrailskiy, V.I.Vzorov (1901-1941), M.V.Gorlenko va boshqalar ko’p ish olib bordilar. D.I.Ivanovskiy (1864-1920) tamakining keng tarqalgan dog’lanish kasalligini o’rganib, bu kasallikni shu vaqtgacha ma’lum bo’lmagan kristalsimon tuzilishdagi organizmlar tug’dirganligini aniqladi. Keyinchalik bu organizmlar viruslar deb nom oldi, bularni o’rganadigan fan virusologiya deb ataldi. Shunday qilib D.I.Ivanovskiy virusologiya faniga asos soldi.Viruslarni o’rganishda amerikalik olim M.Stenlini tajribalari juda katta ahamiyatga ega. U viruslarni o’rganishning uslublarini ishlab chiqdi, hamda tamaki shirasidan kimyoviy usul bilan virusni ajratib oldi. Ayniqsa bu davrda zang kasalliklarini keltirib chiqaruvchi zamburug’larni o’rganishga katta e’tibor berildi. Bu soxada ish olib bargan qator mikolog olimlar – I.Artyur, G.Kleben, Ditel, V.G.Transhel, L.I.Kursanov va boshqalarning ishlarini misol tariqasida keltirish mumkin. Fitopatologiyaning rivojlanishida fitoimmunologiyaninig asoschisi bo’lgan akademik N.I.Vavilovning xizmatlari katta. Uning ko’pgina o’simliklarni immuniteti bo’yicha qilgan ilmiy-tekshirish ishlari fitoimmunologiya, seleksiya va genetikani rivojlanishiga faqat MDHdagina emas, balki boshqa ko’pgina Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlarida ham katta amaliy ahamiyatga ega bo’ldi.

Ko’zga ko’ringan mikolog va fitopatolog olim A.A.Yachevskiyning shogirdi va safdoshi N.A.Naumov o’zining ilmiy va pedagogik faoliyati bilan fitopatologiyaninig rivojlanishiga o’z xissasini qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Donli ekinlarning sporinya kasalligiga» bag’ishlangan (1916) ilmiy asarlarini va «Umumiy fitopatologiya kursi» (1917) darsligi muxim axamiyatga ega. Bu davrda fitopatologiyani kompleks fan sifatida shakllanishi uchun zamin tayyorlandi., yuzaga kelgan ayrim bo’limlar esa keyinchalik mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish