Yevropa subregionlari Reja: - Yevropa subregionlari
- Shimoliy Yevropa davlatlari.
- G‘arbiy Yevropa davlatlari.
- Janubiy Yevropa mamlakatlari.
Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng.
Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan.
Yevropa davlatlari odatda 4 ta subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy Yevropa davlatlari.
G‘arbiy Yevropa davlatlari.
Janubiy Yevropa mamlakatlari.
Sharqiy Yevropa davlatlari.
1.
2.
3.
4.
Shimoliy Yevropa davlatlari.
Bu subregion tarkibiga qit’aning Shimoliy Muz okeani hamda Atlantika okeanining Shimoliy va Boltiq dengiziga tutash 8 ta davlati kiradi.
Tabiiy sharoitining umumiy jihatlari asosan iqlimining ko‘proq mo‘tadil va dengiz xarakterga egaligida o‘z aksini topadi. Faqat Islandiya hamda Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyaning Shimoliy hududlariga subarktika va arktika iqlim tiplari xos. Norvegiya va Islandiyaga tog‘li relyef xos bo‘lsa, qolgan davlatlar yer yuzasi, asosan, tekisliklardan iborat. Estoniya – energetikasi yonuvchi 12-rasm. Stokgolm – Shvetsiya poytaxti slanesga asoslangan dunyodagi yagona mamlakatdir, bu davlatda elektroenergiyaning 90 foizidan ortig‘i yoqilg‘ining bu turidan foydalanadigan IESlar ishlab chiqaradi. G‘arbiy Yevropa davlatlari.
Yevropaning bu subregioniga qit’adagi eng ulkan iqtisodiy salohiyatga ega uchta davlat – Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya, shuningdek, Avstriya, Shveytsariya, Belgiya, Niderlandiya,.
Irlandiya hamda “mitti” davlatlar safi ga mansub Lixtenshteyn, Lyuksemburg va Monako kabi mamlakatlar kiradi
G‘arbiy Yevropa davlatlarining barchasi rivojlangan davlatlar safiga mansub bo‘lib, jahon xo‘jaligining hududiy tarkibida juda muhim o‘ringa ega. Janubiy Yevropa mamlakatlari.
Janubiy Yevropa siyosiy xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Marino, Malta va Vatikan “mitti” davlatlari joylashgan.
Malta O‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografik o‘rni nuqtayi nazaridan yarim orol mamlakatlari hisoblanadi.
Malta shaharchasi
Sharqiy Yevropa davlatlari.
Bu subregionga qit’ada joylashgan sobiq Ittifoqdosh respublikalar (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova) hamda sobiq sotsialistik mamlakatlar (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya kiradi.
Yevropaning tog‘li mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, ulardan samarali ravishda foydalanilmoqda. Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bir-biridan ancha farq qiladi. Garchi bu yerdagi hamma mamlakatlar o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar safiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |